Kafedra mudiri: _____________ O.V.Mamatov
Na’munaviy fan dasturi Yuridik fakultetining 2021-yil __-avgustdagi 1-sonli Kengashida ko’rib chiqilgan va foydalanishga tavsiya etilgan.
Fakul'tet Kengashi raisi: _______________ B.A.Talapov
Kelishildi:
O’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i: X.Mirzaaxmedov
I.O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni
Ming yilliklarning almashinuvi ijtimoiy munosabatlarning yangi “axborotlashgan jamiyat” deb atalmish bosqichiga to‘g‘ri keladi. Texnogen tsivilizatsiyaning yanada rivojlanishi texnokratik tafakkurning shakllanishiga, bu esa ma’naviy madaniyatning yangi ko‘rinishiga olib keldi. Ma’naviyat, madaniyat, axloq, fan va axborot ijtimoiy hayotning eng muhim sohalaridan biriga aylandi. Shu bois, mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab O‘zbekistonda inson ma’naviy kamoloti, yangi avlod tafakkurida gumanistik g‘oyalarni shakllantirish, ijtimoiy mas’uliyatni kuchaytirish birinchi darajali masalaga aylandi. Darhaqiqat, bugungi kunda ma’naviyat jamiyatning strategik resursiga aylanmoqda. Bu esa uni takomillashtirish yo‘llari va imkoniyatlarini izlashni taqozo qiladi. Ma’naviyat va u bilan bog‘liq masalalar bugungi kunda ham ilmiy-nazariy ham amaliy jihatdan dolzarb bo‘lib, uning ijtimoiy ahamiyatini ta’lim tizimida o‘rganish muhim.
II.O’quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni о‘qitishdan maqsad - talabalarga ma’naviyatning mazmun-mohiyati, ma’naviyatshunoslik fanining shakllanish jarayonlari, xalqimizning tarixan boy ma’naviy merosi, ma’naviy-ma’rifiy takomil bosqichlari, milliy ma’naviyatimizning umumbashariy qadriyatlar bilan uyg‘unligi, uning о ziga xos betakror xususiyatlari, inson va jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish yo’llari haqida tushunchalar berish, ularning bu boradagi bilimlarini yanada boyitish.
Fanning vazifalari:
talabalarda mustaqil dunyoqarashni shakllantirish;
uzoq o‘tmishdan boshlab shakllanib hozirgi kungacha taraqqiy etib kelayotgan milliy ma’naviyatimiz an’analari va ularning tadrijiy-tarixiy jarayonlarini o‘rgatish orqali talabalardagi milliy ma’naviy qadriyatlarimizni asrab-avaylash tuyg‘ularini mustahkamlash;
fanga oid mavzularni amaliyot bilan bog‘liq holda o‘qitilishini tashkil qilish orqali ma’naviy dunyosi boy, har tomonlama yetuk, komil insonlarni tarbiyalashdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |