5 .3 . Imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiya
tayinlash asoslari
Fuqarolarga ulam ing kasbi, m ehnat sharoitlarining xususi-
yatlari va boshqa omillar e'tiborga olingani holda odatdagidan
afzalroq shartlarda yoshga doir pensiya tayinlash nazarda tutilgan.
Imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiya tayinlanishi aslida shaxs
noqulay, zararli yoki ruhiy-fiziologik jihatdan tang sharoitlarda
ishlaganligi, shu orqali o ‘z sog‘lig‘i va hayotini xavf ostida
qoldirgani holda jamiyatga ko'proq foyda keltiruvchi faoliyat turi
bilan shug'ullanganligi uchun jamiyat tom onidan tovon to ‘la-
nishidan iboratdir.
Imtiyozli shartlarda pensiya tayinlanishi natijasida fuqaro
yoshga doir pensiyaga chiqish paytida quyidagi imtiyozlami qo‘lga
kiritishi mumkin:
1) pensiyaga chiqish uchun belgilangan yoshning odatda-
gidan kamroq bo‘lishi;
2) talab etiladiganidan kamroq m ehnat stajiga ega bo'lgan
hollarda ham pensiya tayinlanishi;
3) pensiya miqdorini hisoblash paytida afzallik berilishi;
4) pensioner ishni davom ettirgani taqdirda ham afzallik
berilishi va boshqalar.
Imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiya tayinlashning umu-
miy asoslari „Fuqarolam ing davlat pensiya ta'm inoti to ‘g‘risi-
da“gi qonunning 9-moddasida nazarda tutilgan.
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan
ro'yxatlarga muvofiq fuqarolaming ayrim toifalari imtiyozli shart-
larda ko‘ra pensiya olish huquqiga ega boMadilar.
Jum ladan, 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar M ahkam asi-
ning 1994-yil 12-maydagi 250-sonli „Imtiyozli shartlarda pen-
siyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassa-
42
www.ziyouz.com kutubxonasi
salar, ishlar, kasbiar, lavozimiar va ko'rsatkichlaming ro‘yxatini
tasdiqlash to ‘g‘risida"gi qaroriga binoan talab qilinadigan umu-
miy va maxsus ish staji bo‘lganda yoshidan qat'i nazar, pensiyaga
chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishiar, muassasalar, ish-
lar, kasblar va lavozimlaming 1-sonli ro‘yxati; talab qilinadigan
um um iy va maxsus ish staji bo ‘lganda um um iy belgilangan
yoshdan 10 yil oldin pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab
chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko'rsat-
kichlaming 2-sonli ro'yxati; talab qilinadigan umumiy va maxsus
ish staji bo‘lganda um um iy belgilangan yoshdan 5 yil oldin
p en siy ag a ch iq ish h u q u q in i b e ru v c h i ishlab c h iq a rish la r,
muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko'rsatkichlarning 3-
sonli ro‘yxati tasdiqlangan'.
Imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga, shuningdek,
urush n o g iro n lari, b o lalik d an nogiron b o lalarn in g o n alari,
liliputlar, pakanalar va ekologiya falokati mintaqasida ishlagan
fuqarolar egadirlar.
Ushbu ro‘yxatlar 0 ‘zbekiston Respublikasida qo‘llaniladigan
va m ulkchilik shakli, xo‘jalik yuritish usullaridan q a t’i nazar
barcha korxona, muassasa, tashkilotlar uchun majburiy bo‘lgan
imtiyozli pensiya olish huquqini beruvchi ishlar, kasblami o‘z-
larida mujassamlashtirgan. Ularda fan va texnikaning bugungi
kunda erishgan yutuqlari, texnologiyalaming xususiyatlari, meh-
natni tashkil qilish darajasi korxonalardagi noqulay va zararli
ishlab chiqarish om illarini to ‘liq b artaraf etib boMinmasligi,
m utlaq xavfsiz va qulay m ehnat sharoitlari yaratish im koni
yo‘qligi hisobga olingani holda imtiyozlar hajmi belgilab qo'yilgan.
Bunda pensiya sohasida beriladigan imtiyozlar hajmi va mazmuni
m ehnat qilish sharoitlari og‘irligi, zararli om illar ta'sir kuchi
kabi holatlarga mutanosib ravishda belgilangan.
„Yoshga doir imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini
beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavo-
zimlar va ko‘rsatkichlaming 1, 2 va 3-sonli ro‘yxatlarini qoMlash
tartibi to ‘g‘risidagi tushuntirish tasdiqlangan boMib1
2, unda ro ‘y-
1 0 ‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to'plami 1994-yiJ., 5-
son, 27-modda.
] Qa r a n g : „Fuqarolaming davlat pensiya ta'minoti to‘g‘risida“gi 0 ‘zbekis-
ton Respublikasi qonuniga sharhlar“. T., 1996-yiJ, 20-bet.
43
www.ziyouz.com kutubxonasi
xatlardagi imtiyozlami turli sharoitlarda tatbiq etishning alohida
jihatlari hamda o'ziga xos qoidalari belgilab berilgan.
Unda ko‘rsatilishicha, shaxsning asossiz qatag'on qilingan,
noto‘g‘ri ishdan bo'shatilganligi tufayli majburan ishsiz yurgan
vaqtlari yoki bolasi ikki yoshgacha ho ‘lgan ayolning boshqa
yengilroq ishga o'tkazilgan vaqti va qonun hujjatlarida nazarda
tutib qo‘yilgan boshqa davrlar shartli ravishda imtiyoz beradigan
ish lard a ishlagan vaqtlarga te n g la sh tirila d i h am d a tegishli
imtiyozning to ‘la hajmda berilishiga sabab bo'ladi.
Yoshidan qat'i nazar, quyidagilar imtiyozli pensiya olish
huquqiga ega bo‘ladilar:
a) kon sanoatidagi yetakchi kasb egalari bo‘lgan xodimlar
kamida — 20 yillik ish stajiga ega b o ‘lsalar (l-so n li ro‘yxat, I
qism);
b) bevosita yerosti va ochiq kon ishlarida (shu jum ladan,
kon-qutqaruv qism larining shaxsiy tarkibi) ko'm ir, m a'd an lar
va boshqa foydali qazilmalami qazib olishda, shaxtalar va konlar
qurilishida to ‘liq ish kuni davomida band bo‘lgan xodimlar —
kamida 25 yillik ish stajiga ega b o ‘lsalar (1-sonli ro‘yxat, II
qism);
d) uchuvchilar va uchuvchi-sinovchilar tarkibiga kiruvchi
x o d im la r, u la r xizm at qilgan k o rx o n a la r, m u assasalar va
tashkilotlarning idoraviy bo'ysunuvidan qat'i nazar, belgilangan
xizmat m uddatini ana shu lavozimlarda erkaklar kamida 25 yil
va ayollar kamida 20 yil ado etganlari taqdirda (1-sonli ro‘yxat,
III qism).
Yuqorida qayd etib o ‘tilgan xodimlar salomatligiga (kasalli-
giga) ko‘ra uchuvchilaming o ‘z kasblaridan bo'shatilgani taqdir-
da, belgilangan xizmat muddatini — erkaklar kamida 20 yil va
ayollar kamida 15 yil ado etgan bo‘lsalar;
e) teatrlar va boshqa teatr-tom osha korxonalari artistlarining
ayrim toifalari:
ijodiy ish staji kamida 20 yil bo ‘lganda (l-sonli ro‘yxat, IV
qism);
ijodiy ish staji kamida 25 yil bo‘lganda (1-sonli ro'yxat, V
qism);
ijodiy ish staji kamida 30 yil boMganda (1-sonli ro‘yxat,VI
qism);
0 sportchilaming ayrim toifalari — ish staji kamida 20 yil
bo‘1ganda (1-sonli ro‘yxat, VII qism).
44
www.ziyouz.com kutubxonasi
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil
8-sentabrdagi 252-sonli „D avlat pensiyalarini tayinlash va
to'lash tartibini yanada takomillashtirishga yo'naltirilgan nor-
mativ-huquqiy hujjatlami tasdiqlash to ‘g‘risida“gi qarori bilan
„D avlat pensiyalarini tayinlash va to'lash tartibi to'g'risida
N izom “ning 4-ilovasida „Uchuvchilar va sinovchi uchuvchilar
tarkibiga kiruvchi xodimlarga pensiya tayinlash uchun belgilangan
ish stajini hisoblash TARTIBI nazarda tutilgan' va unda ushbu
toifadagi xodimlar xizmat muddatlarini hisobga olish uchun asos
bo'ladigan m ezonlar ham da birliklar, bunday xizmat m ud-
datlarini imtiyozli (karralab ko'paytirgan holda) hisobga olish
shartlari bayon etib berilgan.
U ch u v ch ilar va sinovchi u ch u v ch ilar tarkibiga kiruvchi
xodimlar salomatligining yomonlashuviga ko‘ra uchuvchilik kas-
bid an b o ‘shagan ta q d ird a belgilangan xizm at m u d d atin in g
muayyan qismini o ‘tagan boMsalar, xususan, erkaklar kamida
20 yillik, ayollar kamida 15 yillik maxsus ish stajiga ega bo ‘l-
salar imtiyozli pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.
Teatrlar va boshqa teatr-tom osha korxonalarining artistlari
muayyan toifalari muayyan maxsus m ehnat stajiga ega b o ‘l-
ganlarida imtiyozli pensiyaga chiqish huquqiga ega boMadilar.
Shuningdek, 1-sonli ro‘yxatning VII qismiga ko‘ra sportchi-
larning ayrim toifalari ham muayyan maxsus mehnat stajiga ega
bo‘lganlarida yoshga doir pensiyaga chiqishlari mumkinligi aytiladi.
Xususan: „U lar m asterlar komandasi shtatida 10 yil tur-
ganda, jumladan, 0 ‘zbekiston Respublikasi terma komandalarida
yoki 0 ‘zbekiston Respublikasi terma komandasi tarkibida kamida
6 yil turganda imtiyozli pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.
Shuningdek, 0 ‘zbekiston Respublikasining xizm at ko'rsatgan
masteri, xalqaro klassdagi sport masterlari ham shunday pensiya
huquqiga egadirlar“ , deb ko‘rsatib qo'yilgan.
„Fuqarolam ing davlat pensiya ta'm inoti to ‘g‘risida“gi qonun-
ning 11-moddasida um um iy belgilangan yoshni 10 yilga qis-
qartirilgan holda imtiyozli pensiya olish huquqi haqida ko'rsa-
tilgan b o ‘lib, u Vazirlar Mahkamasi tom onidan 1994-yil 12-
m ayda tasd iq lan g an 2-sonli ro ‘yxatga mos keladi. M azkur
moddada qayd etilishicha: 1
1 0 ‘zbekitson Respublikasining qonun hujjatlari to'plami. 2011-yil, 37-son,
377-modda.
45
www.ziyouz.com kutubxonasi
O xirgi ish jo y id a n q a t'i n a z a r, q u y id a g ila r qonunning
7-m oddasida belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirilgan holda
pensiya olish huquqiga ega bo'Iadilar:
a) yerosti ishlarida, m ehnat sharoiti o ‘ta zararli va o ‘ta og‘ir
ishlarda to ‘liq ish kuni davomida band bo‘lgan xodimlar (2-sonli
ro'yxat, I qism):
erkaklar — ish staji kamida 20 yil bo'lib, bundan kamida
10 yili ko‘rsatib o'tilgan ishlaiga to ‘g‘ri kelgan taqdirda;
ayollar — ish staji kamida 15 yil bo‘lib, bundan kamida 7
yil-u 6 oyi ko‘rsatib o ‘tilgan ishlarga to ‘g‘ri kelgan taqdirda.
Yerosti ishlaridagi m ehnat staji erkaklarda 10 yildan kam va
ayollarda 7 yil-u 6 oydan kam bo‘lgan hollarda xodimlaiga bu
ishlardagi har bir to ‘liq yil uchun ushbu qonunning 7-m od-
dasida nazarda tutilgan pensiya yoshi 1 yilga qisqartiriladi.
Mehnat sharoiti o ‘ta zararli va o ‘ta og‘ir ishlarda — erkaklar
kamida 5 yil, ayollar kamida 3 yil-u 9 oy ishlagan xodimlarga
pensiya ushbu qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya
yoshi shunday ishda band bo‘lingan har bir to ‘liq yil uchun 1
yilga qisqartirilgan holda tayinlanadi;
b) sirklar va konsert tashkilotlari artistlarining ayrim toifa-
lari ijodiy ishdagi staji kamida 20 yil boMgan taqdirda (2-sonli
ro'yxat, II qism).
2-
sonli ro‘yxat ikki qismdan iborat boMib, 1 qismida xalq
xo‘jaligining barcha tarmoqlarida (yerosti, tog‘-kon, metallurgiya,
kimyo, neftni qayta ishlash, sogMiqni saqlash, transport, um u-
miy kasblar, atom energetikasi va boshqa sohalarga oid ishlar)
qoMlaniladigan zararli va og‘ir ishlar sanab ko'rsatilgan.
11 qismida esa sirk va boshqa konsert tashkilotlarining artistlari
nazarda tutilgan.
3-
sonli ro'yxatda umumiy belgilangan yoshni 5 yilga kamay-
tirilgani holda, y a’ni erkaklar uchun — 55 yoshdan, ayollar
uchun esa 50 yoshdan yoshga doir pensiyaga chiqish huquqini
beradigan ishlar, kasblar, lavozim lar nazarda tutilgan. Ushbu
ro'yxat hajm jihatidan eng salmoqlisi boMib hisoblanadi va xalq
xo'jaligi, iqtisodiyot tarmoqlarining turli sohalariga oid bir necha
yuzlab turli kasb va vazifalar ko ‘zda tutilgan. U shbu ro ‘yxat
tarkibiy jihatdan to'qqiz qismdan iborat va birinchi qismining
o ‘zida 35 boMim mavjud.
46
www.ziyouz.com kutubxonasi
„Fuqarolaming davlat pensiya ta’minoti to ‘g‘risida“gi qonun-
ning 12-moddasiga ko‘ra:
oxirgi ish joyidan qat’i nazar, quyidagilar ushbu qonunning
7-moddasida belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya
olish huquqiga ega boMadilar:
a) urush nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;
b) mehnat sharoiti zararli va og‘ir ishlarda to ‘liq ish kuni
davomida band bo‘lgan xodimlar (3-sonli ro‘yxat, I qism):
erkaklar — ish staji kamida 25 yil bo ‘lib, bundan kamida
12 yil-u 6 oyi ko‘rsatib o ‘tilgan ishlarga to ‘g‘ri kelgan hollarda;
ayollar — ish staji kamida 20 yil bo‘Iib, bundan kamida
10 yili ko'rsatib o'tilgan ishlarga to ‘g‘ri kelgan sharoitda.
M ehnat sharoiti zararli va og‘ir ishlarda — erkaklar kamida
6 yil-u 3 oy, ayollar kamida 5 yil — ishlagan xodimlarga pensiya
ushbu qonunning 7-m oddasida nazarda tutilgan pensiya yoshi
erkaklaming bunday ishdagi har 2 yil-u 6 oyi uchun va ayol-
laming bunday ishdagi har 2 yili uchun 1 yilga qisqartirilgan
holda tayinlanadi;
d) bolalikdan nogiron farzandlam ing onalari ularni sakkiz
yoshgacha tarbiyalagan bo‘lsa — ish staji kamida 20 yil boMgan
taqdirda. Basharti, ayol o‘gay o‘g‘il, qizni 8 yoshga toMguniga
qadar kamida 5 yil davomoda tarbiyalagan boMsa, pensiya tayin-
lashda ular haqiqiy farzandlar bilan teng ravishda hisobga olinadi;
e) nogiron bolalar uchun ixtisoslashgan taMim muassasalari,
„M ehribonlik“ uylari, harbiy akademik litseylar, tarbiya koloni-
yalari o ‘qituvchilari — maxsus ish staji kamida 25 yil boMgan
taqdirda (3-sonli ro‘yxat, VII qism);
0 ixtisoslashgan tibbiy muassasalaming shifokorlari va o ‘rta
tibbiy xodimlari — maxsus ish staji qishloq joyda kamida 25 yil
va shaharlarda kamida 30 yil boMgan taqdirda (3-sonli ro‘yxat,
VIII qism);
g) m ehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlarining
qariyalar, nogironlar va yolg'iz fuqarolarga xizmat ko'rsatishda
bevosita band boMgan xodimlari (3-sonli ro‘yxat, IX qism):
erkaklar — maxsus ish staji kamida 25 yil bo'lgan taqdirda;
ayollar — maxsus ish staji kamida 20 yil bo'lgan taqdirda.
12-moddaning „b“ bandiga binoan imtiyozdan foydalanish
huquqiga ro'yxatning I qismi, barcha 35-bo‘limida nazarda tutib
47
www.ziyouz.com kutubxonasi
qo'yilgan kasb va vazifalarda belgilangan m uddat davom ida
mehnat qilgan barcha fuqarolarda yuzaga keladi. Bunda ulaming
ushbu ishlarda qachon oldin yoki keyin ishlaganliklarining aha-
miyati yo‘q.
Hozirgi paytda fuqarolaming juda katta qismi, mazkur 3-
sonli ro‘yxatda nazarda tutilgan imtiyozli yoshga doir pensiyaga
chiqish huquqidan foydalanmoqdalar.
„Fuqarolam ing davlat pensiya ta'm inoti to ‘g‘risida“gi qonun-
da boshqa asoslarga ko‘ra imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiyaga
chiqish huquqini beruvchi holatlar ham ko‘zda tutib qo‘yilgan.
Jumladan, mazkur qonunning 13-moddasiga muvofiq gipo-
fizar mittilik (nanizm) kasaliga chalinganlar (liliputlar) va gavda
tuzilishida mutanosiblik buzilgan pakana (bukur) shaxslar: erkak-
lar kamida 25 yillik ish staji bilan 45 yoshdan, ayollar esa
kamida 20 yillik ish staji bilan 40 yoshdan yoshga doir pensiyaga
chiqishga haqli bo‘ladilar. Fuqaroning gipofizar mitti (liliput)ligi
yoki pakana (karlik) ekanligi tibbiy mezonlarga ko‘ra va tibbiy
xulosalarga muvofiq ravishda belgilanadi.
1999-yilni Respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov tashab-
busiga ko‘ra „Ayollar yili“ deb e'lon qilinishi munosabati bilan
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tom onidan 1999-yil 14-
aprelda „Xotin-qizlarga qo‘shimcha imtiyozlar to ‘g‘risida“ qonun
qabul qilindi'.
Ushbu qonunda nazarda tutilgan imtiyozlardan
biri — mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxonalarda mehnat
qilish, harbiy xizmat davri (mudofaa, ichki ishlar, milliy xavf-
sizlik xizmatlari va boshqalar), harbiylashtirilgan soqchilikdagi
maxsus aloqa organlari va tog‘-kon qutqaruv qismlaridagi xizmat;
ijtimoiy sug‘urta Pensiya jam g‘armasiga tegishli badallar to ‘la-
nishi, yakka tartibdagi (yuridik shaxs tashkil etmasdan) mehnat
faoliyati tufayli kamida 20 yillik m ehnat stajiga ega bo‘lgan
ayollar 54 yoshdan yoshga doir pensiyaga chiqishlari mumkin
bo‘ldi. Ushbu qonun qabul qilinishi munosabati bilan „Fuqaro-
laming davlat pensiya ta'm inoti to ‘g‘risida“gi qonuni yangi, 12-
Prim 1-modda bilan toMdirildi.
Boshqacha asoslarga ko‘ra 20 yillik ish stajiga ega bo'lgan
ayollar (bolalarni parvarishlash, I guruh nogironi yoki 80
yoshdan oshgan qariyaga qarab turilgan vaqt, oliy yoki boshqa 1
1 Qa r a n g : 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi,
1999-yil, 5-son, 112-modda.
48
www.ziyouz.com kutubxonasi
kunduzgi o ‘quv yurtlarida o ‘qish davri va boshqalar) bunday
imtiyozdan foydalana olmaydilar. Masalan, fuqaro Bozorova jami
30 yillik ish staji bilan 54 yoshdan pensiya tayinlashlikni so'rab
murojaat qildi. U 25 yil qishloq xo‘jaligi mashinasozligi zavodida
buxgalter bo‘lib ishlagan va 5 yil uch yoshga yetmagan bolalari
parvarishi bilan band bo‘lgan. Bozorova 54 yoshdan yoshga doir
pensiyaga chiqish huquqiga ega, chunki uning bevosita mehnat
staji 20 yildan k o ‘p. F u q aro Ism atova 54 yoshdan pensiya
tayinlashni so'rab murojaat qildi. Uning umumiy ish staji 26 yil
bo ‘lib, shundan 3 yili go‘dak bolalami parvarishlash davridan, 5
yili esa Oliy o ‘quv yurtida ishlab chiqarishdan ajralgan holdagi
o ‘qish davridan iborat. Y a’ni Ism atovaning bevosita ishlagan
davridagi m ehnat staji 15 yilni tashkil qiladi. Uning bevosita
m ehnat staji 20 yildan kam b o ‘lganligi tufayli 54 yoshdan
pensiyaga chiqish huquqidan foydalanishga haqli emas.
Dostları ilə paylaş: |