Ayrim turkiy tillar haqida ma’lumot Olimlar oltoy tillarini o‘rganar ekanlar, birinchi navbatda ularning
tasnifi masalasini hal qilishga kirishdilar. Ko‘plab olimlar tasnifida, xususan, V.Shotta va N. Baskakov ishlarida oltoy tili uch guruhga bo‘linadi:
1. Turkiy tillar guruhi. Bu guruhga o ‘ttizdan ortiq tillarni kiritish
mumkin. Shuning uchun ham N.A. Baskakov turkiy tillar oltoy oilasining katta qismini tashkil qilishini ta’kidlagan.
2. M o‘g‘ul tillari guruhi. Bu guruhga qalmiq, xalxa, bmyat, mo‘g'ul, dunsyan kabi tillar kiradi.
3. Tungus-manchjur tillari. Bu guruh boshqalarga qaraganda kichikroq b o 'lib , evenk, nigedal, xumari, solon, nanay, manchjur, sibin, jurjen tillarini o 'z ichiga oladi.
Turkiy tillar.Turkiy xalqlar ijtimoiy turmush taqozosi tufayli ko‘p hollarda ko‘chmanchilik bilan kun kechirgan. Ko‘chmanchi qabila va o‘troq xalqlarning aralash holda hayot kechirishi aniq lingvistik chegarani aniqlashga monelik qiladi.
Qozoq tili o ‘z tarixiy taraqqiyoti davrida, birinchidan, g'arbiy turkiy qabilalar ittifoqi bo'lgan bulg‘orlar, pecheneglar hamda Oltin O'rda, Katta No'g'ay o'rdasi kabi davlatlar, ikkinchidan, O 'rta Osiyo va Qozog'iston hududidagi G 'arbiy Turk xoqonliklari - qoraxoniylar va boshqa qabila ittifoqlari bilan yaqin aloqada bo‘ lgan. Qozoq milliy tili XV-XVI asrlarda to‘liq shakllangan. Qirg'iz tili (qadimdan burut, yovvoyi tosh qirg ‘iz, qora qirg 4z nomlari bilan atab kelingan). Bu tilda 2 min. kishi so'zlashadi.
Qirg'iziston Respublikasining milliy va davlat tilidir. Bundan tashqari, qirg'izlar Xitoy (150 ming kishi) va Afg'onistonda (50 ming kishi) ham yashashadi. Bu til Sharqiy xunn tarm og'ining qirg'iz-qipchoq guruhiga kiradi.
Qirg'iz tili adabiy tildan tashqari shimoliy va janubiy lahjalarga ega. Bu lahjalar o'zbek tili bilan aloqadorlik natijasida yuzaga kelgan, ular orasidagi tafovutlar quyidagilar:
a) so‘z boshida shimoliy lahjada ж, janubiy lahjada ж /у qo'llanishi;
b) shimoliy lahjada cho'ziq unlilarning, janubiy lahjada diftonglarning borligi;
d) a unlisining shimoliy lahjada mavjud emasligi.
Hozirgi qirg‘iz tiliga eramiz boshida Enasoy bo'ylarida yashagan qirg'iz qabilalari asos solgan bo‘lsa-da, uning hozirgi holati ancha kech shakllandi; keyingi davrlarda esa qipchoq tili unga o ‘z ta’sirini o'tkazdi.
Qirg‘iz tili boshqa qipchoq tillaridan unlilarda ikkinchi cho'ziqlikning mavjudligi, lahjalarida so'z oxiridagi undoshlarning jarangliiashishi, unlilar orasidagi undoshlarning jaranglilashuvi bilan farqlanadi va bu xususiyatlari bilan oltoy tillariga yaqin turadi. Oltoy tili qirg'iz. xakas, shor, tuva, yoqut tillari bilan hamkorlikda hamda mo‘g‘ul tungus-manchjur tillari bilan aloqadorlikda rivoj topdi. Shuning uchun ham bu turkiy tilllar boshqa guruh turkiy tillaridan farq qiladi va o'ziga xos xususiyatlari bilan turkiy tillarning Sharqiv Xun tarm og‘iga kiradi.
Qirg'iz va oltoy tillarining ju g ‘rofiy jihatdan sharqda joylashganligi, mo‘g‘ul, tungus-manchjur tillari bilan bevosita aloqadorligi alohida guruh - qirg'iz-qipchoq guruhini tashkil qiladi.
Turkiy tilllarning Sharqiy xun tarm og‘i G'arbiv xun tarm og‘idan quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi: unlilarning ikkinchi cho‘ziqlikka ega ekanligi; jarangli va jarangsiz undoshlar orasidagi farqning kamligi; unlilar orasida jarangsiz undoshlarning jaranglilashuvi va hokazo.
Qirg'iz va qipchoq guruhi Sharqiy xun tarm og‘i tillari orasida quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi:
a) o ‘z qatlam so'zlaridax va v ' fonemalarining yo‘qligi;
b) ikkinchi bo‘g‘indagi a va a unlilarining lab uyg'unligiga moslashuvi;
d) to'liq qo‘shimchalarning qisqargan shaklga avlanish qonuniyati, shakldosh qo‘shimchalar mavjudligi.
Qirg‘iz tili oltoy tilidan quyidagicha farqlanadi:
1. Qirg‘iz tilida olti. oltoy tilida sakkiz cho‘ziq (ikkinchi cho‘ziq) unli (olti unli+cho‘ziq unlilar ii, it) lar mavjud.
2. Qirg‘iz tilida ж undoshi mavjud, bu undosh oltoy tilida t'~ d ' undoshlariga o'tadi.
3. Qirg‘iz tilida qaratqich kelishigi shakllari -nin /-nen, -din/den, -tin/ten; chiqish kelishigi shakllari -dan/-dan, -tan/-tan, -nan/nan; oltoy tilida esa qaratqich kelishigi shakllari -niy-ney,-diy/-dey, - tiy/-tey; chiqish kelishigi shakllari -day/-day, -tay-tay, -nay/nay.
Qirg‘iz tili leksikasi sharqiy tarmoq tillarida boiganidek, m o‘g ‘ulcha so'zlarning ko‘pligi, aksincha, arabcha, forscha-tojikcha so'zlarning kamligi bilan xarakterlanadi. Oltoy tilida bu xususiyat yanada kuchliroq namoyon bo'ladi.