Dilshod Amaliy mashg\'ulot qayta ishlash uchun — копия
13-amaliy ish. Yo‘lning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini va transport oqimi harakat sifatini baholash Ishning maqsadi: Yo‘lning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini va transport oqimi harakat sifatini baholash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
Nazariy qism Yo‘lning o‘tkazuvchanlik qobiliyati uning butun uzunligi bo‘yicha yil mobaynida o‘zgarmas bo‘lib turmaydi. Uning maksimal qiymatlari yengil avtomobillar oqimi harakat sharoiti qulay bo‘lganda, minimal qiymatlari esa yo‘lning reja va bo‘ylama kesim kattaliklari takomillashmagan murakkab qismlarida va harakat oqimi tarkibi turli-tuman bo‘lganda og‘ir yuk avtomobillari, avtopoezd, traktorlar, shahar atrofida qatnaydigan avtobuslar, shuningdek murakkab iqlim sharoitlari (sirpanchiq, qor qoplangan, tuman va h.k.)da kuzatiladi.
Transport oqimining tartibga solingan chorraxagacha tirbandlikni inobatga olgan xolda yo‘lning o‘tqazuvchanlik qobiliyatini aniqlash quidagi formula orqali aniqlanadi[1]:
bu yerda, S – avtomobilning dianmik gabariti
V – harakat oqimining xisobiy tezligi
ᾱ - chorraxalar va avtobus bekatlarining xisobiga yo‘lning o‘tqazuvchanlik qobilyatini kamayishini xisobga oluchvchi koeffitsiyent.
Avtomobilning dianmik gabariti quyidagi formula orqali ifodalanadi[1]:
bu yerda, K - Ekspluatatsion xolatdagi tormozlanish koefitsienti
i - Bo‘ylama qiyalik. i =0,
V - Yengil avtomobillarning tezligi V=30-40 km/ch;
l0 - Yengil avtomobillarning xisobiy uzunligi, m, l0 =4.5m.
l2 - Tuxtab turgan avtomobillar o‘rtasidagi masofa, l2 =5m.
Chorraxada vaqtning yo‘qotilishini xisobga oluvchi koeffitsient quydagi formula orqali ifodalanadi:
bu yerda, Z - Tartibga solingan chorraxalar o‘rtasidagi masofa;
α - tezlikni olish vaqtidagi tezlanish 0,8–1,2 m/s2;
v - tormozlanishdagi tezlanish0,6–1,5 m/s2 ;
V -chorraxadagi xisobiy tezlik, 30–40 km/ch;
t∆ - Svetofor qarshisidagi o‘rtacha ushlanish vaqti. U quydagi formula orqali topiladi:
bu yerda, tk– Kizil chirokdagi svetoforning fazasi davomiyligi
tj– Sarik chirokdagi svetoforning fazasi davomiylik vaqti.
Chorraxadagi transport tezligi V = 30 km/s bo‘lganda, bitta polosaning o‘tqazuvchanlik qobilyatini quyidagi formula orqali xisoblanadi[1]:
bu yerda, tk– Stop chizig‘ini o‘tish uchun sarflanadigan vaqt(2,2–2,8 s);
ts– Svetoforning yashil chiroq fazasining davomiyligi;
Ts– Svetoforning ishlash siklining davomiyligi.
R kattalik orqali yo‘lning qatnov qismidagi kerak bo‘lgan polosalarning soni aniqlanadi Rchor – chorraxada ko‘p polosali ko‘chalardagi qatnov qismining bir tarafdagi polosolar soni quydagi formula orqali ifodalanadi:
bu yerda: Npr – chorraxadagi xarakat jadallik 20 yil, yengil avtomobilga keltirilgan, ikki yo‘nalish uchun avto/soat.
Ko‘p polosali yo‘lning o‘tqazuvchanlik qobilyatini aniqlash uchun ko‘p polosadagi koefitsientning kamayishi - f, polosalarning soniga qarab quydagicha olinadi bitta yo‘nalish uchun: bir – 1,0: ikkala-1,9; uchala – 2,7; to‘rtala – 3,5;
Polosolarning sonini aniqlagandan so‘ng, tekshirish ishllari amalga oshiriladi:
Qatnov qismining yuklanganlik darajasini aniqlash formulasi:
Yo‘lning o‘tkazish qobiliyati hisobiy ko‘rsatkich bo‘lib, avtomobil yo‘lining maksimal o‘tkazish qobiliyati tasmalar bo‘ylab harakatlanayotgan avtomobillar tezligiga va dinamik gabaritiga, transport vositalarining turiga hamda yo‘l sharoitiga bog‘liq.
Bugungi kunda mamlakatimiz xududida transport vositalarining harakatlanishi avtomobilning atrof-muhitga yetkazadigan zararlari miqdori kundan-kunga oshib bormoqda. Bundan tashqari yo‘llarda transport vositalarining xarakatlanishi oshib bormoqda. Bu esa yo‘llarda tirbantliklarni keltirib chiqarmoqda. Tirbantliklarning oldini olish maqsadida avtomobil yo‘llarining o‘tkazuvchanlik qobiliyatigni oshirish va manziliga kisqa vaqtda tez va xavfsiz yetib borishini taminlash kerak.