‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə209/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

Pedagogik maqsad
- o‘qitish, tarbiyalash va shu asosda 
talabalar shaxsini shakllantirishdan iborat. Usul esa tarbiya- 
lanuvchilar obro‘sini egallash, hurmatiga sazovor bo‘lishi va ta’sir 
ko‘rsatishdir. Pedagogik mehnatning obyekti sifatida- o‘qituvchi 
shaxsi turadi, uning xarakteri, irodasi, ongi, aqli, odob - axloqining 
asosi 
hisoblanadi. 
Pedagogik 
faoliyat 
subyekti 
esa 
-
442


tarbiyalanuvchiga ta’sir ko‘rsatuvchi-pedagogningo‘zi. Chunki, 
u o!quvchi - talabalarga 
tabiat, jamiyat, tafakkur qonunlari 
to‘g‘risida ma’lumot berish uchun, awalo, ulami o‘z faoli- 
yatining obyektiga aylantiradi. Shu tariqa bilimlar o‘zlashtiriladi, 
o‘zlashtirilgan bilimlar o‘quvchi - talabalarga yetkaziladi. Peda­
gogik mahorat — bu o‘qituvchi - tarbiyachining kasbiy va shaxsiy 
faoliyati 
natijasining umumlashmasi sifatida, muayyan biUm, 
ko‘nikma, malakalar yig‘indisidan iborat.
Pedagogik mahoratga ega bo‘lgan o‘qituvchi - talabalarda 
o‘qish, o‘qitish, tarbiyalash jarayonida diqqatlarini aniq taqsim- 
lash, bilim, ko‘nikmalarini, psixik holatlarini boshqara olish va 
pedagogik texnika madaniyatini o‘zlashtirish malakalarini 
shakllantiradi.
Albatta, bu malakalarni shakllantirishda uzluksiz ta’lim 
tizimining turlari, ayniqsa, oliy ta’lim muassasalarining o‘rni 
beqiyos. 0 ‘zining aql - zakovati, ilmiy salohiyati, ma’naviyati, 
madaniyati bilan milliy istiqlol g‘oyalarini mustahkamlashda, ozod 
va obod Vatanni qurishda yonib yashaydigan shaxs bo‘lib 
shakllanadi va ta’lim islohotlari hujjatlarida belgilangan vazifa- 
larini bajarishga o‘z hissasini qo‘shadi. Shunday qilib, insonning 
ma’naviy yuksalishi, hayotiy tajribasi, bilimi, xatti-harakati, odob
- axloqi, kasbiy mahorati, shakllanib takomillashib boradi. Bu esa 
pedagoglaming kasbiy mahoratini shakllantirishning 
ilmiy, 
nazariy, amaliy jihatdan o‘qitishni yanada yuksaltirish, uning 
samaradorligini oshirishga da’vat etadi.
0 ‘qituvchilik kasbi murakkab va mas’uliyatli kasbdir. Ushbu 
kasbning sharafliligi va murakkabligi shu bilan belgilanadiki, u 
doimo ongning yagona sohibi bo‘lgan inson bilan muloqotda 
bo‘ladi. Ongli va tirik jonzot esa aqliy, ruhiy, hamda jismoniy 
jihatdan doimo rivojlanishda bo‘ladi. Shuning uchun, o‘quvchi 
bilan doimo muloqotda boiganda, unga ta’sir ko‘rsatish uchun 
muntazam ravishda psixologiya, tarbiya nazariyasi kabi fanlami 
mukammal o‘rganib, o‘z kasbiy mahorati ustida muttasil ish olib 
borishi kerak. Bu o‘qituvchidan pedagogik, psixologikvametodik 
tayyorgarlikni talab etadi. Darhaqiqat, har bir yosh mutaxassisni 
puxta ilmiy, nazariy bilimlar bilan qurollantirish, egallagan ilmiy
443


bilimlarini amaliy faoliyatda qo‘Ilash, ko£nikma va malakalarga 
ega qilish, tarbiyalash albatta oson ish emas.
0 ‘qishga ilmiy, ongli munosabat bilan qaraydigan, mustaqil 
fikrlaydigan, mukammal ma’lumotlami egallagan, aqliy mehnat 
madaniyatini o‘zida mujassamlashtirgan yoshlami voyaga yetka- 
zish muhim vadavlat ahamiyatidagi vazifadir. Buning uchun:
1. Pedagog - kasbiy faoliyatning pedagogik yo‘nalishlarini 
aniq belgilay oladigan shaxs bo‘lishi lozim. Bu esa o‘z navbatida 
jamiyatning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, pedagogik mahorat 
asoslarming zamonaviy pedagogikaning ilg‘or g‘oy atari zaminida 
shaxsga insonparvarlik nuqtayi - nazaridan yondoshish imkonini 
beradi.
2. Pedagog - pedagogik jarayonni aniq tashkil qilishi, bosh- 
qarishi, kutilayotgan natijalarni oldindan loyihalashi va uni ro‘yob- 
ga chiqarish texnologiyasini, shuningdek, pedagogik jarayonda 
vujudga kelishi mumkin bo‘lgan nizoli vaziyatlarni oldindan ko‘ra 
bilishi va ulami bartaraf etish uchun tayyor bo‘lishi kerak.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin