Zbekiston respublikasi oliy va o



Yüklə 198,37 Kb.
səhifə5/6
tarix30.03.2023
ölçüsü198,37 Kb.
#91406
1   2   3   4   5   6
Kurs ishi 2

Qirg'iz va qozoq tillaridagi mo'g'ulcha til shakllariga moslik o'zbek va turkman tillarida shu kabi shakllar miqdorining ko'payishi uchun asos bo'lgan. Sibir va oltoy tillarida bunday elementlar ancha. Tuva,yoqut tillarida ham bunday elementlar ko'p uchraydi, bu shakllar ushbu tillarning o'ziga xosligini namoyon etadi.
Hozirgi turkiy tillarda kelishiklar miqdor jiqatidan unchalik farq qilmaydi. Tatar, gagauz, ozarbayjon, turkman, o'zbek, qoraqalpoq tillarida 6 ta, qozoq tilida 7ta, xakas va chuvash tilida 8ta, yoqut, turk, boshqird tillarida 9 ta kelishik mavjud.
A.I.lskakovning qozoq tiliga nisbatan bayon etgan mulohazasi ham diqqatga sazovor. Uning fikricha, yordamchi fe’llar, asosan, otlar bilan birikadi,
shuning bilan bir qatorda aynan shu otlarga ayrim affikslar qo‘shilib fe'l
yasalishi mumkin: kurmet qil "hurmat qil” —kurmette “hurmetla”,yen sal- yenbet “qo'shiq avtmoq“. Bu holat barcha turkiy tillarga taalluqlidir.
Ot+qil- tipidagi qo'shm a fe’llarga umumiy tavsif berish va ularning
leksik-grammatik xususiyatlarini aniqlashda: komponentlar orasidagi ichki bog‘lanish va o‘zaro ta ’siriy munosabatning xarakteri (ya’ni butun bir semantik strukturaning shakllanish prinsipi)ga; qo‘shma fe’l komponentlarining struktur-grammatik xususiyatlariga e’tibor berish lozim.
Qo‘shma feTlarning ot komponenti o ‘z leksik m a'nosini saqlaydi,
yordamchi fe’l (masalan, qil-) ot komponenti bilan birgalikda fe'lga
aylanadi. Shunga ko‘ra o t+ fe'l tipidagi tarkibli fe’l vasalganda
komponentlar m a’nosida keskin o‘zgarishlar yuz bermaydi. Balki o‘ziga xos yo'l bilan analitik fe’l shakli yasaladi. Bu jihatdan ular bir butun so'zga teng bo’lib, bir butun semantik mazmunga egadir. Shu bilan birga, ot+qil- tipidagi qo'shm a fe’llar komponentlari m a'lum mustaqillikka ega bo'lgan turg'un birikmalardan farqlanadi.
Turkiy tillarda III shaxsdagi predikativlikni ifodalashtsing ikki usuli ajratilgan:
1) nisbatan qadimiy bo'lgan, turkiy tillarda olmoshning turlanishidan
shakllangan -ol//-ul ko'rsatkichi. Bu shakl qadimgi turkiy tilda kuzatiladi, hozirgi turkiy tillarda ham uchraydi: ul esce ul.
2) -tir//-dir, -di//-t. Bu ko'rsatkich hozirgi-kelasi zamonni ifodalovchi turur//durur sifatdoshidan shakllangan. -ol//-ul ko'rsatkichi ayrim turkiy tillardagina saqlanib qolgan bo‘Isa. -tur//-dur shakli umumturkiv ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu grammatik shakllar predikativlik bilan bir qatorda modal munosabatni ham ifoda etadi. tur//-dur ko‘rsatkichining predikativlikni ifodalash xususiyati ozarbayjon, turk, turkman tillarida to‘liq namoyon bo'ladi.
Turkiy tillar dialektologiyasi turkologiyaning asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Turkiy tillar dialektologiyasi masalalariga bag‘ishlangan ilmiy konferensiyalarning muntazam ravishda o’tkazilishi, “Turkiy tillar dialektologiyasi masalalari” to‘plamining nashr etilishi dialektologiyaning turkiy tillar fonetik, leksik, grammatik sohalariga doir masalalarni hal qilishdagi ahamiyatini yoritishga xizmat qiladi.
Turkiy tillarning sheva va lahjalari monografik tarzda o’rganilganligi sababli turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi uchun muhim qiymatga ega bo’lgan fonetik, grammatik va leksik xususiyatlar aniqlandi. Turkiy tilli respublikalarning dialektologlari tomonidan dialektologik atlaslarning tuzilishi soha taraqqiyotidagi muhim qadamlardan hisoblanadi.Turkiy tillarning sheva va lahjalari bo‘yicha to‘plangan faktik materiallar asosida bir qator lug'atlar ham tuzilgan.
Turkiy tillarda yaratilgan yozma yodgorliklar o ‘rganildi, nashr etildi. Turkiy tillar fonetikasi sohasida jiddiy yutuqlarga erishildi. Eksperimental-fonetik tekshirishlar asosida turkiy tillarning fonematik sistemasi (unli va undosh tovushlar tizimi), aksentuatsiyasi, gap intonatsiyasi yoritildi. Turkiy tillar leksikologiyasi, leksikografiyasi bo'yicha olib borilgan ishlar turkiy tillar leksikasini ham sinxron, ham diaxron aspektda
tekshirishga qaratilgan tadqiqotlar uchun zamin yaratdi. Turkiy tillarga oid ikki tilli lug‘atlarda turkiy bo’lmagan til (masalan, rus tili)ning leksikgrammatik xususiyatlarini turkiy til vositasi orqali aks ettirish, ko‘chma ma’nodagi so‘z va iboralarni tarjima qilish, old qo‘shimcha (prefiks)li so'zlam ing turkiy tillardagi muqobilini topish, ularning semantik xususiyatlarini har jihatdan yoritish masalalariga e’tibor qaratildi.
Turkiy tillar morfologiyasi, xususan, so'z turkumlarining leksik-semantik, morfologik va sintaktik xususiyatlari ilmiy asosda tadqiq qilindi. Ot, sifat, ravish va fe’l turkumiga xos kategoriyalar o‘rganildi.Turkiy tillar sintaksisi bo'yicha ham bir qator ishlar amalga oshirildi. So‘z birikmalari, sodda va qo‘shma gap sintaksisiga oid fundamental tadqiqotlar yaratildi.
Eski turkiy adabiy til davri quyidagi bosqichlarni birlashtiradi: 1) Qoraxoniylar davri tili (qoraxoniylar davrida yaratilgan yozma yodgorliklar tili); 2) “Chig‘atoy turkiysi”; 3) Eski xorazm turkiysi (Oltin O‘rda va Xorazm muhitida amal qilgan adabiy til); 4) Eski qipchoq tili (Misrda yozilgan grammatik asarlar va lug‘atlar hamda g‘arbiy turk o‘lkalarida qipchoqlar yaratgan asarlar tili); 5) Eski anato‘li turkchasi (Bu XIII–XV asrlarda o‘g‘uz turklari qo‘llagan yozma adabiy tildir. Keyinchalik buning negizida usmonli turkchasi otini olgan adabiy til yuzaga keldi); Eski o‘zbek adabiy tili (XIV asrdan XX yuzyillikning boshlariga qadar). Bu davrda ham “chig‘atoy turkiysi” davom etdi. XIII–XVI asrlarning adabiy tili “chig‘atoy turkiysi” oti bilan yuritiladi. Bu davr eski o‘zbek adabiy tilining eng yashnagan bosqichidir. O‘sha yuksalishning ta’siri va an’analari XX yuzyillikning boshlariga qadar keldi. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Bu davr XX asrning boshlaridan to shu kungacha amal qilmoqda.
Turkiy tillarning boshqa tillar bilan aloqadorligini o ’rganish muammosini hal etish ham ahamiyatlidir. Zotan, turkiy xalqlar qadim zamonlardan beri hind-yevropa, fin-ugor, semmit, m o‘g ‘ul va boshqa xalqlar bilan yondosh holda yashagan va o‘zaro munosabatda bo‘lgan. Xalqlar o‘rtasidagi ijtimoiy-siyosiy aloqalar tilda o ‘z ifodasini topadi.

Tilimiz tarixining ilk bosqichi eng eski chog‘lardan boshlab melodning V yuzyilliklariga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu bosqichni shartli ravishda eng qadimgi turkiy til deb ataymiz. Ilmiy asarlarda bu davrning ilk bosqichi “oltoy”, keyingi bosqichi “xun davri” deb yuritiladi. Milodiy VI asrdan qadimgi turkiy adabiy til davri boshlanadi. Bu davr adabiy, ya’ni yozma til tarixining ilk bosqichidir, chunki turkiy yozma adabiy til ana shu kezda yuzaga kelgan. Bu davr to‘g‘risida so‘z ketganda unga yozma adabiy til atamasini qo‘shib ishlatganimiz ma’qul. Keng e’tirof etilishicha, “qadimgi turkiy yozma adabiy til” davri VI–X yuzyilliklarni qamraydi. Turkiy tilning eng ko‘hna yozuv yodgorliklari o‘sha chog‘lardan qolgan. Turkiy, xususan, o‘zbek adabiy tilining tarixi ham mazkur yozma yodgorliklar tilidan boshlanadi.



Xulosa

Turkiy tillar qadimiy tillar sirasiga kirib bu tilda juda ko’plab qimmatli asarlar bitilgan. Turkiy tillar morfologiyasi, xususan, so'z turkumlarining leksik-semantik, morfologik va sintaktik xususiyatlari ilmiy asosda tadqiq qilindi. Ot, sifat, ravish va fe’l turkumiga xos kategoriyalar o ‘rganildi. Turkiy tillar sintaksisi bo'yicha ham bir qator ishlar amalga oshirildi. So‘z birikmalari, sodda va qo‘shma gap sintaksisiga oid fundamental tadqiqotlar yaratildi. Turkiy tillar dialektologiyasi turkologiyaning asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Turkiy tillar dialektologiyasi masalalariga bag‘ishlangan ilmiy konferensiyalarning muntazam ravishda o’tkazilishi, “Turkiy tillar dialektologiyasi masalalari” to‘plamining nashr etilishi dialektologiyaning turkiy tillar fonetik, leksik, grammatik sohalariga doir masalalarni hal qilishdagi ahamiyatini yoritishga xizmat qiladi. Turkiy tillarning sheva va lahjalari monografik tarzda o ’rganilganligi sababli turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi uchun muhim qiymatga ega b oigan fonetik, grammatik va leksik xususiyatlar aniqlandi. Turkiy tilli respublikalaming dialektologlari tomonidan dialektologik atlaslarning tuzilishi soha taraqqiyotidagi muhim qadamlardan hisoblanadi. Turkiy tillarning sheva va lahjalari bo‘yicha to ‘plangan faktik materiallar asosida bir qator lug'atlar ham tuzilgan. Qayd etilgan tadqiqotlar, amalga oshirilgan ishlar “Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi” fani masalalariga doir manbalar sifatida ahamiyatlidir.


Turkiy tillar tilshunosligi tarixida o’zidan o’chmas iz qoldirgan tillardandir. Buning yaqqol namunasi sifatida shu tilde yaratilgan juda ko’plab tarixiy manbalarni keltirsak bo’ladi. Brahmi va sugʻd yoʻzuvlarida bitilgan qad. turkiy yodgorliklar ham uchraydi (Sharqiy Turkiston va Oʻrta Osiyo). Keyinchalik uygʻur va arab alifbolari asosidagi turkiy yozuv sharqsa (Qashqar, Oʻrta Osiyo, Oltin Oʻrda hududi, Volgaboʻyida) va gʻarbda (saljuqiylar davlatida, Ozarbayjon, Turkiya va b. hududlarda) rivojlandi. Xitoyda yashovchi uygʻurlar 11-a. dan hoz. gacha arab alifbosi asosidagi yozuvdan foydalanadilar.
Qadimiy yozuv anʼanalariga ega boʻlgan turkiy xalqlarning aksariyati (oʻzbek, uygʻur, turk, ozarbayjon, turkman, tatar, boshqird kabi) 20-asrning 20-yillarigacha arab alifbosi asosidagi yozuvga ega boʻlgan. Turk tili 1929-yildan lotin alifbosi asosidagi yozuvga oʻtgan. Sobiq SSSRdagi barcha Turkiy tillar uchun 20-yillar oʻrtalarida lotin grafikasi asosida alifbolar ishlab chiqildi va ular 1930-yilgacha ixtiyoriymajburiy tarzda ana shu yozuvga oʻtkazildi;
1938—40 yillarda esa ayni shu tartibda rus grafikasi asosidagi yozuvga oʻtkazildi. SSSR parchalanib ketgandan keyin 1991-yilda Ozarbayjon va Turkmanistonda, 1993-yilda Oʻzbekistonda lotin yozuviga asoslangan alifbo joriy etish haqida qaror qabul qilindi va bu qarorlar amalga oshirilmoqda.
“Turkiy tillarning tarixiy tilshunoslik fanining asosiy masalalari borasida to'plangan bilim ko’nikmalari turkologiya sohasini takomillashtirishda, umumturkiy globall masalalarni hal qilishda, turkiy tillarda yaratilgan yozma yodgorliklar mazmunmi o‘zlashtirishda, turkiy tillar, xususan, o‘zbek tili taraqqiyot xususiyatlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Keying yillarda turkologiya sohasida bir qator yangi tadqiqotlar yuzaga keldi. Eng qadimgi sug‘d, ko‘k turk (o'rxun-enasov, turkiy run), eski uyg‘ur (turk) yozuvlaridagi yodgorlik- larni o ‘rganishga oid izlanishlar olib borilmoqda.



Yüklə 198,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin