‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

moslashuvchan
” shaxs tarbiyasidir. D.Dg‘yui va uning izdoshlari 
fikricha, har bir insonning bolalik davridan sog‘lig‘iga, hayot 
tarziga va ma’naviyatiga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish orqali uning 
hayotiga ijobiy ta’sir o‘tkazish mumkin. Bola tarbiyasiga turli 
faktorlar - iqtisodiy, ilmiy, madaniy, ma’naviy va boshqalar -
orqali intensiv ta’sir ko‘rsatiladi. D.Dg‘yui o‘z davrining 
reformatori sifatida ta’kidlaganki, fan sifatida pedagogika uchun 
eng muhim manba - bu hayot sinovlaridan o‘tgan va o'zining 
samarasini isbot qilgan metodgina afzal. D.Dg‘yui falsafiy 
pragmatizm yo‘nalishining yorqin vakili sifatida “faqat foyda 
bersagina haqiqatdir” 
(falsafada pragmatizm yo ‘nalishining asosiy
g ‘oyasi
) nuqtayi nazaridan kelib chiqib ta’limning ham shunga mos 
maqsadlarini belgilagan. Ya’ni, samarasi yo‘q ta’lim metodlari va 
vositalari haqiqat emasdir. Biz keyingi boblarda D.Dg‘yuining 
ta’lim berish g‘oyalari asosida yaratilgan bugungi kunimizda eng 
samarali 
hisoblangan 
muammoli, 
ta’lim 
yondashuvining 
texnologiya, metod va vositalari, ya’ni loyihaviy yondashuv 
texnologiyasi haqida, alohida to‘xtalib o‘tamiz.
0 ‘tmishdan hozirgi kungacha ta’limning bosh maqsadlari o‘q 
tomir sifatida quyidagilar belgilanib kelingan: yoshlami ta’lim va 
tarbiya jarayoniga jalb etish, insoniyat madaniy merosini keyingi 
avlodga tizimli ravishda yetkazish, har tomonlama rivojlangan 
shaxsni tarbiya qilish.
0 ‘tmishga nazar solar ekanmiz, XX asr boshlarigacha bizning 
o'lkamizda ta’lim asosan madrasalarda olib borilgan va ushbu 
madrasalarda diniy ta’limot olib borilgan. Xuddi shunday holatni 
g‘arbda ham kuzatish mumkin edi: g‘arb ta’limining asosiy 
maskanlari iezuit maktablari boigan. Ulaming ham asosiy 
maqsadlari diniy tarbiya bo‘lgani bilan, lekin qisman bo‘lsa-da 
dunyoviy bilimlar berilgan. Diniy bilimlar berilishining asosiy 
sababi shundan iborat ediki, ushbu davrda sanoat va ishlab 
chiqarish XX asrdagi kabi gurkirab rivojlanmagan edi. XX asrga 
kelib esa sanoatning ko‘plab jabhalari ilm-fan yutuqlariga 
asoslangan holda rivojlanishi hamda yangi bosqichga ko‘tarilishi 
sababli mehnat bozorida malakali, dunyoviy ilmlardan xabari bor, 
texnika va texnologiyani tushunadigan kadrlarga ehtiyoj kuchaya
100


boshlagan edi. Bunday sharoitlarda jamiyat taiim oldiga yangi 
maqsadlami qo‘ya boshladiki, bunda yosh avlod ijtimoiy 
munosabatlar o‘rnatadigan, tabiiy fanlarni chuqur o'rgangan, 
insoniyatning boy madaniy merosidan xabardor boiishi taqozo 
etildi. Chindan ham XX asr davomida taiimning asosiy maqsadlari 
sifatida ushbu tezislar ilgari surilgan edi. Yuqorida aytilgan fikr 
yana o‘z tasdig‘ini topmoqdaki, jamiyat ehtiyojlari va talablari 
taiim oldiga o‘z maqsadlarini qo‘yadi. Ya’ni, davlat jamiyat 
nomidan taiimning asosiy buyurtmachisi sifatida unga yangi 
maqsad va vazifalarni belgiiab beradi.
Bugungi kunga kelib, ya’ni XXI asr boshlarida ham, mazkur 
jarayon takrorlanmoqdaki, bu jarayon taiim oldiga jamiyatning 
yangi ehtiyoj va talablari asosida yangi maqsadlami qo‘yish bilan 
namoyon boimoqda.
Bunday yangi talab va ehtiyojlar nimalardan iborat?
Maiumki, XXI asr postindustrial asri deyiladi. Ya’ni, 
insoniyat sanoat davridan yangi bosqichga, axborot asriga, 
bilimlarga asoslangan iqtisodiyot davriga qadam qo‘ydi. Tabiiyki, 
bunday yangi sharoitlarda mehnat bozori ishtirokchilari, ya’ni 
kadrlarga boigan talablar ham o‘zgarib boradi.
XX 
asr murakkab asr edi, XXI asr undan ham murakkab davr 
hisoblanadi. Ushbu murakkablikni ta’limga proeksiyalasak xulosa 
shuki, insonlardan nafaqat fanlarga oid bilimlami egallashni 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin