‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

Ilmiylik tamoyili. 
Bu tamoyil asosida bir qator qonuniyatlar 
yotadi. Jumladan:
- dunyoni o‘rganib bo‘ladi va insoniyat aniqlagan va 
amaliyotda sinab ko‘rilgan qonuniyatlami o‘rgansa bo‘ladi;
- taiim-tarbiya jarayoni - ilmiy faoliyat orqali to‘plangan, 
obyektiv olam to‘g‘risidagi ma’lumot tizimini o‘sib kelayotgan 
avlodga bildiradi;
- ilmiylik - beriladigan bilimlar ma’lum bir ketma-ketlikda 
berilishini taqozo etadi;
- ilmiylik yana berilayotgan bilimning hozirgi zamon ijtimoiy 
va ilmiy-taraqqiyot darajasiga mosligi bilan hamda tuzilgan dastur 
va ishchi rejaga mos bo‘lishligi bilan ham belgilanadi.
Didaktika bu tamoyilni amaliyotga qoilashlikning bir qator 
qoidalarini ishlab chiqqan.
1. Pedagogik amaliyot bilan shug‘ullanganda pedagogika, 
psixologiya hamda dars berishning usul va uslublarining eng 
ilg‘orlaridan foydalanish.
2. Hozirgi zamon didaktika va psixologiya fanlarining 
ko‘rsatmalari bo‘yicha dars berganda, mantiqning faqat induktiv 
usulidan foydalanibgina qolmay, deduktiv usulidan ham bemalol 
foydalanish.
3. Boshdanoq o‘quv fanining ichki mantig‘ini ochib berishga 
intilish.
4
.
Talabalalarda narsa va hodisalarga dialektik yondashuvni 
shakllantirish maqsadida, har bir bilimni berishda uning ichki 
dialektikasiga ahamiyat berish.
5. «Qaytarilmasa esdan chiqadi», degan qoidadan kelib chiqib, 
har bir darsda yangi bilimni takrorlab turish.
95


6. Qonuniyatlami tushuntirayotganda, ularni tashqi muhit, vaqt, 
eskilik va yangilik orasidagi tafovut hamda ichki sharoitlarga 
bog‘liqlikda tushuntirish.
7. 0 ‘qitganda izlanuvchanlik hissiyotini rivojlantirish.
8. Muayyan qonuniyatni tushuntirishda, uni kashf etgan olim- 
ning qisqacha taijimai holini gapirib berish.
9. Bilim berishda, uning tadqiq qilingan usullarini ham aytib, 
bolalarda tadqiqot usullaridan foydalanish ko‘nikmasini shakllan­
tirish.
10. Dars o'tganda atama, ta’rif va tushunchalaming eskilariga 
tanqidiy yondashib, eng yangilaridan foydalanish.
11. Bilim berishda tarixiylik qoidasidan kelib chiqib, 
berilayotgan bilimning kashf qilinish tarixini aytish.
12. Fan bilimlarini berishda, ular ichidan asosiylarini ajratib, 
fandagi ustuvor yo‘nalishlarini ham ko‘rsatib o‘tish.
13. Yuqori sinf, akademik litsey, kollej, va ayniqsa, oliy o‘quv 
yurtlarida fandagi baxsli o‘rinlarini aylanib o‘tmaslik.
14. Bolalarning tadqiqotchilik faoliyatini rag‘batlantirib borish.
15. Yangilik topishga keng imkoniyat yaratib berish.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin