V BOB.
YOSHGA DOIR PENSIYALAR
5 .1 . Yoshga doir pensiya tushunchasi, turlari va
tayinlanishining umumiy asoslari
Keksa yoshdagi fuqarolarni ijtimoiy ta ’m inlashning asosiy
shakllaridan biri — yoshga do ir pensiyalar sanaladi.
Shuni
ta'kidlab o'tish kerakki, 2011-yil 1-sentabr 0 ‘zbekistonda 2098478
nafar yoshga doir pensiya oluvchi pensioner bo'lgan va Moliya
vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasining
2011-yil 8-oyi uchun darom adlari 6 trillion so ‘m ni tashkil
etgan1.
Bu ko‘rsatkich xalqaro ko‘rsatkichlarga birm uncha yaqin
keladi.
Jumladan, Yevropadagi oilalar umumiy daromadida davlat
tom onidan beriladigan ijtimoiy toMovlar 25,7 foizni, uning 2/3
qismini esa pensiya shaklidagi toMovlar tashkil etadi. Yevropa
Ittifoqi a'zosi boMgan davlatlarda esa 30 foizdan ortiq oilalar
qarilik nafaqalari bilan ta ’m inlanganlar. Bu ko'rsatkich
turli
davlatlarda turlicha bo‘lsa-da, am m o xarid qilish quw ati stan-
dartlari (Standart de Pouvoir d ’Achat)ga umuman olganda mos
keladi2.
Bizning respublikamizda ham ijtimoiy ta'm inotning amalga
oshirilishida ushbu xalqaro standartlarga
m oslashish maqsadi
ilgari surilgan.
„Yoshga doir pensiya“ tushunchasi qonunchiligimizda nis-
batan yangi boMib, 0 ‘zbekiston Respublikasining „Fuqarolam i
davlat pensiya ta'm inoti to ‘g‘risida“gi 1993-yil 3-sentabrda qabul
qilingan qonunida dastaw al muomalaga kiritildi.
Bunga sabab
qarilik va yoshga doir pensiya tayinlash yosh tushunchalari
o'rtasida jiddiy tafovut borligi boMdi. Qonunchilikda 50 yosh, 45
yosh va h atto 40 yoshdan pensiyaga chiqish m um kinligini
nazarda tutadi. Vaholanki, 40 yoshli, 50 yoshli va hatto 60
yoshli shaxslami qariya deb atash ko‘pchilik hollarda g'ayrioddiy
tuyuladi.
Hozirgi paytda amalda boMgan „Fuqarolam ing
davlat pensiya
ta'm in o ti to ‘g ‘risida“gi ham da „H arbiy xizm atchilam t pensiya
1 Q a r a n g : Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining 2011-yil uchun
tezkor ma'lumotlari. T , 2011-yil.
2 Q a r a n g : «EaHKOBCKne BeaOMOCTH» haflanomasi, 2001-yil, 3-son.
39
www.ziyouz.com kutubxonasi
ta'm inoti to ‘g‘risida“gi qonunlarga
muvofiq yoshga doir pensi-
yalaming quyidagi turlari nazarda tutilgan:
1) umumiy asoslardagi
yoshga doir pensiya;
2) imtiyozli shartlar bilan tayinlanadigan yoshga doir pen-
siya;
3) to'liqsiz ish staji bilan tayinlanadigan yoshga doir pen-
siya;
4) muddatidan oldin tayinlanadigan yoshga doir pensiya;
5) harbiy xizmatchilaming uzoq yillik xizmati uchun tayin-
langan pensiyalar.
Ushbu pensiyalar um um iy jihatlari bilan bir qatorda bir-
muncha o'ziga xos jihatlarga ham ega bo'lib, pensiyaga oid qo-
nunchilik amaliyotda qollanilayotganida ushbu jihatlar e ’tiborga
olinmog‘i lozim boMadi.
Dostları ilə paylaş: