‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


Mashq - o‘quvchilarda malakalarni shakllantirish



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

6.Mashq - o‘quvchilarda malakalarni shakllantirish
faoliyatinmg asosiy turi
0 ‘quvchilar malakalarining saviyasi ana shu ishning qanday 
tashkil etilishiga bog‘liq. Mashqlami tasniflashning 
bir
necha 
tizimlari mavjud bo'lib, uning hamma turlarini malakalar hosil 
bo‘lishi jarayonidagi o‘miga qarab uch guruhga: 
tayyorgarlik,
о ‘quv
va 
о ‘rganish
mashqlariga bo‘lish mumkin.
Tayyorgarlik mashqlarming vazifasi dasturdagi yangi materialni 
ongli ravishda o‘zlashtirish uchun zarur bilimlar va amaliy ish 
usullarini esga tushirishdan iboratdir. Masalan, Ш sinfda fe’llami 
o‘rganish tajribasi bo‘yicha oldin fe’llami eshitib idrok etish, fe'ining 
zamon shakllarini aniqlash mashqlari o‘tkaziladi. Bolalar so‘zlar 
orasidagi fe’llami ajrata oladigan bo‘lganlaridan keyin ana shu so‘z 
turkumini ongli ravishda qo‘llash mashq qilinadi.
Boshqa bir misol. Matematika darsligining mualliflari 
I.Oxunjonov va N.U.Bikbayevalaming likricha, 10 ichidagi amal- 
lami mustahkamlashda va ikkinchi o'nlikdagi sonlarni nomerlashni 
o‘rganishda tarkibli masalalami qo‘lIashdan oldin quyidagi 
tayyorgarlik mashqlarini muntazam о ‘tkazish kerak:
l.Oddiy masalaning shartiga savol qo‘yish. Chunonchi, bir 
qutichada 6 ta, ikkinchi qutichada undan 2 ta kam qala m (opasida
10 ta va ukasida 8 ta marka) bor. Masalaning ana shu shartidan 
nimani bilish mumkin?
2. Masalaning berilgan shartidagi yetishmaydigan sonni 
to‘ldirish. Chunonchi, akasida 4 ta daftar bor, aka va singilning 
daftarlari qo‘shilsa, nechta bo‘ladi? (Maydonda turgan mashi- 
nalaming 3 tasi ketsa, nechta mashina qoladi?)
3. Berilgan savolga javob uchun kerakli ma’lumotkimi tanlash. 
Chunonchi, ikkita yashikda qancha olma borligini (qizchada necha 
tiyin qolganini) aniqlash uchun nimani bilish kerak?
0 ‘ quv mashqlari yangi material yoritilishi bilanoq boshlanadi 
va ana shu materialni o‘zlashtirishda yordam beradi. Ulaming farqli 
xususiyati o‘quvchilarga o‘qituvchining doimiy yordam berisliidan 
iboratdir. Bu yordam ko‘pincha bajariladigan ishning usullari va 
natijalarini jamoa bo‘lib muhokama qilishda, sharhlashda o'zining
165


ifodasini topadi, Birinchi o‘quv mashqida bolaga baho qo‘yish 
ma’qul emas, chunki undan hali o‘rganilmagan narsani so‘rash 
pedagogik jihatdan noto‘g‘ridir. 0 ‘quv mashqlarini o‘tkazishda 
algoritmik ko'rsatmalar, ya’ni aqliy va amaliy harakatlarning 
didaktik jihatdan o‘zini oqlagan turlari belgilangan o‘ziga xos 
xotiranomalar g‘oyat foydalidir. Algoritmik ко‘r satmalaming keng 
doiradagi bir xil masalalarni yechish uchun qoilanishi maqsadga 
muvofiq bo‘lib, ular ishda to‘g‘ri natijalarga erishish imkonini 
beradi.
0 ‘qish darsida hikoyaning rejasini tuzish uchun quyidagicha 
xotiranoma juda foydalidir.
1. Hikoyani o‘qi.
2. Uni qismlarga ajrat.
3. Har bir qismdagi asosiy masalalarni top.
4. Har bir qismga sarlavhalar qo‘y.
5. Qismlaming sarlavhalaridan reja tuz.
0 ‘quv topshiriqlarining har xil turlaridan foydalanish o‘quv- 
chilami ishga. ijodiy yondashishga va nazariy bilimlami amalda 
qoilashga yordam beradi. Bunga erishish uchun o‘quvchilaming 
bilimlarini ulaming dastlabki tushuncha, tasavvur va ko‘nikmalarini 
shakllantirgan materiallardan boshqacha materiailar asosida mustah- 
kamlash va takomillashtirish kerak. Shuningdek, bu materiailar ko‘p 
variantli topshiriqlardan tashkil topib, ulaming har biri o‘ziga xos 
bilishga doir va mantiqiy topshiriq bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. 
0 ‘rganish mashqlarining ana shunday yoiga qo‘yilishi o‘quvchilar 
ongida yangi bogianishlar hosil boiishiga va shunga ko‘ra mate- 
rialning yaxshiroq o'zlashtirilisiiiga yordam beradi.
Amaliy metodlar o‘qitishning og‘zaki va ko‘rsatmali metodlari 
bilan uzviy birlikda qoilaniladi. Chunki mashqlami bajarish, 
tajribalami oikazish va mehnat operatsiyalarini amalga oshirish- 
dan oldin pedagog instmktiv tushuntirishlar o‘tkazishi kerak. 
Og‘zaki tushuntirish va rasmlami ko£rsatish, odatda, mashqlami 
bajarish jarayonida amalga oshiriladi va uning natijasini aniqlash 
va tahlil qilish bilan tugallanadi.
4. 
Laboratoriya ishi tadqiqotchilik metodlari qatoriga kiradi va 
bunday metodlar yordamida o‘quvchilar o£zlari uchun yangilik
166


kashf etadilax. Boshlang‘ich sinflarda laboratoriya ishlari, asosan, 
tabiatshunoslik va mehnat darsi arida o‘tkaziladi.
5. Mehnat darslarida qog‘oz, gazlama, loy va boshqa ashyo- 
laming xossalari o‘rganiIadi. O 'quv tajriba uchastkasida turli 
o‘simliklaming rivojlanishi kuzatiladi. Maktab laboratoriyasida 
amalga oshiriladigan ishlar bolalarda mehnat madaniyatini 
tarbiyalaydi, asboblami ehtiyotlab ishlatish, ish o‘mini batartib 
tutish odatini vujudga keltiradi.
6. О‘yin, hozircha, hatto boshlang‘ich maktabda ham o‘qitish- 
ning metodi sifatida tegishlicha o‘rin olgan emas. 0 ‘yinlar o‘quv- 
chilaming bo‘sh vaqti bekor oetmasligi va ularni jismonan chi- 
niqtirish uchun o‘tkaziladi. Ta’limiy o‘yinlar darsda yoki darsdan 
tashqari o‘tkazilishidan qat’iy nazar, beixtiyor eslab qolish jara- 
yonlarini ancha faollashtirishda, bilish faoliyatiga qiziqishini oshi- 
rishda, mustaqil mehnatga tayyorlashda katta ahamiyatga molikdir.
0 ‘yinlami psixologik-pedagogik tashkil etish, tayyorlash va 
o‘tkazish bosqichlari o‘qituvchining o‘yinni tashkil qilish va 
o ‘tkazishga nazariy-metodik tayyorgarligi:
- kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning yoshi, o‘ziga xos 
psixologik va tipologik xususiyatlarini o‘rganish, ana shu xusu- 
siyatlami hisobga olish hamda ular o‘yinining maqsadi, vazifasi va 
mazmuniga muvofiq ravishda tuzatishni rejalashtirish;
- o‘quvchilammg hayotiy tajribasini, qiziqishlarini, mayllari 
va qobiliyatlarini o‘rganish hamda o ‘yinda ulardan foydalanib, har 
bir o‘quvchida to‘la qoniqish hosil qilishni rejalashtirish;
- texnik vositalardan foydalanib, namunaviy o‘yinlami 
ko‘rsatish va tushuntirish;
- o'quvchiiami o‘yimiing mazmuni, sujeti, maqsadi va vazi- 
falari, bosqichlari, borishi va qoidalari bilan tanishtirish;
- o'quvchiiami o ‘yin jarayonida o‘zini-o‘zi nazorat qilishga 
shaylash;
- o‘yinga rahbarlikning xarakterini, o‘yinda o‘qituvchining 
o‘zi ham hakam yoki kuzatuvchi sifatida qatnashishini yoki 
rahbarlikni peshqadam o‘quvchiga berishini belgilash;
167


- о "yin jarayonida o‘qituvchi o ‘quvchi!arga tarbiyaviy ta’sir 
ko‘rsatishi;
- o‘tkazilgan o ‘yinni muhokama qilish: qo‘yilgan vazifalar 
yuzasidan o‘yinning natijalarini, ishtirokchilaming harakatlarini 
baholash va ularni rag‘batlantirish;
- mazkur o'yinning o‘quvchilami vatanparvarlik va baynal- 
minallilik ruhida tarbiyalashdagi samaradorligini pedagogik tahlil 
qilishdan iboratdir.
O'yiniami tashkil qilishda quyidagi pedagogik omillami 
hisobga olish zarur:
- o'quvchilaming o‘yinning mohiyati, mazmuni, bosqichlari 
vanatijasini to ia tushunishini;
- ulaming navbatdagi о‘yin faoliyatiga shaxsan qiziqish bilan 
ijobiy munosabatda boiishini; o‘yinda zarur bilim, ko‘nikma va 
malakalarini safarbar etishini;
- o 'yingacha, o‘yin jarayonida va undan keyin o‘qituvchining 
barcha talablarini bajarishlarini.
Muammoni hal qilishning optimal psixologik pedagogik shart- 
lari quyidagilardan iborat:
- mazmunan dolzarb o£zbek xalq o'yinlari majmuasini 
tanlash;
- o' quvchilami о‘yin faoliyatiga emotsional jihatdan 
shaylash;
- o‘qituvchining kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni 
o‘zbek xalq o‘yinlariga qiziqtira olishi;
- o‘zbek xalq o‘yinlariga rahbarlik qilish mazmuni, shakllari 
va metodlarining birligi;
- o‘yin jarayonining hayotiyligi, uning haqqoniyligi;
- kichik maktab yoshidagi о‘quvchilaming o‘yin faoliyatida 
qatnashuvining ixtiyoriyligi:
- o‘yinlaming mazmunini asta-sekin murakkablashtirib 
borish.
O zbek xalq o‘yinlarini tanlashga qo‘yiladigan talablar:
- o‘yinlar mazmunining hayotiyligi va haqqoniyligi;
168


- mazmuni bo‘yicha mosiigi;
- sujetning soddaligi, qiziqarliligi va hissiyotliligi;
- o‘yinda 
faol 
fikrlashni, 
ijodkorlikni, 
sezgirlikni, 
tashabbuskorlik va faolIikni,hissiy ta’sirchanlikni, o‘tkir zehn va 
kuzatuvchanhkni, diqqat e’tiboriilikni talab qilish;
- o‘yinning o‘quvchilar yoshiga, psixologiyasi va ulaming 
pedagogik tayyorgarligiga mosiigi.
0 ‘qituvchi sinflar bo‘yicha o‘yinlami “Milliy harakatli o'yin- 
lar” (T. Usmonxo‘jayev va b. Milliy harakatli o‘yinlar. Toshkent, 
”0 ‘qituvchi”, 2000) kitobidan yoki mahalliy bolalar o ‘yinlaridan 
foydalanishi mumkin.
0 ‘yinlami o‘tkazishning tarbiyaviy maqsadi va vazifalari uchta 
(boshlang‘ich, asosiy, yakunlovchi) bosqichda amalga oshiriladi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin