3.2. O‘zbekist0nning totalitar mustamlaka mamlakatdan demokratik jamiyatga otishinig o‘ziga xos xususiyatlari O'zbekistonning o'ziga xos yo'lini amalga oshirishning asosiy omili va tarkibiy qismini so'zsiz mustaqillik, uni avaylab-asrash, himoya qilish va mustahkamlash tashkil etadi.
Har bir inson mustaqil bo'lishiga, o'z erkiga o'zi egalik qilishiga intilgani kabi, tarix har bir xalq o'z davlatining mustaqilligi uchun kurashlar olib borganligi to'g'risida guvohlik beradi.Ammo, unga erishish, uni saqlab qolish, mustahkamlash, o'zining taraqqiyot yo'lini tanlab unga erishish barchaga nasib etavermaydi.
O'zbekiston suverenlikni qo'lga kiritgandan so'ng demokratik davlat qurishni o'ziga maqsad qilib olgan ekan, uning uchun demokratik huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati, mulkchilik, ishlab chiqarish munosabatlari, islilab chiqarish va iqtisodiy o'sish omillari, boshqarishning bozor va rejali tartibga solish mexanizmlari, davlatning ijtimoiy yo'nalt irilgan faoliyati va unga erishish yo'llari kabi tushunchalar keng mazmun kasb etdi. Tafakkumiiig mafkuraviy aqidalaridan xoli bo'lgan har bir mamlakatning va butun jahon rna nfatparvarligining sifat jihatdan yangi holatga o'tishi shakllari va yo'llarming xilma-xilligim ko'rsatib beradigan yangi turi va uslubini yaratish zarurati etildi. Hozir ijtimoiy siyosiy, shu jumladan iqtisodiy rivojlanishning hammabop, har qanday mamlakat uchun birday tafsiya etish mumkin bo'lgan andozalari yo'qligi aniq-ravshan bo'lib qoldi. Ijtimoiy rivojlanishning turli madaniy, ma'rifiy, tarixiy an’analarining nodirligi va o'ziga xosligiga tayanadigan shakllari va usullari xilma-xilligi umum tomondan e'tirof etildi. O'tmish tajribasi shundan dalolat beradiki, aniq-ravshan tarixiy, ijtimoiy31 iqtisodiy, m illiy-ruhiy.dem ografik, tabiiy-iqlim va boshqa sharoitlarni, mintaqalarning obyektiv farqini hisobga olmaydigan siyosat va xo'jalik tajribasi inqirozga uchrashi muqarrardir. O'z erkini qo'lga kiritgan mustaqil davlatlarda, shu jumladan O'zbekistonda demokratik o'zgarishlarda iqtisodiy kurashishlarga mutlaqo yangicha yondashuvlar va nuqtai nazarlarni asoslab berish muhim ahamiyatga ega. Bu davlatlar o'zini mustaqil deb e'lon qilgani har bir suveren respublika o'z manfaatlariga mos keladigan mustaqil ichki va tashqi siyosatni o'tkazishga jazm qilganligini bildiradi. Hozir mustaqil respublikalirda siyosiy islohatlami amalga oshirish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish va isloh qilish muammolari yechimini zo‘r dasturiy yondashuvlami o'rganish shundan dalolat beradiki, uianiing hammasi bozor iqtisodiyotini amalga oshirish usuli, bosqichlari va muddati bilan bir-biridan farq qiladi. Bunday sharoitda o'z siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.O'zbekiston Respublikasi prezidenti I.A. Karimov o'zining bir qator asarlarida, jumladan. " O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li", " O'zbekiston bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li", "
O'zbekiston iqtisodiy islohatlami chuqurlashtirish yo'lida", " O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" da O'zbekistonda demokratik jamiyatga o'tishning o'ziga xos xususiyatlari batafsil nazariy jihatdan asoslab berilgan. O'tish davri o'zgarishlar, yangilanish va islohatlar davridir. Har bir islohat u qaysi sohada bo'lishidan qat’iyy nazar.jamiyatning tabiiy rivojlanishiga ijobiy yoki salbiy ta’sir qilishi muqarrar. Shu sababli, islohatlar jarayonida ko'zlangan natijalardan tashqari kutilmagan favqulodda holatlar ham vujudga kelishi tabiiy. Ana shunday holatlarni bartaraf etish, jamiyat oldida yangi maqsadlar va vazifalar qo'yish barobarida islohatlami yangi darajasi bilan muvofiqlashtirish davr talabidir.
Yurtboshimiz " O'zbekiston XXI asrga intilmoqda", ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning to'qqizinchi sessiyasida qilgan ma'ruzasida ham mustaqilligimizning o‘n bir yili davomida erishilgan yutuq va natijalarni aniqlangan kamchiliklami, dunyo voqealarining o'zgaruvchanligi, milliy manfaatlarimizning matloq ustunligi shartini hisobga olgan holda jamiyatimizning rivojlanishini yangi, o'zgaruvchan sharoitda ta'minlashga qaratilgan ustivor vazifalar ishlab chiqilgan. Prezident I.A. Karimov "O'zbekistonning chinakam mustaqilligiga erishishdan iborat o'z yo'li Respublikani rivojlantirishning quyidagi asosiy o'ziga xos xususiyatlari va shart-sharoitlarini har tomonlama hisobga olishga asoslanganligini ko'rsatadi". Respublika qulayjug'rofiy-siyosiy mavqeiga ega.
Hozirgi O'zbekistonning hududida tarixan eng qadimiv savdo yo'llari tutashgan, tashqi aloqalar va turli madaniyatlarning bir-birini o'zaro boyitish jarayoni avj olgan joy bo'lib kelgan. Hozir ham O'zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasining o'z mustaqil energetika va suv tizimlariga ega markazi bo'lib. ko'pgina masalalarda qo'shni respublikalami bog'lovchi xizmatini o'taydi.
Respublika tovarlar, sarmoya va ishchi kuchining davlatlararo harakati, iqtisodiyot, madaniyat va siyosat sohalanda mintaqaviy manfaatlami yaqinlashtirishda o'ziga xos mintaqaviy markazga aylanishi uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Tabiiy-iqlim sharoitlarining o'ziga xosligi O'zbekistonda islohatlami amalga 32 oshirish yo'llari va unga yondashuvlami tanlab olishga hal qiluvchi ta'sir o'tka/moqda. Respublika iqtisodiyotining dehqonchilik tarmog'ini keng rivojlantirish, alohida qimmatli, jahon bozorida g'oyat xaridorgir bo'lgan ekinlar va chorvachilik mahsulotlari yetishtirish uchun qulay bo'lgan iqlim mintaqasida joylashgan.
Tarixan tarkib topgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlaming mazmuniga ko'ra Osiyoda shakllangan an'anaviy ishlab chiqarish usuli va inehnatni tashkil etish shakllari O'zbekistonga xos ekanligi ham iqtisodiy islohatlam ing yo'llari va andozalarini tanlab olishga ta’sir qilayotgan jiddiy omildir. Respublikadagi demokratik vaziyat o'z ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo'lini tanlab olish zarurligini belgilab beruvchi g'oyat muhim xususiyatlardan biridtr.
O'zbekiston tug'ilish darajasi va aholining tabiiy o‘sishi yuqori bo'lgan mamlakatlar jumlasiga kiradi. Keyingi o'n yilliklar mobaynida respublika aholisi har yili o'rta hisobda 2.5 % dan ko'payib bordi.Hozir O'zbekiston aholisi 26.4 mln.kishini tashkil etadi. Aholi tarkibida bolalar va o'smirlaming ko'pligi demografik vaziyatning o'ziga xos xususiyatidir.
O'zbekistonda 15 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlar 43.1 % ni tashkil etadi. Respublikadagi jami aholining yarmidan ko'prog'i- bolalar, o'quvchi yoshlar, nafaqador, ya’ni ijtimoiy himoyaga muhtoj tabaqalardir. Aholining 60 % i qishloq joylarda yashaydi va asosan dehqonchilik bilan mashg'uidir.
Ajdodlaming an’anaviy yashash jovlariga bog'langanligi (o'troqligi) aksariyat respublika aholisiga xos bo'lib, bu hoi mehnat bozorini shakllantirish muammolariga o'z ta’sirini o'tkazadi.Respublika milliy tarkibining o'ziga xosligi uning farqlanuvchi xususiyatlaridir. Etnik tarkibida tub aholi ustun mavqeni egallaydi. Respublikada yashab turgan aholinig 72 % dan ko'prog'ini o'zbeklar tashkil etadi.
Ayni vaqtda O'zbekiston hududida o'z madaniyati va o'z an’analariga ega bo'lgan 130 ga yaqin millat vakillari yashaydi. O'zbekistonning milliy-madaniy rang-barangligi miliiy o'zlikni anglashning o'sishi va m an a v iy jih a td a n q a y ta u y g 'o n is h b ila n c h a rn b a rc h a s bog'liq bo'lib, ja m iy a tn i yangilash, uning ochiqligining qudratli om ili bo'lib xizm at qiladi hamda respublikanig jahon hamjamiyatiga qo'shilishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi.
Bozor munosabatlariga o'tishning o'z yo'lini tanlab olish aholining tafakkur va milliy-tarixiy turmush tarzini, xalq an'analari va urf- odatlarini har tomonlama e'tiborga olishga hal qiluvchi darajada bog'liqdir. Ijtimoiy jihatdan uyushib yashashning jamoa shakli O'zbekiston xalqiga tarixan xos bo'lib, bu uning an’anaviy turmush tarzi bilan charnbarchas bog'liqdir.
Bu narsa oila manfaatlarining usivorligida, aholinig hayot faoliyatining jamoaga sodiqligida, mahalla shaklini avaylab saqlash va mustahkamlashdagina namoyon bo'libgina qolmay, shu bilan birga jamiyatning butun ijtimoiy tuzilmasiga ta’sir ko'rsatadi.
O'zbekiston xalqining milliy ruhiyatiga xos b o 'lg an etnopsixologik me’yorlarning xususiyatini ham e'tiborga olish zarur. Bu hoi ijtimoiy ong darajasida odamlarning yangiliklarga, qadriyatlar tizimini o'zgartirishga, qaror topgan me'yorlarni, ulaming xatti-harakat qoidalari va andozalarini barbod qilishga olib keladigan tub o'zgarishlarga nisbatan ehtiyotkorona munosabatida namoyon bo'ladi. So'nggi o'n yilliklarda odamlarda o'z qadriyatlariga ega bo'lgan muayyan ijtimoiy ong shakllanganligini ham hisobga olmaslik mumkin emas. Bu ijtimoiy tenglikka intilishda, kafolatli mehnat qilish huquqi, umumiy bepul ta'lim va tibbiy xizmat 33 ko‘rsatilishini yoqlab chiqishda ko'rinmoqda. Shunday qilib.m azkur o'ziga xos shart-sharoitlarni, bir inintaqaning vakilligini faqat shu yerga xos bo'lgan barcha xususiyatlari va belgilari bilan aniq hisobga olmay turib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyatga o'tishnig biror yo'li to‘g‘risida gapirib bo'lmaydi.
"0‘zbekiston kelajagi buvuk davlat”, deb ta'kidlamoq uchun barcha asoslar bor. Respublikada hammma narsa: tabiiy bovliklar, unumdor er, qudratli iqtisodiy va ilmiv-texnikaviy, insoniy va manaviy salohivat mavjud. Eng muhimi, bu yerda mehnatsevar va iste'dodli xalq yashaydi. O'zbekiston juda katta tabiiy va iqtisodiy potentsialga ega bo'lgan mamlakat. Noyob tabiiy xom-ashyo imkonoyatlari haqida alohida aytib o‘tish lozim.
0‘zbekiston zaminida mavjud bo‘lgan boyliklarga ega davlatlar jahon xaritasida ko‘p emas. Prezident l.A.Karimov Sho'rtan gaz-kimyo majmui ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida bu haqda shunday deydi: "Olloh taoloning niarhamati bilan ona diyorimiz behisob tabiiy boyliklarga makon ekani haqida gapirish o'rinlidir. qashqadaryoning m o‘’tabar zamini o'zinig noyob boyliklari, shu jumladan, birinchi navbatda, neft va gaz kabi qimmatbaho xorna-shyolarning ulkan zahiralari bilan dunyoga mashhurdir". 0 ‘zbekistonda Mendeleyev davriy jadvalining deyarli barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlari va ma’dan namoyon bo'lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral xomashyo turlarini o'z ichiga oladi.Shundan 60 dan ortig‘i ishlab chiqarishga jalb etilgan. 900 dan ortiq kon qidirib topilgan bo‘lib,ularning tasdiqlangan zahiralari 970 mlrd.AQSH dollarini tashkil etadi. Shu bilan birga umumiy mineral xomashyo potentsiali 3,3 trln. AQSH dollaridan ortiqroq baholangan. G'oyat muhim strategik manbalar neft va gaz kondensati, tabiiy gaz bo'yicha 155 ta istiqbolli kon. qimmatbaho metallar bo'yicha 40 dan oitiq, rangli nodir metallar bo'yicha 40, konchilik kimyo xom-ashyosi bo'yicha 15 ta kon qidirib topilgan. Har yili respublika konlaridan taxminan 5,5 mlrd. dollarlik miqdorda foydali qazilmalar olinmoqda va ular yoniga 6,9-7,0 mlrd. dollarlik yangi zahiralar qo‘shilmoqda. Oltin zahiralari bo‘yicha respubliJca dunyoda 4 o'rinda, uni qazib olish bo'yicha 7 o'rinda, mis zahiralari bo'yicha 10-11 o‘rinda. uran zahirasi bo'yicha 7-8 o‘rinda turadi. O'zbekiston oltini keyingi yillarda dunyodagi eng sof, eng bebaho, asl oltin sifatida e'tirof etildi. "Savdodagi yaxshi nomi uchun"(Madrid, 1991, 1992, 1993, 1995 yillar), "Oltin yulduz"(Madrid, 1993 yil), "Oltin globus"(AQSH, 1995 yil), "Olmos yulduz"(Mexiko, 1993 yil) kabi 20 ga yaqin xalqaro mukofotlam, sovrinlarga munosib deb topildi.Nufuzli Tokio biijasida 1998 yili unga sifat sertifikati berilib, oltin etaloni, ya'ni butun dunyo bo'yicha tilla sifatini baholashning oliy andozasi etib belgilandi.O'zbekiston Respublikasida ishga solingan foydali qazilma konlari MDH dagi boshqa mamlakatlamikidan o‘zining juda katta zahiralari biiangina emas, balki bir qator xususiyatlari bilan ham ajralib turadi. Bu xususiyatlardan quyidagilami ko‘rsatib o‘tish mumkin: Birinchidan, tabiiy va mineral xom-ashyo zahiralari yirik konlarda to‘plangan bo'lib, ulami qazib olingan joyning o'zidayoq kompleks qayta ishlash imkoniyati bor;
Ikkinchidan, foydali qazilmalarning ko'pgina turlari tarkibidagi foydali 34 kom ponentlar yuqori darajada boiibgina qolmav, katta miqdorda yoidosh elementlarga ham ega;
Uchinchidan, konlarning ko'pchiligida ochiq usulda ishlash mumkin, rudalarni boyitish texnologiyasi ham nisbatan oddiy; To'rtinchidan, ko'pgina foydali qazilma konlari yaxshi o’zlashtirilgan, aholi zich yashaydigan mintaqalarda joylashgan.
Ular transport yoilariga va hududlar o'rtasida resurslarni taqsimlash vositalariga, shu jumladan, suyuq va gaz holatidagi foydali qazilmalar uchun quvur transportiga ega; Beshinchidan, ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastruktura, malakali kadrlar, tog'- kon mutaxassislari tayyorlaydigan oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari tizimi mavjud.
Prezidentimiz" O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsiziikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" kitoblarida respublika, uning mustaqilligi va iqtisodiy qudrati uchun hal qiluvchi, strategik ahamiyatga molik resurslarga e’tibomi qaratgan.
O'zbekistonda mustaqil taraqqiyotimizning o'tgan o'n yil ichida juda katta hayratomuz ishlab chiqarish inshootlari, jumladan, qashqadaryoda "Ko'kdumaloq" kompressor stansiyasi, Qo'ng'irot soda zavodi,
’’Qabul-O'zbek-Ke" O'zbekistonJanubiy Koreya qo'shma korxonasi, "Xobas-TAPO" O'zbekiston-ShveytsariyaGermaniya qo'shma korxonasi, "Zarafshon-Nyumont” qo'shma korxonasi, Sho'rtan gaz-kimyo majmuasi qurib ishga tushirildi.
Bu zamonaviy ishlab chiqarish boy tabiiy resurslar zaminiga asoslanganligidan guvohlikdir.O'zbekistonning iqlimi keskin o'zgaruvchan, quruq iqlim bo'lib, quyosh yog'dusi serobligi bilan xaraktedanadi. Issiqlik va yonig'lik miqdorinig yetarli ekanligi bu yerda paxta, uzum, meva va issiqlikni sevadigan boshqa ekinlar yetishtirish imkonini beradi. Respublikaning qudratli agrosanoat kompleksi asosan sug'oriladigan dehqonchilik erlardan iboratdir.Uning tamioqlarida ijtimoiy mahsulotning qariyib yarmi etishtiriladi. Aholining xalq qo'jaligida band bo'lgan qismining yarmidan zivodrog'i, respublika ishlab chiqarish asosiy fondlarining uchdan bir qismi mana shu soha tarmoqlariga to'g'ri keladi.
O'zbekiston-paxta etishtiradigan eng yirik o'lkalardan biridir. Qishloq xo'jaligining boshqa tarmoqlari, awalo, qorako'lchilik, uzumchilik, bog'dorchilik, sabzavotchilik va sholikorlik singari sohalari ham keng miqyoslarda rivojlanib bormoqda. Respublika Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar ichida qishloq xo'jaligining ko'p tarmoqliligi bilan bir qatorda keng tannoqli sanoati bilan ham ajralib turadi.Sanoatda hozirgi zamonning bir qator eng muhim tarmoqlari rivojlanib bormoqda.
O'zbekistonning iqtisodiy potentsialida og'ir sanoatning hissasi salmoqli o'rin tutadi. Uning yarmidan ziyodini transport, avtomobilsozlik, elektr texnika, to'qimachilik hamda qishloq xo'jalik mashinasozligi, kimyo va tog'-kon sanoati tarmoqlari tashkil etadi.
Umuman olganda, O'zbekistondagi ikki yuzdan ziyod sanoat tarmoqlarining qariyb ikki ming zavod va fabrikalarida hozirgi zamon samolyotlari va traktorlari, qattiq qotishmali va issiqqa chidamli materiallar, qimmatbaho va rangli metailar, paxtachilik va to'qimachilik sanoati uchun mashinalar, ekskavator va yuk ko'taruvchi kranlar, yuqori kuchlanishli transformatorlar hamda kinoapparatlar, tranzistorlar va boshqa xil radio qismlari, muzlatgichlar, binokorlik materiallari, mineral o'g'itlar, tabiiy vasun’iy tolalar, ipakvaip tolalari vaboshqamahsulotlar ishlab chiqariladi. 35 Respublikada bir yilda 50 milliard kilovatl-soatdan ziyod elektr energiya ishlab chiqarish quvvatiga ega boigan elektr stansiyalari mavjud.O'zbekistondagi umumiy uzunligi 4000 kilometrdan ziyod bo'lgan temir yo'llar amalda respublikaning barcha iqtisodiy markazlarini bir-biri bilan boglaydi. Respublikadagi usti qattiq qoplamali avtomobil yo'llarining uzunligi 40 ming kilometrdan ziyoddir. Respublika hamdo‘stlik mamlakatlari va boshqa davlatlarning ko‘pgina poytaxtlari bilan avtomobil yollari orqali bolangan. 2000 yil 29 avgustda poytaxtimizni 9,5 million aholi istiqomat qiladigan Farg'ona vodiysi bilan tutashtiradigan qamchiq dovoni tagidan o'tgan tunellaming ochilishi olamshumul voqea boldi. Togli yo'l uzunligi 2484 metr keladigan ikki tomonlama tune! orqali tutashtirildi. llmiy tadqiqot ishlari keng miqyosda rivojlanib bormoqda. 1943 yildan beri respublika fanlar Akademiyasi ishlab turibdi.
Mustaqillik yillarida yangi akademiyalar, jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasi, Bank-moliya Akademiyasi tashkil etildi.
1992 yildan O'zbekiston Respublikasining qishloq xo jalik fanlar Akademiyasi faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Xullas, Respublikaning ilmiy-tadqiqot majmui akademiyasi, oliy o'quv yurtlari va tamioq vo'nalishidagi 362 muassasani, shu jumladan, 101 ilmiy tadqiqot institutiui, oliy o'quv-yurtlaridagi 55 ilmiy-tadqiqot bolim larni, 65 loyiha-konstruktorlik tashkilotini, 32 ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi va tajriba korxonalanni, 30 ilmiy axborot-hisoblash markazini o'z ichiga olgan.
Ushbu ilmiy dargohlarda 100 mingdan ziyod ilmiy xodimlar mehnat qilmoqdalar.
O'zbekiston olimlari fizika, mexanika, elektronika, matematika, kibernetikaning fundamental muammolari sohasida muvaftaqiyatli ish olib bormoqdalar. Ular qishloq xo‘jalik fanlari sohasida, biofizika, bioximiya, makrobiologiya, mikrometreologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va fanning boshqa turli yo'nalishlarida salmoqli natijalarga erishdilar. Respublikaning eng muhim boyligi, uning odamlaridadir. Inson salohiyati eng faol, eng bunyodkor omil bolib, u mamlakatning islohatlar va tub o'zgarishlar yo lidan ilgarilab borishini ta’minlab beradi.
XULOSA Xulosa qilib aytganda O‘zbekistonning muhim xususiyati shundan iboratki, bu yerda aholining o'sish sur'atlari yuqori. 1990-1996 yillarning o'zida mamlakat aholisining soni 13,3 % ko'paydi. Aholi sonining o'ltacha villik o'sish sur'atlari 1996 yilda 2,0 % ni, 2000 yilda 1,8% ni tashkil etdi yoki aholi bir yilda 430-450 ming kishiga ko'paydi. Hozir respublika qudratli mehnat salohiyatiga ega. Mehnat zahiralari butun aholining deyarli 50% ni tashkil etadi va har yili 210-220 ming kishiga ko'payib bormoqda.
Mehnat salohiyatining muhim xususiyati-uning yosh va kasb tarkibidadir.
O'zbekiston aholisining o'rtacha yoshi 24 yoshga teng. Bu XXI asr bo'sag'asida mehnat zahiralari yuksak mehnat faolligi va kasb tayyorgarligi bilan ajralib turadigan odamlar ko'pchilikni tashkil etishiga imkon beradi. O'zbekistondagi mehnat salohiyatining muhim xususiyati-uning ta'lim darajasi yuqoriligidir.Respublikada aholisining yalpi savodxonligi muammosi tola hal qilingan. Savodxonlik darajasi 99,06 % ni tashkil etadi. Bu esa respublikani inson salohiyati yuqori darajada rivojlangan iqtisodiy taraqqiy etgan mamlakatlar bilan bir qatoiga olib chiqadi.
Mehnat zahiralarining um um iy va professional ta'lim darajasi ham 36 yuqori, respublikada majburiy umumiy o‘rta ta'lim qonun yo'li bilan mustahkamlab qo'yilgan. Bunday ta'limni umumiy ta'lim maktablari, litseylar, gimnaziyalar, o'rta kasb-hunar kollejlari va tijorat maktablarining keng tarmoqlari orqali olish mumkin. Hozirgi vaqtda respublikada o‘quv yurtlarining keng tarmoqli tizimi vujudga keltirilmoqda. 2000 yilda respublikaning har bir tumani va shahari zamonaviy talablarga javob beradigan yangi turdagi o ‘quv yurtlari bilan ta'minlanishi uchun 180 ta yangi kasb-hunar kolleji va 15 ta akademik litsey qurib, foydalanishga topshirildi.
2005 yilga qadar biz respublikamizda 1611 ta kasb-hunar kolleji va 181 ta akademik litscydan iborat bo'lgan o'rta maxsus va kasb-hunar o'quv yurtlarining zamonaviy tarmoqlarini bunyod etishimiz kerak. Bu to'qqizinchi sinfiami bitiruvchilarni o'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi maktablariga to'la qamrab olishni ta'minlaydi. Yuqorida qayd etilgan "o'ziga xos shart-sharoitlar ham alohida, ham birgalikda hozirgi bosqichda O'zbekiston ichki va tashqi siyosatining o'ziga xos xususiyatlarini belgalib beradi"1
Mamlakatimizda o'tish davrida amaiga osliirilishi zarur bo'lgan vazifalar izchillik bilan real hayotga tadbiq etilmoqda. Eng asosiysi, demokratik kuchli fuqarolik jamiyatiga o'tish uchun zam r bo'lgan o'tish davrining birinchi navbatdagi asosiy vazifalari to'g'ri belgilab olindi. Ular mavhum xayollar asosida emas, balki Prezident tomonidan ishlab chiqilgan aniq kontseptual g'oyalar asosida amalga oshirilmoqda. O'tish davri jarayonlarining tartibsiz holatga kelmasligi uchun har qanday tizimning mazmun-mohiyatidan kelib chiqadigan va bu o'zgarishlami bir yo'nalishga sola oladigan muayyan kuch lozim bo'ladi. Agar har bir tizim o'zini-o'zi ushlab turadigan,ichki jarayonlami muayyan yo'nalishga sola oladigan kuchga ega bo'lmasa, uni tashkil etib turadigan elementlar orasidagi bog'lanish va aloqadorliklaming doimiyligini ta'minlay olmaydi, oxir-oqibat tarqalib ketadi, o‘z-o‘zidan halok bo'ladi. Jamiyatdagi mavjud elcmentlarni, ya'ni turli tizimlar faoliyatini muvofiqlashtirib turadigan bunday kuch vazifasini davlat bajaradi.Davlat o'zining ana shu funksiyasini bajara olmasa, o'z hududidagi jarayonlami bir yo'nalishga sola olmaydi, ya'ni mavjud jamiyatdagi tartibni saqlab qola olmaydi.Voqealar rivojini oldindan ko'ra olgan yurtboshimiz ana shu sababdan ham o'tish davri yetakchi islohatchilik vazifasini davlat bajarishi lozimligini asoslab berdi.O'zbekiston mustaqillik yillarida demokratik jamiyatga o'tishning uchta bosqichini bosib o'tdi.Ushbu o'tish bosqichlarining har biri Prezidentim iz tomonidan qilingan ma’ruzalarda o'zining to'liq, asosli ifodasini topgan. Jumladan: Birinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning VI sessiyasida (1996 yil 29 avgust) "Hozirgi bosqichda demokratik islohatlarni chuqurlashtirishning muhim vazifalari" bobidagi ma'ruzasida;
1999 yil 14 aprelda birinchi chaqiriq O'zbekiston Respblikasi Oliy Majlisning o'n to'rtinchi sessiyasida "O'zbekiston XXI asrga intilmoqda" va 2002 yil 29 avgustda ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining to'qqizinchi sessiyasida "O'zbekistonda demokratik o 'zg arish lam i yanada ch u q u rlash tirish va fuqarolik jam iy ati asoslarini shakllantirishning asosiy yo'nalishlari" ma'ruzasida ko'rsatib berildi.
Demak.birtizimdan ikkinchisiga asta-sekin. cvolyutsion ravishda o'tish qonuniy ravishda quyidan yuqoriga. qo'yilayotgan ustivor vazifalaming ko'lamlarining kengligi bilan ajralib turadi.
Ko‘rinib turibdiki Jamiyatimiz yangi ichki va tashqi vaziyatga qarab borishi bilan o'tish davii o'z chegara shartlarini uzviylik asosida transformatsiya qiiadi.
Qisqacha xulosalar O'tish davri shartlarini bajarish uchun muayyan vaqt kerak. Bu vazifalarni bajarish jamiyat a'zolaridan maqsad sari intilish, chidamlilik va harakatclianlikni. liderlardan esa tashabbuskorlik, qat'iyyatlilik va yuksak jasorat talab qiladi. Shunday paytda, mustaqillik tashqi hamda ichki tahdidlar va qarshiliklirga dosh bergan holda, barcha islohatlarning, o'tish davri vazifalarining amalga oshishini ta'minlab beruvchi asosiy vositadir. Mavjud ulkan resurslar.aql-ziyo va ishlab chiqarish potentsiali davlat m ustaqilligi bilan birgalikda, respublikada iqtisodiyotni yangilash, uni ma’rifiy rivojlanish yo'liga o'tishga doir tub islohatlarni amalga oshirishga shart-sharoit va imkoniyat yaratadi.