Nazorat savollari
1. Publitsistik stil nima?
2. Publitsistikaning qanday ko‘rinishlari mavjud?
3. Publitsistik stilning asosiy vazifasi nimada?
4. Bu stilda qanday vositalardan foydalaniladi?
5. Publitsistikaning qanday janrlari bor?
6.
Publitsistik stilning fonetik, leksik, grammatik xususiyatlari
qaysilar?
Tayanch ifodalar
Publitsistik — (publiqus) ijtimoiy, ommaviy
Emotsiya -
liis-hayajon
Anafora - gaplar boshida bir xil so'zning takror kelishi
Epifora - gaplar oxirida bir xil so‘zning takror kelishi
Epitet — o‘xshatish
Pamflet — xalqaro mavzudagi feleton
O k k a z io n a liz m “ ta so d ifiy y a ra tilg a n yoki b ir m a rta
ishlatiladigan so'zlar.
31
www.ziyouz.com kutubxonasi
BADIIY NUTQ STILI
Reja:
1. Badiiy stilning o‘ziga xos xususiyatlari.
2. Badiiy stilda so'zning o ‘mi.
3. Badiiy stilning boshqa stillar bilan munosabati.
4. Badiiy stilda so‘z yaratish muammosi.
Tilning vazifadosh stillari ijlimoiy hayotning u yoki bu sohasini
aks eltiradi, shu sohada m ehnat qilayotgan inson faoliyatining
muayyan doirasiga mansubligi bilan farq qiladi. Badiiy stil esa
hayotning ham m a tom onlarini qarnrab olislii bilan,
barcha nutq
stillarining unda qo‘llanishi bilan farqlanadi. Badiiy adabiyot turli
kasb-hunar egalarining hayotini, ichki dunyosini, jam iyatdagi
o'rnini aks cttirgani ucliun unda til va nutq vositalari o ‘ziga xos
holatda qo‘llaniladi. Yuqorida tavsif berilgan to ‘rtta
stil u yoki bu
voqea-hodisa haqida xabar bcrish uchun xizmat qilsa, badiiy stil
m a’lumot berish bilan birga estetik va em otsional ta ’sim i ham
ifodalaydi. Badiiy stil liikoya, qissa, roman, she’riyat va hattoki
kichkina janrdagi afandi latifalarida ham islilatiladi. Unda til — obraz,
xarakter va manzaralar yaratish vositasi bo ‘lib xizmat qiladi.
Barcha
nutq stillarining o‘ziga xos so‘zlari va iboralari mavjud. Garclii, rasmiy
va ilmiy stilda iboralar kam darajada ishlatilsa-da, ular nisbatan
«xususiylashgan», badiiy stilda esa birinchi marta qo‘llanilayotgan
so‘z va iboralar yozuvchi va shoirning yangi yaratgan ifodalari bo ‘lishi
mumkin. Chunki muallif o‘zi tasvirlamoqchi boTgan manzara yoki
shaxsni o ‘zi xohlagandek ifodalash uchun mavjud so‘zlardan
foydalanmay, hah hech kim qo‘llamagan yangi so‘zlami yaratadi.
Ko'rinadiki, badiiy stil turm ushni aks ettirishning maxsus shaklidir.
Badiiy nutq stili adabiy tihiing ifodalanishi boTib, ayrim hollarda
b a ’zi m a q sa d la r b ila n b o sh q a n u tq k o ‘rin is h la rid a n ham
foydalanishga to ‘g‘ri keladi.
Dostları ilə paylaş: