‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


www.ziyouz.com kutubxonasi Badiiy stilning fonetik xususiyatlari



Yüklə 3,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/82
tarix15.09.2023
ölçüsü3,4 Mb.
#143744
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   82
O\'zbek tili stilistikasi (S.Sultonsaidova, O\'.Sharipova)

32
www.ziyouz.com kutubxonasi


Badiiy stilning fonetik xususiyatlari
Badiiy stilda ijodkor erkin faoliyat ko‘rsatadi. Shuning uchun u 
xohlasa, so'zlashuv stilidan, xohlasa, boshqa stillardan foydalanadi. 
M a’lumki, so‘zlashuv stilida fonetik xususiyatlar talaygina. Yozuvchi 
yoki shoir asar qahramonlarining faoliyatini ulaming nutqi orqali 
ifodalaydi. Shuning uchun badiiy nutqda dialog, monolog bayonini 
qamrab oluvchi so‘zlashuv nutqi keng ishlatiladi. Shunga ko‘ra, 
so‘zlashuv stilida ucliraydigan barcha fonetik xususiyatlar bu stilga 
ham xosdir. Ayniqsa, asar qahram onlarining qaysi sheva vakili 
ekanligini ko‘rsatuvchi tovushlar talafiuzi bu stilda aniq ko‘rinadi.
Badiiy stilning leksik xususiyatlari
Yozuvchi yoki shoir tilning yashirin imkoniyatlaridan keng 
foydalanib, badiiy nutqda yangi so‘z va yangi iboralami yaratadi. 
Masalan, A.Qahhoming 
sinchalak, guldasta
so‘zlarini yangi m a’noda 
ishlatishi, G ‘.G ‘ulomning 
qopqa, sho'xshanlashmoq, qoralmasin
so'zlarini yaratishi bunga misol b o ‘ladi:
Siz ko‘kning 
qopqasin
qoqqan soatda,
Quyosh ko‘z uqalab uyg‘onar edi. 
yoki:
She’r shunday 
sho‘xshanlansin,
bo ‘lolmasin o‘xshashi,
Fikr kunday ravshanlansin
qoralmasin
quyoshi.
(«Baxt tongotari» she’ridan.)
M aqsud Shayxzodaning, 
nuriston, quyoshiston, nurobod,
Toshkentnoma
kabi so 'zlam i yaratislii, m ohir so‘z yaratuvchi 
Oybekning 
miljinglamoq, jabrkor, jivillamoq, gavharshunos, korsiz,
sohibtadbir, darddosh, ozlimasin, lashkargoh
kabi so'zlari ham
asaming badiiy-estetik qiymatini ta'm inlovchi muhim vosita bo ‘lib 
xizmat qiladi.
B unday so 'z la rn i cheksiz keltirish m um kin. Ijodkorning 
imkoniyati bilan birga imkonsizligi ham bor. Ijodkor bu nutq stihda 
adabiy til doirasidan chiqib keta olmaydi (ayniqsa, so‘z yasalishi va 
so‘z qo'llash sohasida).
Bu nutqda sinonim, omonim, antonim, ko‘p m a’nolilik kabi
33
www.ziyouz.com kutubxonasi


leksikaning barcha qatlam laridan keng foydaianiladi. Bulaming 
hammasi ijodkoming poetik fikrini ifodalashga xizmat qiladi.
Badiiy stil ta’sirchanligi jihatidan publitsistik nutqqa yaqin tursa, 
turli jonli so‘zlashuv vositalaridan foydalanish jihatidan so'zlashuv 
stiliga o ‘xshab ketadi.
Badiiy adabiyot tilini vazifadosh stillardan tashqari qarovcliilar 
so‘zning estetik vazifasini birinchi o‘ringa chiqarishadi. So‘zning eng 
m uhim va asosiy vazifasi kom m unikatsiya — aloqani amalga 
oshirishdir. Bu xususiyatni ular ikkinchi o'ringa tushirishadi. 
V aholanki, h ar qanday tilning, h ar qanday so‘zning birinchi 
vazifasi — aloqa vositasi bo'lishidir. So‘z aloqa vazifasini bajaigandan 
keyingina, estetik vazifani amalga oshirishi mumkin. Bunda ular 
badiiy adabiyotning san’at turi sifatida qaralishini asos qilib olishadi. 
San’at turi b o ‘lganda ham estetik zavq so‘z orqali ifodalanadi. 
So‘zning kommunikativ vazifasi esa hamisha birinchi o‘rinda bo ‘lishi 
kerak.
Badiiy stilning b osh m uam m osi til va obraz m unosabati 
masalasidir. H ar bir vazifadosh stil ijtimoiy hayotning qaysidir 
tom onini aks ettirsa, badiiy stil hayotning ham m a tom onini aks 
ettiruvchi barcha nutq stillarini qamrab oladi.
V.G.Belinskiy badiiy stilni ilmiy stil bilan qiyoslab shunday 
deydi: «Filosof siUogizmlar, shoir esa obraz va tasvirlar bilan gapiradi. 
Ikkalasi ham ishontiradi. Lekin birinchisi — mantiqiy dalillarbilan, 
ikkinchisi — tasvirlar bilan iqror qiladi».
Bir xabaming badiiy va ilmiy stilda ifodalanishini ko‘raylik:
Badiiy sLilda:
Kaftlaringda to ‘q bug‘doyning kumushday doni
Yoki mehring chashmasida ungan kurtaklar.
Bu minglaming nasibasi, elu yurt noni.
Bu to 'qchilik, to ‘kinlikdan yorqin daraklar.
Ilmiy stilda:
B u g ‘doy doni 0 ‘rta Osiyoda besh ming yildan beri ekib
kelinmoqda. Poyasining uzunligi 30—40sm keladigan bug‘doyning 9
xili bizning o ‘Ikamizda ekiladi. O ‘zbek pazandachiligida texnologiya
jarayoni mukammallashib, nonning xillari benihoya k o ‘paydi. Bu
to ‘kinchilik, ma 'murlikdan darak beradi.
34
www.ziyouz.com kutubxonasi


K o‘rinadiki, badiiy stilda xabarning 

Yüklə 3,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin