‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

9) ta’lim jarayoni 
- o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida tashkil 
etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan 
pedagogik jarayon;
10) ta’lim mazmuni 
- davlat ta’lim standartlari asosida 
belgilab berilgan hamda ma’lum sharoitda muayyan fanlar 
bo'yicha o‘zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati;
11) ta’lim maqsadi (
0
‘qish, bilim olish maqsadi) 
-- ta’limning 
aniq yo‘nalishini belgilab beruvchi yetakchi g‘oya;
12) ta’lim natijasi (ta’lim mahsuli) 
- ta’lim yakunining 
mohiyatini qayd etuvchi tushuncha; o‘quv jarayonining oqibati; 
belgilangan maqsadni amalga oshirish darajasi;
13) ta’limni boshqarish 
- ta’lim muassasalarining faoliyatini 
yo‘lga qo‘yish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini 
belgilash;
14) ta’lim tizimi 
- yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish yoiida 
davlat tamoyillari asosida faoliyat yuritayotgan barcha turdagi 
o‘quv-tarbiya muassasalari majmui.
3.Turli tarixiy davrlarda didaktik tizimlarning shakllanishi va
rivojlanishi
Ta’lim va tarbiya insonning shaxs sifatida shakllanishidagi 
ahamiyatining 
beqiyosligi 
qadimgi 
davrlardanoq 
ma’lum. 
Eramizdan awalgi davrlardan buyon olim va mutafakkirlami, 
siyosatchi va davlat arboblarini befarq qoldirmagan masala
77


shundan iborat ediki, kelajak avlodni qanday qilib tarbiyalash 
kerak, ularga qanday bilimlami berish va nimalami o‘qitish zarur.
Maiumki, qadimgi Sharq va G‘arb sivilizatsiyalaming 
rivojiga, ulaming ilmiy, madaniy, ma’rifiy jihatdan shakllanishi va 
rivojlanishiga o‘zining beqiyos ta’sirini o‘tkazgan sivilizatsiyalar -
bu qadimgi Antik davrlarda shakllangan qadimgi Yunoniston va 
Rimdir.
Geografik joylashishi nisbatan yaqin boigan bu ikki sivili- 
zatsiya о‘rtasida madaniy, siyosiy, ijtimoiy va boshqa jabhalarda 
jiddiy farqlar bo‘lishiga qaramasdan, ulaming o‘sib kelayotgan 
yosh avlodga beriladigan ta’lim va tarbiya borasidagi umumiy 
tendensiyalar, o‘ziga xoslik jihatlari mavjud boiganligi sababli 
ulami ko‘rib chiqish muhimdir.
Antik davrdagi qadimgi Yunoniston va Rimda ta’lim jamiyat 
hayotining ajralmas qismi hisoblangan va ijtimoiy hayotda alohida 
o‘rin egallagan. Qullikka duchor boimagan bar bir ozod inson 
ta’lim olishlikni o‘zining burchi hisoblagan.
Ushbu hududlardagi ta’lim tizimlari mavjud ijtimoiy munosa­
batlar, madaniy va tarixiy an’ana va me’roslami saqlab qolish va 
rivojlantirishga qaratilgan. Har bir ma’muriy hududlardagi 
{qadimgi Yunonistonning hududi polislar deb ataluvchi та ’muriy
hududlarga bo ‘lingan
) maktablar o‘ziga xos jihatlari bilan ajralib 
turar va bir-birlari bilan ta’lim jarayonini tashkil etish hamda 
mazmun jihatidan jiddiy farqlanar edi. Lekin, umuman olganda, 
ushbu davrda ta’lim jarayonini tashkil etish hamda ta’lim shakllari 
deyarli bir xil boigan.
Qadimgi Yunonistonda ikkita polis alohida ahamiyatli 
hisoblangan - Lakoniyadagi Sparta 
{qadyun. Lakedemori)va
Attikadagi Alina. Tarixdan ma’lumki ushbu ikki shahar-davlatlar 
G‘arb sivilizatsiyasining beshigi va asoschisi sanalishi bilan birga 
ularda shakllangan o‘ziga xos taiim madaniyati keyinchalik butun 
g‘arbda ta’limni shakllantirish yoilarini belgilab berdi.
78


Sparta ta ’lim va tarbiya 
tizimi
Klassik Spartada (er.IV asrdan aw al) yosh avlodni tarbiyalash 
davlat ahamiyatidagi vazifa sifatida qaralgan va o‘z davrida aynan 
Spartada insonni shaxs sifatida shakllanishida aniq maqsadga 
yo‘naltirilgan tizimli ta’lim va tarbiya berish muhim hisoblangan. 
Sparta davlatchiligi qat’iy qonun va qoidalar asosida yuritilishi 
sababli davlat manfaatlari shaxs manfaatlaridan va fuqarolaming 
shaxsiy erkinligidan ustun qo‘yilgan. Shu sababli ta’lim tizimi ham 
o‘ziga hos xarakterga ega bo‘lib 
eforlar
(qariyalar, oqsoqollar) 
tomonidan jiddiy nazorat ostiga olingan. Spartada tug‘ilgan barcha 
bolalar davlat mulki hisoblangan.
Sparta ta’lim va tarbiya berish tizimining bosh maqsadi 
jangchi-fuqarolami tayyorlash edi va bunda asosiy e’tibor ulaming 
jismoniy tayyorgarligi va rivojlanishiga qaratilgan. Ruhiy 
tayyorgarlikka ham alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, ularda 
qat’iylik, tashabbuskorUk va sodiqlikni shakllantirishga katta urg‘u 
berilgan.
Sparta ta’lim va tarbiya tizimi agoge (
qad.yun. ”olib ketish ”,
“yulib olish”)
7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalami 
“spartancha tarbiya” usulida jangchi-fuqarolami tayyorlash edi. 
Ushbu tarbiya tizimiga faqatgina ozod foqarolar 
(spartiatlar va
perieklar),
ya’ni qullikka duchor bo‘lmagan insonlar, farzandlari 
majburiy jalb qilingan hamda boshqa qatlam va toifadagi insonlar 
uchun, masalan muhojirlar va qullar (
ilotlar
) farzandlarini bu 
tarbiya jarayoniga jalb etilishi eng oliy ehtirom sanalgan.
Butun Sparta ijtimoiy va siyosiy hayoti urushlar bilan 
bogiiqligi sababli yosh avlodni tarbiyalashda harbiy tayyorgarlik 
ustun turgan. Spartaning maqsadli ta’lim va tarbiya tizimi bir 
nechta bosqichlardan iborat bo‘lgan.
7 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar harbiy turdagi 
maxsus 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin