Zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi Islom Karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə2/9
tarix04.05.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#107425
1   2   3   4   5   6   7   8   9
KURS ISH

Halqasimon bog‘lanishda komp’yuterlar yopiq chiziq bo‘yicha bog‘langan bo‘ladi. Тarmoqning kirish qismi chiqish qismi bilan ulangan bo‘ladi. Axborot halqa bo‘yicha komp’yuterdan komp’yuterga o‘tadi.
Тarmoqning shinali bog‘lanishida ma’lumotlar uzatuvchi komp’yuterdan shina bo’yicha har ikki tomonga uzatiladi.

Yulduzsimon bog‘lanishda markaziy komp’yuter mavjud bo‘lib, unga qolgan barcha komp’yuterlar bog‘langan bo‘ladi.

MS Windows ish stolida tizim ilovalarining piktogrammalari (rasmchalari) va belgilari (yorliqlar) joylashgan. Тizimning standart o‘rnatilishida bu quyidagi ilovalardir: «Мои документы» (Mening hujjatlarim), «Мой компьютер» (Mening komp’yuterim), «Сетевое окружение» (Тarmoq muhiti), «Корзина» (Savat), «Выxoд в Internet» (Internetga chiqish). Lekin, zaruriyatga qarab, ish stoliga foydalanayotgan ilovalarning yorliqlarini chiqarib olish mumkin. Buning uchun sichqoncha ko‘rsatkichini stolning ixtiyoriy bo‘sh joyiga olib borib, sichqonchaning o‘ng tugmachasini bosish zarur. Namoyon bo‘lgan buyruqlar ro‘yxatida «Создать» (Yaratish) buyrug‘ini tanlab, navbatdagi paydo bo‘lgan ro‘yxatda «Ярлык» (Yorliq) qatorini bosing. Ekranda «Создание ярлыка» (Yorliqni yaratish) muloqot oynasi namoyon bo‘ladi, unda «Обзор» (Ko’rib chiqish) tugmachasini faollashtirish kerak va paydo bo‘lgan papkalar va fayllar ro‘yxati ichidan kerakli ilovaning buyruq faylini topish zarur. 4.1.1-rasmdagi oyna paydo bo‘lgandan keyin, agar qidirilayotgan element to‘g‘ri bo‘lsa «Дaлee» (Keyingi) tugmachasini bosish kerak.



4.1.1 – rasm. Yorliq yaratish. 4.1.2 –расм. Korzinkani tozalash.

Keyingi oynada «Готово» (Тayyor) tugmachasini bosing. Shu yerning o‘zida yorliqning nomini o‘zgartirish mumkin. Natijada yorliq tayyor bo‘ladi.


Agar ish stoli turli Ilovalar va Dasturlar belgilari bilan to‘lib ketsa, uni
«tozalash» mumkin. Buning uchun ko’rsatkichni ortiqcha elementga olib borib, sichqonchaning chap tugmachasini bosish hamda tugmachani qo’yib yubormasdan, ko’rsatkichni «Корзина» (Savat) ustiga siljitish zarur, «Корзина» (Savat)ning ustida sichqonchaning tugmachasini qo‘yib yuboring. Bu amal bilan Siz ortiqcha belgini «Корзина» (Savat) ga olib tashlaysiz. «Корзина» (Savat) ga tashlangan hujjatlarni zarur bo’lganda qayta tiklash mumkin. Agarda vaqt o‘tgan sayin «Корзина» (Savat) yangi fayllar va papkalar bilan to‘lib borsa, uni ham tozalash mumkin. Buning uchun «Корзина» belgisi ustida sichqonchaning chap tugmachasini ikki marta bosish kerak. Bunda 4.1.2-rasmda ko‘rsatilgan ish oynasi paydo bo‘ladi. «Корзина» ni tozalash uchun «Файл» menyusidagi «Очистить корзину» (Savatni tozalash) buyrug‘i ustida sichqonchaning chap tugmachasini bir marta bosing. Shuni ta’kidlash kerakki, «Корзина» (Savat) dan olib tashlangan ma’lumotlarni qayta tiklab bo’lmaydi.
Internet – bu yagona standart asosida faoliyat ko‘rsatuvchi jahon global komp’yuter tarmog‘idir. Uning nomi «tarmoqlararo» degan ma’noni anglatadi. U mahalliy (lokal) komp’yuter tarmoqlarni birlashtiruvchi tarmoq bo‘lib, o‘zining alohida axborot maydoniga ega bo‘lgan virtual to‘plamdan tashkil topadi.
Internet tarmoqqa kiruvchi barcha komp’yuterlarning o‘zaro ma’lumotlar almashinish imkoniyatini yaratib beradi. Internetning har bir mijozi o‘zining komp’yuteri orqali boshqa shahar yoki mamlakatga axborot uzatishi yoki u yerdan axborot olishi mumkin.

4.1.3-rasm. Internet tarmog’i.

4.1.3-rasmda Internet va unga bog’lanishning umumiy shakli keltirilgan. Unga asosan Internetga bog‘lanish va undan foydalanishning asosiy texnik vositasini shaxsiy komp’yuterlar tashkil etadi. Komp’yuterning imkoniyatlarini kengaytirish uchun unga mikrofon, videokamera, ovoz kuchaytirgich (audiokolonka) va boshqa qo‘shimcha qurilmalar ulanishi mumkin. Internet xizmati Internet provayderlari yordamida aloqa kanallari orqali amalga oshiriladi. Aloqa kanallari sifatida telefon tarmog‘i, kabelli kanallar, radio va kosmos aloqa tizimlaridan foydalanish mumkin.



Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin