Zbekiston respublikasi transport vazirligi toshkent davlat transport universiteti



Yüklə 360,66 Kb.
səhifə14/19
tarix24.12.2023
ölçüsü360,66 Kb.
#192796
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Dilshod Amaliy mashg\'ulot qayta ishlash uchun — копия

S= (q2-q1) 1000/Vt , mg/m3

bu yerda: q1- toza filtrning massasi, mg. filtr maxsus o‘ta ingichka tolalardan qilingan, markasi AFA-10, AFA-18.


A- analiticheskiy, F- filtlar, A- aerozol,
10, 18- filtrning yuzasi, sm2 ;
q2- filtrning namuna olingandan keyingi massasi, mg;
V- filtr orqali so‘rib olingan havoning hajmi, l/min;
t - namuna olish vaqti, min.
Topshiriq: Har bir talaba belgilangan ko’cha bo’yicha ko’chaning ekologik vaziyatini tahlil qilishi kerak
12-amaliy ish. Asfaltbeton va sementbeton qoplamali yo‘l to‘shamalarining buzilish holatlarini prognozlash
Ishning maqsadi: Asfaltbeton va sementbeton qoplamali yo‘l to‘shamalarining buzilish holatlarini prognozlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
Nazariy qism
Buzilishlar – yo‘l to‘shamalarini yaxlit holda ko‘rilganida unda yoriqlar, chekkalarning bo‘laklanishi, qoplamadagi yoriqlardan sodir bo‘ladi.
Doimo muzlaydigan tumanlarda yo‘l poyi va yo‘l to‘shamasini buzuvchi muzlashlar hosil bo‘ladi. Tekis va uncha baland bo‘lmagan joylarda yog‘in miqdori ko‘p bo‘lganda, quvurlarni olib ketish, ko‘priklarni buzilishi va uni oldida yo‘l poyini yuvilishi mumkin. Yo‘l poyini bunday buzilishga qarshi turish mahsus inshootlarni (selni yo‘nalturuvchi, oqimni bo‘luvchi, ko‘chkiga qarshi, muz surilishiga qarshi va boshqa inshootlar) qurish bilan amalga oshiriladi.
Suv qochirish uchun har xil inshootlarning kompleksi umumiy «yo‘ldan suv qochiruvchi» nomi bilan ataladi, ular ikki guruhga – quruvchi va doimiyga bo‘linadilar.
Birinchi guruhiga yo‘l poyini qurish davrida uni namlashdan saqlovchi inshootlar va tadbirlar kiradi. O‘ymalar, ariqlar va boshqa inshootlarni tepadan qiyalik bo‘yicha suv pastga oqib ketishi va ish joyida ushlanib qolmasligini ta’minlab quriladi. Agar kuchli grunt suvlarining oqimi bo‘lsa drenaj sistemasi yoki filtrlar bilan suvni yutuvchi himoya kerak bo‘ladi. Bu ishlarni ishni tashkillashtirish loyihasida ko‘zda tutiladi.
Ikkinchi guruhga xamma suv qochiruvchi inshootlar: yuza suvlarini olib ketuvchi suv qochiruvchi ariqlar va lotoklar, grunt suvlarini pasaytirish uchun chuqur drenajlar, grunt suvlarini ushlab qolish uchun drenajlar, drenajlovchi, bug‘- va suv o‘tkazmaydigan, issiqlik o‘tkazmaydigan kapillyar to‘suvchi va muzlashga mustahkam qatlamlar kiradi.

12.1-rasm. Yo‘l to‘shamasidagi deformatsiya va buzilishlarning ko‘rinishi:
1 – cho‘zilish oralig‘i; 2 –egilish; 3 – to‘shamani siqilgan joyi; 4 –yo‘l to‘shamasida yoriqlar; 5 – to‘shamani yuqori kesilishlari; 6 – yo‘l to‘shamasining deformatsiyasi; 7 – gruntning surilish yo‘nalishi; 8 – gruntning siqilish yo‘nalishi; 9 –yo‘l to‘shamasining asosidagi gruntning holati; 10 – gruntga berilayotgan bosim maydoni

Yo‘l to‘shamasining pastki qatlamlarida bog‘lanmagan yoki kam bog‘langan materiallar bo‘lganligi uchun grunt asosida deformatsiyalar yig‘ilib yo‘l to‘shamasida buzilishlarni yuzaga keladi.


Deformatsiyalarni paydo bo‘lishida TV g‘ildiragidan tushadigan og‘irlik va ob-havo faktorlarining (temperatura va namlik) ta’sir kuchlari hisobidandir. Avtomobil yo‘lining ekspluatatsiya davrida mayda deformatsiyalar va ularni o‘zgarishlari ko‘rinmaydi. Deformatsiyalarni o‘z vaqtida aniqlash uchun yo‘l to‘shamasini mustahkamligini aniqlash bo‘yicha profilaktik nazoratlar o‘tkazish kerak.
Yo‘ldan foydalanishda harakat qatnovi tufayli notekis yedirilishlar sodir bo‘ladi, bu yedirilish harakat tezligiga uzviy bog‘liqdir.
Qoplamada ishlatilgan materiallarning sifatsizligi sababli harakat qatnovi ta’sirida zarralarni ajralib ketish, ya’ni uqalanib ketish sodir bo‘ladi. To‘shama loyihalanishida qoplamaning yuqori qatlami yedirilishi inobatga olinib, unga mos material tanlanadi. Tanlangan material yedirilishga chidamli bo‘lsa, yoki qo‘shimcha g‘adir-budur yuza sodir etuvchi qatlam qurilsa asosiy qatlam yedirilishini oldi olinadi. Harakat qatnovi tarkibi va ishlatiladigan material sifati, shuning qoplamaning turiga bog‘lab No (mm) qalinlikdagi qo‘shimcha yedirilish qatlami quriladi.
2-jadval

t/r

Qoplamaning turi

Qo‘shimcha yedirilish qatlami, mm

1.

Asfaltbetonli

10-20

2.

Sementobetonli

30-40

3.

Organik bog‘lovchilar bilan ishlov berilgan chaqiq tosh yoki qum-shag‘alli

40-50

4.

Chaqiq tosh yoki qum-shag‘alli

50-80

Bu qatlam hisobga olinmay qurilgan qoplamada yedirilish jadallashib, uning ishlash muddati qisqaradi. Qoplamaning taxminiy yillik yedirilishi quyidagi formuladan topiladi:


No = a+b*B
bu yerda; a-muhit ta’siri ostida qoplamaning yillik yedirilish qiymati;
b-qoplama mustahkamdigi va turiga bog‘liq koeffitsiyent;
B-yo‘ldan tashiladigan yillik yuk miqdori mln.t.

Yüklə 360,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin