‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

muntazamlilik tamoyili. 
Bu tamoyil quyidagi 
obyektiv qonuniyatlarga suyanadi:
- inson, faqat tashqi dunyoni o‘z tafakkurida aniq aks 
ettirgandagina, haqiqiy va faol bilimlarga ega bo‘la oladi;
- kishi tafakkurida ilmiy bilimlar tizimini shakliantirishining 
asosiy usuli, maqsadga yo‘naltiriigan rasmiy ta’limning tashkil 
qilinishi;
- rasmiy ta’limning tashkil qilinish tartibi, o‘quvchilar 
imkoniyati va beriladigan bilimning ichki mantiqiy tuzilishidan 
kelib chiqqanligi;
89


- bilim berish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshiril- 
ganligi tufayli, bilim berish samarasi, bu bosqichlar orasidagi 
vaqtning qanchalik qisqa boiishligiga bog‘liq, bosqichlar orasi­
dagi masofa vaqt jihatdan haddan oshib ketsa, bilim berish samara 
bermaydi;
- agar bilim va uning negizida shakllangan ko'nikmalar mashq 
orqali takrorlanib turilmasa, bilim va ko‘nikma yo‘qolib ketadi;
- bolalami mantiqiy fikrlashga o‘rgatilgan boimasa, ular 
doimo fikr yuritishda qiyinchiliklarga duch keladilar;
- o‘qitishda tizimlilik va muntazamlikka amal qilinmasa, 
ta’lim-tarbiya jarayoni susayadi.
Pedagogik amaliyotda bu tamoyilning ishlashi quyidagi 
qoidalar orqali amalga oshiriladi.
1. 0 ‘quvchilar tomonidan bilimlar tizimi to‘liq o‘zlashtirib 
olinishi uchun beriladigan bilimlami mantiqiy tugallangan bilim 
boiaklariga ajratib o‘qitish.
2. Mazmunini to‘liq ochib berishga ko‘zingiz yetmagan biron- 
bir savol va muammoni dars rejasiga kiritmaslik.
3. Mantiqiylikni hech qachon buzmaslik, buzilgan taqdirda 
o‘zlashtirilmaslikning oldini olish uchun uni darrov bartaraf 
etishlik.
4. 0 ‘quv fani - katta bir fanning kichraytirilgan modeli ekanini 
tushuntirib, fanlararo bogiiqlikni ko‘rsatib berishlik.
5. Nazariy bilimlarning o‘zlashtirilishi to‘g‘ri ketayotganini 
doimo tekshirib borishlik: o‘rganilayotgan obyekti, predmeti, naza­
riy asoslari, asosiy tushunchalari, nazariyasi va uning qoilanishi 
chegaralarini doimo eslatib, ulaming bajarilishini tekshirish.
6. Doimo esda tutish lozimki, kunda eshitib, go‘yoki yaxshi 
bilgan narsani tushuntirib, ilmiy asoslab berish qiyin boiadi. 
Shuning uchun bolalardagi awalgi bilimlari va mantiq usullaridan 
doimo foydalanish zarurligi.
7. Boshlang‘ich, umumta’lim va oliy taiim bosqichlaridagi 
bilim mazmuni va uni berish usullari orasidagi muvofiqlikni 
saqlash.
8. 0 ‘qitishning ilg‘or usullaridan doimo foydalanish.
90


9. 0 ‘qitishda tizimlilikni va muntazamlilikni saqlash uchun, 
aw al o‘tilgan bilimlami doimo qaytarib turish.
10. 0 ‘tgan bilimlami qaytarish usulidan, faqat dars boshida va 
uni yakunlayotganda foydalanib qolmay, har bir bilimni 
tushuntiri layotganda ham undan foydalanish.
11. 0 ‘tgan bilimlar bilan tez kirishib ketuvchi yangi gaplardan 
boshqa yangi fikrlami bildirmaslik.
12. 0 ‘quvchilar til savodxonligini faqat til o‘qituvchilari 
kuzatib boribgina qolmay, barcha o‘qituvchilar ham bu ishni 
bajarishlari lozimligi.
13. Sabr va chidam bilan hamda uzluksiz ravishda bolalami 
mustaqil fikr yuritishga va bilimlami mehnat qilib topishga 
o‘rgatish.
14. Bolalarga o‘qishning istiqbolini doimo eslatib turish.
15. Har bir bo‘lim oxirida, albatta, umumlashtimvchi 
mashg‘ulotlami amalga oshirish.
16. Bolalar javobida uchrab turadigan xatolami doimo tuzatib 
borish.
17. Charchab qolgan bolalar faoliyatini hech qachon sun’iy 
ravishda faollashtirishga harakat qilmaslik, faollashtirishda bolalar 
jismoniy va aqliy imkoniyatidan kelib chiqish.
18. Bolalardan egallagan bilimiga ko‘nikma va malaka hosil 
qilishni talab qilish.
19. Esda saqlash lozimki, majmuaga tushgan bilim esdan 
chiqmaydi. Esdan chiqib qolsa, majmua orqali uni darrov esga 
tushirish oson.
20. YA.A. Kamenskiyning - hamma narsa uzluksiz ketma- 
ketlikda olib borilishi kerak, bugungi aytganlaringiz kechagisini 
mustahkamlashi va ertangi aytganingizga yo‘l ochib berishi kerak
- degan nasihatini unutmaslik qoidasi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin