Ta’lim metodi
- o‘qituvchining
crquvchilar bilan muntazam
qo‘llaydigan, o‘quvchilarga o‘z aqliy qobiliyatlarini va qiziqish-
larini rivojlantirish, bilim va ko'nikmalami egallash hamda ulardan
amalda foydalanish imkonini beruvchi ish usuli.
Ta’lim sifatini nazorat qilish
- o‘qitish mazmuni va natijala-
rining davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqhgini tekshirish.
Texnolog
- biror texnologiya mutaxassisi.
Texnologiya
-
biror ishda, mahoratda, san’atda qo‘llanadigan
yo‘llar, usullar majmuasi.
Trener
- ma’lum yo‘nalishda ta’lim olish, mashqlar
bajarish
bo‘yicha trening mashg‘ulotlarini olib borish (rahbarlik qilish)
uchun maxsus tayyorgarlikka ega mutaxassis.
Trening
- ma’lum yo‘nalishda ta’lim olish, mashqlar bajarish
bo‘yicha trenerlar tomonidan (rahbarligida) o‘tkaziladigan mash-
g‘ulotlar.
Tushuncha
- narsa va hodisalar,
ulaming xossalari, ular orasi-
dagi munosabatlami aks ettiruvchi fikrlar.
Umumiy pedagogika
- maktab yoshidagi bolalami tarbiyalash
va ularga ta’lim berish masalalarini o‘rganadi.
Umumiy o‘rta ta’lim
- o‘quvchilaming fan asoslari bo‘yicha
muntazam
bilim olishlarini, ularda bilim o‘zlashtirish ehtiyojini,
asosiy o‘quv-ilmiy va umummadaniy bilimlami, milliy va umum-
bashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlami,
mehnat ko‘nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli mu-
nosabatda bo‘lishni va kasb tanlash ko‘nikmalarini
shakllantirish
bosqichi.
Universitet
- kadrlar tayyorlash va bilimlaming keng sohalari
bo‘yicha oliy va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim dasturlarini
amalga oshiruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasi.
Dostları ilə paylaş: