Zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi Islom Karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə5/9
tarix04.05.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#107425
1   2   3   4   5   6   7   8   9
KURS ISH

Elektron pochta xizmati

Internet elektron pochta (e-mail) xizmatini ham ko‘rsatadi. Elektron pochta nima? Elektron pochta maxsus dastur bo‘lib, uning yordamida Siz dunyoning ixtiyoriy joyidagi elektron adresga xat, hujjat va umuman ixtiyoriy faylni jo‘natishingiz va qabul qilib olishingiz mumkin. Хat bir zumda manzilga yetib boradi. Lekin undan foydalanish uchun siz maxsus pochta tarmog‘i yoki Internet tarmog‘iga bog‘langan bo‘lishingiz va elektron adresga ega bo‘lishingiz kerak. Elektron adresni provayder beradi. Shuningdek Internetda bepul elektron pochta xizmatlari mavjud. Ular yordamida o‘zingizga elektron adres ochishingiz mumkin.


Bu – www.Hotmail.com, www.Yahoo.com, www.mail.ru, www.yandex.ru va
h.k. O’zbekistonda – www.esezam.com. Bu dasturlarga kirib anketa savollariga javob berib, o‘zingizga elektron adres ochishingiz mumkin.
Elektron pochta yuborganda siz xuddi oddiy xatni yuborayotganday, uning kimga, qayerga jo‘natilayotganini va kimdanligini ko‘rsatishingiz kerak. Siz xatni birdaniga bir necha adresga yuborishingiz ham mumkin. Elektron xatni yuborganingizdan so‘ng u elektron pochta qutisiga tushadi, so‘ng xat ko‘rsatilgan manzilning pochta qutisiga yetkaziladi va undan xat egasi xatni oladi. Ya’ni har bir foydalanuvchi o‘zining pochta qutisiga ega. Umumiy pochta qutisidan xat shaxsiy qutichalarga muntazam ravishda jo‘natiladi.
Misol tariqasida quyidagi elektron adres tahlilini keltiramiz:
yoshlarmarkazi@youthcenter.freenet.uz yoshlarmarkazi - adres egasi ismi youthhcenter - tashkilot nomi
freenet - Internet- provayder nomi
uz - davlat
@ - elektron adresni belgilovchi maxsus belgi.
Eslatma! Elektron adres yozganda uni to‘liq va aniq yozing.
Elektron adreslar turlariga misol sifatida quyidagi adreslarni keltiramiz. sobirjon@mail.ru - shaxsiy elektron adres,
hasanov@yahoo.com - shaxsiy elektron adres, Webmaster@youthhcenter.uz - Internet sahifa yaratuvchisi elektron adresi,
sarcortelekom@sarkor.uz - Тashkilot elektron adresi, ATkafedra@timi.uz – O’quv kafedra elektron adresi, SXBI@timi.uz - Fakultet elektron adresi,
Botir-Olimov@timi.uz - ТIMI talabasi shaxsiy elektron adresi.
Elektron adres ochishni Internet qidiruv tizimlaridan biri asosida ko‘rib chiqaylik. Buning uchun www.rambler.ru tizimini ishga tushiramiz, ekranda 9.4- rasmda ifodalangan ko‘rinish paydo bo‘ladi.


4.4.1-rasm. Rambler tizimi bosh sahifasining ko‘rinishi.

4.4.1-rasmda ko‘rsatilgan oynada «Получить адрес» (Yangi adres ochish) buyrug’ini tanlash orqali o‘zimiz uchun yangi elektron adres ochishni boshlaymiz. Ekranda yangi foydalanuvchini ro‘yxatga olish sahifasi paydo bo‘ladi. (4.4.2- rasm).

4.4.2-rasm. Yangi foydalanuvchini ruyxatga olish sahifasi


Bunda yangi foydalanuvchi haqidagi quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
(eslatib o‘tish joiz, 4.4.2-rasmda keltirilgan so‘rovnoma blankasidagi oldiga
«*» belgisi qo‘yilgan so‘rovlarga javob berish shart).
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin