‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

mohiyatim
nazariy 
jihatdan anglash bosqichi.
2. Ko‘rsatma, yo‘l - yo‘riq berish bosqichi.
3. Sinov bosqichi (bu bosqichda ikki-uch nafar o‘quvchi 
amaliy harakatlami bajaradi, qolgan o‘quvchilar esa ulaming 
faoliyatini kuzatadi).
160


4. Faoliyat (harakat)ni bajarish (har bir o‘quvchi topshiriqni 
mustaqil ravishda bajaradi, ayni o'rinda topshiriqni bajarishga 
qiynalgan o‘quvchilarga alohida e’tibor qaratilib, ularga yordam 
ko‘rsatiladi).
5. Nazorat bosqichi (bu bosqichda o‘quvchiiarning ishlari 
qabul qilinadi va baholanadi; ishning sifati, materialning maqsadga 
muvofiq tanlanganligi, vaqt nutqayi nazardan tezkorlik, topshiriqni 
bajarish tizimining to‘g‘riligi va samaradorligi kabi holatlarga 
alohida e’tibor beriladi).
Zamonaviy ta’lim tizimida o‘quvchilar tomonidan o‘zlashti- 
rilgan nazariy bilimlar negizida amaliy ko'nikma va malakalarni 
shakllantirishda didaktik o‘ymlardan foydalanishga alohida e’tibor 
qaratilmoqda.
Didaktik o‘yin o‘rganilayotgan obyekt, hodisa va jarayonlami 
modellashtirish asosida o‘quvchining bilishga bo‘lgan qiziqishi va 
faollik darajasini rag‘batlantiruvchi o ‘quv faoliyati turi. Ayni 
vaqtda o‘yin ham ijtimoiy faoliyat ko‘rinishi sanaladi.
Hozirgi vaqtda o‘qituvchilar qo‘lida barcha o‘quv fanlari 
bo‘yicha didaktik o‘yinlaming ishlanmalari mavjud, ayniqsa, 
boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha yaratilgan o‘quv dasturlarda turli 
didaktik o‘yinlaming ro‘yxati yetarli darajada ko‘rsatilgan.
Ta’limning globallashuvi ta’limiy va rivojlantiruvchi xarakte- 
rga ega va yo‘nalishi jihatidan xilma-xil bo‘lgan kompyuter 
o‘yinlarining maktab amaliyotiga jadal kirib kelishini ta’mmla- 
moqda. Didaktik o‘yinlar o‘quvchilarga ijtimoiy-foydali mehnat 
hamda, o‘qish ko‘nikmalarini faol o‘zlashtirishda muhim 
ahamiyatga ega. Didaktik 
0
‘yinlaming ahamiyati umng natijasi 
bilan emas, balki jarayonning mazmuni va uning kechishi bilan 
belgilanadi. 0 ‘yinlar bolalami ijtimoiy munosabatlar jarayonida 
faol ishtirok etishga tayyorlaydi, ularning turli psixologik 
zo‘riqishlarini kamaytiradi. Didaktik o‘yinlardan foydalanilganda 
o‘quvchiiarning manfaatdor bo‘lishlari ijobiy ahamiyatga ega 
bo‘lgan taqdirdagina ularni taqdirlash mumkin. Aksincha, metodik 
jihatdan puxta asoslanmagan hamda shunchaki tashkil etilgan o'yin 
ijobiy natija bermaydi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin