Qozoq, Qoraqalpoq va Qirg’iz tillarining sintaktik xususiyatlari Asosiy tushunchalar: predikatsiya, bosh bo 'laklar, kesim, ega, ikkinchi darajali bo'laklar, to'ldiruvchi, hoi, aniqlovchi.
Sintaksis yunoncha syntaxis so‘zidan olingan bo'lib. “biriktirish”, “bog'lash” degan m a’noni bildiradi. Sintaksis so'zlarning va gaplarning o'zaro bog‘lanish tizimini, tartibini, ularning turlarini o'rganuvchi tilshunoslik bo‘limidir. Mahmud Koshg'ariyning “Kitobi javohir unnahv fi-1-lug'at it-turk” nomli asarida turkiy tillar sintaksisi haqida bahs yuritiladi.
So'zning muayyan til qonuniyatlari asosida o'zaro birikuvidan so'z
birikmasi va gaplar hosil bo'ladi. So'z birikmalari va gaplar shakily xususiyatlari va mazmuniga ko'ra farqlanadi. So'zlarning o'zaro grammatik birikishi teng va tobelik asosida yuz beradi.
1. Teng bog'lanish - ikki so'zning o'zaro teng munosabatlar asosida
birikishi: boshq. dalala ve qalala “dalada va shaharda”, chuv. verman ve
sur “o'rm on va botqoq”. Teng bog'lanish o'zaro teng bog'lovchilar yoki
sanash ohangi yordamida yuzaga keladi.
2. Tobe bog'lanish — bir so'zning boshqa so'zga tobelik asosida
bog'lanishi: no'g'. kelgen adam “kelgan odam”, tat. kyocle kese “ kuchli
odam”. Tobe bog'lanish ikki qismdan iborat bo'ladi: tobe qism va
hokim qism. So'roq bog'lanib kelgan qism hokim, so'roqqa javob bo'lib
keluvchi qism tobe qismdir: qoz. kok (qanday?) orman, xak. naymirtig
(qanday?) кип; turkm. otluq (qanday?) meydan.
So’zlarning tobelanish asosida bog'lanishi so‘z birikmalarini hosil
qiladi. So'z birikmasi ikki va undan ortiq so‘zdan iborat bo'ladi, ammo
kengaygan bir tushunchani ifodalaydi.
So‘z birikmasi. Tobe qismning hokim qismga kelishik, egalik qo‘-
shimchalari, ko‘makchilar va tobelantiruvchi ohang yordamida bog‘-
lanishi so‘z birikmasini tashkil qiladi. Tobe bo'lak hokim bo'lakka ko'm akchilar yordamida bog‘langanda, ko'p hollarda kelishik bilan birgalikda yoki kelishik bilan almashib qo'llanishi mumkin. Tobe bo'lak hokim bo‘lakka bog'lanib, hokim bo'lak talab etgan sintaktik vazifada keladi.
Ana shu vazifa gap bo'lagi nomi bilan yuritiladi. So'z birikmasi hokim so‘zning qaysi turkumga oid so'z bilan ifodalanishiga ko'ra ikki guruhga bo'linadi: otli so'z birikmasi, fe’lli so'z birikmasi.
Otli so'z birikmasida hokim so‘z ot va otlashgan so'zlar (sifat, son,
ravish, taqlid so'z) bilan ifodalanadi: shor. - Kanatlig’ kus “qanotli qush”,
oltoycha- Suuluu qar “suvli qor”, ozarbayjoncha - sinmis agas “singan daraxt”, ucan gus “uchgan qush", bogucu bir isti “bo’g'uvchi issiq”. ikinji yer “ikkinchi yer”, yoqut oxtubut mas “yiqilgan daraxt".
Fe’lli so'z, birikmasida hokim so 'z fe‘1. uning sifatdosh, ravishdosh
shakllari bilan ifodalanadi: boshq. camlarm maylay “chanalarini moylamoqda”, xakas tili - tas turada curtapci “tosh uyda yashaydi”, ubden sigari xondi “uydan yugurib chiqdi”, tatar tili - baylarcayasau “boylarchayashamoq”, xat belen jitaru “xat orqali yetkazmoq", yaxsihgi ocen xormatleu “yaxshiligi uchun hurmatlamoq”, balta belen kisii “bolta bilan kesmoq”, kon saen qaytu “kun savin qaytish”, turk tili ruyadan uyanurmus “uyqudan uyg‘onarmish”.
Turkiy tillarda so'z birikmalarining tobe so‘zi, asosan, hokim so‘zdan oldin keladi. So'z birikmasida so’zlarning o'zaro birikish usullari. Kelishik va ko'makchilar so'zlarni bir-biriga tobelab bog'lashga xizmat qiladi.
Agar hokim bo'lak sof fe’l bilan ifodalansa va fe’l kimni? nimani?
qayerni? so'roqlariga javob bo'hivchi so'zni talab qilsa, tobe bo'lak
tushum kelishigida qo'llanadi, hokim bo'lak egalik qo'shimchasini
olgan ot, ba'zan harakat nomi va sifatdosh bilan ifodalansa, tobe bo'lak
qaratqich kelishigida qo'llanadi. Bitishuv, moslashuv, boshqaruv usullarini tobe so'zga qo'shilgan kelishik shakllariga asoslanib ajratish mumkin:
1. Bosh kelishik: - (bitishuv) 2. Qaratqich kelishigi: -ning (moslashuv) 3. Tushum kelishigi: -ni (boshqaruv) 4. Jo'nalish kelishigi: -ga (boshqaruv) 5. O'rin-payt kelishigi: -da (boshqaruv) 6. Chiqish kelishigi: dan (boshqaruv). So'z birikmalari ham so'zlar kabi narsa, belgi, harakatni atashga xizmat qiladi. So'z - leksik hodisa, so'z birikmasi -sintaktik hodisadir. So'z birikmasi narsa, belgi yoki harakatni yakka holda emas, balki ikki va undan ortiq so'zlarning o'zaro aloqaga kirishuvi orqali ifodalaydi.
Izofa. Turkiy tillarda sifatlovchi sifatlanmishiga bitishuv usuli bilan
tobelanadi. Aniqlovchning yana bir turi borki, u tiishunoslikda turkiy izofa deb yuritiladi. Turkiy tillarda gap bo'laklari, boshqa tillar, masalan, hindyevropa tillari oilasidagiga nisbatan o'zining muntazam joylashish tartibiga ega.
Izofa ikki otning aniqlovchilik munosabatiga kirishuvidir. Bunday
munosabatda biror shaxs, predmet yoki tushunchaning boshqa bir shaxs.
predmet yoki tushunchaga qarashliligi ko'rsatiladi. Ikki ot orasidagi
bunday munosabat maxsus affikslar orqali ifodalanadi: tobe so'zda
qaratqich kelishigi qo'shimchasi (-nit]), hokim so'zda egalik affikslari -(i)
m, -(it]), -i (si); -(i) miz, -d) rjiz,-(lar)i bo'ladi.
Izofada hokim so'z qaysi shaxsni ko'rsatsa, tobe so'z ham leksik
m a’nosiga ko'ra o'sha shaxsga ishora qiladi. Shuning uchun ham izofa
birikmasi moslashuv aloqasining bir ko'rinishi hisoblanadi.
Qadimgi turkiy tilda va undan keyingi davrga oid yodgorliklarda
ham izofa birikmasi uch ko'rinishga ega bo'lib, bu shakllar birgalikda qoilangan. Shuning uchun ham izofa birikmasining belgisiz shakllaridan
belgili shakllari kelib chiqadi, deb hukm chiqarish qiyin (at bas> at basi>
atniq basi). Ayrim belgisiz birikmalar belgiliga aylangan bo'lsa, ba'zi
belgili izofa birikmalar belgisiz birikmalarga o‘tgan.
Hozirgi turkiy tillarda izofa birikmalarning ayrimlari qo‘shma so'zga aylangan: uyg‘urcha adabiyat darsi, qum. giavaflotu “havo floti”, qirg’izcha omiir bayan “avtobiografiya”, oltoycha orus poet “rus shoiri”.
Turkiy tillarning grammatik tizimi ayrim sohalarda hind-yevropa
va boshqa til oilalari bilan parallel ravishda taraqqiy qilgani faktik
materiallarda namoyon bo’ladi. Parallellik gap qurilishidagina emas,
balki mazkur tillardagi so'z yasovchi va so'z o'zgartiruvchi shakllar
taraqqiyotida ham kuzatiladi.
Turkiy tillardagi gapning asosini, yadrosini predikativ munosabat
tashkil etadi. Predikatsiya ega va kesim o'rtasidagi munosabat bo'lib, ega
ifodani namoyon etuvchi, kesim esa ifodaning o‘zi hisoblanadi. Leksik
jihatdan kesim harakat-holatni yoki turg‘un belgini ifodalaydi. Ega
harakat yoki holat bajaruvchi shaxs yoki narsa-buyumni bildiradi.
Turkiy tillarda predikatsiyaning ikki usuli farqlanadi:
1) predikativ munosabatni ifodalashning har ikki asosi - ega va kesim
ishtirok etadi: Men - talaba. Bu o ‘rinda talaba so‘zi predikativ vazifani
ko'rsatuvchi yoki ega sifatida ajratishga asos bo‘luvchi shakl ko'rsatkichiga ega emas. Ega vazifasida keluvchi men so‘zi ishtirokisiz predikativ munosabat reallashmaydi va gap tuzilmaydi. Xuddi shuningdek, talaba so‘zisiz ham predikativ munosabat reallashmaydi. Gapning bu tartibdagi tipida predikativ munosabatning reallashuvida ega va kesim teng qiymatga egadir; 2) predikativ munosabatning ikkinchi tipida predikatsiyaning ikki uzvi talab qilinmaydi. Bunda kesim tarkibida bir vaqtning o'zida ikki grammatik kategoriya - predikatsiyani va ega shaxsini ifoda etuvchi ko'rsatkich mavjud bo'ladi.
Birinchi tipdagi Men talaba gapi ikkinchi
tipda Talabaman ko'rinishiga ega bo'ladi. Talabaman tipidagi ko'rinishda
alohida ega yo'q, faqat bajaruvchi men// man shaxs ko'rsatkichi orqali
ifodalanadi. Bunda - men//man ko'rsatkichida ikki grammatik kategoriya:
shaxs (bajaruvchi) va predikat m a’nosi ifodalanadi. Talabaman tipidagi
ifodada gapning asosiy mazmuni, yadrosi ifodalanadi. Bu tipdagi gap
turkiy tillarda minimal so'z tarkibidagi predikativ ifoda hisoblanadi.
Men talaba va Talabaman shakllari hozirgi turkiy tillarda faol qo'llanadi. Men talaba ko'rinishidagi gap tipi aksariyat shevalarda, ayrim
turkiy tillarda va qadimgi turkiy tilda ko'proq uchraydi.
Gap hosil qilishda predikativ munosabatning o'rni muhim. Masalan,
aqli va sabrli so'zlaridan shunchaki gap hosil qilib bo'lmaydi. Bu sifatlar
o'rtasida munosabatni shakllantirish uchun ulardan ikkinchisi kesimga
aylanadi: aqlli odam sabrli. Gapda I va II shaxs faoliyati haqida so'z borganda kesim lik ko'rsatkichi ishtirok etadi. III shaxsda grammatik ko'rsatkich ishtirok etmavdi. III shaxsdagi fe’l shakli ko'pgina turkiy tillarda zamon qo'shimchasi bilan ifodalanadi: Usmon keldi. Bu o’rinda III shaxs ko'rsatkichsiz ifodalangan, deyish to'g'riroq bo'ladi: keldim, kelding, keldi. Bunda -di zamon ko'rsatkichi, shaxs-son shakli esa ifodalanmagan - nol kо'rsatkichli. Kelaman, kelasan, keladi tuslanishida -di ko'rsatkichini shaxs-son qo'shimchasi sifatida baholash mumkin. Bu holatda zamon tushunchasi –a shakli orqali ifodalangan.
XIX asr ikkinchi yarmida tatar adabiy tili me’yorlari ishlab chiqildi. O‘tgan asrnirng 30-yillarida tatar tiliga yaqin bo‘lgan boshqird adabiy tili yuzaga keldi.
Nog‘ay va qozoq dialektlari ta’sirida no‘g‘ay, qoraqalpoq, qozoq tillari shakllandi. Hozirgi o‘zbek adabiy tili janubi-sharqiy (qarluq) guruhi negizida yuzaga keldi. Qipchoq dialektlari eng qadimiy bo‘lib, ularda singarmonizm, 8 fonemali unlilar tizimi saqlanib qolgan.
Aksincha, qarluq dialektlari asosida shakllangan o‘zbek adabiy tili tovush tizimi eroniy tillar ta'sirida muayyan o‘zgarishlarga uchradi, unli fonemalar soni qisqarib, 6 tagatushib qoldi.
Turkiy va m o'g'ul tillari o‘rtasidagi morfologik yaqinlik turkiy tillarda turlicha namoyon bo'ladi. G'arbiy mo'g'ul tillarida turkiy tillar bilan umumiy bo'lgan morfologik elementlar janubiy mo'g'ul tillaridagiga nisbatan kо'proq uchraydi.