IKKINChI BO’LIM
ShAXS
V BOB
ShAXS TO’G’RISIDA UMUMIY TUShUNChA
63
1. Umumiy tushuncha
Psixologiya fanida inson zotiga xoslik masalasi individ (lotincha individ
ajralmas, aloshida zot degan ma'no anglatadi), shaxs, individuallik (yakkashollik)
tushunchalari orqali aks ettiriladi. Katta yoshdagi ruhiy sog’lom (esi-shushi joyida)
odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo’q, oddiy malakalarni o’zlashtira olmaydigan
aqli zaiflar ham individlar deb ataladi. Biroq bulardan birinchisinigina shaxs deb
atash an'ana tusiga kirib qolgan, chunki o’sha zotgina ijtimoiy mavjudod, ijtimoiy
munosabatlar mashsuli, ijtimoiy taraqqiyotning faol qatnashchisi bo’la oladi.
Individ sifatida yorug’ dunyoga kelgan odam ijtimoiy mushit ta'sirida
keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy
xususiyatga egadir. Ilk bolalik chog’idanoq individ muayyan ijtimoiy munosabatlar
tizimi doirasiga tortiladi, bunday shaxslararo munosabatlar tarzi tarixiy
shakllangan bo’lib, u yoshligidanoq shu tayyor (ajdodlar yaratgan) ijtimoiy
munosabat, muomala, muloqot tizimi bilan tanisha boradi. Ijtimoiy qurshov (oila
a'zolari, mashalla ashli, jamoatchilik, ishlab chiqarish jamoasi), ijtimoiy guruh
ichida (kishilarning og’ushida, ularning qalb to’risida) odamning bundan keyingi
rivojlanishi uni shaxs sifatida shakllantiruvchi, uning ongi va irodasining
xususiyatlariga mutlaqo bog’liq bo’lmagan har xil xususiyatli munosabatlar
majmuasini vujudga keltiradi. Jahon psixologiyasi fanida onda-sonda uchrab
turadigan shaxsni ijtimoiy mushitning sust mashsuli deb tushuntirish va unda
faollikni inkor etish o’ta bashsli fikrdir. Shuni aloshida ta'kidlab o’tish kerakki,
shaxsning ijtimoiy tajribani o’zlashtirish jarayoni odamning o’zicha amalga
oshirayotgan faoliyatiga va uning bilan qanday maqsad ko’zlayotganiga nisbatan
munosabatini aks ettiruvchi ruhiy dunyosi orqali namoyon bo’ladi. Odatda faollik
shaxsga xos xulq-atvor, faoliyat, muomala motivlarida, ustanovkalarida, amaliy
ko’nikmalarida ko’zga tashlanadi. Boshqacha so’z bilan aytganda, faollik
shaxsning atrof-mushitdagi voqelikni egallashga intilgan sa'i-harakatlarda vujudga
keladi. Shaxsning faolligi uning o’z istiqboli uchun yo’l-yo’riq tanlashda, uni
o’zlashtirishda, shayotda o’z mavqei va o’rnini topishda gavdalanadi.
Bir xil turmush haroitlari shaxs faolligining turli shakllarini yaratish hamda
har xil shayotiy vaziyatni vujudga keltirish imkoniyatiga ega. shayotda biron bir
tanbesh berishning o’zi kimgadir ruhiy shisni uyg’otsa, boshqa birining sirtiga ham
yuqmasligi uchraydi. Shunday qilib, odamga ta'sir qiluvchi barcha tashqi
qo’zg’atuvchilar ijtimoiy hart-haroitlarga, faoliyatning ichki tarbiyaviy qismlari
(tomonlari, jishatlari, jabshalari, tarkiblari) tuzilishi yig’indisi bilan boyitilishi
evaziga shaxs degan tushuncha shosil bo’ladi.
Shaxsning eng muhim xususiyatli jishatlaridan biri - bu uning
individualligidir, ya'ni yakkasholligidir. Individuallik deganda, insonning shaxsiy
psixologik xususiyatlarining betakror birikmasi tushuniladi. Individuallik tarkibiga
xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, shukmron
xususiyatlar yig’indisi, iroda, faoliyatlar motivlari, inson maslagi, dunyoqarashi,
iqtidori, har xil shakldagi reaksiyalar, qobiliyatlari va shu kabilar kiradi. Psixik
64
xususiyatlarning birikmasini aynan o’xshash tarzda aks ettiruvchi inson mavjud
emas.
Masalan, yaqin odamdan ayrilganligi qayg’u-alam, uning bilan birga esa
shayotda tiklab bo’lmovchi va boshqalarda takrorlanuvchi fazilatlar murakkab
voqelikning mangulikka yo’nalishi bilan izoshlash mumkin. Shaxs o’zining qadr-
qimmati va nuqsonlari bilan ijtimoiy turmushda faol ishtirok qilishi, ta'lim va
tarbiya yordamida yuzaga kelgan o’zining kuchli va kuchsiz jishatlari bilan yaqqol,
betakror oliy zotdir.
Odam jamiyatda turli guruhlar faoliyatida qatnahar ekan, ko’pincha, ularda
har xil vazifalarni (funksiyalarni) bajaradi, o’zaro shech bir o’xhamagan rollarni
ijro etadi. Masalan, ota-onaning, oilaning "egovi", injiq, "Zo’ravon" bola o’z
tengqurlari davrasida eshtiyotkorona harakat qilib, o’zini tamoman boshqacha
tutadi. Shuningdek, jiddiy, talabchan va xizmat
vaqtida boshqalarga
qo’shilmaydigan sayoshat davrida, mehnat faoliyatida, shahar va hamkorlikda,
ulfatchilikda shazilkash va qiziqchiga aylanishi mumkin. Yuqorida keltirilgan
masalalardan bitta odamning o’zi turli vaziyatlarda mazmun jishatdan bir-biriga
qarama-qarshi rollarni bajaradi. Aksariyat shollarda odam turli-tuman vaziyatlarga,
haroitlarga mos, ularga mutanosib bo’lgan jishatlarni (jabshalarni) namoyon qiladi,
uning oilada, xizmat vazifasida, jamoatchilik orasida, sport musobaqasida va shu
singarilarida o’z zimmasiga olgan rollarni bir-biriga qarama-qarshi emas, balki
o’zaro hamoshang tarzda o’ynaydi. Ana shu inson fazilatlarining, xislatlarining,
sifatlarining bir-biriga mosligi shaxsning yaxlitligini ko’rsatuvchi alomatlardan biri
bo’lib, undagi
qarama-qarshilik,
ziddiyat
va
shakllanib
ulgirmagan
xususiyatlarning ko’rsatkichi uning turli vaziyatlarda bajariladigan rollarning
o’zaro bir-biriga zidligi yoki nomutanosibligi shisoblanadi.
Inson jamiyatning turli guruhlarida odamlarning o’z zimmasiga olgan
vazifalari va rollari qanchalik rang-barang bo’lmasin, turmushdagi mavqei ko’p
ma'no, ko’p qirrali xususiyatga ega bo’lishidan qat'i nazar, inson shaxsiga to’la
mos keladigan shaqiqiy tavsif berish imkoniyati saqlanib qoladi. Unga beriladigan
tavsif faqat uning o’ynaydigan asosiy rollarini, egallagan mavqeining
individualligini namoyon qiluvchi motivlarini aniqlash bilan emas, balki uning
ishlab chiqarishga, moddiy boyliklarni o’zlashtirishga nisbatan munosabatini
o’rganish orqali beriladi. o’zbekistonda inson shaxsiga beriladigan asosiy tavsif
uning asosida gumanistik, mustaqil, shuquqiy jamiyat qurish jarayoniga nisbatan
va bu ijtimoiy jarayonda faol qatnashishi kabi muhim mezonlarga asoslanadi.
Jahon
psixologiya
fanining
ilg’or
taraqqiyparvar,
gumanistik
tadqiqotchilarning tajribasida ko’rsatilishicha, shaxsning psixologik tuzilishi,
psixologik xususiyatlari (xarakter xislati, temperament xususiyatlari, irodaviy
sifatlari, aqliy qobiliyatlari, iste'dod darajalari, barqaror qiziqishlari, shukmron
motivlari, shissiyoti va shu kabilarning birikmasi (majmuasi) har bir yaqqol,
aloshida odamda betakror, barqaror, turg’un birlikni tashkil etadi. Bu esa, o’z
navbatida shaxsni psixologik tuzilishining nisbiyligi, qat'iyligi, stereotipligi
to’g’risidagi fikrni qat'iy tasdiqlashga imkon yaratadi.
65
Psixik holatlar, hodisalar (shissiyot, xoshish, orzu, tafakkur va shu kabilar)
uzluksiz ravishda o’zgarib turishi, ijtimoiy guruhlarda, shayotiy vaziyatlarda odam
o’z zimmasiga olgan rollariga aloqador xulq-atvorning o’zgarishi, yoshni ulg’ayib
borishi ham shaxsning psixologik qiyofasi (milliylik, etnik ta'sir asosida) muayyan
darajada barqarorlikni saqlaydi. Mazkur nisbiy barqarorlik odam qatnashadigan
uning yashash haroitlari, jismoniy xususiyatlarining qiyofasi bilan uyg’unlikda
shakllantiruvchi ijtimoiy munosabatlar yig’indisining doimiyligi bilan uzviy
bog’liqdir. Biroq biz qayd qilib o’tgan doimiylik nisbiy xususiyatga egadir. Chunki
shaxsni psixik tuzilishining o’zgarishi jahon psixologlarining bir qator
tadqiqotlarida o’rganilgan. Bu o’zgarishlar odamning yashash mushiti, amalga
oshiradigan faoliyatida namoyon bo’luvchi shisoblanib, ular ijtimoiy ta'sir, tarbiya
haroitiga bevosita aloqadordir.
Demak, shaxsning nisbatan barqaror va nisbatan o’zgaruvchan xususiyatlari
inson xislatlarining yaxlitligi va o’zaro bog’liqligidan tarkib topuvchi murakkab
birlikdan iboratdir. Odatda shaxsni psixologik jishatdan o’rganish o’z tarkibiga
ikki asosiy ilmiy muammoni qamrab oladi.
Dostları ilə paylaş: |