M AX SU S Q IS M
JV BOB.
ISH STAJI TU SH U N C H A SI, TURLARI
VA ULARNI HISO BLASH TARTIBI
4 .1 . Ish staji tushunchasi va uning tuqarolarga ijtimoiy
ta'm inot berilishidagi ahamiyati
Fuqarolarga ijtimoiy ta'm in o t berish m ezonlaridan biri —
mehnat stajidir.
Ish staji
—
mehnat daftarchasi va ish joyidan,
xizm atdan, o ‘qishdan yo ki arxivdan herilgan boshqa hujjatlar
boyicha aniqiangan, ishdagi tanajfuslardan q a t’i nazar, qonun
hujjatlariga muvofiq pensiya ta 'minoti huquqini beradigan mehnat
faoliyati va boshqa faoliyatning umumiy davomiyligidir.
Fuqarolarga davlat pensiylarini tayinlash uchun zarur bo‘l-
gan ish stajini hisoblash tartibi „Fuqarolam i davlat pensiyalari
bilan ta'm inlash to ‘g‘risida“gi Qonunning 6-bobi, 37—42-m od-
dalari, ham da V azirlar M ahkam asining 1994-yil ll-m ay d a g i
249-sonli qarori bilan tasdiqlangan „Pensiya
tayinlash uchun
mehnat stajini tasdiqlash tartibi to ‘g‘risida N izom “ hamda boshqa
qonun hujjatlariga ko‘ra belgilanadi.
M ehnat staji, uning m iqdori va sifati fuqaroga ijtim oiy
ta'm inot berilishida muhim
o ‘rin tutuvchi omil bo ‘lib sanaladi.
M ehnat staji, odatda, fuqaroning korxona yoki tashkilotdagi
m ehnat faoliyati davridan iborat bo'ladi.
Umumiy va maxsus m ehnat stajlari mavjud bo'ladi.
Har qanday ish davri, shuningdek, quyidagi davrlar ham
umumiy ish stajiga qo'shib hisoblanadi
va pensiya ta'm inotida
hisobga olinadi:
a) agar 0 ‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi huzuridagi
B udjetdan tashqari Pensiya jam g ‘arm asiga sug'urta
badallari
to ‘langan bo'lsa faoliyat turi, mulk va xo‘jalik yuritish shakl-
laridan q at'i nazar, davlat tom onidan ijtimoiy sug‘urtalangan
holda bajarilgan har qanday ish;
1965-yildan keyingi davr u chun jam o a xo‘jaligidagi ish
stajini hisoblab chiqarishda — agar jamoa xo‘jaligi a'zosi uzrsiz
25
www.ziyouz.com kutubxonasi
sabablarga ko‘ra jam oa xo'jaligida belgilangan m ehnatda ishtirok
etish minimumini bajarmagan bo'lsa, ishlangan vaqtning amalda
davom etgan davri hisobga olinadi.
Ijodiy faoliyat bilan mashg‘ul xodimlaming ish stajini, ba-
sharti ular 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi
Budjetdan tashqari Pensiya jam g'arm asiga su g 'u rta badallari
to'lagan boMsalar, ijodiy uyushmalaming boshqaruvlari ana shu
muallifning asari e'lon qilingan yoki birinchi marta jamoat oldida
ijro yoki namoyish etilgan kundan e'tiboran belgilanadi;
b) harbiy xizmat va partizan otradlari hamda qo'shilmalarida
bo'lish, davlat xavfsizligi oiganlarida va ichki ishlar organlarida
xizmat qilish;
d) idoraviy bo‘ysunuvidan qat'i nazar, harbiylashtirilgan soq-
chilikdagi, maxsus aloqa organlari va tog‘-kon qutqamv qism-
laridagi xizmat;
e) yakka tartibdagi m ehnat faoliyati,
shu jum ladan, yakka
(guruhli) ijara sharoitidagi yoki shaxsiy yordam chi, dehqon
(fermer) xo‘jaligidagi faoliyat — 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jam g‘armasiga
sug'urta badallari to‘langan taqdirda;
f) I gumh nogironiga yoki 16 yoshgacha bo'lgan nogiron
bolaga, shuningdek, o ‘zgalarning parvarishiga m uhtoj bo'lgan
(davolash muassasasining xulosasiga ko‘ra) 80 yoshga to ‘lgan
qariyalaiga qarab turilgan vaqt;
g) oliy va o ‘rta maxsus o ‘quv
yurtlarida, kunduzgi o ‘qish,
shu jumladan, chet elda ta'lim olish;
h) onaning (o ‘gay onaning) bolalarini (o ‘gay farzandlarni)
go‘daklik yoshida parvarishlagan vaqti, lekin ko‘pi bilan 3 yil
davomida (bola parvarishlash ta'tili berilgani haqidagi ish bemvchi
buyrug'idan ko'chirma taqdim etilishi sharti bilan);
i) ofitserlar tarkibidan b o ‘lgan shaxslarning, praporshik-
laming, michm anlarning va m uddatdan tashqari xizmat harbiy
xizm atchilarining tu rm u sh o 'rto q la ri (ayollari), ularni ishga
joylashtirish imkoniyati boMmagan joylarda erlari bilan yashagan
vaqt, lekin 10
yildan oshmagan davr;
j) O 'zbekiston Respublikasi muassasalari va xalqaro tash-
kilotlar xodimlari xotinlarining chet elda bo‘lgan vaqti, lekin 10
yildan oshmagan davr;
26
www.ziyouz.com kutubxonasi
k)
mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida I va II
guruh nogironligida bo'lingan vaqt yoshga doir yoki boquvchisini
yo‘qotganlik pensiyasi tayinlanayotganida stajga qo‘shib hisob-
lanadi.
Yoshga doir pensiya tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt
pensiyani hisoblab chiqarish uchun stajga qo ‘shib hisoblanmaydi.
O ta-onasidan judo bo'lgan (chin yetim) bolalarga tayinla-
nadigan boquvchisini yo'qotganlik pensiyalarini hisoblab chiqarish
ota-onaning umumiy ish stajiga qarab amalga oshiriladi.
Maxsus ish staji — xalq xojaligining muayyan tarmoqlarida,
kasblar va lavozimlarda qonun hujjatlariga muvoftq imtiyozli pen-
siya ta 'minoti huquqini beradigan mehnat faoliyatining davo-
miyligidan iborat.
Jum ladan, 0 ‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 12-maydagi 250-sonli qarori bilan „Imtiyozli shartlarda
pensiyaga chiqish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muas-
sasalar, ishlar, kasblar, lavozim lar va ko‘rsatkichlar ro'yxati
tasdiqlangan bo'lib, ana shunday ishlarda ishlagan davrlar max-
sus ish stajiga, ya'ni, imtiyozli shartlarda ijtimoiy ta'm inot
olish
huquqini beruvchi davrlarga qo'shib hisoblanadi.
Shuningdek, ko‘paytirib (bir yarim, ikki, uch barobar) hi-
soblanadigan vazifa va kasblarda ishlagan, muayyan sharoyitlarda
harbiy xizm atni o 'tag an (m as., frontda, partizan otradlarida
xizmatni o ‘tash, asossiz ravishda ayblanib, jazoni o'tash joylarida
bo 'lish (jazoni o 'ta sh ) davrlari ham maxsus m ehnat stajiga
kiradi va imtiyoz huquqini beradi.
Dostları ilə paylaş: