‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


Nazorat  uchun  savol va topshiriqlar



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

Nazorat 
uchun 
savol va topshiriqlar
1. Pedagogikadagi qonuniyatlami aytib bering.
2. Pedagogik qonunlami aytib bering.
3. Pedagogik tamoyillar va qoidalar deb nimalarga aytamiz?
4. Onglilik va faollik tamoyilini sharhlang.
5. Ko‘rgazmalilik tamoyilini tushuntirib bering.
6. Tizimlilik va muntazamlilik tamoyiJi nimani talab qiladi?
7. Mustahkamlik tamoyilini tushuntiring.
8. Tushunarlilik tamoyili nima va unda qancha qoidalar bor?
9. Ilmiylik tamoyi lining asosini nima tashkil qiladi?
10. Nazariya va amaliyot birligi tamoyilini tushuntirib bering.
97


IV.BOB. TA’LIM MAZMUNI
O‘zbekiston maktablaridagi ta’limning mazmuni
l.Ta’limning maqsad va vazifaiari
Har bir ijtimoiy tuzum ta’lim oldiga o‘ziga xos maqsad va 
vazifalarni qo‘yadi. Bunday vazifalar turli davrlarda turlicha 
bo‘lgan. Jamiyat, fan, texnologiya va ijtimoiy munosabatlar 
o‘zgarishi ana shu maqsadlaming yangilanishiga sababchi bo‘ladi. 
Qadimgi Afina, Sparta va Rim ta’lim tizimining oldiga qo‘yilgan 
maqsadlar yoshlarda asosan harbiy, jismoniy va estetik tarbiyani 
shakllantirish bo‘lgan bo‘lsa, o‘rta asrlarga kelib matematika, 
astronomiya, falsafa, geografiya fanlarining gurkirab rivojlanishi 
sababli ularni o‘rganish asosiy maqsad qilib belgilangan. 
Uyg‘onish davri va ayniqsa o‘rta asrlardan keyingi davrlarda 
ta’limning nafaqat bilim berish, balki ta’lim oluvchini shaxs 
sifatida rivojlantiruvchi fimksiyalariga alohida e’tibor qaratila 
boshlandi.
XX asr boshlarida progressiv pedagogika vakillari ta’limning 
maqsad va vazifalarini belgilashda turli yondashuvlarga asos- 
lanishgan bo‘lsa ham ulaming umumiy jihati shundan iborat ediki, 
ta’limning maqsadlari, uning mazmuni va tuzilishi (strukturasi) 
pragmatik nuqtayi nazardan (g‘arb pragmatizmi g‘oyasiga asoslan- 
gan), ya’ni jamiyatning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda 
belgilandi. Jamiyat, uning ijtimoiy tuzilishi va undagi munosa- 
batlaming o‘zgarishi, ilm, fan va texnologiyalaming taraqqiy etishi 
ta’lim oldiga yangi maqsadlami qo‘yaveradi.
YUNESKO 1988 yili o‘zining mashhur qarori bilan XX asr 
pedagogik konsepsiyalarining shakllanishiga jiddiy hissa qo‘shgan 
to‘rt pedagogni alohida e’tirof etgan. Bular Djon Dg‘yui, Georg 
Kershenshteyner, Maria Montessori va Anton Makarenkolar. Ular 
tomonidan ilgari surilgan ta’limning maqsad va vazifaiari o‘z davri
98


uchun hamda aksariyat g‘oyalar bugungi kun ta’limi uchun ham 
g‘oyat dolzarbdir. Hususan, A.Makarenkoning fikricha, taiimning 
bosh maqsadi ta’lim oluvchiiaming sifatlarini shakllantirishda aks 
etm ogi kerak. Birinchi boiib “taiim ” tushunchasini kiritgan 
shveysariyalik pedagog I.G.Pestallotsi (1746-1826) tabiat qonun- 
laxi asosida taiim berish g‘oyasini ilgari suradi. Bu g‘oyaning 
asosiy tezisi shundan iboratki, ta’lim va tarbiya inson tabiatining 
rivojlanishiga mos ravishda olib borilishi kerak. Uning fikricha, 
tabiat taiim va tarbiyaning eng optimal usullarini insoniyatga 
taqdim etgan va bu usullar tabiyatning abadiy qonunlariga tayanadi.
I.G.Pestallotsi 
g‘oyalarining 
qattiq 
ta’sirida 
boigan 
G.Kershenshteyner taiimning maqsadlari haqida bunday yozgan 
edi: "... 
Iqtisodiyot va tarbiyaning asosiy muammolari o'zaro
chambarchas bog‘liqdir: iqtisodiyotning ko'pldb muammolarini
sifatli xalq ta ’limisiz yechib bo ‘Imaganidek, sifatli ta ’lint va
tarbiyaga iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy vaziyatlarni yaxshilamasdan
erishib bo ImaydF.
Ya’ni, yosh avlodning tarbiyasi asosan davlat 
manfaatlaridan kelib chiqib qurilishi kerak, degan g‘oyani ilgari 
suradi.
Taiim nazariyasi va amaliyoti rivojlanishining barcha 
bosqichlarida turli pedagogik qarashlar, g‘oyalar, yondashuvlar 
shakllangan boiib, ba’zilari bir-biriga tubdan qarama-qarshi 
boigan. Masalan, XVIII asr oxirlari - XIX asr boshlarida formal 
va material taiim nazariyalari 
(Pestallotsi ushbu nazariyalarga
butkul qarshipozitsiyada bo ‘Igan)
hukmron boigan. Formal taiim
bolaning xotirasi, diqqati, qabul qilish kabi psixologik 
fimksiyalami rivojlantirishni, material taiim esa aksincha -
bolaning bilim olishini asosiy maqsad qilib oladi. Bugungi kunga 
kelib maiumki, ushbu g‘oyaIar bir-birini toidiruvchi, uzilmas 
g‘oyalardir.
XIX 
asr oxirlari - XX asr boshlari ham taiim nazariyasi va 
•maliyotiga yangi g‘oyalar kiritilganlik bilan alohida ehtiborga 
foyiqdir. Bunday g‘oyalardan biri pedagogikada pragmatizm 
(i
amaliy ahamiyatga ega bo‘Igan g ‘oya)
g‘oyasidir. Uning 
•loschilari Djon Dg‘yui, U.Kilpatrik, E.Parkxerst, E.Kollings va 
boshqalaming fikricha tarbiyaning maqsadi “
turli vaziyatlarga
99



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin