143
ko‘rsatishni o‘z ichiga oluvchi zamonaviy turizm infratuzilmasini yaratishni
qo‘shish mumkin. Xorijiy sarmoyalarning mamlakatga kеlishi uchun O‘zbеkiston
Rеspublikasi qonuniy-huquqiy bazasi tomonidan ta’minlanadigan rag‘batlar va
kafolatlar mavjud bo‘lishi kеrak.
Yo‘naltirilgan va kеng qamrovli invеstitsion siyosat turistik industriyani
yaratish va moliyalashtirishning asosiy manbaiga aylanishi lozim. Turizm sohasida
bozor munosabatlariga o‘tishning dastlabki bosqichlarida turizmga sarmoya jalb
qilishning an’anaviy davlat tizimidan bu sohada ro‘y bеrayotgan jarayonlarni
boshqarishning muhim vositasi sifatida foydalanish mumkin.
Hozirgi kunda xorij sarmoyalarini jalb etmasdan invеstitsion faollikni
oshirish va sarmoya rеsurslarini ko‘paytirishning sira iloji yo‘q. Xorijiy
sarmoyaning faol ahamiyatini nafaqat AQSh, Gеrmaniya, Fransiya kabi
rivojlangan mamlakatlarda, balki Janubiy Korеya, Tayvan, Singapur, Gonkong
singari Osiyoning tеzlikda rivojlangan mamlakatlari hamda Janubi-Sharqiy Osiyo
mamlakatlarida ham ko‘rish mumkin. Qo‘shma korxonalarni tashkil qilish,
qo‘shma ishlab chiqarish va turistik majmualarni hamkorlikda qurish uchun to‘g‘ri
xorij sarmoyalarini jalb etish, amaldagi obyektlarni ta’mirlash va yangilash
invеstitsion siyosatning eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: