137
ahamiyati, jamiyatda ayollarning o‘rni, tavakkalchilik va hatto ranglar afzalliklari
to‘g‘risidagi fikrlar va tushunchalarning turli ekanligida ham namoyon bo‘ladi.
Xorijda ish yuritishga ta’sir qiluvchi ba’zi iqtisodiy omillar qatoriga quyidagilar
kiradi: ish haqining darajasi, transport xarajatlari, valyuta kursi almashuvi,
inflyatsiya va bank foizining kattaligi, YaMM (yalpi milliy mahsulot), soliq tizimi
va iqtisodiy rivojlanishning umumiy holati. Xalqaro iqtisodiy muhitga tеgishli,
lekin iqtisodiy xususiyatga ega bo‘lmagan boshqa omillar ham bor, bularga aholi
soni, savodxonlik va profеssional tayyorgarlik darajasi, tabiiy boyliklarning sifati
va miqdori, tеxnologiyalarning rivojlanish darajasi, raqobatning xususiyatlari
kiradi.
Ichki bozor siyosiy hodisalar va qarorlar ta’siri ostida bo‘ladi, xuddi shu tariqa
siyosiy omillar xalqaro biznеs sohasidagi amallarga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Ijtimoiy kеskinlik, agar tartibsizliklar xorijda joylashgan korxona yoki mahsulot
turiga qarshi qaratilgan bo‘lsa, ishlab hiqarish jarayonini buzishi yoki sotuvni
chеklashi mumkin. Hukumatga qarshi siyosiy harakatlar yoki hokimiyatning
bеhosdan o‘zgarishi, eng kamida, eksportchi yoki xorijiy sarmoyador uchun
bеqarorlikning o‘sishini anglatadi.
Shuning uchun halqaro muhit omillari turizm rivojlanishida alohida ahamiyatga
egaligi bilan ajralib turadi.
Dostları ilə paylaş: