‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


Perseptiv muloqotda o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasi  o‘zaro bir-birlarini idrok qilishi, anglashi tushuniladi. 451



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə215/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

Perseptiv
muloqotda o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasi 
o‘zaro bir-birlarini idrok qilishi, anglashi tushuniladi.
451


4. 
Bunda muloqotda kirishuvchilar o‘zaro bir-birlarini idrok 
qilish asosida ulardan biri ikkinchisining ishonchini qozonadi, aqlli, 
farosatli, tajribali, yuksak tayyorgarlikka ega barkamol shahs 
sifatida idrok qilinadi.
Muloqotning har uchala tomonini yaxlit olib qaraganda o‘zaro 
hamkorlik faoliyatini tashkil qilishning usullari va unda ishtirok 
etuvchilaming munosabatlari yaqqol namoyon bo‘ladi. Pedagogik 
muloqot muvaffaqiyatli tashkil etilishi uchun, o'qituvchi o ‘quv- 
chilar bilan xamkorlik faoliyatiga chuqur kirishib keta olishi, shaxs­
ni har tomonlama shakllantirishning maqsad va vazifalarini chuqur 
anglab, faoliyat olib borishi lozim.
Jonli muloqot-o‘qituvchi tomonidan tashkil etiladigan, har 
qanday ta'lim-tarbiyaviy tadbir mohiyatini og'zaki so‘z bilan 
o‘quvchilarga yetkazadigan, ziddiyatli jarayonlardan olib chiqish 
qudratiga ega bo‘lgan faoliyatdir. 0 ‘qituvchi pedagogik maho- 
ratida mujassamlashgan nutqning jozibadorligi, bilim saviyasining 
va tafakkurining kengligi, o‘tkir dunyoqarashi, ma’naviy madaniyat 
darajasi, pedagogik qobiliyati, ta'lim-tarbiyaviy maqsadlaming 
mutanosibligi har qanday dars va darsdan tashqari ta'lim-tarbiyaviy 
tadbiming muvaffaqiyatini ta'minlovchi hamda o‘qituvchi jonli 
muloqotini tashkil 
etuvchi omillardir. 
0 ‘qituvchi kasbiy 
faoliyatidagi jonli muloqot qobiliyatini takomillashtirish uchun o‘z 
oldiga doimo quyidagi savollami qo‘yib, unga mustaqil fikr- 
mulohazasi asosida javob bera olishi kerak.
0 ‘qituvchining muloqot usullari. Avtoritarusulda faoliyat olib 
boradigan o‘qituvchi ish faoliyati xarakterida quyidagi xususiyatlar 
mujassamlashgan bo‘ladi:
- o‘zi yakka holda guruh faoliyatining yo‘nalishlarini 
belgilaydi;
- ta'lim-tarbiyaviy jarayonga javobgarlikni o‘z zimmasiga 
oladi;
- o‘quvchilaming unga so‘zsizbo‘ysunishmi da'vo qiladi;
- qattiq intizom asosida ish olib boradi;
- topshiriqlaming to'liq bajarilishini talab qiladi;
- gap qaytargan, fikr bildirgan o‘quvchini yoqtirmaydi;
452


- o‘quvchilarga biror muammoni to‘Hq tushimtirmasdan talab 
qiladi.
Demokratik 
usul 
asosida 
faoliyat 
olib 
boradigan 
o‘qituvchining bosh shiori o‘quvchilarda mustaqil va erkin fikr 
yuritish ko‘mkmalarini va ongli intizomni hosil qilishdan iborat. 
0 ‘qituvchining muloqoti barcha demokratik talablar asosida 
quriladi. Liberal usul asosida faoliyat olib boruvchi o‘qituvchi 
xususiyatlariga sho‘rolar zamonidan qolgan talim—tarbiya tizimga 
xos mafkuraviy qarashlar mujassamlashgan. 0 ‘qituvchining 
pedagogik faoliyati va xarakterida quyidagi xususiyatlar mavjud: 
-tashabbussiz, eski qolipda pedagogik faoliyat olib boradi; 
—ta’lim - tarbiyaga oid muammolarga yuzaki qarab chiqadi; 
- o ‘z mustaqil fikriga ega emas, javobgarlikdan o‘zini olib 
qochadi;
- o ‘quvchilarga berilgan topshiriqlaming natijalari bilan 
qiziqmaydi;
-o'quvchilar kelajagiga, taqdiriga e’tiborsiz, beg‘am qaraydi;
— o‘z pedagogik faoliyatiga sovuqqonlik bilan munosabatda 
bo‘Iadi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin