‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/82
tarix15.09.2023
ölçüsü3,4 Mb.
#143744
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
O\'zbek tili stilistikasi (S.Sultonsaidova, O\'.Sharipova)

«To;iK.OBbiM 
cjioBapb pyccKoro 
«3b iK a» 
kitobida stil so'zining 
4
xil 
ma'nosi berilgan. Bu m a'nolar 1981-yilda chop etilgan « 0 ‘zbek 
tilining izohli lug‘?ui»da ham taijim a qilinib, izohlangan. U lar 
quyidagilar:
1.
Biror san’at asarining, biror ijodkor, davr, millatning o ‘ziga 
xos belgilari yig‘indisi. M asalan: arxitekturadagi sharqona stil 
(naqshinkorlik, gumbazli binolar).
Ko rinadiki, stil so‘zining 1-m a’nosi juda keng tushunchani 
ifodalaydi, ya’ni badiiy ifodalar yig‘indisi yoki badiiy ifodalaming 
umumiy tizimi tushuniladi. Bunda adabiyot nazarda tutilmaydi.
2.
Biror adabiy asar, adabiy yo‘nalish, adabiy ja n r yoki biror 
muallifga xos b o ‘lgan g ‘oya va til vositalarining tizim i orqali 
izohlanadi. Masalan, A. Q ahhor stili, Oybek stili. Poetik stil, 
rom antik stil va h.k.
Bunda fikr ifodalash stillari ham tushuniladi. Masalan, ko‘tarinki 
stil, lo‘nda stil va boshqalar. G ‘.G ‘ulomning «Sen yetim emassan» 
she’ri ko‘tarinki stilda yozilgan. A Q ahhom ing stili fosh qiluvchilik 
xususiyatiga ega. Uning asarlarida zaharxanda iboralar, maqol va 
matallar ko‘plab uchraydi. Masalan, «Sinchalak» qissasida Arslonbek 
Qalandarov shunday deydi: 
«Sinchalak degan oyog‘iipday ingichka
qush bor. kechasi oyog'ini osmonga k o ‘tarib yotadi, osmon tushib
ketsa, k o ‘tarib qolaman».
Saida esa unga javoban deydi: 
«Xo‘rozham
«men qichqirmasam, tong otmaydi»,
der ekan. «Mayiz yemagan 
xotin» hikoyasida bunday fosh qiluvchi jumlalar juda ko‘p. Yozuvchi 
Oybekka esa keng ko‘lamlilik xos, masalan, Oybekning «Navoiy» 
rom anidan quyidagi parchaga e’tibor beraylik:
Shoir «Xiyobon» ko'chasidan o ‘tib, «Bog‘ za g ‘on»ning katta
darvozasiga yetishi bilan bu yerda tartib bilan kuzatib turgan navkarlar
muhrdorga salom berib, datrov otning jilovidan ushladilar. Shoir
ulaming yordamisiz otdan tushdi-da, «Bog‘ zag‘on»ga kirdi. Bu —
turli qasrlar, ko ‘shklar va boshqa go ‘zal binolar va ajoyib xiyobonlarga
boy g ‘oyat katta bog‘ edi. Daraxtlar oralab ketgan keng, toza va
quyosh nurlari bilan ola chalpoq yo ‘Idan borib, bir necha tanob joyni
ishg‘ol etgan kattagulzorlarga chiqdi. Bu yerga go ‘yo butun dunyoning
6
www.ziyouz.com kutubxonasi


gullari to ‘plangan edi. Turli-tuman rang va ztyo bilan quyoshda
yashnagan bu chaman ko ‘z/ami qamashtirardi. Navoiy gulni, rangni
juda sevar edi. Har kungidek, to'xtab, zovq bilan tomosha qildi.
Keyin bu chamanzor qarshisidagi koshonaga — devorlari, ustunlari,
eshiklari naqqoshlar qo 'li bilan yasalgan naqsh gulzorini toblantirgan
tomon yurdi. Oltin qubbachalar, o ‘ymakor gullar bilan bezangan
eshikni ochib, kichikroq, lekin serhasham birxonaga kirdi. Buyerda
uni do'sti H o ‘ja Afzal qarshi oldi. Bu — past bo'yli, tiyrak ko'zli,
xushmuomala, qariyb o ‘zi bilan tengdosh kishi edi.
3. 
Ko'chma m a’noni ifodalaydi. Bunda xulq, axloqqa xos bo'lgan 
xususiyatlar yig'indisi, faoliyat usuli, biror ishni amalga oshirishning 
yo‘l-yo‘riqlari kabilar tushuniladi.
4-xil m a’no adabiyotga ham, tilga ham xos emas. Bu daviga, yil 
hisobiga nisbatan ishlatiladi. Masalan, melodiy yil hisobi, hijriy yil 
liisobi.
Stil so'zining m a'nolari bilan tanishishdan m a’lum b o ‘ldiki, 2- 
m a’no bilan bog‘liq holda stilistika fani vujudga kelgan.
Stilistika fanining o‘rganish obyekti haqida turh qarashlar mavjud. 
Akademik V.V.Vinogradov stilistika bahsida bir-biri bilan aloqador, 
lekin vazifalari jihatdan farqlanadigan 3 ta tekshirish aspeklini 
ko‘rsatish zarurligini aytadi. U lar quyidagilar:
1. Tilning funksional stillarini o‘iganuvchi stihstika. Bu struktural 
stilistika deb ham yuritiladi. Struktural stilistikaning vazifasi uning 
struktural elementlari bo‘lgan rasmiy, ilmiy, publitsistik, badiiy 
stillaming o'ziga xos xususiyatlari va ifoda vositalarini o ‘igatishdir.
2. Turli janrlaming (semantik, ekspressiv-stilistik) m a’no va tez 
ta’sir qilish tomonlarini hamda og‘zaki va yozma nutq orasidagi 
farqni tekshiruvchi nutq stilistikasi. Uning vazifasi tilning barcha 
stillar tizimi bilan birga yozma va og‘zaki shakllari, adabiy va 
so‘zlashuv nutqi ko‘rinishlarini tekshiradi. U til birliklaridan qaysi 
biri yozma va og‘zaki nutqda ko‘proq ishlatilishi, fikr ifodalashda til 
vositalarining to ‘g ‘ri tanlangan yoki n o to ‘g ‘ri olinganligi, shu 
vositalaming o ‘mida ishlatish yo‘llarini o‘rganadi.
3. Adabiy yo‘nalishlar, badhy asar hamda yozuvchi stihni tadqiq 
etadigan badiiy adabiyot stihstikasi. Uning vazifasi badiiy asarlami 
yaratishda yozuvclrining ifoda vositalaridan foydalairish mahorati haqida
7
www.ziyouz.com kutubxonasi


bahs yuritishdir. Stilistika fani akademik V.Vinogradov ko'rsatgan 
aspektlardan birinchi va ikkinchisi asosida shakllangan. Uchinchisi 
adabiyotshunoslikning obyektidir. Aslini olganda, badiiy adabiyot 
stilistikasi uning bir ko‘rinishidir. Bu tushunchaning aloliida tur sifatida 
ko‘rsalilishiga sabab shundan iboratki, u boshqa nutq stillaridan anchagina 
faiqli jihatlarga ega. Badiiy adabiyot stili keng qamrovliligi, ya’ni barcha 
stillami ham o‘zida ifodalaslti bilan ajralib turadi.
Demak, stilistika ikki xil ko‘rinishga ega:
1. N utq stihstikasi. Bu tilning vazifadosh shakilari deb ham 
yuritiladi. Bunga so‘zlashuv stili, rasmiy stil, ilmiy stil, publitsistik 
va badiiy stil kiradi.
2. Lingvistik, ya’ni til stilistikasi. Uning turlari:
a) fonetik stihstika
b) leksik stihstika
d) grammatik stihstika.
8
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 3,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin