II BOB
PSIXOLOGIYA FANINING SOHALARI VA UNING TADQIQOT
METODLARI
1. Psixologiya fanining sohalari va ularning o’ziga xos xususiyatlari
Inson o’zining kimligini anglashga intilishdan, o’z ruhiy dunyosini va
o’zgalar ruhiyatini bilish istagi paydo bo’lishdan, tabiat va jamiyat hodisalarini
tushunishga ehtiyoj sezishdan, o’tmish, hozirgi zamon, kelajak haqida mulohaza
yuritishdan e'tiboran psixologiya fan sifatida rivojlana boshladi. Psixologik
bilimlar juda uzoq o’tmish tarixga ega bo’lsa-da, lekin u fan sifatida falsafadan
XIX asrga kelib ajralib chiqdi. Psixologiyani alohida fan sifatida ajralib chiqishga
o’sha davrda kishilik jamiyatida yuz berayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy
https://t.me/profayling_uz
o’zgarishlar sabab bo’ldi, chunki bular ijtimoiy zaruriyatning taqozosi edi.
Psixologik holatlarni tadqiq qilish, ya'ni psixika mohiyatini tushunish maqsadida
o’sha davrda eksperimental ilmiy psixologik laboratoriyalar vujudga kela boshladi.
Ilk psixologik tadqiqotlar laboratoriyasi nemis olimi V.Vundt tomonidan
1879 yilda Leyptsig universitetida tashkil qilindi. Xuddi shu laboratoriya andozasi
boyicha boshqa mamlakatlarda bir qancha mustaqil laboratoriyalar ochildi. XIX
asrning oxiri va XX asrning boshlariga kelib psixologiya fani to’g’risidagi ilmiy
tushunchalarda keskin o’zgarishlar yuzaga keldi va ularning ta'siri natijasida
psixologiyaning tadqiqot ob'ekti sifatida insonga muhitning ta'siri, uning xulq-
atvorini o’rganish muammolari tanlab olindi. Shu davrda psixologiya fanining
rivojlanishiga ijobiy hissa qo’shgan psixologiya maktablari vujudga keldi,
jumladan Amerika (AQSh) psixologiyasining asosiy yo’nalishlaridan bo’lgan
bixeviorizm, Germaniyada geshtaltpsixologiya maktabi, Venada Z.Freydning
psixoanalizi va boshqalar. Shu maktablarning hammasi o’zining nuqtai nazariga
asoslanib, psixologiya fanining tarkibiy qismlarini o’rganishga harakat qildi.
Psixologik konseptsiyalarning rang-barangligi sababli va fan-texnikaning
rivojlanishi ta'siri bilan psixologiya o’zining tadqiqot ob'ektlariga ega bo’lgan
ko’plab sohalarga ajrala boshlandi. Hozirgi davrda psixologiyaning nazariy va
amaliy yutuqlari atrof-muhit hamda jamiyatning juda keng qirralariga tatbiq
qilinmoqda. Psixologiya fanini muayyan sohalarga bo’lishda aniq, yaqqol
faoliyatining psixologik tomoni, insonning jamiyatga nisbatan psixologik
munosabati, taraqqiyotining psixologik jabhasi asos qilib olingan.
Quyida psixologiya sohalarining tavsifiga qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Umumiy psixologiya - umumiy psixologik qonuniyatlar, mexanizmlar, murakkab
ichki bog’lanishlar, nazariy va metodologik printsiplar, ilmiy tadqiqot metodlar,
psixikaning filo va ontogenetik o’zgarishlarini, ilmiy tushunchalar va
kategoriyalar, bilish jarayonlarini amaliy va nazariy jihatdan tadqiqot qiladigan
soha. Umumiy psixologiya boshqa sohalar kabi hartli ravishda qabul qilingan
nomdan iboratdir. Psixologiya fanining ilmiy tushunchalarini, kategoriyalari
(shaxs, motivatsiya, faoliyat, muomala, ong)ni, tadqiqot metodlarini umumiy
psixologiyada umumlashtirish uchun uning boshqa sohalaridagi tekshirish
natijalarini mavhumlashtirish maqsadga muvofiq. Shuning bilan birgalikda
umumiy psixologiyaning tadqiqot natijalari psixologiyaning boshqa sohalari uchun
asos bo’lib xizmat qiladi. Umumiy psixologiya fani asosiy kategoriyalar,
tushunchalar,
psixik
jarayonlar,
holatlar,
hodisalar,
individual-tipologik
xususiyatlarni o’z ichiga oladi.
1. Psixik jarayonlar: sezgi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, xayol va
boshqalar. 2.Irodaviy jarayonlar: motiv, motivatsiya, ehtiyojlar, intilishlar, qaror
qabul qilish kabilar. 3.Hissiy jarayonlar: his-tuyg’ular, emotsiya, kayfiyat,
emotsional ton, stress, affekt singarilar. Psixik holatlarga psixik jarayonlarning
ma'lum bir sifatlarining ko’rinishlari kiradi. Masalan, hissiy jarayonlardan psixik
holat sifatida kayfiyat, psixik xususiyatlarga qobiliyatlar va boshqalar kiradi.
Umumiy psixologiyadagi bu bo’linish hartli ravishda amalga oshirilgan bo’lib,
unda jarayon tushunchasi umumiy tadqiq qilinayotgan hodisaning jarayoniy
xususiyatga ega ekanligi ta'kidlanadi, xolos. Psixik holat tushunchasi psixik
https://t.me/profayling_uz
holatlarga nisbatan nisbiy statikligini anglatadi. Psixik xususiyat tushunchasi esa
tadqiq qilinayotgan hodisaning mustahkamligini, qaytaruvchanligini aks ettiradi va
bu narsa shaxs tuzilishida o’z ifodasini topadi. Umumiy psixologiyadan boshqa
sohalar, bilimlar asos sifatida foydalaniladi, xuddi shu boisdan u universal
xususiyat kasb etadi.
Eksperimental psixologiya- eksperimental metodlar yordamida psixik
hodisalarni tadqiq qilishning umumiy sohasi. Psixologiya fan sifatida falsafadan
ajralib chiqishida eksperimental tadqiqotlar o’tkazish asosiy rol o’ynagan. XIX
asrning o’rtalarida psixologik hodisalar ustidan ilk bor amaliy eksperimental
psixologik tadqiqotlar o’tkazilgan. Bu fiziologik laboratoriyalarda elementar
funksiyalarni o’rganish orqali, ya'ni ilk bor sezgi va idrokni o’rganish bilan
boshlangan.
Bu
tadqiqotlar
eksperimental
psixologiyaning
falsafa
va
fiziologiyadan mustaqil, alohida fan sifatida vujudga kelishiga muhim asos va
ob'ektiv hart-haroit yaratib bergan. Eksperimental psixologiya fan sifatida ajralib
chiqishiga V. Vundt o’zining katta hissasini qo’shgan. Ilk eksperimental
tadqiqotlar o’zini o’zi kuzatish metodi yordami bilan insonning ichki funksiyalarini
o’rganishga qaratilgan edi. Keyinchalik eksperimental ishlar turlicha hayvonlarda
o’tkazila boshlangan. Tadqiqotlarning ko’pchiligi T.L.Morgan, E.L.Torndayklar
tomonidan olib borilgan. Eksperimental tadqiqotlar orqali faqat psixik
funksiyalargina emas, balki hissiyotlarning individual variantlari ham tekshirilgan.
Eksperimental psixologiyaning tadqiqotlari psixologiya sohalarining nazariyasiga
asos bo’lib xizmat qiladi.
Mehnat psixologiyasi - insonning mehnatga munosabati, mehnat
faoliyatining qonuniyatlari va rivojlanishini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi.
Mehnat psixologiyasining ob'ekti ishlab chiqarishda va mehnatda shaxsning
faoliyati, uni ishdan bo’sh vaqtining, dam olishining ishlab chiqarishga ta'sirini
ham tekshirgan. Mehnat unumdorligiga ishchini boqish uchun ketgan sarflar
miqdori ko’p bo’lsa, unga qancha qulay hart-haroit yaratilsa, shunchalik ijobiy
ta'sir yuzaga keladi. Shu asosda yuqoridagi fanlar mehnatkashga psixologik iliq
muhit yaratish uchun mehnat psixologiyasiga yordam beradi. Mehnat
psixologiyasini
G.Myunsterbergning
"Psixologiya
va
ishlab
chiqarish
unumdorligi" (1913) va "Psixotexnika asoslari" (1914) kitoblari chiqqan davrdan
boshlab alohida soha sifatida vujudga kelganligi e'tirof etilgan. Mehnat
psixologiyasining asosiy vazifasi ishlab chiqarish munosabatlarini ijobiylashtirish,
mehnatkashlarga zarur hart-haroit yaratib berish, kasbiy kasalliklarning, ishlab
chiqarishda jismoniy falokatlarning, psixologik zo’riqishlarning oldini olishdir.
Aviatsiya psixologiyasi - aviasanoat va aviaxizmatchilarning mehnat
faoliyatida
kechuvchi
psixologik
qonuniyatlarni
o’rganadi.
Aviatsiya
psixologiyasining predmeti murakkab aviatsiya tizimini boshqarishdagi inson
psixikasining rolini tekshirishdan iborat. Aviatsiya psixologiyasi ob'ekti shaxs
faoliyati, jamoa tuzilishini tashkil qilishning hart-haroitlari hisoblanadi. Aviatsiya
psixologiyasi sub'ekti uchuvchilar, muhandis, texnik xizmat ko’rsatish tarkibini
tashkil etuvchi styuardessalar va boshqalar. Aviatsiya psixologiyasi soha sifatida
uchuvchi qurilmalar yaratilishi vaqtidan, ya'ni XIX asrning oxiri va XX asrning
boshlaridan vujudga kelgan. Aviatsiya psixologiyasi tug’ilishining asosiy sababi
https://t.me/profayling_uz
uchuvchi apparatlar ishlatishda va boshqarishda inson omili xavfsizligiga hart-
haroit yaratish ehtiyojidir. Aviatsiya psixologiyasi psixologiyaning boshqa sohalari
bilan uzviy bog’liqdir.
Muhandislik psixologiyasi - inson va mashina o’rtasidagi munosabatni,
insonga mashinaning psixologik ta'sirini va insonning mashina bilan munosabati
jarayonining psixologik qonuniyatlarini tadqiqot metodlari yordami bilan
o’rganuvchi psixologiya sohasi. Muhandislik psixologiyasi fan-texnika
revolyutsiyasi ta'sirida vujudga kelgan bo’lib, quyidagi muammolarni tekshiradi:
1) inson va EHM kabi avtomatika tizimi yuklamasida inson vazifasini tahlil qilish;
2) EHM operatorlarining hamkorlik faoliyatida muloqot jarayoni va ularning
o’zaro ta'sirini tadqiq qilish; 3) operator faoliyatining psixologik tuzilishini tahlil
etish; 4) operator ishining sifatiga, tezligiga, samaradorligiga ta'sir qiluvchi
omillarni tekshirish; 5) inson tomonidan axborotqqabul qilishni tadqiq etish; 6)
operator faoliyatini boshqarish mexanizmini o’rganish;7) EHM ni boshqarishdagi
buyruqlarni inson tomonidan qabul qilish xususiyatini aniqlash; 8) operatorlar
uchun psixodiagnostika va proforientatsiya metodlarini ishlab chiqish; 9)
operatorlarni
o’rganishni optimallashtirish. Muhandislik psixologiyasining
yuqoridagi muammolarini tekshirish natijasida yolg’iz operator faoliyatidan
umumiy mehnat faoliyatini o’rganishga o’sib o’tiladi.
Kosmik psixologiya - vaznsizlik va bo’shliqda aniq mo’ljal ola bilmaslik
haroitida, organizmda juda ko’p ortiqcha taassurotlar yuklangan paytda ro’y
beradigan nerv-psixologik zo’riqish bilan bog’liq bo’lgan alohida holatlar
tug’ilganda kishi faoliyatining psixologik xususiyatlarini tadqiq qiladigan
psixologiya sohasi.
Ekstremal psixologiya - insonning o’zgargan muhit hart-haroitlarida psixik
faoliyatining kechishi qonuniyatlarini o’rganadigan psixologiya sohasi. Ekstremal
haroitda insonga bir qancha faktorlar ta'sir qiladi: monotoniya, makon o’zgarishi,
xavf omili, vaqt, shaxsiy ahamiyatga molik axborotning o’zgarishi, yolg’izlik,
guruhiy izolyatsiya va hayotiy xavf. Ekstremal haroitga inson moslashishining
biologik vazifasi ekstremal haroitda ishlovchilarni tanlab olish (kosmos, arktika,
yong’in va hokazo), mashqlantirish, trening o’tkazishdan iborat.
Pedagogik psixologiya - tarbiya va ta'lim muammolarini tadqiq qiladigan
psixologiya sohasi. Pedagogik psixologiya shaxsning maqsadga muvofiq
rivojlanishi,
bilish
faoliyatining
va
shaxsda
ijtimoiy
ijobiy
sifatlarni
tarbiyalashning psixologik muammolarini o’rganadi. Pedagogik psixologiyaning
maqsadi- o’qitishning oqilona rivojlantiruvchi ta'sirini, hart-haroit va boshqa
psixologik faktorlardan kelib chiqqan holda kuchaytirishdir. Pedagogik
psixologiya XIX asrning ikkinchi yarmida ijtimoiy taraqqiyotning ta'siri natijasida
vujudga kelgan. Eksperimental psixologiya tadqiqotchilari pedagogik psixologiya
rivojlanishiga katta hissa qo’shganlar. Bundan tashqari, pedagogik psixologiyaning
fan sifatida taraqqiy etishda o’sha davrda yuzaga kelgan psixologik yo’nalishlar
ham o’zining ijobiy ta'sirini o’tqazgan. Bixevioristik psixologiya yo’nalishi
pedagogik psixologiya uchun asos qilib tarbiyachi va o’qituvchiga vosita qilib
tashqi muhit ta'sirini oladi. Tashqi muqhit qanchalik ijobiy ta'sir qiluvchi omil
https://t.me/profayling_uz
bo’lsa, ya'ni qulay hart-haroit vujudga kelsa, demak shaxsning tarbiyalanishi
shunchalik ijobiy kechadi.
Hozirgi zamon pedagogik psixologiya rivojlanishi natijasida insonning
individual psixologik farqlari, ijtimoiy-tarixiy tajribalar ta'siri hamda boshqa
odamlar o’rtasidagi muloqot, muomala ta'siri borligini, shuningdek, yana bir
qancha faktorlarni hisobga olgan holda shaxsni rivojlantiruvchi ta'lim orqali
o’qitish va tarbiyalash yotadi. Pedagogik psixologiyani hartli ravishda bir necha
turga ajratish mumkin: a) ta'lim psixologiyasi; b) tarbiya psixologiyasi; v)
o’qituvchi psixologiyasi; g) oliy maktab psixologiyasi kabilar.
Tibbiyot psixologiyasi - kasallarning davolanishi, gigiena, profilaktika,
diagnostika
jabhalarini
tadqiq
qiluvchi
psixologiya
sohasi.
Tibbiyot
psixologiyasida tadqiqotlar tizimiga kasalliklarning kechishi, ularning shaxs
psixologiyasiga
ta'siri
qonuniyatlari,
insonning
kasallikdan
sog’ayishiga
mikrosotsial guruh ta'siri o’rganiladi. Tibbiyot psixologiyasi o’z ichiga klinik
psixologiya,
patopsixologiya,
neyropsixologiya,
somatopsixologiya
kabi
bo’limlarni qamrab oladi. Tibbiyot psixologiyasi tarkibiga psixoterapiya sohasini
ham kiritadilar. Tibbiyot psixologiyasining asosiy muammosi kasallikni
davolashning inson psixologiyasiga ta'sirini tadqiq qilishdir. Uning asosiy
muammosi insonning psixologiyasiga ijobiy ta'sir qiluvchi va shu bilan
davolanishni tezlashtiruvchi, ijobiy davolash muhitini tashkil qilishdir. Psixik
hodisalar bilan miyaga fiziologik tuzilishlar o’rtasidagi nisbatni o’rganadigan soha
- neyropsixologiya.
Dorivor moddalarning kishi psixik faoliyatiga ta'sirini tekshiradigan soha -
psixofarmokologiya. Bemorlarni davolash uchun psixik jihatdan salomatligini
ta'minlash chora-tadbirlari tizimini ishlab chiqish bilan shug’ullanuvchi soha -
psixoprofilaktika. Yuridik psixologiya - huquq doirasidagi munosabatlar
odamlarning
psixik
faoliyatini
huquqiy
boshqarish
mexanizmlari
va
qonuniyatlarini o’rganuvchi psixologiya sohasi. Eksperimental psixologiya ta'siri
ostida XX asrning boshlarida yuridik psixologiya sohasida ilk laboratoriya
tadqiqotlari o’tkazilgan. Bu tadqiqotchilar guvohlarning ko’rsatmalarini va so’roq
olib borish asoslarini o’rganishni maqsad qilib qo’ygan edilar.
Yuridik psixolog sifatida yozuvchi A.K.Doylning qahramoni Sherlik
Xolmsni atash mumkin. Yuridik psixologiya bo’yicha tadqiqot ishlari o’sha
vaqtlarda G.Gross, K.Marbe, V.Shtern, K.Yung va boshqa psixologlar tomonidan
olib borilgan. Keyinchalik yuridik psixologiyaning o’ziga xos tadqiqot yonalishlari
vujudga keldi: jinoyatchilar shaxsini tadqiq qilish, guvohlik ko’rsatuvchilar
ko’rsatmalarini tekshirish, sud psixologiyasi ekspertizasining nazariy va amaliy
tomonlari ishlab chiqilgan. Yuridik psixologiya umumiy psixologiyaning metodlari
va o’ziga xos ularning shakllarini qo’llaydi.
Hozirgi zamonda uning bir qancha bilimlari mavjuddir: kriminal
psixologiya, sud psixologiyasi, jinoyatchilarni qayta tarbiyalash psixologiyasi,
ya'ni penitentsiar psixologiyasi yoki axloq tuzatish mehnat psixologiyasi kabilar.
Harbiy psixologiya-harbiy faoliyatining inson psixikasiga ta'siri, harbiy
faoliyatning xususiyatlarini psixologik qonuniyatlarini o’rganuvchi, tadqiq
qiluvchi psixologiya sohasi. Jangchi shaxsining psixologik faktorlarini tekshirish -
https://t.me/profayling_uz
harbiy psixologiyasining asosiy muammolaridan biridir. Harbiy jamoalarda
shaxslararo munosabatlar, komandirlar bilan jangchilar muloqotining psixologik
xususiyatlari, favquloddagi holatlarda harbiy xizmatdagi kishilar psixikasining
o’zgarish, bo’linmalarda psixologik muhit masalasi, harbiy-vatanparvarlik
tuyg’usini shakllantirsh birlamchi muammo ekanligi va hokazo. Harbiy
psixologiya negizida sotsial psixologiya, mehnat psixologiyasi, muhandislik
psixologiyasi, pedagogik psixologiya sohalarining nazariy-amaliy materiallari,
umumbahariy qonuniyatlar yotadi.
Sport psixologiyasi - sport musobaqalari va mashqlanish faoliyatida inson
psixikasining rivojlanishi, guruhiy munosabatlarning psixologik qonuniyatlarini
tadqiq qiluvchi psixologiya sohasi. Mazkur soha XX asrning 60-70 yillarida jadal
su'atlar bilan rivojlana boshladi va uning ilk tadqiqotlari sportchilarning individual
psixologik farqlarini o’rganishga qaratilgan edi. Hozirgi davrga kelib esa sport
psixologiyasi o’rganayotgan muammolar ko’lami kengaydi, shu boisdan uning
asosiy vazifasi sportchilarning psixik va jismoniy kamolotga ta'sir o’tkazuvchi
muhim hart-haroitlarni yaratib berishdir. Bundan tashqari, sport psixolgiyasi
sportchilarning shaxs sifatida rivojlanishiga, erishgan yutuqlariga psixologik
yordam ko’rsatish jabhalari bilan ham shug’ullanadi.
Savdo psixologiyasi - jahon mamlakatlarida keng rivojlangan bo’lib, tijorat
ta'sirining psixologik negizlari, ob'ektiv va sub'ektiv hart-haroitlarini, ehtiyojning
individual, yoshga, jinsga oid va boshqa xususiyatlarini, xaridorlarga xizmat
ko’rsatishning psixologik omillarini aniqlaydigan soha. Savdo psixologiyasi savdo-
tijorat reklamalari, modalar psixologiyasi va shu kabi masalalarni tadqiq qiladi.
Ayniqsa, sotuvchi-xaridor munosabati, kishilarga ta'sir o’tkazish, ularda iliq his-
tuyg’u, ishonch uyg’onish mexanizmlari, mantiqan ularni muomala jarayonida
ishontirish, qiziqtirish, ijtimoiy ahamiyatini tushuntira bilish, nizomli holatlarning
oldini olish, xizmatda muloqot madaniyati va uning treninglaridan unumli
foydalanish, xaridorlarning psixologik xususiyatlarini anglagan holda munosabatda
bo’lish qonuniyatlarini tadqiq etish ham mazkur sohasining tekshiruv predmetiga
kiradi.
Ijodiyot psixologiyasi - badiiy qadriyatlarni o’zlashtirishda, ularning yangi
ko’rinishlarini ijod qilishda va shu qadriyatlar inson tomonidan idrok qilishda
kechadigan psixologik holatlarni hamda bu holatlarning shaxs hayoti, faoliyatiga
ta'sirini o’rganuvchi psixologiya sohasi. Ijod psixologiyasi bir tomondan
psixologizm ta'siri ostida, ikkinchi tomondan esa aksilpsixologizm iskanjasida
rivojlanadi. Psixologizm tarafdorlari badiiy asarlar yaratilishi individual ong
ta'sirida vujudga keladi, deb talqin qilishadi. Aksilpsixologizm bu asarlarga
sub'ektning psixik faolligining ta'sirini inkor qildi.
Hozirgi zamonda san'at asarlarining tarixiy jihatdan ularni ijodkorlarining
shaxsiy xususiyatlari birlamchi ekanligidan kelib chiqiladi. Zamonaviy san'at
psixologiyasi san'atkorlarning qobiliyatlarini asar yaratishda hissiy ko’rinishlarni,
shaxslararo munosabatlarni psixologik nuqtai nazardan o’rganadi. San'atda inson
ruhiy olamini amaliy jihatdan tekshirish, baholash, o’ziga xos jihatlarini guruhlash,
individual, guruhiy, jamoaviy ta'sir xususiyatlarini harhlash imkoniyati mavjud.
San'at psixologiyasi ijtimoiy tarbiya berishning psixologik mexanizmlari, yo’llari,
https://t.me/profayling_uz
qonunyatlari, metodlari kabilarni tadqiq etuvchi muhim sohalardan biridir.
Bugungi kunda uning quyidagi sohalari o’z tadqiqot predmeti va ob'ektiga egadir:
ijod psixologiyasi, san'at psixologiyasi, badiiy tarjima psixologiyasi, badiiy
ijodiyot psixologiyasi, xalq amaliy san'ati psixologiyasi, badiiy me'morlik
psixologiyasi kabilar.
Yosh psixologiyasi - shaxsning psixik rivojlanish qonuniyatlarini inson
tug’ilishidan to umrining oxirigacha bo’lgan davrni, ya'ni ontogenezni
o’rganadigan psixologiya sohasi. Yosh psixologiyasi bolalar psixologiyasi sifatida
XIX asrning oxirida vujudga kelgan bo’lib, u fan va texnika taraqqiyoti, jamiyat
talabiga
binoan
bolalar
psixologiyasi
taraqqiyotida
qo’llanilgan. Yosh
psixologiyasi hozirgi zamonda bolalar psixologiyasi, o’smirlik va o’spirinlik
psixologiyasi, yetuklik psixologiyasi, gerontopsixologiyadan iboratdir. U
insonning ontogenezda rivojlanish jarayonida psixik holatlarning kechishi, psixik
funksiyalarning roli, ularning o’zgarishi, harakatlantiruvchi kuchlar, mexanizmlar,
ta'sir o’tkazuvchi ob'ektiv va sub'ektiv faktorlar, taraqqiyot qonuniyatlarini tadqiq
qiladi. Yosh psixologiyasi umr q’tishi bilan psixologik farqlar, individual-
psixologik xususiyatlar o’rganishini o’rganadi, tadqiqotlarda madaniy, ijtimoiy-
tarixiy, milliy ta'sirni hisobga oladi. Shuning uchun yosh psixologiyasining
ob'ektlari o’ta murakkab bo’lib, taraqqiyotlar taraqqiyotini tekshirishni taqozo
qiladi. Jahon psixologiyasida to’plangan barcha nazariy materiallarga, shu
jumladan genetik modellashtirish (L.S.Vigotskiy) metodlariga, egizaklar metodiga
va shunga o’xshash o’ta murakkab jarayonlarning longityud (uzluksiz) uslubi
yordamida tekshirishga asoslanadi. Yosh psixologiyasining asosiy vazifalaridan
biri- bolani psixik rivojlanishining ijobiy shaklda tashkil etilishi, yosh davrlari
inqirozi bosqichlari, jarayonlari va paytlarida psixologik yordam ko’rsatish chora-
tadbirlarini
ishlab
chiqishdan
iboratdir.
Yosh
psixologiyasi
pedagogik
psixologiyaning ilmiy, amaliy, tajribaviy asosi bo’lib hisoblanadi, lekin boshqa
sohalari bilan ham uzviy alohida faoliyat ko’rsatadi, inson kamolotining o’ziga xos
xususiyatlari to’g’risida ijtimoiy ahamiyatga molik materiallar to’playdi.
Maxsus psixologiya - normal psixik rivojlanmagan tug’ma yoki keyinchalik
orttirilgan nuqsonlar, defektlar ta'siri ostidagi insonlarning psixologiyasini tadqiqot
qilish sohasi. Uning bir necha bo’limlari hukm suradi: patopsixologiya-rivojlanish
jarayonida psixikaning aynishi, miyadagi kasallikning turlicha kechishi,
psixikaning
tamoman
izdan
chiqishi
hollarini
o’rganuvchi
soha;
oligofrenopsixologiya-psixik rivojlanishning miyadagi tug’ma asoratlar bilan
bog’liq patologiyasi to’g’risida tadqiqot ishlarini olib boruvchi soha;
surdopsixologiya-quloq eshitishning butunlay kar bo’lib qolgunga qadar jiddiy
kamchiliklari, nuqsonlari bilan shug’ullanuvchi, bolani voyaga yetkazishning
omilkor yo’l-yo’riqlarini topuvchi, korrektsion-tuzatish ishlarini olib boruvchi
soha; tiflopsixologiya-chala ko’ruvchi va mutlaqo ko’zi ojiz odamlarning
psixologik rivojlanishini tadqiq qiluvchi soha. Maxsus psixologiyaning yana o’ziga
xos tor bo’limlari ham mavjud bo’lib, insonlarning kasalligi, nuqsoni, aql-idrok
darajasi, nutq faoliyati patologiyasiga binoan tadqiqot ishlari olib boriladi.
Qiyosiy psixologiya- psixologiyaning murakkab bo’limlaridan biri bo’lib,
psixikaning filogenetik holatlari va ularning shakllarini tadqiq qiladigan sohasi.
https://t.me/profayling_uz
Qiyosiy psixologiyada hayvonlar psixologiyasi odamlarniki bilan qiyoslanadi,
ularning xulq-atvoridagi o’xshashliklar va tafovutlar sabablari tekshiriladi,
harakatlantiruvchi kuchlar, ta'sir o’tkazuvchi vositalar, omillar aniqlanadi.
Zoopsixologiya qiyosiy psixologiyaning bo’limidan iborat bo’lib, u turli
guruhlarga, turlarga mansub hayvonlar, jonivorlar psixikasini, ularning xatti-
harakatlarini o’rganadi.
Etologiya-biologik va psixologik jabhalar qorishmasidan iborat bo’lib,
hayvonlarning xatti-harakatidagi tug’ma alomatlar, mexanizmlar insonniki bilan
umumiy negizga ega ekanligini o’rganuvchi soha.
Differentsial psixologiya-shaxslar o’rtasidagi tafovut va farqlarni hamda
guruh a'zolari orasidagi nomutanosibliklarning psixologik tomonlarini, ya'ni
psixologik farqlarini o’rganuvchi psixologiya sohasi. Differentsial psixologiyaga
F.Galton asos solgan bo’lib, u individual farqlarni statistik analiz qilish uchun bir
qancha usullar va asboblar yaratgan. Differentsial psixologiya terminini nemis
psixologi V. Shtern o’zining "Individual farqlar psixologiyasi" (1900 yil) asarida
ishlatgan. Differentsial psixologiyaning asosiy metodlaridan biri- testdir. Avval
individual testlar, keyinchalik esa guruhiy testlar qo’llanila boshlangan, ular asosan
aqliy rivojlanishdagi farqlarni o’rganishga qaratilgan bo’lib, muayyan vaqt
o’tgandan so’ng proektiv testlar ishlab chiqilgan. Mazkur testlar qiziqishdagi,
intilishdagi, hissiyotdagi tafovutlarni tekshirishga qaratilgandir. Testlarning faktor
analizi yoki intellektga oid ma'lumot beruvchi omillari o’rganilgan. Jahon
psixologiyasida eng keng yoyilgan nazariyadan biri - bu N.Spirmenning ikki
faktorli konsepsiyasidir. Bu nazariyaga binoan, har bir faoliyat uchun umumiy bitta
faktor mavjuddir, bundan tashqari, o’sha faoliyatga qaratilgan xususiy faktor ham
mavjud. Shu sohada oid yana bir nazariy L.Tyorston, Dj.Gilford va boshqalarning
multifaktorlik yondashuvidir. Mazkur nazariya umumiy faktor borligini inkor
qiladi, unda boshlang’ich aqliy qobiliyatlar asosiy o’ringa qo’yiladi.
Psixologiya inson qobiliyatlari genetik, biologik omillarga asoslangan,
degan g’oya mavjud bo’lib, ta'kidlanishicha, ular go’yoki nasldan naslga o’tadi.
Hozirgi zamon differentsial psixologiya diagnostika, prognostika metodlari
yordami bilan shaxslarni qobiliyati bo’yicha tanlashda ilmiy printsip va
qonuniyatlarga asoslanadi.
Psixofiziologiya-odamlarning individual psixologik va psixofiziologik
farqlarini tadqiq qiluvchi, psixikaning genetikasini o’rganuvchi psixologiya sohasi.
Xatto differentsial psixofiziologiya termini mavjud bo’lib, uni 1963 yilda
V.D.Nebilitsin tomonidan fanga kiritilgan. Psixofiziologiyaning ikkita asosiy
tadqiqot yondashuvi mavjud: a) mustaqil amaliy tadqiqotlarda olingan fiziologik
va psixologik natijalarni o’zaro solishtirish, qiyoslash; b) biron bir faoliyatda
fiziologik funksiyalar o’zgarishini o’rganish.
Ijtimoiy (sotsial) psixologiya-odamlarning ijtimoiy guruhlarga birlashishini,
bu guruhiy tavsifni, shaxsning guruhiy faoliyati va xulq-atvorini, ijtimoiy
psixologik qonuniyatlar, holatlar, hodisalar, ijtimoiy ustanovka kabilarni tadqiqot
qiluvchi psixologiya sohasi.
Qadimgi zamondan ijtimoiy psixologik voqelik falsafiy nuqtai nazardan
o’rganilib kelingan, lekin shaxs, guruh, jamoa munosabatlari qamrab olinmagan.
https://t.me/profayling_uz
Ijtimoiy psixologiya faniga asos bo’lib psixologiya, sotsiologiya, antropologiya,
etnografiya, krimonologiya, falsafa kabi fanlar xizmat qilib kelgan.
XIX asrning ikkinchi yarimida sotsial psixologiyani fan sifatida
rivojlantirishga ilk urinishlar boshlangan. Jahon jamoatchiligi tomonidan sotsial
psixologiya 1908 yildan e'tiboran alohida fan sifatida tan olingan. Bunga asos
bo’lib bir vaqtning o’zida angliyalik psixolog U.(V) Makdugall va amerikalik
sotsiolog E.Rosslarning tadqiqot natijalari xizmat qildi. Chunki bu ishlarda "sotsial
psixologiya" termini qo’llanilgan edi. Ulardan keyingi yillarda AQShda va boshqa
mamlakatlarda sotsial psixologiya muammolari yuzasidan tadqiqotlar o’tkazish
jarayoni keng yoyildi. Ayniqsa, AQSh da o’tkazilgan Kotornning tajribasi,
E.Meyoning izlanishlari sotsial psixologiya tarixida asosiy rol o’ynaydi. Bu
tadqiqotchilarning asosiy ob'ekti bo’lib kichik guruhlar xizmat qilgan, tajribalar
laboratoriya haroitida o’tkazilgan. Sotsial psixologiya fan sifatida muloqot,
muomala qonuniyatlari, shaxslararo munosabat, individual va guruhiy o’zaro ta'sir,
guruhlarning ichki va tashqi tuzilishi, ularning turlari, tasnifi, ommaviy holatlar va
boshqalarni tekshiradi. Sotsial psixologiya bir necha sohalarni o’z ichiga qamrab
oladi: din psixologiyasi, oila psixologiyasi, muomala psixologiyasi, kichik guruh
psixologiyasi, katta guruh psixologiyasi, modalar psixologiyasi, insonni inson
tomonidan idrok qilish psixologiyasi, etnopsixologiya va boshqalar.
Din psixologiyasi-psixologik va ijtimoiy psixologik omillarning diniy ong
bilan hartlanganligini, dinning insonga ta'sirini o’rganuvchi psixologiya sohasi.
Din psixologiyasi XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida vujudga kelgan bo’lib,
insonni ibodat qilishdagi, diniy an'analarni, rasm-rusumlarni bajarishdagi hissiyot
holatlarini o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Diniy psixologiyani
o’rganish quyidagi yo’nalishlarda amalga oshirilmoqda: a) umumiy nazariya: diniy
ong, uning tuzilishi, diniy hissiyot, dinning shaxs shakllanishidagi ahamiyati; b)
din psixologiyasi differentsiatsiyasi: ijtimoiy muhit va tarixiy davrdan shakllangan
ong va hissiyot tadqiqoti; v) diniy guruh psixologiyasi; g)diniy rasm-rusumlar
psixologiyasi; d) xurfikrlilik ta'limi psixologiyasi kabidir.
Siyosiy psixologiya-jamiyatning siyosiy hayotidagi psixologik xususiyatlar,
holatlar, qonuniyatlar, ta'sirchanlik va ta'sir o’tkazish jarayonlari kabi jabhalarni
tekshiruvchi psixologiya sohasi.
Oila psixologiyasi-oilaning psixologiyasini o’rganuvchi fanlararo tadqiqot
qilishga yo’nalgan psixologiya sohasi. Oila psixologiyasi oilaning psixologik
muammolarini o’rganadi, u oilaga ta'sir qiluvchi omillarni, oiladagi rollar
taqsimlanishi, er-xotin munosabati, shaxslararo munosabat, yosh xususiyatlari,
jinsiy tafovutlarga asoslanib muloqotga kirishish kabilarni o’rganadi. Oila
psixologiyasi tomonidan to’plangan materiallar oila mustahkamligini saqlash
uchun maslahatlar berishda, har bir sosiologik va psixologik dasturlar tuzishda
qo’llaniladi. Shuningdek, oila tiplari, tuzilishi, iyerarxiyasi, ularga ta'sir qiluvchi
ob'ektiv va sub'ektiv omillar ham mazkur sohaning tadqiqot predmetiga kiradi.
Boshqaruv psixologiyasi-jamiyatda faoliyat ko’rsatayotgan shaxslar,
guruhlar va jamoalar o’rtasidagi ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan nazorat,
basholash, munosabat qonuniyatlarini, rashbar faoliyati va xarakteri, qobiliyati
xususiyatlarini tadqiq qiladigan ijtimoiy psixologiyaning sohasi.
https://t.me/profayling_uz
Fan psixologiyasi- ilmiy tadqiqot o’tkazishning samaradorligini oshirish
uchun psixologik ta'sir omillarini o’rganuvchi psixologiya sohasi. Fan
psixologiyasi fanga oid boshqa sohalar bilan uzviy bog’liq bo’lib, ishlab
chiqarishda, ilmiy markazlarda ijtimoiy va individual xususiyatlarga ega bo’lgan
psixologik qonuniyatlarni tadqiq qiladi, insonning ijtimoiy qobiliyatlari, aqliy
imkoniyatlari hamda ulardan unum foydalanish omilarini tekshiradi. Kashfiyotlar
amalga oshirilishi negizlari, mexanizmlari, hart-haroitlari va unda inson omilining
roli kabi holatlarni o’rganadi.
Kompyuterlashtirish psixologiyasi- kompyuterning ishlab chiqarishdagi roli,
psixik aks ettirishga ta'siri, shaxs tuzilishining o’zgarishini o’rganuvchi
psixologiya sohasi. Mazkur soha kompyuter va inson o’rtasidagi dialogik
munosabatni ham tadqiqot qiladi, natijada "texnika-inson-texnika" o’zaro ta'siri
mexanizmini
tekshiradi
va
zarur
jabshalar
o’zaro ta'sirini aniqlaydi.
Kompyuterlashtirish inson psixologiyasida muayyan o’zgarishlarni yuzaga
keltiradi, sermashsul texnika yaratish tizimini tezlashtirishga muhim psixologik
asos yaratadi. Kompyuterlashtirishning bosh muammosi-uning insonga ta'sir
o’tkazish mexanizmlarini tadqiqot qilishdir.
Parapsixologiya-hozirgi
zamon
fanining
chegarasidan
tashqaridagi,
tushuntirish qiyin bo’lgan psixik hodisalarni o’rganadi.
Ekstrosensorika-o’ta sezuvchanlik, telepatiya-fikrni masofaga uzatish,
kelajakka bashorat qilish va hokazo. Parapsixologiyaga nisbatan qiziqish qadimdan
mavjud bo’lib, unga nisbatan ixlos to hozirgi kungacha kamaygani yo’q, gosho uni
psixotronika deb ham atashadi. Xiromantiya-qo’l kaftiga qarab fol ochish, inson
kelajagi va uning taqdiri haqidaoldindan bashorat qilishdan iborat noilmiy soha.
Spritizm-o’lgan odamlar arvohlari, ruhlari bilan aloqa o’rnatish mumkin, ular
hamisha barhayot va biz bilan muloqotga muhtoj g’oyani ilgari suruvchi
parapsixologiya sohasi.
Dostları ilə paylaş: |