Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Yüklə 61,86 Kb.
səhifə2/12
tarix18.06.2023
ölçüsü61,86 Kb.
#132263
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Tirkashev oybek ipi hisobot

ILMIY RAHBAR MULOHAZASI
Xozirgi kunda mamlakatimizda axborot xavfsizligi rivojlanishi uchun a’lohida etibor qaratilmoqda. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Kriptografiya va kriptoanaliz” mutaxassisligi 701-222- gurux 1-bosqich magistranti Tirkashev Oybek ULugbek o’g’li shaxsiy kalendar ish rejasini o‘z vaqtida bajardi. Kriptografiya kafedrasi magistraturaning 705-22-guruh va boshqa guruhlarida o‘tkazilgan ma’ruzalarda va amaliyot darslarida qatnashdi va tahlil qildi.
Magistrant ilmiy pedagogik ishi rejasi doirasida qilingan ishlarni belgilangan vaqtda va yuqori darajada bajarilganligi inobatga olib, ilmiy-pedagogik ishining xisobotini a’lo bahoga loyiq deb hisoblayman.

Ilmiy rahbar: Allanov O


MUNDARIJA

KIRISH 5
KAFEDRADA O‘QUV JARAYONINI TASHKIL ETISHGA OID ISHCHI O‘QUV DASTURI BILAN TANISHISH 7
UNIVERSITET ILMIY KONFERENSIYASIDA ISHTIROK ETISH VA MAQOLA, TEZISLARNI O‘QIB O‘RGANISH 13
O‘QUV JARAYONIDA ISHTIROK ETISH VA DARS TAHLILI 13
MAGISTRLIK ISHINI BAJARILISHI HOLATI BO‘YICHA HISOBOT 18


KIRISH




O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevraldagi O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida PF-4947-sonli Farmoni tasdiqlandi. Harakatlar strategiyasining maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirishdan, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta‘minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iboratdir. Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o’tgan taraqqiyot yo’lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin o’zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro’yobga chiqarishni taqazo etmoqda [1]. Bugungi kunda telekommunikatsiya va iqtisodiyot sohasida, axborot tarmoqlari oldida turgan vazifalar va maqsadlar tubdan o’zgardi. O’zbekistonda makro iqtisodiyot va moliyaviy barqarorlik o’rnatildi, iqtisodiyotning samarador yetakchisi sifatida olingan telekommunikatsiya sohasida takomillashtirish va texnik jixatdan qayta qurish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu sohani yanada rivojlantirish uchun zarur bo’lgan barcha shart–sharoitlar yaratilgan. Jahon axborot – telekommunikatsiya maydonida integratsiyalash ishlari amalga oshirilmoqda. Respublikada global axborot tizimlari va texnologiyalarining keng qamrovli milliy axborot tizimiga kirishni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan va bu esa o’z navbatida XXI asrda mamlakatning o’sishida hal qiluvchi vazifa hisoblanadi. O’zbektelekom AK Telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va zamonaviy xizmatlarni joriy etish bo’yicha qator katta investitsiya loyihalarini amalga oshirdi. Iqtisodiyotimiz va jamiyatimiz hayotida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining alohida va muhim o’rin tutishini hisobga olib, 2013 yilda 2013-2020 yillarda O’zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirishni kompleks dasturi qabul qilindi. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarida juda katta o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. So’nggi yillar 4 mobaynida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi natijasida, mamlakatimiz aloqa sohasida yuqori natijalarga erishilmoqda. Telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiyalash, zamonaviy texnologiyalarni qo’llash, yangi raqamli texnika vositalarini o’rnatish, ularni optimallashtirish ishlari natijasida, jahon axborot integratsiyalashuvi jarayoniga O’zbekistonning jadal suratda qo’shilishi ko’zga tashlanmoqda. Telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlanishi uch omilga asosan aniqlanadi: trafikni o’sishi, jamiyatni yangi xizmatlarga bo’lgan talabini oshishi va texnologiyalar sohasida yutuqlarga erishish. Bu omillar mustaqil hisoblanmaydi, biroq ularning har biri elektr aloqani rivojlanish g’oyasini aniqlaydi. Qurilmalarni yetkazib beruvchilar orasidagi raqobat va texnologik yutuqlar qurilmalarning narxini tushishiga olib keldi, bu esa o’z navbatida trafikni o’sishi va yangi xizmatlarni ishlab chiqarishni rag’batlantiradi.


Yüklə 61,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin