‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


Inmovatsion jarayonning rivojlanishida umumiy yo‘nalish



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

3.Inmovatsion jarayonning rivojlanishida umumiy yo‘nalish
Innovatika muammolariga murojaat etish va ulami muhim 
zamonaviy ilmiy fikrlash yo‘nalishlariga qo‘shish, jamiyatda
178


innovatsion jarayonlar dinamikasi о‘sib borayotganini tushunish 
natijasi bo‘ldi.
Bizning adabiyotlarimizda innovatsiya muammolari ko‘p 
vaqtgacha iqtisodiy tadqiqotlar tizimida o‘rganib kelindi.
Ammo vaqt o‘tishi bilan jamiyat hayoti faoliyatining hamma 
sohalarida innovatsion o‘zgarishlar sifat xarakteristikalarini baho- 
lash muammosi yuzaga keladi, ammo bu o‘zgarishlami faqatgina 
iqtisodiy nazariyalar bilan aniq lab bo‘lmaydi. Innovatsion jarayon- 
larni o‘rganish uchun boshqa yoilar zarur, unda innovatsion tahlil 
faqatgina. Fan va texnika erishgan zamonaviy yutuqlaridan 
foydalanishnigina o‘z ichiga olmay, balki boshqarish, ta’lim, huquq 
va boshqa sohalami ham qamrab oladi. Innovatsion pedagogik 
muammolarini yechilishini izlash ta’lim sohasida innovatsion 
jarayonlar borishi xususiyatlari, mazmuni, tarkibi va klassifi- 
katsiyasini tekshirish natijalarini tahlil (analiz) qilish bilan bogliq.
“Innovatsiya” tushunchasi birinchi marta XIX asrda madani- 
yatshunoslar o‘rganishlarida paydo bo‘ldi va bir madaniyat 
elementlarini boshqasiga joriy qilish ma’nosini bildirgan. Uning bu 
ma’nosi hozirgacha etaografiyada saqlanib qolgan. XX asr 
boshlarida yangi bilim sohasi-yangiliklami kiritish, qo‘ Hash yuzaga 
keldi. U mahsulot ishlab chiqarish sohasida texnik yangiliklami 
kiritish qonuniyatlarim o‘rgana boshladi. Yangiliklami kiritish 
haqidagi fan - innovatika -firmalaming yangi reja, xizmatlami 
ishlab chiqish va tatbiq etish faoliyatiga talabalari keskin oshib 
borishi aks ettirilgan holda paydo bo‘ldi.
30 yillarda AQShda “firma innovatsion siyosati”, “innovatsion 
jarayon” atamalari paydo bo‘ldi. 60-70 yillarda g‘arbda firmalar va 
boshqa korxonalar amalga oshirilayotgan yangiliklami empirik 
tekshirishlar keng quloch yoyadi. Shu bilan birga diqqat ikki asosiy 
tekshirishlar sohasiga qaratiladi, ulaming har birida o"z nazaiiy - 
metodologik madaniyati ustun turadi.
Firma yangiliklami kiritish tashabbuskori va yaratuvchisi 
sifatida bo‘lib, uning yangiliklami kiritishga “sezuvchanligini”, 
“ta’sirchanligini” va bu ta’sirchanlik bogliqligi boshqarishning 
tuzilishi va uslublari bilan bog'liqdir. Tekshirishlar dasturi sifatida 
“qaror qabul qilish jarayoni” konsepsiyasi hisoblanib, bunda
179


altemativalami tanlash va analiz qilish qabul qilingan qarorlami 
ketma-ket bosqichlar bilan amalga oshirishga o‘tiladi.
Marketing yoki firmanmg bozorga yangilik kiritishga, 
tavakkalchilik omillari, kiritilayotgan yangiliklar muvaffaqiyatini 
oldindan bilish metodlari, alohida bosqichlar samaradorligi 
iqtisodiy ko‘rsatkichlari va yangilik kiritish umumiyligiga: ustun 
turuvchi tekshirishlar paradigmasi boiib, ochiq tizim va o‘yin sifat 
yondashuvi nazariyasi hisoblanadi, unda firmalar bozor bilan o‘z 
muhitlari sifatida o‘zaro munosabatda boiib va u yerda innovatsion 
jarayonning yakimlovchi bosqich ko‘pgina subyektlar o‘zaro 
bog‘liqligi natijasi b oiib qoladi, bu subyetklaming har biri o‘z 
manfaatiga qarab ish olib boradi va o‘z sheriklari harakatlarini 
ehtimolini hisobga oladi.
Bu ikki sohada yangiliklami kiritishni amaliy tekshirishlar bir 
qator fanlar nazariy yangiliklaridan foydalanadilar. Ular turmush va 
mehnat texnik vositalari rivojlanishi qonuniyatlariga murojaat etib, 
o‘rganilayotgan texnika tarixi, texnik va ijtimoiy о‘zgarishlar 
о‘zaro bogiiqligini o‘rganadilar: yangiliklami kiritishni boshqarish 
amaliyotiga yangi g‘oy alarm rag‘ batlantiruvchi omillar va uslublar 
haqidagi sotsiolog va ijtimoiy psixologlar xulosalar ini, innovatsion 
yangilik kirituvchilar va boshqa ishtirokchilar xislatlari haqidagi 
mulohazalarini faol tatbiq etadilar.
Olimlar yangiliklar kirtishni tekshirish uch bosqichga ajratadilar. 
Birinchi bosqich yangiliklar muvaifaqiyatiga yordam beruvchi yoki 
to‘sqinlik qiluvchi omillami o‘rganish va turli xil yangiliklar 
ko‘pgina empirik maiumotlami analiz qilish bilan bogiiq.
Ikkinchi bosqich yangilik kiritish j arayonining o‘zini, ulami bir 
soha muhitida ikkinchi sohaga olib o'tish mexanizmini hisobga 
olish bilan birgalikda o‘rganish deb qaraydilar.
Uchinchi bosqichda tadqiqotchi diqqati turli xil innovatsion 
vaziyatlami analiz qilish, tavakkalchilikni baholash metodlarini 
ishlab chiqish, yangiliklami kiritish sohasida tavsiyanomalar 
yuzaga keltirishga qaratiladi. Bu bosqichda innovatsion siyosat 
davlat faoliyati b oiib qoladi.
180


Pedagogik innovatsion jarayonlami G‘arbda 50 yillar oxirla- 
ridan boshlab bizning mamlakatimizda keyingi 10 yillikdan 
boshlab olimlar maxsus o‘rgana boshladilar.
Jahon pedagogik jamoatchiligining qiziqishi maxsus innovatsion 
xizmat, nashriyot, jumallar innovatsion maqolalar ko‘rinishida 
bo‘lyapti. Xususan YUNESKO qoshida ta’limni rivojlanlirish Osiyo 
pedagogik innovatsiyalar markazi mavjud bo‘lib, dunyodagi turli 
mamlakatlardagi pedagogik yangiliklami umumlashtirib, ta’lim 
masalalari bo‘yicha xalqaro byuro bilan birgalikda pedagogik 
jamoatchilikka maxsus nashrlarda ular haqida ma’lumotlar taxqatadi.
Bizning mamlakatimizda pedagogik innovatsiyaning rivojla- 
nishi keng jamoatchi-pedagoglar harakati maktabning tez rivojla- 
nishiga bo'lgan talab va uni pedagoglar amalga oshira bilmasliklari 
o‘rtasidagi yuzaga kelgan qarama-qarshiliklar bilan bog‘liq. 
Yangiliklami qo‘llash umumiyligi kengaydi. Shu sababli yangi 
bilimlarga bo‘lgan talab, yangi “yangilik”, “yangi innovatsiya”, 
“innovatsion jaray on” tushunchalarini anglash talabi keskinlashdi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin