Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi



Yüklə 128,87 Kb.
səhifə6/8
tarix28.11.2023
ölçüsü128,87 Kb.
#167192
1   2   3   4   5   6   7   8
psx

to‘siqlarga moslashuvchanlik deb ataladi. Odamlarda bu qobiliyatning rivojlanishida nerv tizimidagi farqlar, aynan, uning kuchi, shuningdek, to‘siqlarga qarshilik ko‘rsatishni oshirishga qaratilagan maxsus mashqlar bilan belgilangan ko‘plab individual tafovutlar kuzatiladi (5.2 rasm).
Diqqat xususiyatlarini o‘rganishda parishonxotirlik haqidagi masala muhim ahamiyat kasb etadi. Parishonxotirlik deb, odatda, ikki turlicha hodisaga aytiladi. Birinchidan, ko‘p hollarda parishonxotirlik deb, insonning atrofidagilarga e’tibor bermasdan, ishga haddan tashqari berilib ketishining natijasiga aytiladi. Parishonxotirlikning bu turi u yoki bu faoliyatda kuchli jamlanganlik natijasida yuzaga kelganligi sababli soxta parishonxotirlik deb ataladi.
Parishonxotirlikning umuman boshqa bir turi inson diqqatini hech bir narsada uzoq vaqt jamlay olmagan vaziyatda, hech birida ushlanib qolmasdan, muntazam ravishda bir ob’ektdan ikkinchisiga yoki bir hodisadan ikkinchisiga o‘tib turishida kuzatiladi. Parishonxotirlikning bu turi haqiqiy parishonxotirlik deb ataladi. Haqiqiy parishonxotirlikdan aziyat chekuvchi insonning ixtiyoriy diqqati o‘ta beqarorligi va chalg‘ib turishi bilan farqlanadi.
Haqiqiy parishonxotirlikning sabablari turlichadir. Bular asab tizimining umumiy izdan chiqishi, qon kasalliklari, kislorod etishmovchiligi, jismoniy yoki aqliy toliqish, og‘ir hissiy kechinmalar bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, diqqat parishonxotirligining sabablaridan biri olingan taassurotlarning ko‘pligi, shuningdek, betartib havas va qiziqishlar ham bo‘lishi mumkin.



  1. Diqqat fiziologik asoslari va psixologik nazariyalari.

Diqqat boshqa psixik jarayonlar qatori ma’lum fiziologik hodisalar bilan bog‘liq. ma’lum yo‘nalishdagi alohida qo‘zg‘atuvchilarni ajratish va jarayonlar kechishining fiziologik asosini ba’zi nerv markazlarining qo‘zg‘alishi, boshqalarining esa tormozlanishi tashkil etadi. odamga ta’sir ko‘rsatayotgan seskantiruvchi retikulyar formatsiya tomonidan amalga oshiriladigan miya faollashishini yuzaga keltiradi.
Retikulyar formatsiyaning «ishga tushirish» mexanizmlari ichida
Yüklə 128,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin