sifatida, erkin ijodkor tarzida va hokazo) bilan shug'ullangan,
ular uchun ish beruvchi tomonidan yoki bevosita o ‘ziari tom o-
nidan (yakka tadbirkor, dehqon xo'jaligi a'zosi va boshqalar)
B udjetdan tash q ari Pensiya jam g 'arm asig a ijtim oiy su g 'u rta
badallari to ‘langan va ish staji davriga qo‘shib
hisoblanadigan
davomiy davrga ega bo‘lgan fuqarolarga yoshga doir pensiya
tayinlanishi mumkin.
Faoliyatning muayyan turlari bilan mashg‘ul bo‘lgan
shaxs-
lar (masalan, harbiy xizm atchilar, ichki ishlar organi xodim-
lari, boshqa ba’zi davlat xizmatchilari) uchun Budjetdan tash-
qari Pensiya jam g'arm asiga sug‘urta badallari to ‘langan-to‘lan-
maganligidan qat’i nazar umumiy asoslarda yoshga doir pensiya
olish huquqiga ega ekanliklari belgilab qo'yilgan.
Fuqarolarda pensiya olish huquqi berilganida (m uayyan
yoshga yetgan va ish stajiga ega boMganda)
istagan paytda pensiya
so‘rab murojaat qilish huquqi berilgan yoki bu huquqdan vaq-
tincha voz kechishlari mumkin va o'zlari xohlagan vaqtgacha
m ehnat faoliyatlarini davom ettirishlari mumkin.
Fuqaro qonunga ko‘ra bir necha pensiya turini olishga ayni
paytda haqli bo‘lib qolgani taqdirda (masalan, nogironlik pensiyasi
yoki uzoq yillik xizmat pensiyasini
olib kelgan shaxs qarilik
pensiyasi olish yoshiga yetsa) bu pensiyalardan faqat bittasini
olishga haqli bo ‘ladi va pensiya turini tanlash huquqi fuqaroga
berilgan.
„Fuqarolaming davlat pensiya ta ’minoti to ‘g‘risida“gi qonun-
ning 7-moddasiga ko‘ra yoshga doir pensiya olish huquqiga:
erkaklar — 60 yoshga to'lganda va ish stajlari kamida 25 yil
bo'lgan taqdirda;
ayollar — 55 yoshga toMganda va ish stajlari kamida 20 yil
bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladilar.
Yoshga doir pensiya tayinlash vaqtida 0 ‘zbekiston
Respub-
likasi „Fuqarolam ing davlat pensiya ta ’minoti to ‘g‘risida“gi qo-
nunining 37-moddasida sanab ko'rsatilgan barcha faoliyat turlari
m eh n at stajiga q o ‘shib h isoblanadi. A m m o b u n d a haqiqiy
ishlagan davrga ko‘ra hisoblanadigan m ehnat staji bilan shartli
ravishda e'tiborga olinadigan m ehnat staji (bolalar parvarishi
bilan m ashg'ul bo ‘Igan davr, am alda ishlam agan b o ‘lsa-da,
qonun hujjatlariga k o ‘ra ish stajiga q o 'sh ib hisoblanadigan
boshqa davrlar) o ‘rtasidagi o'zaro nisbat nazarda tutib qo'yilgan.
41
www.ziyouz.com kutubxonasi
Xullas fuqarolarga um um iy asoslarda yoshga doir pensiya
tayinlanishining asosiy shartlari:
a) fuqaroning belgilangan yoshga yetganligi;
b) muayyan hajmdagi ish stajiga ega ekanligi;
d) fuqaroning yoshga doir pensiya tayinlashlikni so‘rab ariza
bilan murojaat qilishi sanaladi.
Dostları ilə paylaş: