‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


 . Umunriy asoslarda yoshga doir pensiya



Yüklə 65,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/65
tarix22.12.2023
ölçüsü65,93 Kb.
#190444
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   65
Ijtimoiy ta\'minot huquqi (Y.Tursunov)

5.2 . Umunriy asoslarda yoshga doir pensiya
tayinlash va uning shartlari
0 ‘zbekiston Respublikasining „Fuqarolam ing davlat pensiya 
ta'm inoti to ‘g‘risida“gi qonunining l-moddasiga ko‘ra:
0 ‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ushbu qonunda nazarda 
tutilgan tartibda davlat tom onidan pensiya bilan ta'm inlanish 
huquqiga egadirlar.
Respublika hududidan tashqarida yashab turgan 0 ‘zbekiston 
Respublikasining fuqarolarini pensiya bilan ta'm inlash 0 ‘zbekis- 
ton R espublikasining xalqaro sh artn o m alari asosida am alga 
oshiriladi.
0 ‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan chet el 
fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, basharti O'zbekiston 
Respublikasining xalqaro shartnomalarida o ‘zgacha qoidalar na- 
zarda tutilm agan b o ‘lsa, 0 ‘zbekiston Respublikasi fuqarolari 
bilan teng ravishda pensiya olish huquqiga egadirlar.
Ish stajiga ega b o ‘lm agan fuqarolar va ularning oilalari 
qonunga binoan davlat pensiyalari olish huquqiga ega emaslar. 
Ulaming ijtimoiy ta'm inlanish tartibini 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi belgilab beradi.
Demak, korxona va tashkilotlarda yollanib (m ehnat shartno- 
masi tuzib) ishlagan yoki bo'lmasa boshqacha tarzda ijtimoiy- 
foydali faoliyat (jamoa xo‘jaligi, shirkat xo‘jaligi, fermer-dehqon 
xo‘jaligi, kooperativlar a’zosi sifatida, yakka tartibdagi tadbirkor
40
www.ziyouz.com kutubxonasi


sifatida, erkin ijodkor tarzida va hokazo) bilan shug'ullangan, 
ular uchun ish beruvchi tomonidan yoki bevosita o ‘ziari tom o- 
nidan (yakka tadbirkor, dehqon xo'jaligi a'zosi va boshqalar) 
B udjetdan tash q ari Pensiya jam g 'arm asig a ijtim oiy su g 'u rta 
badallari to ‘langan va ish staji davriga qo‘shib hisoblanadigan 
davomiy davrga ega bo‘lgan fuqarolarga yoshga doir pensiya 
tayinlanishi mumkin.
Faoliyatning muayyan turlari bilan mashg‘ul bo‘lgan shaxs- 
lar (masalan, harbiy xizm atchilar, ichki ishlar organi xodim- 
lari, boshqa ba’zi davlat xizmatchilari) uchun Budjetdan tash- 
qari Pensiya jam g'arm asiga sug‘urta badallari to ‘langan-to‘lan- 
maganligidan qat’i nazar umumiy asoslarda yoshga doir pensiya 
olish huquqiga ega ekanliklari belgilab qo'yilgan.
Fuqarolarda pensiya olish huquqi berilganida (m uayyan 
yoshga yetgan va ish stajiga ega boMganda) istagan paytda pensiya 
so‘rab murojaat qilish huquqi berilgan yoki bu huquqdan vaq- 
tincha voz kechishlari mumkin va o'zlari xohlagan vaqtgacha 
m ehnat faoliyatlarini davom ettirishlari mumkin.
Fuqaro qonunga ko‘ra bir necha pensiya turini olishga ayni 
paytda haqli bo‘lib qolgani taqdirda (masalan, nogironlik pensiyasi 
yoki uzoq yillik xizmat pensiyasini olib kelgan shaxs qarilik 
pensiyasi olish yoshiga yetsa) bu pensiyalardan faqat bittasini 
olishga haqli bo ‘ladi va pensiya turini tanlash huquqi fuqaroga 
berilgan.
„Fuqarolaming davlat pensiya ta ’minoti to ‘g‘risida“gi qonun- 
ning 7-moddasiga ko‘ra yoshga doir pensiya olish huquqiga:
erkaklar — 60 yoshga to'lganda va ish stajlari kamida 25 yil 
bo'lgan taqdirda;
ayollar — 55 yoshga toMganda va ish stajlari kamida 20 yil 
bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladilar.
Yoshga doir pensiya tayinlash vaqtida 0 ‘zbekiston Respub- 
likasi „Fuqarolam ing davlat pensiya ta ’minoti to ‘g‘risida“gi qo- 
nunining 37-moddasida sanab ko'rsatilgan barcha faoliyat turlari 
m eh n at stajiga q o ‘shib h isoblanadi. A m m o b u n d a haqiqiy 
ishlagan davrga ko‘ra hisoblanadigan m ehnat staji bilan shartli 
ravishda e'tiborga olinadigan m ehnat staji (bolalar parvarishi 
bilan m ashg'ul bo ‘Igan davr, am alda ishlam agan b o ‘lsa-da, 
qonun hujjatlariga k o ‘ra ish stajiga q o 'sh ib hisoblanadigan 
boshqa davrlar) o ‘rtasidagi o'zaro nisbat nazarda tutib qo'yilgan.
41
www.ziyouz.com kutubxonasi


Xullas fuqarolarga um um iy asoslarda yoshga doir pensiya 
tayinlanishining asosiy shartlari:
a) fuqaroning belgilangan yoshga yetganligi;
b) muayyan hajmdagi ish stajiga ega ekanligi;
d) fuqaroning yoshga doir pensiya tayinlashlikni so‘rab ariza 
bilan murojaat qilishi sanaladi.

Yüklə 65,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin