Elshunoslik (Etnografiya) — ma'naviyat sohasiga aloqador fanlardan bo’lib, turli xalqlarning urf-odatlari va marosimlari xalq ongidagi asotir tafakkur unsurlari, an'anaviylik va etiket, xalq ijodi turlari va shakllari, urf-odatlar va marosimlarning tarbiyaviy ahamiyati kabi masalalar bu fanning asosiy mavzusi (predmeti) hisoblanadi.
Ilovalar
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
MILLIY G’OYA VA HUQUQ TA’LIMI KAFEDRASI
«TASDIQLAYMAN»
O’quv ishlari bo’yicha prorektor ________ PhD D.Xolmatov
«___» ______________2021 yil
MA’NAVIYATSHUNOSLIK FAN DASTURI
2021/2022o’quv yili kunduzgi ta’lim shakli, barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishi 4-kurs talabalari uchun
NAMANGAN – 2021 Fanning na’munaviy fan dasturi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martda qabul qilingan “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-5040-sonli Qarori va ta’lim yo’nalishlarining tegishli malaka talablari asosida tuzilgan.
Tuzuvchi: kafedra dots. v.b. A. Abdullayev
Taqrizchi: f.f.n. dots. O. Mamatov f.f.d. (PhD) T. Ismoilov
Ushbu na’munaviy fan dasturi “Milliy g`oya va huquq ta`limi” kafedrasining 2021-yil “___” avgustdagi “___” 1-sonli yig`ilishida muhokamadan o`tgan va fakultet Kengashida ko’rib chiqish uchun tavsiya etilgan.