*zbekiston respublikasi


 Inson psixikasining ilmiy-tadqiqot metodlari



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/47
tarix04.10.2022
ölçüsü1,24 Mb.
#64532
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   47
06. Umumiy psixologiya. (E.G.1) @profayling uz

3. Inson psixikasining ilmiy-tadqiqot metodlari 
Yaqin va uzoq chet el psixologiyasi fanida inson psixikasini tadqiqot qilish 
metodlarining turlicha klassifikasiyasi (tasnifi) berilgan. Umumiy psixologiya 
sohasi bo’yicha xilma-xil ilmiy asosga qurilgan nazariyalar mavjud bo’lib, 
ularning har qaysisi to’kislik va nuqsonli tomonlariga ega. quyida biz rus psixologi 
B.G.Ananev tavsiya qilgan klassifikasiyaga asoslangan holda metodlar 
xususiyatini yoritib beramiz. 
B.G. Ananev psixikani o’rganish metodlarining tashkiliy, empirik (amaliy), 
olingan natijalarni qayta ishlash yoki statistik hamda natijalarni harshlash deb 
nomlab, ularni to’rtta katta turkumga, guruhga ajratgan. Mazkur metodlar guruhi 
o’z navbatida uning maqsadi va vazifasiga binoan yana bir nechta toifa hamda 
turlarga bo’linadi. Navbatdagi fikrda ana shu metodlarning umumiy, xususiy va 
o’ziga xos xususiyatlariga hamda qiyosiy tavsifiga to’xtalamiz. 
Tadqiqot metodlarining birinchi guruhi tashkiliy deb nomlanib, u o’z ichiga 
qiyoslash, longityud (uzluksiz), kompleks (ko’pyoqlama) deb ataladigan turlarni 
qamrab oladi. qiyoslash metodi umumiy psixologiya (turli guruhlarni o’zaro 
solishtirish), sosial psixologiya (katta yoki kichik guruhlar hamda ularning har xil 
toifalarini o’zaro taqqoslash), medisina psixologiyasi (sog’lom va bemor 
kishilarning psixik xususiyatlarini qiyoslash, sport psixologiyasi (sportsmenlar 
holati, ularning uquvchanligi va ishchanligini o’zaro chog’ishtirish) kabi fanlarda 
unumli foydalaniladi. 
Umumiy psixologiyasi fanida qiyoslash metodi turli yoshdagi odamlarning 
bilish jarayonlari, shaxs xususiyatlari, bilimlarini o’zlashtirish xossalari, aqliy 
qobiliyati, saloshiyati, taraqqiyoti dinamikasi, shaxs jinsiy tafovutlari va o’ziga 
xosligi, individual-tipologik holatlarini o’rganishda tatbiq etiladi. Rus psixologlari 
L.S.Vigotskiy, 
P.P.Blonskiy, 
A.A.Smirnov, 
B.G.Ananev, 
D.B.Elkonin, 
P.Ya.Galperin singari olimlar va ularning shogirdlari tadqiqotlarida qiyoslash 
metodidan foydalanilgan. Keyingi yillarda xalq ta'limi va oliy ta'lim tizimida 
hamda ishlab chiqarishda XX asrning 70- yillaridan e'tiboran to Hozirgi davrgacha 
"inson omili" muammosining mushokamaga qo’yilishi, vaqt taqchilligi, ishchanlik 
imkoniyati, qobiliyati, psixologik moslik masalalarining aloshida ahamiyat kasb 
etishi mazkur metodni keng qo’lamda qo’llashni taqozo etmoqda. Bundan tashqari,
tajribada olingan miqdoriy ma'lumotlar ishonchlilik darajasini oshirish uchun ham 
iyoslash metodi ishlatiladi. Ayniqsa, sinaluvchilardagi o’zgarishlarni ko’ndalang 
kesim holatda olib qarash, tadqiqot bosqichini kesib, ya'ni vaqtincha to’xtatib, 
loshida tashlil qilish ushbu metodga borgan sari diqqat-e'tibor tobora ortib 
borayotganligidan dalolat beradi. Masalan, tajribaning birinchi bosqichining turli 
yoshdagi va jinsdagi odamlarga ta'sirini aniqlash va hokazolar shular 
jumlasidandir. 
Umumiy psixologiyada qiyoslash metodi bilan bir qatorda longityud 
(uzluksiz) metodi ham keng qo’lamda qo’llaniladi. Ushbu metodning boshqa 
metodlardan farqli tomoni shundan iboratki, uning yordamida bir yoki bir necha 


https://t.me/profayling_uz 
sinaluvchilar uzoq muddat, shatto o’n yillar davomida (A.Termenning 50 yillik 
uzluksiz tajribasi shozircha rekord shisoblanadi) tekshiriladi. Longityud metodidan 
AqShlik A.Termen, nemis psixologi V.Shtern, fransuz R.Zazzo va Sh.Byuler, rus 
psixologlari N.A.Menchinskaya, A.N.Gvozdev, N.S.Leytis, V.S.Muxina va 
boshqalar ko’p davrlardan beri unumli foydalanib keladilar. 
Mazkur metod orqali har xil jinsli egizaklar (Shasan-Shusan, Fotima-Zushra) 
yoki aralash jinsli (Shasan-Zushra, Fotima-Shusan) qo’shaloqlar kuzatilgan.
Shuning 
uchun 
bir 
talay 
tadqiqotlarning 
"ona 
kundaligi" 
(N.A.Menchinskaya, V.S.Muxina) deb nomlanishi bejiz emas. Uzoq muddat 
davomida muayyan bir shaxsni (kichik guruhni) kuzatish sinaluvchida yangitdan 
paydo bo’layotgan fazilatlarining taraqqiyot dinamikasi, uning xulq-atvoridagi 
illatlar (me'yordagi xatti-harakatdan chetga og’ish) va ularning oldini olish 
muammolari yuzasidan material yig’ish, shuningdek, murakkab psixologik 
munosabatlar, ichki bog’lanishlar, qonuniyatlar, mexanizmlar to’g’risida 
mukammal, ishonchli, barqaror ma'lumotlar to’plash imkonini yaratadi. 
Longityud metodi yordamida sub'ektiv omillarning o’ziga xosligidan 
tashqari, sinaluvchiga ob'ektiv (tabiiy) hart-haroitlarning, ijtimoiy psixologik 
mushitning ta'siri ham o’rganiladi. Chunonchi, egizaklarning o’zaro o’xshashligi 
va ularning tafovutlanishi, ta'sirlanishi, shis-tuyg’ularining o’zgarishi, shaxslar 
o’rtasidagi individual farqlar (ishchanligi, temperamenti, oliy nerv faoliyati 
sistemasi va hokazolar) yuzasidan olingan ma'lumotlar longityud metodining 
harofati bilan ro’yobga chiqadi. 
XXasrning ikkinchi yarmida XXI asrning boshlarida fan va texnikaning 
taraqqiyoti psixologik tekshirishlarning ilmiylik darajasini yanada oshirish uchun 
(sub'ektiv omillar ta'sirini kamaytirish maqsadida) kompleks programma asosida 
boshqa fanlar (medisina, fizika, fiziologiya, biologiya, sosiologiya, kibernetika, 
statistika, filosofiya, logika) bilan birgalikda tadqiqot ishlarini olib borishni taqozo 
qilmoqda. Bu voqelik fan olamida integrasiya (qo’shilish, uyushish) jarayoni yuz 
berayotganligi ko’rsatkichi ifodasidir. Amaliy xususiyatga molik ilmiy-tekshirish 
ana shu ko’pqirrali (kompleks) yondashishni talab etmoqda. Psixologiya sohalari 
(psixofiziologiya, kosmos, tibbiyot psixologiyasi, mushandislik yoki aviasion 
psixologiya) o’rtasida esa tadqiqot ob'ektiga tizimli yondashish prinsipi amalga 
oshirilmoqda. Ushbu ijtimoiy psixologik voqelik sohalar diffensiyasidan 
(ajralishidan) dalolat bermoqda. Kompleks metod yordamida o’rganilayotgan 
ob'ektdagi o’zgarishlar turli sohaviy nuqtai nazaridan tashlil qilinadi yoki ularga 
har xil yondashiladi. Masalan, shaxsning muayyan bilimlarni egallash xususiyati 
psixologik 
jishatdan 
tekshirilayotgan 
bo’linsa, 
kompleks 
(ko’pyoqlama) 
yondashish ta'sirida ana shu o’zgartirishning falsafiy, mantiqiy, fiziologik, ijtimoiy, 
biologik xususiyatlari ochib beriladi. Aytaylik, keksayishning biologik omillarini 
o’rganish qari kishidagi psixologik, fiziologik,mantiqiy jishatlarining ochilishiga 
xizmat qiladi. Kompleks (ko’pqirrali) programma (dastur) yordamida amalga 
oshirilgan tadqiqotning natijasi ilmshunoslik uchun muhim ahamiyatga molik 
bo’lib, insonshunoslik muammolarini shal qilishda ham aloshida ijobiy rol 
o’ynashiga shak -shubsha yo’q. 


https://t.me/profayling_uz 
Ilmiy-tadqiqot metodlarining ikkinchi guruhi amaliy (empirik) metodlar 
majmuasidan iborat bo’lib, uning tarkibiga kuzatish (o’zini o’zi kuzatish), 
eksperiment (tabiiy, laboratoriya), test (sinash), anketa (varaqa), so’rov, 
sosiometriya, sushbat, intervyu, faoliyat jarayoni va mashsulini tashlil qilish, 
tarjimai shol (biografiya),-shaxsiy guvoshnoma, shujjat, turmush faoliyati 
voqealarini tashlillash kabilar kiradi. Amaliy metodlar sinash, tekshirish, diagnos 
(tashxis) va prognoz (bashorat) qilish vazifalarini bajaradi. Insonning tug’ilishidan 
tortib to umrining oxirigacha davr oralig’ida sodir bo’ladigan psixologik 
o’zgarishlarni chuqurroq, ob'ektiv ravishda tadqiq etish uchun navbati bilan amaliy 
(empirik) metodlar guruhidan foydalanish samarali natija beradi. Chunki bir metod 
ikkinchisini to’ldirishga xizmat qiladi. Ilmiy-tadqiqot metodlarining uchinchi 
guruhi olingan natijalarni qayta ishlashga mo’ljallangan bo’lib, statistik (miqdor) 
va psixologik sifat tashlili turlarga ajratiladi. Psixologik-pedagogik tadqiqotlarda 
ko’pincha quyidagi statistik metodlardan foydalaniladi. 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin