Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi



Yüklə 128,87 Kb.
səhifə8/8
tarix28.11.2023
ölçüsü128,87 Kb.
#167192
1   2   3   4   5   6   7   8
psx

diqqatning motorika nazariyasi deb nomlanishi tasodifiy emas.
Ribo nazariyasidan tashqari, diqqat tabiatini tadqiq etishga turli xil boshqa yondoshuvlar ham mavjud. d.n. uznadze fikricha, diqqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri mayl bilan bog‘langan. uning nuqtai nazariga ko‘ra, mayl diqqat holatini ichkaridan ifodalaydi. mayl ta’siri ostida voqeiy atrof-muhitni idrok qilishda hosil qilinadigan ma’lum obraz yoki taassurotning ajralishi sodir bo‘ladi. bu obraz yoki taassurot diqqat ob’ektiga aylanadi, jarayonning o‘zi esa ob’ektivlashtirish deb nomlanadi.
P.Ya.Galperin ham diqqatning qiziqarli konsepsiyasini taklif etdi. uning konsepsiyasi quyidagi asosiy holatlardan iborat:
1. diqqat yo‘nalishli-tadqiqot faoliyatining vaziyatlaridan biri bo‘lib, obraz, fikr, inson psixikasida ma’lum vaqtda mavjud bo‘lgan boshqa hodisa mazmuniga qaratilgan psixik harakatdan iborat.
2. diqqatning asosiy vazifasi – psixik obraz, harakat mazmuni va boshqalar ustidan nazorat qilish. insonning har bir harakatida yo‘nalganlik, bajaruvchilik va nazorat qilish qismlari mavjud. mana shu oxirgi qismi diqqat tomonidan gavdalantiriladi.
3. ma’lum mahsulotni ishlab chiqarishga qaratilgan harakatlardan farqli o‘laroq, nazorat yoki diqqat faoliyati alohida natijaga ega bo‘lmaydi.
4. diqqat mustaqil akt sifatida harakat aqliy bo‘lib qolmasdan, qisqartirilgan holatda bo‘lgandagina ajralib chiqadi. bunda har qanday nazoratni ham diqqat sifatida o‘rganib bo‘lmaydi. nazorat harakatni umumiy tarzda baholaydi, diqqat esa uning yaxshilanishini ta’minlaydi.
5. diqqat psixik nazorat faoliyati sifatida o‘rganiladigan bo‘lsa, u holda diqqatning ixtiyoriy va ixtiyorsiz ma’lum aktlari yangi aqliy harakatlar shakllanishining natijasidir.
6. ixtiyoriy diqqat reja asosida amalga oshiriladigan diqqatdir, bu oldindan tuzilgan reja yoki namuna bo‘yicha bajariladigan nazorat shaklidir.
xulosa o‘rnida shuni ta’kidlab o‘tish joizki, ko‘p sonli nazariyalarning mavjudligiga qaramasdan, diqqat muammosi o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. diqqat tabiati haqidagi bahslar avvalgidek davom etmoqda.



  1. Diqqatning rivojlanishi.

 Diqqat o‘zining rivojlanish bosqichlariga ega. Bola hayotining birinchi oylarida faqat ixtiyorsiz diqqatning mavjudligi kuzatiladi. Bola dastlab kuchli yoki keskin farq qiladigan tashqi qo‘zg‘atuvchilarni sezadi. Uch oylik bo‘lishi bilan bola, hayoti bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ob’ektlar bilan ko‘proq qiziqa boshlaydi. 5-7 oyligida bola etarlicha uzoq vaqt davomida qandaydir jismni kuzatishi, ushlab ko‘rishi, og‘ziga olishi mumkin. Ayniqsa, yorqin va yaltiroq jismlarga bo‘lgan qiziqishi yaqqolroq ko‘rinadi. Bu ixtiyorsiz diqqatning to‘la rivojlanganligidan dalolat beradi.
Ixtiyoriy diqqatning nishonalari, odatda, birinchi yilning oxiri ikkinchi yilning boshlariga kelib, namoyon bo‘la boshlaydi. Bolada ixtiyoriy diqqatning shakllanishi va rivojlanishi uni tarbiyalash jarayoni bilan bog‘liq. Bolaning atrofidagi odamlar asta-sekin bolani o‘zi istaganini emas, balki, uning qilishi zarur bo‘lganlarni bajarishga o‘rgatib boradilar.
Ixtiyoriy diqqatning rivojlanishida o‘yin katta ahamiyatga ega. O‘yin jarayonida bola o‘z harakatlarini o‘yin talablariga muvofiqlashtirishni va ularni qoidalarga mos ravishda yo‘naltirishni o‘rganadi. Ko‘pchilik jismlar va hodisalar bilan tanishib borish, oddiy munosabatlarni farqlash malakasining asta-sekin shakllanishi, ota-onalar bilan muntazam ravishda suhbatlashish, ular bilan sayr qilish va o‘yinlar o‘ynash, boshqa jismlar va o‘yinchoqlarni o‘ynatish – bularning barchasi bolaning shaxsiy tajribasini boyitadi, shu bilan birga, uning qiziqishlari va diqqatini rivojlantiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolaning asosiy xususiyati ixtiyoriy diqqatining etarlicha barqaror emasligidan iborat. Bola yot seskantiruvchilarga oson chalg‘iydi, uning diqqati o‘ta hissiyotlidir. Asta-sekin bolada mashqlar va iroda kuchi yordamida o‘z diqqatini boshqara olish layoqati shakllanadi.
Ixtiyoriy diqqatning rivojlanishida maktab alohida ahamiyat kasb etadi. Maktab mashg‘ulotlari jarayonida bola intizomga o‘rganadi, unda qunt qilish, hulq-atvorini nazorat qilish layoqati shakllanadi. SHuni aytib o‘tish lozimki, maktab yoshida ixtiyoriy diqqatning rivojlanishi ham ma’lum bosqichlardan o‘tadi. Boshlang‘ich sinflarda bola mashg‘ulotlarda o‘z hulq-atvorini to‘liq nazorat qila olmaydi, unda ixtiyorsiz diqqat ustunlik qiladi.
Yuqori sinflarda o‘smirning ixtiyoriy diqqati yuqori taraqqiyot darajasiga ko‘tariladi. O‘quvchi etarlicha uzoq vaqt davomida ma’lum faoliyat turi bilan shug‘ullana oladi, o‘z hulq-atvorini nazorat qiladi. Lekin, shuni ko‘zda tutish lozimki, diqqat sifatiga tarbiyalash sharoitlarining o‘zi emas, balki, yosh xususiyatlari ham ta’sir ko‘rsatadi. 13-15 yoshlarda sodir bo‘ladigan fiziologik o‘zgarishlar yuqori darajadagi toliqish va ta’sirchanlik bilan birgalikda kechadi, va ba’zi holatlarda diqqatning pasayishiga olib keladi.
SHunday qilib, diqqatning rivojlanishida ikki asosiy bosqichni ajratish mumkin: asosiy xususiyati tashqi tomondan belgilangan diqqatning ustunligidan iborat bo‘lgan maktabgacha rivojlanish bosqichi va ichki diqqatning jadal rivojlanishi xususiyatiga ega bo‘lgan maktab davri rivojlanishi bosqichlaridir.
  Ta`lim va inson faoliyatining barcha turlari, asosan ixtiyoriy diqqat yosh ulg`ayishi bilan, inson faoliyati davomida asosan tarbiyaning ta`siri ostida o`sib boradi. Katta yoshdagi kishilar bolalarning diqqatini biron bir narsaga qaratadilar. Kattalar tomonidan qaratilgan bu ixtiyoriy diqqat bola ikki yoshga etishi bilan ko`rina boshlaydi. Bunda bola diqqatining to`planishi va barqarorligini saqlab turish uchun yoshlik paytidan boshlab beixtiyor ravishda o`ziga jalb qiladigan qo`zg`atuvchilarning taassurotini engishga to`g`ri keladi. Katta kishilar bolani tozalikka, tartiblilikka, intizomli bo`lishga va jamiyatda yashash koidalariga o`rgatadilar. Bo`larning hammasi ixtiyoriy diqqatni taraqqiy qildiradi. 5 yoshdan boshlab ixtiyoriy diqqat bolaning o`z tashabbusi bilan ham o`sa boshlaydi. Bolalardagi ixtiyoriy diqqat maktab yoshidan boshlab tez o`sa boshlaydi. O`qish jarayonining o`zi ixtiyoriy diqqatning hamda uning to`planishi va barqarorligining o`sishiga yordam beradi. Bolalarning yoshlari ulg`aygan sari diqqatning ayrim sifatlari kulami, kuchuvchanligi, kuchi va barqarorligi o`sib boradi. Bolalarning diqqati avvalo kulamining torligi, bir narsadan ikkinchi narsaga sekinlik bilan kuchishi va bo`linishi bilan ajralib turadi. Bir yoshli bolalarda biz faqat tor kontsentratsiyalashgan diqqatni ko`rishimiz mumkin. Masalan: bolaga bir narsa berib bir qo`liga ushlatib qo`yib, ikkinchi qo`liga boshqa narsa bersak, u birinchi qo`lidagi narsani tashlab yuboradi, demak, bolaning diqqati o`z qo`lida ushlab turgan narsaga taqsimlana olmaydi. Keyinchalik diqqatining bo`linuvchanligi kattalar yordami bilan bolalarning o`yin faoliyatlarida, o`qish va amaliy mehnat jarayonida o`sib boradi.
Bolalarning yoshlari ulg`aygan sari diqqatning kuchi va barqarorligi o`sa boradi. Bu xususiyatlari o`yin, mehnat va o`qish jarayonlarida o`sadi.
O`qish jarayoni uchun diqqatning ma`lum darajada kuchli va barqaror bo`lishi talab qilinadi. Diqqat barqarorligining o`sishiga bolalar ongining mazmunan boyishi va ular tafakkurining o`sishi katta yordam beradi. Bola hayotining dastlabki onlariga ixtiyorsiz diqqat xos bo`ladi. SHuning uchun avval bola tashqaridan keladigan qo`zg`atuvchilarga qattiq ovozlar, yorqin ranglarga, ta`sirli bo`ladi. Bola hayotining uchinchi oylaridan boshlab, ob`ektning tashqi tomonlariga ko`proq qiziqa boshlaydi. endi bola biror predmetga ko`proq qarashi, uni og`ziga solishi mumkin. YAltiroq narsalar uning diqqatini torta boshlaydi.
Bola yoshining oxirgi yoki ikkinchi yoshining boshlarida ixtiyoriy diqqat shakllana boshlaydi. 2 yoshli bolalarda ongning elementlari ixtiyoriy diqqat bilan birga paydo bo`la boshlaydi. Bola ixtiyoriy diqqatning rivojlanishida o`yin katta ahamiyatga egadir. Agar bog`cha yoshidagi bolalarda ixtiyorsiz diqqat mustahkam bo`lmasa, ixtiyoriy diqqat mustahkam bo`lmaydi. Ixtiyoriy diqqatni tarbiyalashda o`quv jarayoni muhim ahamiyatga ega, ya`ni darsda qanday utirish, maktab topshiriqlari, o`qituvchini eshitish, ularning hammasi ixtiyoriy diqqatning shakllanishida katta rol’ uynaydi. Maktabgacha bolalik davridagi diqqat ixtiyorsiz bo`ladi. Maktab yoshidagi bolalar o`z diqqatlarini boshqara olmaydilar. Diqqatning ixtiyoriy turi o`yin davomida faqat epizodik tarzda sodir bo`ladi. O`quv faoliyati juda murakkabligi, majburiyligi va ijtimoiy ahamiyatliligi bilan diqqatning rivojlanishiga jiddiy talablar kuyadi.
Maktab yoshidagi kichik bolalar diqqatining asosiy xususiyati ixtiyoriy diqqatining o`sib borishidir. quyi sinf o`quvchilarida ixtiyoriy diqqatning beqarorligiga sabab, ular asab tizimining tez charchashi, tormozlanish jarayonining kuchsizligidir. SHuning uchun o`qituvchi o`quvchilar diqqatini tarbiyalashda o`quv materialining mumkin qadar qiziqarli ko`rgazmalar, xilma — xil bo`lishiga harakat qilishi kerak, o`quvchilarni faollashtirishga intilishi, mashg`ulot davomida tanaffus berish imkoniyatlarini avvaldan o`ylab ko`rishi lozim. O`quv faoliyatini to`g`ri tashqil etish boshlangich sinflardaek shakllanib, o`smirlik yoshida mustahkamlanadigan diqqatlilikka odatlanishga zamin hozirlaydi. O`smirda har xil narsalarni bilishga qiziqish, ko`p narsalarni mustaqil bajarishga nisbatan jo`shqin g`ayrat, istak uyg`onadi. Bu bir tomondan, diqqatning to`planishi va barqarorligining oshishiga imkon beradi. Ikkinchi tomondan, parishonxotirlik, engil chalg`ish hollarini keltirib chiqaradi, chunki hali o`smir faol jalb etishigina unda diqqatning holatini aniqlash, uni dars materialiga yo`naltirish va unda tutib turish imkonini beradi.
O`qituvchining moxirona rahbarligi va kuchli nazorati o`rta yoshdagi o`quvchilarning diqqatini to`g`ri tarbiyalashni ta`minlaydi. Bunday sharoitda o`smirning o`zi ham o`zida ixtiyoriy diqqatni tarbiyalashga harakat qila boshlaydi. Ilk yigitlik yoshi davri diqqatning barcha xususiyatlari va turlarini yanada rivojlantirish bilan bog`liq. Bu yoshda bilishga qiziqish keng doirasi bilan ta`limga oliy ma`suliyatli bo`lish, kelgusi mehnat faoliyati uchun uning ahamiyati tushunishning birgalikda rivojlanishi ancha mahsuldor so`nggi ixtiyoriy diqqatning, ya`ni irodaviy diqqatning paydo bo`lishi hamda rivojlanishiga zamin hozirlaydi.
Ko`p yillik o`qish davomida tobora qiyin masalalarni echish jarayonida diqqat bilan ishlash odati paydo bo`ladi, uning natijasi yuqori sinf o`quvchisi uning uchun qiyin, qiziqarsiz bo`lgan ish ustida o`z diqqatini nisbatan engil to`play oladigan bo`ladi.

  1. P’eron-Ruzer metodikasi, Shult jadvali.

Metodika qurish-yasash xususiyatlari, maqsadga yo'nalgan ko‘nikmalami egallash imkoniyatlarini, harakatlarning yangi usullarini o‘zlashtir¡shni o ‘rganishga mo‘ljallangan. Bu metodika yordamida ixtiyoriy diqqat hajmi, uning barqarorligi haqida bilib olish mumkin. Tajriba o‘tkazish uchun 10 qatordan geom etrik figuralar chizilgan m axsus q og‘oz varag'i oldindan tayyorlanadi (2- ilova). Yuqoridagi to ‘rtta figuraga turli belgilar q o ‘yib chiqilib, qog‘ozdagi boshqa figuralarga ham xuddi shunday belgilar qo*vib chiqish sinaluvchiga taklif etiladi. U o ‘z harakatlarini namuna bilan solishtirishi mumkin. Olingan natijalarni tahlil qilish va qayta ishlashda 100 ta figurani chizishga ketgan vaqt, ehtimoli bo'lgan xatolar soni, topshiriqni bajarish xarakterini tahlil qilishda yosh me'yorlarini hisobga olish zarur (1-jadval).
7-8 yoshli bolalar uchun P’eron - Ruzer metodikasi bo'yicha qog‘ozni to*ldirish normalari (M .P.Kononova natijalari, 1963).
1-jadval.

To’ldirish vaqti

Xatolar soni

Sifat(%)()

1 daq 15 s

-

100

1 daq 45 s

2

60

1 daq 50 s

3

50

2 daq 10 s

6

20

Bunda sm oluvchining chalg’iganligi, ishni davom ettirish zarurligi haqida eslatilganligi va hokazolar e'tiborga olinadi.


Diqqatning k o ‘chishi, uzoq davom etadigan aqliy ishga qobiliyatini o ‘rganish maqsadida I.V.Kruk (1986) tomonidan taklif etilgan m etodikaning o ‘zgartirilgan variantini q o ila sh mumkin. Uning mazmuni quyidagicha: bola 1-qog‘ozni toMdirgandan so'ng, to‘ldirish q o ila n m a si o ‘zgartirilib, 2-q og‘oz taklif etiladi; o ‘sha belgilam i boshqa geom etrik figuralarga q o ‘yib chiqish kerak. Keyin 3-qog‘oz ko'rsatiladi: toq qatorlar 1-qog‘o z namunasi bobyicha, juft qatorlarni 2 -q o g ‘o z namunasi bo‘yicha to‘ldiriladi. Olingan natijalar quyidagicha qayta ishlanadi. 1 va 2-chi q og‘ozlarni to‘ldirish uchun ketgan vaqt orasidagi farq vaqt etishm ovchiligi -E ni aniqlash orqali amalga oshiriladi:
E=ti+t2
Bu erda t - q og‘ozlarni to ‘ldirish uchun ketgan vaqt. Bundan tashqari, xatolar farqi (XF) quyidagi formula bilan aniqlanadi. XF=3K -/IK +2K /; Bu erda к — har bir qog‘ozni toidirishdagi xatolar. Xatolar farqi ko‘rsatkichi ixtiyoriy diqqat darajasining pastligi, aqliy ish qobiliyati yom onligi mezoni sifatida qaralishi mumkin. Bolalar bu topshiriqni qiziqib bajaradilar, yaxshiroq natijaga erishishga intiladilar. 5-6 yoshli bolalar qog'ozni toidirishni yuqoridagi 4 ta figuraga qarab bajaradi. 9-10 yoshli o ‘quvchilar esa 1 daqiqadan so4ng bu ishlarni eslab qolib mustaqil bajaradi.

Shult jadvali bo'vicha sonlarni izlash
Bu metodikadan diqqatning ko‘chish va boMinish xususiyatlarini, sensom otor reaktsiyalar tezligini o ‘rganish uchun foydalaniladi. Sinaluvchi larga I dan 25 gacha sonlar ixtiyoriy joylashtirilgan 5 ta jadval ketma - ket ko'rsatiladi (3-ilova). www.ziyouz.com kutubxonasi U sonlam i tartib bilan izlab ko'rsatishi va ovoz chiqarib aytishi kerak. Наг bir topshiriqni bajarish vaqti tadqiqot qaroriga yozib boriladi (5-jadval). Sinaluvchi faoliyatini miqdoriy baholashdan tashqari sensomotor reaktsiyalar tezligining sifatiy tahlili ham am alga oshiriladi. «Topshiriqni bajarish xususiyatlari» bo'lim iga sinaluvchi o ‘zini qanday tutganligi, verbal va em otsional reaktsiyalari y ozib boriladi. 6-7 yoshli bolalar uchun bitta jadvalni 1-1,5 daqiqa qarash me'yoriy hisoblanadi, o ‘rtacha o'quvchilar uchun 45 soniyadan 1 daqiqagacha me'yor hisoblanadi. Katta b o g ‘cha davridagi bolalar va 1-2-sinf 0‘quvchiIari ba'zi sonlam i chalkashtirib yuboradilar. 10-12 yoshli bolalar uchun sensomotor reaktsiyalar tezligi oshishi, harakatlarning avtomatlashuvi xarakterlidir.

Shult jadvalidan foydalanishda tadqiqot qarori



№ Jadval

Topshiriqlarning bajarish xususiyati

Vaqt(soniya)










Har bir topshiriqni bajarish xususiyatlari hamda 5 ta jadval bo'yicha olingan natijalami tahlil qilib, tadqiqotchi nerv jarayonlari o ‘zgarishini, jism oniy va ruhiy zerikish hodisasini aniqlaydi. Masalan, agar har bir keyingi topshiriqni bajarish vaqti oshib borsa, tez charchash, ixtiyoriy diqqat darajasining susayganligidan dalolat beradi. Bu metodikadan foydalanish bolalarning diqqati xususiyatlarini tajribada o'rganish imkonini beradi.

Xulosa, qilib shuni aytish mumkin, hozir kunda diqqat inson uchun eng muhim narsaga aylangan.Chunki, texnologiya rivojlangan sari chalg’ituvchi omillar ortib bormoqda.Masalan, telegram, instagram, facebook, tiktok, twitter va boshqa shunga o’xshash narslar.Agar, biz biron-bir, sifatli bajarmoqchi bo’lsak albatta bu bizdan teran fikr va teran ishni talab edi. Buning uchun albatta biz diqqatimizni jamlashimiz kerak. Diqqatimiz doimo nazorat tutshimiz kerak. Faqat biron bor diqqatimizni qaratgan holda bajarsakgina katta natijaga erishimiz mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar.


1. Югай A.X., Mираширова Н.A. “Oбщaя психология” – Taшкент 2014 г. С.-194-205.
2. Safayev N.S., Mirashirova N.A., Odilova N.G. “Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti“ TDPU, 2013 y, B.79-90.
3.Psixodiagnostika va eksperem ental psixologiya: o'quv qo'llanma /Z . Nishanova, Z.Qurbonova, S.Abdiev; O 'z R Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi. -T.: «Tafakkur-Bo‘stoni». 2011.
4. Wikipediya.org
Yüklə 128,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin