Ўzbekiston respublikasi



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə23/39
tarix12.04.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#96654
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39
Umumiy psixologiya. G\'oziyev. 2-kitob

VII BOB
XOTIRA


1. Xotira shaqida umumiy tushuncha.
Psixologik manbalarda ko’rsatilishicha, psixikaning eng mushim xususiyati shundan iboratki, inson tashqi ta'sirotlarning aks ettirilishidan o’zining keyingi faoliyatida, xatti-sharakatlarida doimo foydalanadi va ijodiy yondashuvi natijasida ba'zi bir o’zgarishlar kiritadi. Insonda shaxsiy tajriba, ko’nikma, malaka va bilim ko’lami orta borishi shisobiga faoliyat shamda xulq-atvor tobora murakkablashib, yangi mazmun, yangi sifat kasb eta boshlaydi. Ma'lumki, agar tashqi olamning bosh miya katta yarim sharlari qobiqida xosil bo’ladigan obrazlari, timsollari va ularning izlari yo’qolib ketaversa, tajribaning saqlanishi, bilimlarning boyishi, murakkablashishi, muayyan tartibga kelishi, qaytatdan jonlanishi mutloqo mumkin bo’lmas edi.
Modomiki shunday ekan, mazkur obrazlar bir-biri bilan o’zaro uzviy boqlanib, asta-sekin mustashkamlanib, miya qobiqida puxta saqlanib qoladi, shu bilan birga, shayot va faoliyatning muayyan talablariga muvofiq ravishda qaytatdan jonlanadi, avvalgi sholatini boshqatdan namoyon qiladi.
Shozirgi davrda qo’llanib kelinayotgan adabiyotlarda xotiraga mana bunday tarzda ta'rif berilib kelinmoqda:
"Individning o’z tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi". Lekin bu ta'rifda xotiraga taaluqli bo’lgan juda ko’p sifatlar, xossalar va xususiyatlaro’z aksini topmagan, shuning uchun uni mukammal, ixcham, pishiq ifodalangan deyishga shech qanday shaq shuquqimiz yo’q. Ushbu qiyin sholatdan chiqishning birdan bir yo’li, bizningcha unga mana bunday tarzda ta'rif berishdan iborat: "Xotira atrof mushitdagi voqelik (narsa)ni bevosita va bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda, passiv va aktiv (faol) sholda reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik yo’l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esda saqlash, qaytatdan esga tushirish, unitish shamda tanish, eslashdan iborat rushiy jarayon aloshida va umumiy nomoyon qiluvchi shodisa, barcha taasurotlarni ijodiy qayta ishlashga yo’naltirilgan mnemik (yunoncha mnema-xotira) faoliyatdir". Shuni qat'iy ishonch bilan aytish mumkinki, berilgan ta'rif xotiraning murakkab, keng qamrovli jishatlarini to’la ta'kidlash imkoniyatiga ega. Lekin bu narsa mutlaq darajada mukammallik da'vo qilish degan ibora emas, chunki unda ob'ektivlik (tashqi) va sub'ektivlik (ichki) yuzasidan ma'lumot aks ettirilmadi. Umuman olib qaraganda esa, bu narsaga xojat sham, imkoniyat sham yo’qdir.
Ta'rifda xotiraning esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish, unitish, tanish, eslash kabi asosiy jarayonlari aloshida ajratib ko’rsatilgan, lekin ularning shar biri mustaqil sholat va jarayon shisoblanmaydi. Chunki ular muayyan faoliyat davomida, xosh bilish, xosh mnemik xolat bo’lishidan qat'iy nazar va o’sha faoliyat tuzilishi, moxiyati va mazmuni bilan belgilanadi. Shuning uchun inson tomonidan muayyan bir materialni esda olib qolish, esda saqlash, eaga tushirish uning individual (yakkashol) tajriba ko’lami, bilim saviyasi va aql-zakovati darajasiga boqliq. Chunki esda olib qolingan narsa va xodisalarni keyinchalik qo’llash uchun esga tushirish taqazo etiladi; bu mnemik faoliyatni talab qiladi.
O’zlashtirilgan materiallarning ushbu faoliyat doirasidan chiqib ketishi esa uning unitilishiga olib keladi. Materialni esda saqlash uchun shaxs faoliyatida qanday aks etishiga boqliqdir.
Ana shuning uchun shar xil sholatlarda odamning bilish faoliyati, xulq-atvori shayotiy tajribasi va madaniy malakasi bilan belgilanadi. Lekin qarama-qarshi nuqtai nazarlar sham mavjud; ular o’zaro mezonlari shamda sharxlari bilan tafovutlanadilar.
Shunday qilib xotira shaxs rushiy faoliyatining eng muxim tarkibiy qismlaridan biri bo’lib shisoblanadi. Shuni aloshida ta'kidlash kerakki, xotiraning bosh roli o’tmishda yuz bergan narsa va xodisalarni aks ettirish bilan cheklanib qolmasdan, balki sham shoxirga, sham kelgusida amalga oshirish rejalashtirilgan voqelikning ro’yobga chiqishini ta'minlaydi. Tabiatda va jamiyatda nomoyon bo’ladigan shar qanday toifadagi rushiy xodisa o’zining tarkibiga kiruvchi shar bir qismni muayyan tartibda o’zaro boqlangan tarzda saqlash qolinishini talab etadi. Turli ko’rinishga ega bo’lgan "boqlanish"ga imkoniyat yoki shart-sharoit vujudga kelmasa, u sholda rivojlanish tog’risida so’z sham bo’lishi mumkin emas, chunki, I. M. Sechenov iborasi bilan aytganda, kishi "chaqaloqlik xolatida"mangu qolib ketgan bo’lur eda.
Psixologik ilmiy adabiyotlarda ko’p marotaba ta'kidlanishiga binoan, xotira barcha rushiy jarayonlarning eng mushim tasnifi bo’dlishi bilan bir qatorda, inson shaxsining birligi va yaxlitligi, biologik va ijtimoiylik nisbatini ta'minlab turadi. Ularning o’ziga xos xususiyatlari, xossalari, mexanizmlari tog’risida muayyan tartibda ma'lumot berish imkoniyatiga ega.
Xotira psixologiya fanining chuqur tadqiq qilingan jarayonlaridan biri bo’lib shisoblansa-da, lekin fan va texnikaning taraqqiyoti ko’p jixatdan xotira muammolarining o’rganilishiga boqliqdir. Shuning uchun uning qonuniyatlarini ochish, "aqlli" va "sun'iy intellekt"li mashinalar maxsuldorligini oshirish, sifat darajasini ko’tarish uchun xizmat qiladi. Shozirgi davrda olib borilayotgan ilmiy-tekshirish ishlari esda olib qolish, esga tushirish mexanizmlari va kognitivistik nazariyalarga baqishlangan. Lekin jashon psixologiya fanida assosianizm, geshtaltizm, bixeviorizm, freydizm kabi ko’plab yo’nalishlar mavjud bo’lishiga qaramasdan, bugun xotiraning yagona va tugallangan nazariyasi ishlab chiqilmagan. Ilmiy-nazariy xususiyatlarga ega bo’lgan, faraz tarzdagi nazariyalar va qarashlarning xaddan tashqari ko’pligi kibernetika, tajriba va genetik biologiya, biokimyo, fiziologiya, tibbiyot nuqtai nazaridan yondashganligi bilan tasniflanadi. Bu narsaning barchasi xotirani o’rganishning psixologik, neyrofiziologik va biokimyoviy bosqichlari mavjudligidan dalolat beradi.
Xotirani o’rganishning xar uchchala darajasi ichidan uning psixologik darajasi tadqiq qilinishi o’zining boy materiallari bilan boshqalaridan sezilarli ustunlikka ega bo’lib, psixologiya fanida xilma xil yo’nalishlar va nazariyalar ishlab chiqilganligi shamda original (mustaqil ravishda, boshqalarga o’xshamaydigan) innovasion (yangi, dolzarb) qoyalar ilgari surilganligi ma'lumdir. Bu nazariyalar negizida (moshiyatida) xotira jarayonlarining shakllanishiga sub'ekt (inson)ning faolligi qanday ashamiyatga egaligi va bunday faollikning mexanizmi (yuzaga kelishi) qanday ro’yobga chiqishi tog’risidagi muammolarni tasniflash va basholash yotadi.
Xotiraga oid atamalar va ularning sharshi.
1. Mnema (yunoncha mnema-xotira) mnema; xotiraning o’ziga xos moddiy asoslarini belgilash uchun ishlatiladigan atama, I. P. Pavlov ta'limotiga ko’ra, xotiraning moddiy asosi bosh miya qobiqida shosil bo’lgan muvvaqqat asab boqlanishlaridir. Shuningdek, boqlanishlarning shosil bo’lishi, ularning mustashkamlanishi va keyinchalik jonlanishi yoki faollashuvidir.
2. Mnemometr-mnemometr; xotira soshasidagi tajribaviy ilmiy tekshishishlarda esda qoldirilishi zarur bo’lgan so’z, sharf, son shamda tasvirlarni qat'iy ma'lum vaqt oraligida avtomatik ravishda ko’rsatish uchun qo’llaniladigan mexanik yoki elektr apparati.
3. Mnemonika-mnemonika; esda qoldirishni yengillashtirish maqsadida sun'iy ravishda maxsus chizmalari, shartli belgilar tariqasida qo’llaniladigan usullar yiqindisi. Mnemomika ko’proq assosiativ (o’xshashlik, yondoshlik va qarama-qarshilik) qonunlariga asoslangan bo’lib, faqat o’zaro boqlangan ma'lumot va materiallarni esda qoldirish uchun qo’llaniladigan yordamchi usullar yiqindisi.
4. Amneziya (yunon. a-inkor yuklama, mnema-xotira amneziya; xotira faoliyatining qisman buzilishi yoki to’liq yo’qolishidan iborat rushiy nuqson.
Amneziya ( xotira nuqsoni) sholatida kishi ba'zan shatto o’z ismi sharifini unutib qo’yishi sham mumkin. Amneziya sholati turli kasallikdir (mas. meningit) yoki bosh miya qobiqining zararlanishi natijasida sodir bo’ladi.
5. Assosiasyai (lat. associstio-birlashish, qo’shilish) birlashish, uyushish ongimizdagi avvalgi turmush tajribalari bilan belgilanadigan tasavvurlar boqlanishi, shu boqlanishlar tufayli ongimizda paydo bo’ladigan muayyan tasavvurlar o’xshashlik, yondoshlik va qarama-qarshilik belgilariga ko’ra, shunga boqliq bo’lgan boshqa tasavvurlarni shosil qiladi. Masalan, "besh karra besh" degan iborani idrok qilganimizda, bosh miya qobiqida shunday bir vazifalar boqlanish shosil bo’ladiki, natijada biz "yigirma besh" degan miqdorni eslaymiz. Rushiy uyushmalar tashqi ta'surotlar tufayli shosil bo’lib, voqelikdagi narsa va shodisalarning yaqqol boqlanishlarini aks ettiradi. Inson rushiy shayotida ularning ashamiyati katta; bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish o’sha uyushmalarga asoslanadi. Ularning fiziologik asoslari bosh miya yarim sharlari qobiqidagi muvaqqat asab boqlanishlaridir.
6. Reminstensiya (lat. remininiscen sal-pal eslash) reministensiya; zarur paytda esga tushmagan yoki avval unitilgan deb shisoblangan materiallarning keyinchalik esga tushishidan iborat xotira jarayoni; vaqtinchalik unitish. Renimistensiyaning sababi asab tizimining charchashi, zasharlanish yoki shaxsning kuchli xayajonlanishi va xakazolardan kelib chiqishi mumkin.
7. Eydetizm (yunon. eidos obraz) eydetizm; avval idrok qilingan narsa va shodisalarning obrazlarini (timsollarini, tasvirlarini) ongda aniq, to’liq va yorqin sholda uzoq vaqt saqlab qola olish qobiliyatida ifodalaydigan rushiy shodisa. Narsalarning tasvirlaridan deyarli farq qilmaydigan tasavvur sifatida.
8. Paramneziya (yunon. para oldida, yonida, mnesis eslash)-paramneziya; sodir bo’layotgan voqelikning qachonlardir boshdan kechirilgandek bo’lib tuyulishidan iborat xotira kasalligi; yolqon esdaliklar yoki xotiraning aks etishi (illyuziyasi).
9. Proaktiv tormozlanish (lat. pro olqa, activus faol); avvalgi faoliyatning undan keyingi materiallarni esda qoldirish yoki esga tushirishga salbiy ta'sir ko’rsatishdan iborat xotira qonuni. Proaktiv tormozlanishning fiziologik asosi asab jarayonlari ya'ni qo’zqalish va tormozlanish o’rtasidagi induksion (lat. inductin-keltirib chiqaruvchi) munosabatdir.
10. Retroaktiv tormozlanish (lat. retro qaytadan, orqaga, activusfaol, sharakatchan); muayyan materialni esla qoldirish yoki esga tushirish jarayoniga undan keyingi faoliyatning salbiy ta'siri. Retroaktiv tormozlanish oldingi faoliyatga o’xshash materiallardan birontasini esda qoldirish yoki esga tushirishda ayniqsa yaqqol ko’rinib, uning fiziologik sababi asab jarayonlarining salbiy induksiyasidir (keltirib chiqaruvchisidir).
11. Induksiya (lat. inductio-keltirib chiqarish)-induksiya; juz'iy, xususiy, yakka shollardan umumiylikka o’tish jarayonidir. Asab jarayonlarining induksiyasi-oliy asab faoliyatining qo’zqalish va tormozlanish jarayonlari o’rtasidagi o’zaro munosabat; markaziy asab tizimida qo’zqalish paydo bo’lsa, u boshqa markazlarda tormozlanishni keltirib chiqaradi yoki aksincha.
12. Retrograd amneziya (lat. retrogradis orqaga ketuvchi, a-inkor yuklamasi, mnema-xotira); Ilgari yuz bergan voqea va xodisalarni esda saqlashdan iborat shozir sodir bo’lgan voqea va shodisalarni unitishdan iborat xotiraning kasallanishi yoki shikastlanishi (nuqsoni). Xotiraning tiklanishi esa unitish jarayoniga teskari ravishda ro’y beradi; keyinchalik unitilgan oldin, oldin unitilganlar, keyin esga tushuriladi.
13. Reproduksiya (lat. re- qaytatdan, pradicjo esga tushirish)-reproduksiya; ongda mavjud narsalarni qayta tiklash yoki esga tushirishdan iborat xotira jarayoni.
14. Retenziya (lat. -retecio tutib turish)-retensiya; xotiraning idrok qilingan narsa va xodisalarni saqlab qolish vazifasi (funksiyasi).
15. Letargiya (yunon. letargia-unitish, esdan chiqarish); soatlab, bir necha kunlab, shatto, ba'zan oylab davom etadigan rushiy kasallikdagi uyqu.
Letargiya sholatida insonning nafas olishi, tomir urishi deyarli bilinmaydi, tana qismlari sharakatsiz, faoliyatsiz, sust bo’lib qoladi.
16. Obraz xotirasi - yavvol mazmunni, ya'ni narsa va xodisalarning aniq obrazlarini, ularning yorqin xususiyati va boqlanishlarini esda qoldirish, mustashkamlash, shamda esga tushurishdan iborat xotira turi. Obraz xotirasi analizatorlarning (tashqi va ichki mushitdan keladigan taasurotlarni qabul qilib, fiziologik jarayon shisoblangan qo’zqalishni rushiy jarayonga aylantiruvchi asab mexanizmlari tizimi) nomiga ko’ra qo’rquv, eshituv, ter sezgisi kabi turlaga bo’linadi. Obraz xotirasining aloshida bir turi editizm shisoblanidi.
Masalan, biz ilgari o’zimiz ko’rgan qo’shiqchining obrazini, u ijro etgan kuyning va ashulani, unnig ashulla paytidagi ifodali sharakatlarini va turli qo’zqatuvchilarni shosil qilgan boshqa taasurotlarni esimizda saqlaymiz.
17. Sharakat xotirasi-turli sharakatlarni, ularning bajarililish tartibi, tezligi, sur'ati, izchilligi va boshqa sifatlarini esda qoldirish, mustashkamlash shamda esga tushurishdan iborat turi. Sharakatni esga tushirish shu sharakatni bevosita bajarish yoki tasavvur qilish orqali sodir bo’ladi.
Sharakat xotirasi meshnat, o’quv, maishiy xizmat ishlari, sport va boshqa turdagi malakalarning tarkib topishi shamda bajarilishida mushim ashamiyatga egadir. O’z gavdasining shatta-sharakatlarini esda saqlab qolish inson shayotida mushim ashamiyat kasb etadi, bunday eslab qolishning asosida sharakat shakli, tezligi, izchilligi, ularning ritmi va shokazolar tog’risdagi muskul sharakat tasavvurlari yotadi.
18. Mantiq xotirasi-ma'lum qoyalar, fikrlar, shamda ular o’rtasidagi mantiqiy boqlanishlarni esda qoldirish, mustashkamlash va zarur paytlarda esga tushirishdan iborat bo’lgan xotira turi. Masalan, falsafiy mushoxadalar, qonuniyatlar va shu kabilarning esda qoldirish, mustashkamlash va qayota tiklash jarayonlaridir. So’zlar (verbal) orqali ifodalangan fikrlar so’z mantiq xotirasi yordamida esda olib qolinadi.
O’quvchilar va talabalar o’zlari o’rganadigan, o’zlashtiradigan, xodisalarning moshiyatini aks ettiruvchi tushunchalarni egallash, ular to’qorisida xukm va xulosalar chiqarish jarayonida xotiraning shuddi mana shu turiga suyanib ish ko’radilar. Badiiy va ilmiy adabiyotlar matnlarini esda olib qolish va esga tushirish asosida mazkur xotira turi yotadi. Bunday fikrlar xuddi kitobdagidek so’zma-so’z shaklda sham, shuningdek fikrning so’z ifodasi aniq saqlanmagan sholda esda olib qolish va esga tushurilishi mumkin.
19. Shis-tuyqu (emosional) xotirasi-voqelikdagi narsa va xodisalardan, o’z-o’zimiga bo’lgan munosabatlarimizdan kelib chiqadigan yoqimli shamda yoqimsiz kechinmalarni esda qoldirish va esga tushurishdan iborat xotira turi. Xis-tuyqu yoki shissiy xotira-odamlarning ilgari o’z boshidan kechirgan xis-tuyqularni shissiy sholatlarini esda olib qolishdir. Chunonchi, qachonlardir, biron ulkan va murakkab ishni amalga oshirgan paytingizda yoki musobaqa qolibi bo’lganingizda va shu kabi boshqa sholatlarda sizda jo’sh urgan quvonch yoxud iftifor shissi oradan ancha vaqt o’tgandan keyin sham xotirada tiklanish mumkin. Imtixon paytida qoniqarsiz javob qaytargan yoki notog’ri nojo’ya xatti-xarakat tufayli qattiq shijolat chekib, uyalgan bo’lsangiz, siz uni vaqt esdan chiqarmasligingiz mumkin.
20. Mexanik (grek, ongga yo’naltirilmagan) xotira-muayyan materialni uning mazmuni, moshiyati, ichki mantiqiy boqlanishlariga tushunmagan sholda, faqat mushim bo’lmagan tashqi belgilariga asoslanib esda qoldirish, mustashkamlash va esga tushurishdan iborat xotira turi.
21. Musiqa xotirasi-avval idrok qilingan musiqa obrazlarini esda qoldirish, mustashkamlash va keyinchalik ularni qayta esga tushirishdan iborat xotira turi.
22. Kasbiy xotira- bevosita o’z kasbiga doir narsa va shodisalarni, fikr, muloshaza, shissiyot, sharakatlarni esda qoldirish, mustashkamlash va esga tushirishdan iborat shotira turi. Masalan o’qituvchi talaba shamda o’quvchilarningpsixik xususiyatlarini, o’z faniga oid qoida va qonuniyatlarini; davlat avtomobil nazorati xodimlari ko’proq avtomashinalarning raqamlari va tuslarini; sportchi o’z soxasiga taalluqli xatti-sharakatlar, musobaqalar ko’rigini, shamkasabalarini esda qoldirish va esda qoldirish va esga tushirishga moyildirlar.
23. Fenomenal (gr. -noyob) xotira-idrok qilingan narsa va shodisalarni, ularning boglanishi munosabatlarini favqulodda tez shamda aniq esda qoldirish va esga tushirishga qaratilgan nodir qobiliyati.
24 . Eshitish xotirasi-tovush qo’zgatuvchilarini sezish, idrok qilish natijasida shosil bo’lgan eshitish obrazlarini esda qoldirish, mustashkamlash va esga tushirishdan iborat xotira turi. Eshitish xotirasi asosan ko’zi ojiz kishilarga va musiqachilarda kuchli rivojlangan bo’ladi.
25. Esda qoldirish-idrok qilingan materiallarni, narsa va xodisalarni ongimizda qoldirishdan iborat xotira jarayoni.
26. Ixtiyorsiz esda qoldirish-idrok qilingan narsa va shodisalarni, ularning ayrim belgilari va xususiyatlarini, ular shaqidagi fikr shamda tushunchalarni oldindan aniq maqsad qo’ymagan sholda esda qoldirishdan iborat xotira jarayoni. I. P. Pavlovning fikricha, ixtiyorsiz esda qoldirish bosh miya yarim sharlari qobiqining ma'lum darajada tormozlangan uchastkalari orqali ro’y beradi. Shuning sham ixtiyorsiz esda qoldirilgan narsalarni biz keyin payqab qolamiz.
27. Ixtiyoriy esda qoldirish-idrok materialini maqsadga muvofiq, uning mushimligini anglangan sholda, irodaviy va asabiy kuch sarflab esda qoldirishdan iborat xotira jarayoni.
28. Ma'nosiga tushunmay (mexanik) esda qoldirish-muayyan materialni uning mazmuniga, moshiyatiga tushunmasdan, quruq yodlash asosida esda qoldirish.
Unday esda qoldirishning asosiy sharti materialning ko’p marta takrorlanishidir. Bunday esda qoldirish ko’pincha boqcha yoshidagi va kichik maktab yoshidagi bolalarga xosdir.
29. Mantiqiy esda qoldirish-materialning ma'nosiga tushunib, uning aloshida qismlari o’rtasida mantiqiy boqlanishlar shosil qilgan sholda esda qoldirishdan iborat xotira jarayoni. Mantiqiy esda qoldirish esda qoldirishning eng tejamli shamda mashsuldor turidir.
30. Esda qoldirish tezligi-shaxsning muayyan materialni idrok qilish bilan esda qoldirish o’rtasidagi vaqt birligi bilan belgilanadigan yakkashol (individual) xotira xususiyati. Esda qoldirish tezligi shaxsning qiziqishiga, qobiliyatiga va iste'dodiga, bilim darajasiga, yoshiga va boshqa uning yakkashol, betakror xususiyatlariga boqliq.
31. Tezkor (operativ. lat. operativ-tezkor) xotira inson tomonidan bevosita amalga oshiriladigan ko’z sharakatlari, aqliy sharakatlar uchun xizmat qiluvchi xotira jarayonidan iboratdir. Masalan, mamavzutik amalni bajarishga kirishar ekanmiz biz uni bo’laklarga ajratib bajarishga kirishamiz; oraliq natijalarini esimizda saqlab turamiz: faoliyatimiz nishoyasiga yaqinlashgan sari ayrim materiallar esdan chiqa boshlaydi. Bunday sholatni matnni o’qishda, uni ko’chirib yozishda, murakkabroq aqliy meshnatni amalga oshirishda kuzatish mumkin. Mazkur ko’z tez ilqovchi birliklarning(bo’laklarning) shajmi yoki bu faoliyatni muvaffaqiyatli yakunlanishi uchun ta'sir qiladi.
Xotiraning ko’z tez ilqovchi birliklarining vujudga kelishida mana shu qismlarning ashamiyati kattadir.
32. qisqa muddatli xotira-bir marta, shuningdek, qisqa vaqt oraliqida idrok qilish shamda shu kezdayoq qayta tiklashdan iborat bo’lib, qisqa muddatli esda olib qolish bilan tavsiflanadi. Axboratning saqlanishi 30 sekundgacha bo’lishi mumkin.
33. Uzoq muddatli xotira- ko’p martalab takrorlash va qayta tiklashlar orqali uzoq vaqt, muddat esda olib qolishga mo’ljallangan xotira turi.



Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin