Zbekiston respublikasi transport vazirligi toshkent davlat transport universiteti



Yüklə 360,66 Kb.
səhifə16/19
tarix24.12.2023
ölçüsü360,66 Kb.
#192796
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Dilshod Amaliy mashg\'ulot qayta ishlash uchun — копия

Topshiriq: Har bir talaba belgilangan ko’cha bo’yicha ko’chaning o’tkazuvchanlik qobilyatini baholashi kerak
14-amaliy ish. Yo‘l sharoitiga bog‘liq ravishda avtomobilning ekspluatatsion yoqilg‘i sarflarini prognozlash.
Ishning maqsadi: Yo‘l sharoitiga qarab avtomobilning yoqilg‘i sarfini hisoblashni o‘rganish va natijalarga ishlov berish
Nazariy qism
Yoqilg‘i iste’moli avtomobilning konstruksiyasiga va texnik holatiga, shuningdek, yo‘l va iqlim sharoitlariga bog‘liq: bo‘ylama nishablik, rejadagi egri radiusi, qoplama xolati, transport oqimi, yo‘llarni kesishish va birikish rejasiga, atrof – muhit harorati, haydovchi malakasi va transport jarayonini tashkil etish.
Yoqilg‘i sarfi ko‘p jihatdan yo‘l sharoitiga bog‘liqdir. Masalan, shag‘al qoplamalarda yoqilg‘ining sarfi 25% ga ortadi.
Ma’lumki, avtomobilning harakat tenglamasi quydagi ko‘rinishga ega:
(14.1)
Bu erda – tortish kuchi;
– havo muhitining qarshilik kuchi;
– tezlanishga qarshilik kuchi;
– ko‘tarilishga qarshilik kuchi;
– dumalashga qarshilik kuchi.
Qarshilik kuchlari yo‘l sharoitiga qarab o‘zgaradi. Harakatga qarshilikning umumiy koeffitsienti quyidagi formula bilan aniqlanadi:

O‘zgaruvchan yo‘l sharoitlari bilan (rejadagi tutashish egri chizig‘i) va oqim holatlari ( ) o‘zgartiriladi va avtomobilning tezlanish ( ) kattaligi, ya’ni qarshilik kuchi ( .
Dumanalish qarshilik koeffitsienti plandagi egri uchastkalarida, noravon yo‘llarda ortadi. Rejadagi egri uchastkalarida dumalanish qarshilik koeffitsienti quyidagi formula bilan aniqlanadi.
(14.2)
– yo‘lning to‘g‘ri kesimida dumalash qarshiligi koeffitsienti;
– g‘ildirakning sirpanish burchagi, rad;
– surilishga qarshilik koeffitsienti;
– g‘ildirak ustida vertikal yuk, N.
Yo‘l qoplamalarining noravonligi 100 dan 400 sm/km gacha o‘zgarganda yoqilg‘ining sarfi o‘rtacha 30–35% ga oshishi aniqlangan.Ko‘rsatilgan umumiy yo‘l qarshiligini hisobga olgan holda formulani aniqlashni taklif qilamiz
(14.3)
Yoqilg‘i sarfini hisoblash uchun N. Ya Govorushchenko tomonidan taklif qilingan formuladan foydalanamiz.
(14.4)
– samaradorlik ko‘rsatkichi;
– yo‘l qarshiligi yig‘indisi
uzatmaning uzatish soni;
– avtomobilning xarakat tezligi;
K – havoning qarshilik koeffitsienti;
F – avtomobilning frontal maydoni;
– avtomobilning xisobiy og‘irligi;
– harakatlanayotgan avtomobilning tezlanishi, m/s2;
– formula bilan aniqlanadigan koeffitsient
(14.5)
bu erda: – ushbu avtomobil uchun doimiy qiymati ; engil avtomobil uchun , yuk avtomobili uchun–
Yoqilg‘i sarfi asosiy uzatmaning va uzatmaning nisbatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun, yonilg‘i sarfiga uzatmalar qutisining uzatish soniga e’tibor qaratilishi kerak. ning o‘rtacha qiymatini tezlikning o‘zgarishi va yukning qiymati bilan aniqlash mumkin. Yo‘l sharoitining yoqilg‘i sarfiga ta’sirini o‘rganish uchun tezlikning uzatishlar soniga bog‘liqligidan foydalanish qulay. Uzatishlar soni formula bilan aniqlash mumkin:
(14.6)
bu erda – maksimal burash momentiga mos aylanish chastotasi ning aylanish tezligi nisbatiga teng tezlik koeffitsienti, nominal quvvatda
Topshiriq: Har bir talaba belgilangan ko’cha bo’yicha ko’chaning o’tkazuvchanlik qobilyatini baholashi kerak

Yüklə 360,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin