‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


 Pedagogik ta’sir ko‘rsatish — kommunikativ qobiliyatning



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə213/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

4. Pedagogik ta’sir ko‘rsatish — kommunikativ qobiliyatning
asosiy usuli sifatida
Pedagogik ta'sir ko‘rsatish - tarbiyalanuvchiga ongli intizom va 
mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilish, tarbiyani ma’lum 
bir maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun shaxsga muntazam 
vatizimli ta'sir ko‘rsatish, jamiyatning ijtimoiy-tarixiy tajribalariga 
yondashib shaxsni har tomonlama kamol toptirish, uning xulq- 
atvori va dunyoqarashini takomillashtirish, yosh avlodni muayyan 
maqsad asosida tarbiyalash, ijtimoiy ong va xulq-atvomi 
xalqimizning boy malkuralari asosida shakllantirishga yo‘nal- 
tirilgan faoliyat jarayonidir. Pedagogik ta’sir ko‘rsatish asosida 
tarbiyalanuvchining ongi shakllanadi, ma’naviy boyligi va his- 
tuyg‘ulari rivojlanadi, unda ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan 
ijtimoiy aloqalami tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar 
hosil bo‘ladi. Ta’lim va tarbiya jarayonida o‘qituvchi tomonidan
448


pedagogik ta’sir ko‘rsatishning asosiy usullariga: talab, istiqbol, 
jamoatchilik fikri, rag‘batlantirish va jazoiash kabilar kiradi.
Pedagogik munosabatda muvaffaqiyatlarga erishish uchun
o ‘qituvchi:
• o‘quvchilar bilan bo‘lajak mimosabatni modellashtira olishi;
• munosabatda bo' ladigan sinf jamoasi xususiyatlarini 
oldindan bilishi;
• bevosita samimiy va hamjihatlikka asoslangan munosabat 
o‘matish;
• munosabatda ustunlikka ega boiib, uni demokratik talablar 
asosida oqilona boshqarish;
• munosabatning ijobiy vasalbiyjihatlarini uzluksiztahlil etib 
borishi lozim.
Ijtimoiy - psixologik teksbiruvchilar pedagogik muloqot 
malakasida ikkita asosiy kommunikativ ta’sir etish turlarini ajrata- 
dilar: ishonch hosil qilish va ishontirish. Pedagogning har bir hara­
kati tarbiyalanuvchining munosabatlari, fikrlari, hissiyotlari, faoli- 
yatlarini shakllantirishga, ya'ni ulaming psixikasi va xulqiga har 
tomonlama ta’sir etishga qaratiladi. Lekin ishonch hosil qilish va 
ishontirishning psixologik jarayoni turlichadir. Ta’sir etishning har 
bir yo‘li o‘z spetsifik xarakteriga ega. Ishonch hosil qilish yangi qa- 
rashlar, munosabatlami shakllantiradi, noto‘g‘ri qarashlar va muno- 
sabatlami o‘zgartiradi. Ishonch hosil qilish shakllariga: disputlar, 
diskussiya, suhbat, o'qitovchi himoyasi, shaxsiy namuna kiradi.
Ishonch hosil qilishda o‘zaro ta’sir qilish metodi sifatida 
maksimal ta’ sirli bolishi uchun, u bir qancha shartlarga rioya qilish 
kerak:
- ishonchning mazmuni va shakli bolalaming yosh xususi- 
yatlariga mosligi;
- ishonch hosil qilish tarbiyalanuvchining shaxsiy dunyoqa- 
rashiga mosligi;
- tarbiyachi bolalarda ishonch hosil qilishda aw alo o‘zi shu 
narsaga nisbatan ishonch hosil qilishi.
Ishonch hosil qilishning natijasi o‘qituvchining so‘zlari va 
harakatlariga ham bog‘liq. Tarbiyachining so‘zi va harakatlari
449


bir-biriga mos tusbishi kerak. Masalan, tarbiyachi jahl ustida 
bolaga qattiq jazo berishini aytadi, lekin esidan chiqib ketadi. Yoki 
biror nima va’da qilib, o‘z so‘zining ustida turmaydi. Bolalar 
bunday pedagogning so‘zlariga ahamiyat bermay qo‘yadilar. 
Yanayam yomoni, agar o‘qituvchi balandparvoz, to‘g‘ri so‘zlami 
gapirsa - yu, lekin kundalik hayotida bunga amal qilmasa bunday 
o‘qituvchilar jamiyatga zarar yetkazadilar. Ishontirishning yuqori 
effekti o‘quvchilaming olgan bilimlarining mustahkamlaydigan 
mashqlari (ruhini tetiklash, to‘g‘ri xulq hosil qilish) orqali hosil 
bo‘ladi. Ishontirishning usulini boshqatdantarbiyalash, ya'ni qarash 
va muomalami hosil qilish maqsadida qo‘llash mumkin. Isbotlash 
shaxs dunyoqrashining yetakchi struktura elementi boiib, 
ishontirishning o‘zagi bo‘lgan bilimlar hisoblanadi. Isbot orqali 
bilim egallayotgan o‘quvchida unga to‘g‘ri kelmaydigan hamma 
ishontirishni qattiqqollik, isbotlash yo‘li bilan qaytara olish 
qobiliyati rivojlanadi. Pedagogik ta’sir qilish usuli bo‘lgan 
ishontirish bilan birga pedagogik jarayonda ta’sir etish ham 
o£ziga xos o‘miga ega. Ta’sir etish - odamlarning ish va muomala 
jarayonida bog‘liqlikni belgilaydigan vositalaming biri. Uning 
asosiy o‘ziga xosligi shundaki, u odamning psixikasiga va 
xarakteriga o‘zi bilmagan holda ta’sir qiladi, shaxsning psixika 
strukturasiga nazoratsiz holatda kirib, kundalik ishi, xarakterida 
ko‘rinadi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin