‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


Nazorat uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə207/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

Nazorat uchun savol va topshiriqlar
1. Ya.A.Komenskiyning sinf-dars tizimi nimalardan iborat
edi?
2. Ya.A.Komenskiyning didaktikasi va undagi yangiliklar 
nimalardan iborat?
3. Adolf Distervegning hayoti va ijtimoiy-pedagogik faoliyati 
haqida.
439


V BO‘LIM
XIX 
BOB. PEDAGOGIK MAHORAT
1. Pedagogik mahorat faninmg nazariy asoslari va uning
o‘qituvehi faoliyatidagi ahamiyati
Milliy mustaqillikni mustahkamlash va rivojlantirish sha- 
roitida respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-madaniy va 
ma’naviy hayotida ro‘y berayotgan hodisalar, uni jahon hamjihat- 
ligiga tezkor kirishmi, hamda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtiso- 
diyotini shakllantirish borasida olib borayotgan 
islohotlarni 
tezlashtirishni talab etmoqda. Buni amalga oshirishning muhim 
shartlaridan biri mamlakat mehnatkashlarming, hususan yoshlar 
ta’lim, tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchilarning kasb malakalari va 
mahoratlarini takomillashtirish ehtiyojini tug‘diradi. Hozirgi kun- 
da ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, pedagogik va axborot 
texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, 
e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday bo‘lishining 
sabablaridan biri, shu vaqtgaeha an’anaviy ta’limda o‘qituvchi va 
talabalami faqat tayyor bilimlami egallashga o‘rgatilgan boisa, 
zamonaviy texnologiyalar ulaming egallayotgan bilimlarini o‘zlari 
qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, hatto 
xulosalami ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. O'qituv- 
chi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, bilim olishi va tarbiyala- 
nishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, 
yo‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. 
Zero, bugungi kunda 
axborotlar oqimining keskin ko‘payishi, rivojlanishi, ilmiy texni- 
kaviy taraqqiyotning jadallashuviga, mavjud pedagogik, psixolo- 
gik,metodik, amaliy tayyorgarlikning ma’lum darajada “eskirishi” 
ga olib keldi va bu o‘z navbatida pedagogik mehnat bilan 
shug‘ullanuvchilaming kasbiy mahorati, ijodkorligini rivojlanti- 
rishga e ’tiborni yanada ko‘proq qaratish lozimligini taqozo etdi.
440


Pedagog awalo pedagogik jarayonning qonuniyatlari va mexa- 
nizmlarmi yaxshi egallagan bo‘lishi lozim. Shu ma’noda peda- 
gogning umumlashgan malakalari uning pedagogik texnikasi katta 
ahamiyatga molik bo‘ladi.
Mahorat-bu alohida qudrat. Mahoratga erishish ham, erish- 
maslik ham mumkin. Pedagogik mahoratga yetishish pedagogning 
muayyan shaxsiy sifatlari bilan amalga oshadi.
Pedagogik mahorat yuksak darajada pedagogik faoliyatning ta- 
raqqiy etishini, pedagogik texnikani egallashni shuningdek, pedagog 
shaxsi, uning tajribasi, fuqarolik va kasbiy mavqeini ifodalaydi.
“Pedagogik mahorat” bir kategoriya sifatida o'zining ilmiy 
asoslariga ega. Olimlaming ilmiy yondashuvlari bu jarayonga 
nisbatan quyidagicha xulosa qilishga imkon berdi:
Pedagogik mahorat kasbiy faoliyatdagi individuallikning 
yorqin ko‘rinishi sifatida tushuniladi.
Pedagogik mahorat kategoriyasi kasbiy faoliyat nuqtayi 
nazaridan kishining individualligini xarakterlaydi.
Hozirgi tadqiqotlarda pedagogik mahoratning o‘ziga xosligi 
quyidagi kategoriyalarda jamlanadi:

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin