*zbekiston respublikasi


I BOB  PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/47
tarix05.05.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#108437
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
g‘oziyev e. umumiy psixologiya. 1-kitob

I BOB 
PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI 
 
1. Psixologiya haqida tushuncha 
Jahon 
fanlarining 
muayyan 
qonuniyatlarga 
asoslanib 
turkumlarga 
kiritilishiga ko’ra, psixologiya fani bu tizimda nufuzli o’rin egallashiga barcha 
obektiv hart va haroitlar yetarlidir. Qat’iy ishonch bilan aytilgan fikrning zamirida 
bir qator muhim ham tabiiy, ham ijtimoiy omillar yotishi shak-shubshasizdir. 
Chunki, psixologiya fani insoniyat tomonidan kashf qilingan fanlarning ichida eng 
murakkabi bo’lib, biosferik ta'limotdan kelib chiqqan holda psixika yuksak 
darajada tashkil topgan materiyaning xususiyatini aks ettiruvchi kategoriya sifatida 
o’rganilib kelingan. Lekin bugungi kunda neosferik ta'limotga binoan fazoviy 
munosabatlar, sayyoralararo aloqalar, o’zaro ta'sirlar, moddalar, zarrachalar, nurlar 
harakati, almashinishi, qo’shilishi to’g’risida mulohazalar, faraziy asosda bo’lsa 
ham, yuritilmoqda. 
Ayniqsa, biosferaga kirib kelayotgan moddalarning o’zaro birikuvi, 
muayyan fazoviy maydonning hosil qilishi, to’planishi inson tana a'zolariga ijodiy 
ta'sir ko’rsatishi, natijada favquloddagi holatlar sodir bo’lishi, kashfiyotlar yuz 
berishi, intuitiv (lotincha “intueri” sinchkovlik, diqqat bilan qaramoq yoki ichki 
sezgirlik demakdir) shakldagi ruhiy holatlarning kuchayishi namoyon bo’lishi 
mumkin. Bular qatoriga telepatik (yunoncha “tele” uzoqni “pathos” sezaman degan 
ma'no anglatadi) samaralar, o’ta sezgirlik, ekstrasenzitivlik (lotincha “extra” o’ta, 
“sensus” sezgirlik degani), ekstrasenslik (lotincha “extra” o’ta, “sensus” his 
qilaman ma'nosini bildiradi) kabi psixologik holatlarning kechishi sabablarini 
kiritsa bo’ladi.
Shuningdek, omadsizlik, ichikishlik, kasalning intizor kutishi, nasib 
etmaslik, ishqiy kechinmalar, tushda ayon bo’lish kabi ruhiy holatlar, hodisalar 
hanuzgacha ishonchli dalillar bilan tushuntirib berilgani yo’q. Ammo bu borada 
bilish ob'ekti (lotin. “objectum” jism demakdir) bilan sub'ektining (lotin. 
“subjectum” tashqi olamni biluvchi inson) birikuvida psixologiyaning qulay 
imkoniyatga ega ekanligini ta'kidlab o’tish o’rinlidir. Ushbu fikrni yaqqollashtirish 
maqsadida ayrim misollar va talqinlarni qaytadan tahlil qilib o’tamiz. 
Jumladan, chaqaloq dunyo yuzini ko’rishdan e'tiboran idrokida tevarak-
atrofni va unga mehrigiyosi bilan termilayotgan kishilar muhitini aks ettira 
boshlaydi, dastavval ob'ektiv (tashqi) va sub'ektiv (ichki, odamlar o’rtasidagi) 
muhitga moslashish sodda instinktlar (lot.”instinctus” tabiiy qo’zg’atuvchi, tug’ma 
xususiyat demakdir), hartsiz reflekslar (lot.”reflexus” aks ettirish) yordamida oddiy 



ta'sirlanish va taassurot tarzida namoyon bo’ladi. Taraqqiyotning mazkur davrida u 
o’zligini tushuna va anglay olmaydi, hatto buning yuzaga kelishi haqida mulohaza 
yuritishi ham aslo mumkin emas. Bola bir yoshgacha davrda tez sur'atlar bilan 
rivojlanadi, yil davomida uning jismoniy a'zolari 50 foizgacha takomillashishi 
mumkin. Jismoniy o’sish-psixik (ruhiy) taraqqiyotni tezlashtirishga puxta zamin 
hozirlaydi, natijada ko’rish, ushlash, yurish, talpinish, g’azablanish va quvonish, 
samimiylik ham beg’uborlik singari insoniy tuyg’ulari vujudga keladi, nutq 
faoliyati paydo bo’lishi uning tushunish darajasini yangi bir sifat bosqichiga 
ko’taradi. Psixikaning muayyan xususiyatlari, holatlari, hodisalari, xossalari, 
sifatlari, fazilatlari, qonuniyatlari orqali moddiy dunyoni tushuna boradi va unda 
o’z faoliyatining mazmunida barcha ob'ektlarni amalga oshira boshlaydi. Bolalik 
dunyosining ichki murakkab qatlamlaridan asta-sekin " o’zlik" ni, shaxsiy "men" 
likni tushunish tuyg’usi, sezish, his qilish jarayonlari shakllana boshlaydi hamda u 
yoki bu har xil xususiyatli to’siqlarni yengish imkoniyati ro’yobga chiqadi.
Mazkur taraqqiyot bosqichi psixologiya fanida "men" davri yoki " o’zlik"ni 
anglash davri deb yuritiladi, u bolada nutq paydo bo’lganidan boshlanib, bir necha 
rivojlanish bosqichlarini o’z ichiga qamrab oladi. "Men" davrining anglashilgan 
shakllari va ko’rinishlarining namoyon bo’lishi o’smirlik davriga to’g’ri keladi. 
O’smirlik davrida o’g’il va qizlarning ruhiyatida o’zlikni anglashga bog’liq bir 
talay muammoli savollar va ularning turmushda qaror toptirish tuyg’ulari, istaklari, 
orzulari paydo bo’lib, ko’pincha bu narsalar yakka shaxsning "kimligi", 
"qandayligi", "kimga va nima uchun kerakligi "ga yo’naltiriladi. Bolaning psixik 
xususiyatlari, funktsiyalari (lot.”function” ijro etish, bajarish degan ma'no 
anglatadi) uni qurshab turgan jonli va jonsiz tabiat ajoyibotlarini jismoniy va 
ijtimoiy vositalar orqali egallash uchun xizmat qiladi. 
Xuddi shunga o’xshash o’zligini anglash jarayoni insoniyatning barcha 
tarixiy va evolyutsion (lot. “evolution” tabiiy ravishda o’zgarish) taraqqiyoti 
davrlariga xos xususiyat sanaladi. Ibtidoiy jamiyatda kishilarning kuch-quvvati 
yashash uchun kurashga va tashqi dunyoni egallashga sarflangan, ana shu tariqa 
tabiat haqidagi dastlabki bilimlar, tajriba saboqlari orqali o’zlashtirilgan. Yarim 
yirtqich holatdagi ajdodlarimiz olovni kashf qilganlar, yovvoyi hayvonlarni 
ovlaganlar, tabiat ne'matlaridan bahramand bo’lganlar va xuddi shu qabilda tabiat 
bilan tanisha boshlaganlar, moddiy dunyoning saxiyligi, tabiatning ehsonlari va 
ofatlari, hayvonot olamini madaniylashtirish (xonakilashtirish), yer ilmini 
o’rganish bo’yicha bilimlarning to’planishi natijasida inson tabiatning qulligidan 
qutila borgan soniyadan e'tiboran o’zligini (kimligini) anglash imkoniyati tug’ila 
boshlagan.
Lekin u davrning odamlari bolaga o’xshab o’zligini oqilona, odilona, 
omilkorlik bilan tasavvur eta olmaganlar. Insoniyat taraqqiyotining tarixiy 
davrlarida kishilarda ichki ruhiy imkoniyatlar yuzaga chiqa boshlagan, tug’ma 
mayl va layoqatlar alomatlari asta-sekin iste'dodga, qobiliyatga aylana borgan. 
Ammo bu jarayon birining o’rniga ikkinchisini mexanik (yunoncha “mechanike” 
qurol yoki sodda tarzda demakdir) ravishda yuzaga kelganligini bildirmaydi, balki, 



aksincha, murakkab sifat o’zgarishlari, organlarning takomillashuvi, tajribalarda 
to’plangan tatbiqiy bilimlar tartibga solinayotganligini ifodalaydi.
Insonning jismoniy (biologik), ruhiy (psixik), ijtimoiy (sotsial) rivojlanishi 
natijasida yer kurrasida moddiy dunyo, ma'naviyat, yozuv, san'at, adabiyot, fan, 
texnika yaratilgan. Bularning zamirida inson tafakkuri, ongi, aql-zakovati, kuchli 
irodasi, mustahkam xarakteri (yunoncha “character” qiyofa, xislat degani), 
ijodiyoti, xayolati yotadi. Insoniyat taraqqiyotining muayyan bosqichida odam 
o’zini hayajonlantirgan, taajjubga solgan savollariga javob izlash imkoniyati 
vujudga kelgan. Buning natijasida "Inson qanday fikrlaydi?", "Odam qanday 
yangilik yaratishi
mumkin?", " Ijod qilish qay yo’sinda paydo bo’ladi?", "Moddiy dunyoni qay tariqa 
bo’ysundirish mumkin?", "Aql-zakovatning o’zi nima?", "Insonga uning ichki 
ruhiy dunyosi qaysi qonunlar asosida bo’ysunadi?", "Inson o’ziga-o’zi ta'sir 
o’tkaza oladimi?", "O’zgalarga-chi?" kabi turli-tuman muammolar yechimini 
qidirishga harakat qiladi. Mana buning barchasi psixologik bilimlar tug’ilish 
nuqtasini vujudga keltiradi va ana shu daqiqadan boshlab inson o’zini o’zi 
anglaydi. Binobarin, psixologik bilimlar namoyon bo’lishi o’zini o’zi anglashni 
omiliga aylanadi, ular borgan sari tobora uyg’unlashib, mutanosiblashib borib, 
izchil, uzluksiz aloqaga o’sib o’tadi.
Bebaho ahamiyatga ega bo’lgan insoniyatning buyuk yutug’I - bu 
tafakkurning kashf qilinishiga olib keldi. Avvallari uning fikri, xayoli tashqi 
dunyoni egallashga qaratilgan bo’lsa, tafakkur kashf qilingan davrdan boshlab 
sub'ekt-ob'ekt (inson fikrlashi tashqi olamga qaratilgan) munosabati o’rnini sub'ekt 
(insonning fikri o’zini o’zi anglashga yo’naltirilgan) munosabati egallay boradi. 
Demak, inson ob'ektiv dunyoni sub'ektiv tarzda aks ettirish orqali o’zini o’zi tadqiq 
qilishdek murakkab, qaltis ishni amalga oshirishga qaror qiladi. Ana shu boisdan, 
psixologiya faninnig vazifalari ko’lami kengaydi, murakkablashdi, ichki tarkibida 
keskin burilish yasab, o’z predmetiga insonni ilmiy jishatdan o’rganishdan tashqari 
o’zini o’zi anglashni ham kiritdi. 
Psixologiya faninig boshqa fan sohalaridan farqli tomoni shundan iboratki, 
uning amaliy, tatbiqiy jihatlari mavjud bo’lib, ijtimoiy turmushning barcha 
jabhalarida bevosita qatnashadi, muayyan darajada ta'sir o’tkazadi. Psixologiya 
boshqa fanlardan farqli o’laroq o’z tatbiqiy ma'lumotlari, natijalarining ko’pqirra, 
ko’pyoqlama ekanligi bilan tubdan ajralib turadi va mutlaqo boshqa sifat 
ko’rsatkichiga ega. Ayniqsa, bu borada o’zini o’zi boshqarish alohida ahamiyat 
kasb etadi, shuning uchun u tabiatni o’rganish ilmidan tafovutlanib, o’zining psixik 
jarayonlari, funktsiyalari, holatlari, hissiyoti, irodasi, xarakteri, temperamenti 
kabilarni boshqarishda o’z aksini topadi. Inson o’zini anglay borib, o’z insoniy 
xislati, xususiyati, sifati, xulqini o’zgartirish imkoniyatiga ega bo’ladi. 
Hozirgi kunda jahon psixologiyasi fani o’zini o’zi boshqarish va 
takomillashtirsh, o’zini o’zi qo’lga olish, o’ziga o’zi buyruq berish, o’zini o’zi 
tarbiyalash bo’yicha boy materiallar to’plagan, bu esa o’z navbatida inson 
munosabati, maqsadi, holati, kechinmalari o’zgarishi va yangidan yaralishi haqida 
ilmiy-tatbiqiy ma'lumotlar beradi, kundalik turmush psixologiyasi rang-



barangligini ta'minlab turadi. Psixologiya inson psixikasini aniqlash, shakllantirish, 
yangi haroitga ko’chirish, takomillashtirsh, rivojlanish dinamikasini ta'minlash, 
yangi sifat bosqichiga o’tishini qayd qilish imkoniyati borligi bilan o’ta amaliy, 
tatbiqiy fanga aylangandir. Psixologiya fanining sohalari uning amaliyot uchun 
muhim ahamiyat kasb etishidan dalolat beradi (huquqshunoslik psixologiyasi, 
klinik psixologiya, mehnat psixologiyasi, savdo psixologiyasi, sotsial psixologiya, 
pedagogik psixologiya, maxsus psixologiya, sport psixologiyasi va hokazo). 
Psixologiya amaliy, tatbiqiy jihatdan o’z predmetiga ega bo’lib, amaliy sotsial 
psixolog, injener
(muhandis) psixolog, oilaviy psixoterapevt, tibbiyot psixologi, maktab psixologi 
kabi sohalarni o’z ichiga qamrab olgandir.
Yuqorida bildirilgan fikrlarga yakun yasab, shu narsani alohida ta'kidlab 
o’tish kerakki, psixologiya fani ko’hna tarixga ega bo’lishga qaramay, u juda 
navqiron fandir, chunki ilmiy psixologiya nemis psixologi V.Vundt tomonidan 
1879 yilda Leyptsig (Germaniya) universitetida asos solingan birinchi 
eksperimental laboratoriya ochilishidan boshlanadi. Shuning uchun endigina 
refleksiyani (lotincha “reflexus” o’zining ruhiy holatini tahlil qilish degani) ilmiy 
jihatdan o’rganishni psixologiya fani predmeti tarkibiga kiritish davri (mavridi) 
keldi. 
Psixologiya fani tabiatshunoslik fanlari va falsafa negizida paydo bo’lgan 
bo’lib, to hanuzgacha uning na gumanitar, na tabiiy fanlar qatoriga kiritilishi 
aniqlangani yo’q, lekin shunga qaramasdan, uni har ikkala yo’nalishdagi sohalar 
bo’yicha to’plangan ma'lumotlar, qonuniyatlar birlashuvining mahsuli deb atash 
mumkin. Ammo psixologiyaning tarkibida ham gumanitar, ham ijtimoiy bilimlar 
mavjud bo’lishidan qat'iy nazar, u alohida xususiyatga ega bo’lgan mustaqil fandir.
Psixologiya fanini tahlil qilishda uning qay fan sohasi bilan aloqasini 
aniqlashdan ko’ra ilmiy va kundalik turmush psixologiyasi o’rtasidagi munosabat 
to’g’risida mulohaza yuritish maqsadga muvofiqdir. Ma'lumki, har qanday fan 
negizida odamlarning turmush va amaliy tajribasi muayyan darajada o’z aksini 
topgan bo’ladi. Masalan, kimyo predmeti moddalarning xususiyatlari, ularning 
zichligi, og’irligi, o’zaro birikuvi to’g’risidagi kundalik turmush bilimlariga 
suyanadi, matematika fani sonlar, miqdoriy munosabatlar, geometrik shakllarning 
xossalari, trigonometrik funktsiyalar haqidagi inson tasavvurlari asosiga quriladi. 
Lekin psixologiya yuzasidan ana shunday mulohazalar yuritish yoki bildirish 
mumkin emas, chunki uning zamirida tubdan boshqacha o’ziga xoslik yotadi. Har 
qaysi shaxs kundalik turmushning o’ziga xos psixologik bilimlarini egallagan 
bo’lib, o’z saviyasi, salohiyati bilan turlicha kamolot ko’rsatgichiga egadir, hatto 
turmush tajribasida to’plangan bilimlar ilmiy psixologik bilimlardan ustunroq 
turishi ham mumkin (“Qari bilganni - pari bilmas”). Chunki, yirik yozuvchilar 
(shaxslararo munosabat va muomala, muloqot xususiyatlari yuzasidan 
kuzatuvchanlikka egadirlar), vrachlar, o’qituvchilar, savdogarlar uzluksiz ravishda 
kishilar bilan muomalaga kirishishlari natijasida ularning ichki dunyosi va xulq-
atvoriga oid bilimlar bilan yuksak darajada



qurollangandirlar. Lekin har qanday insonda ham ozmi yoki ko’pmi psixologik 
bilimlar mavjuddir, buning dalili sifatida odamlarning bir-birlarini tushunishlari, 
ta'sir o’tkazishlari, xulq-atvor oqibatini oldindan bashorat qilish, kishining yakka 
hol xususiyatlarini hisobga olgan holda unga yordam ko’rsatishni ta'kidlab 
o’tishning o’zi kifoya. 
Endi kundalik turmushning psixologik bilimlari bilan ilmiy psixologik 
bilimlar o’rtasidagi tafovutlar yuzasidan mulohaza yuritish ayni muddaodir. 
Kundalik turmushga oid psixologik bilimlar, dastavval, yaqqol va alohida olingan 
holat, vaziyatni o’z ichiga qamrab oladi. Masalan, sinchkov bola o’z muddaosiga 
yetish uchun otasiga, onasiga, buvasiga, opasi hamda akasiga har xil uslub bilan 
ta'sir o’tkazadi, turlicha vositalardan foydalanadi. U ko’zlangan maqsadiga erishish 
uchun katta yoshdagi odamlarning individual-tipologik xususiyatlarini hisobga 
olgan holda ish tutadi. Kundalik turmushga oid psixologik bilimlar aniq vaziyatga 
qaratilganligi, biror shaxsga yo’naltirilganligi bilan ilmiy psixologik bilimlardan 
farq qiladi. 
Ilmiy psixologiya esa muayyan metodlar, vositalar, uslublar, usullar, 
operatsiyalar yordamida ma'lumotlar to’plash va ularni umumlashtirishga intiladi, 
izlanyotgan ob'ektning xususiyati, holati, munosabati, bog’lanishi kabilarni aks 
ettiruvchi ilmiy tushunchalar, ta'riflar, qonuniyatlar, xossalar yordamida psixologik 
mexanizmlar kashf qilishga harakat qiladi. Odatda shaxsning xususiyatlari, 
sifatlari, fazilatlari, xislatlari, xulq-atvorlari, xatti-harakatlari bo’yicha turmush 
haroitidagi bilan fan olamidagilar (hatto ilmiy tushunchalar, atamalar) o’zaro 
o’xshab ketsa-da, lekin ilmiy psixologik mazmun, mohiyat, majmua o’zining 
tuzilishi, tarkibi, aniqligi, mantiqan izchilligi, ma'noning yig’iqligi bilan keskin 
ajralib turadi. 
Yuqorida yuritilgan mulohazalar kundalik turmush tajribasida to’planadigan 
psixologik bilimlar bilan ilmiy bilimlar orasidagi dastlabki (birinchi) farqni 
harhlashga yo’naltirilganligi bois alohida ahamiyat kasb etadi. Lekin shu narsani 
yoddan chiqarmaslik kerakki, turmushga oid amaliy psixologik bilimlarga 
asoslanmasdan turib, ilmiy psixologik nazariyalarni yaratish mumkin emas. 
Xolbuki shunday ekan, amaliy bilimlar genetik kelib chiqishi nuqtai nazaridan 
birlamchi hisoblanadi. Shu narsani alohida ta'kidlab o’tish zarurki, kundalik 
turmush psixologik bilimlari aksariyat hollarda farosatlilik, sezgirlik, topqirlik 
xususiyati asosida intuitiv tarzda namoyon bo’lishi kuzatiladi. Buning asosiy 
sababi shuki, ko’pincha egallanayotgan bilimlar hayotiy tajribada uchragan 
voqelikka nisbatan munosabat, amaliy sinovlar negizida vujudga keladi, 
keyinchalik undagi ayrim dag’allik va nuqsonlar silliqlanadi. Shuning uchun 
bunday psixologik bilimlar maxsus uslublar yordamida qabul qilinadi, ammo 
mantiqiy tahlil qilinmasdan turib to’g’ridan-to’g’ri muomala tizimiga uzatiladi. 
Turmushda uchraydigan go’daklarning har xil shakldagi xarxashalari va 
ularning maqsadga erishish istaklari kundalik hayotiy tajribalarning sinovlarida 
toblanadi, sezgir bolalar katta yoshdagi odamlarning zaif va mustahkam 
tomonlarini puxta o’rganadilar, bu borada muayyan qarorga kelganlaridan so’ng 
har qaysi shaxsga yakka hol yondashishini amaliyotga tatbiq qilib ko’radilar. Ana 



shu tariqa amaliy psixologik bilimlar ma'lum tizimga kiritiladi, ularning barqaror 
xususiyat kasb etganlari esa turmushda qo’llanila boshlanadi. 
Ijtimoiy hayotda (muhitda) juda ko’p uchraydigan, ayniqsa, o’qituvchilar, 
murabbiylar, trenerlar, rahbarlar, vrachlar faoliyatida namoyon bo’luvchi ta'limiy, 
tarbiyaviy, tibbiy uslub arzimas ijobiy siljishni payqash imkoniyatini yaratadi. 
Amaliy faoliyatda erishilgan ushbu samara psixologik tahlilga muhtojdir, chunki 
uni keltirib chiqaruvchi ob'ektiv yoki sub'ektiv omillarni dalillash ancha 
mushkuldir. Buning uchun o’zgalarga ta'sir o’tkazish usuli, ularda ichki 
imkoniyatga ishonch tuyg’usini uyg’otish qo’zg’ovchisi, ta'sirga beriluvchanlikni 
kuchaytiruvchi motivlar (frantsuzcha “motif” qo’zg’atuvchi sabab ma'nosini 
bildiradi) tabiatini chuqur tahlil qilish kerak. Faqat mana shu yo’l bilangina 
siljishning psixologik ma'no kasb etishini dalillash mumkin, xolos.
Hayotiy psixologik bilimlarning ilmiy psixologik bilimlardan farqi shundan 
iboratki, ilmiy jihatdan asoslangan bilimlar anglashilgan, mantiqiy puxta, 
oqilonalik xususiyatiga ega bo’ladi. Ilmiy psixologik bilimlar faraz va g’oyalarni 
ilgari surish daqiqasidan boshlaboq shakllana boradi, ulardan kelib chiqadigan 
oqibatlarni mantiqan tekshirish bilan yakunlanadi. Bunda ham olg’a surilgan 
g’oyalar tekshirish jarayonida biron-bir tasdiq yoki inkor ma'nosiga erishsagina 
ilmiy psixologik bilimlar tizimiga kiritiladi. Hayotiy psixologik bilimlarning ilmiy 
psixologik bilimlar bilan qiyoslanishni davom ettirsak, unda ular o’rtasidagi 
tafovutlar yanada yaqqolroq ko’zga tashlana boshlaydi. O’zidan o’zi ma'lumki, 
hayot psixologiyasida to’plangan bilimlarni me’ros sifatida bevosita qoldirish yoki 
ularni yosh avlod ongiga qaysidir yo’l bilan uzatish imkoniyati o’ta cheklangandir. 
Chunki, keksa (katta) avlod tomonidan yaratilgan turmush psixologiyasini yosh 
avlod to’g’ridan-to’g’ri qabul qila olmaydi. Har bir yosh yakka hol ravishda 
hayotiy psixologik bilimlarni shaxsiy tajribasidan o’tkazganidan keyingina 
ularning to’g’riligiga ishonch hosil qiladi. Ana shu boisdan keksa yoki katta avlod 
bilan yosh avlod o’rtasida yuz beradigan nizolar, tushunmovchiliklar uzluksiz, 
to’xtovsiz ravishda davom etayotganligi sababli abadiyat qonuniyatlariga aylanib 
ketgandir. Avlodlar o’rtasidagi qarama-qarshiliklar, anglashilmovchilik to’sig’i, 
hayot dialektikasini vujudga keltirib, mangulik muammosiga aylanib qolgan insof, 
iymon, nafosat, adolat, erk tushunchalari atrofidagi bahslarni davom ettirishga 
puxta zamin hozirlaydi.
Ilmiy psixologik bilimlar bundan farqli o’laroq tajribalarda, ilmiy 
tushunchalar va qonuniyatlarda yanada oydinlashadi, so’z va alomatlar orqali, nutq 
yordamida muayyan yozma nutq manbalarida qoldiriladi. Shuning uchun ularning 
yoyilish ko’lami keng, tarqalish sur'ati tezdir. 
Kundalik turmushda to’planadigan psixologik bilimlar kuzatishlar, 
mulohazalar u yoki bu yaqqol holatga nisbatan qarorga kelishlar zamiriga quriladi. 
Ilmiy psixologik bilimlar tashxis qilish, sinash, tajriba (eksperiment) o’tkazish 
orqali bir voqelikni bir necha marta takroran tekshirishlar yordamida 
umumlashtiriladi. Agarda kundalik turmush psixologiyasining materiallari tabiiy 
ravishda ro’y bergan vaziyat, holat, voqelik kabilarni tahlil qilish natijasida yuzaga 
kelsa, ilmiy psixologik bilimlar keng qamrovli tajriba ma'lumotlariga tayanadi. 


10 
Tajribalar esa bir necha bosqichlardan, qismlardan tashkil topgan holda vaziyatlar 
tabiiy ko’rinishini kutib o’tirmasdan, balki zarur haroit yaratiladi. Shu faktni 
(omilni) yana bir marotaba ta'kidlash o’rinliki, ilmiy psixologiyada katta hajmdagi 
materiallar, shu jumladan, qonuniyatlar, xususiyatlar umumlashtiriladi, insonning 
ichki imkoniyati, iste'dodi, ishchanligi, qobiliyati yuzasidan umuminsoniy tavsifga 
ega bo’lgan teran xulosalar chiqariladi. Buning natijasida odam psixikasini 
aniqlash, 
bashorat 
qilish, 
ayrim 
ruhiy 
nuqsonlarni 
tuzatish, 
noxush 
kechinmalarning oldini olish imkoniyati tug’iladi, bu esa ijtimoiy, ijtimoiy 
psixologik bog’lanishlar mohiyatini oqilona tavsiflash uchun xizmat qiladi. 
Ijtimoiy va yakka hol turmush og’irliklari va tashvishlarini kamaytirish, aqliy 
hamda jismoniy zo’riqishlarni pasaytirish, shaxslararo nizolarni bartaraf etish 
singari sa'yi-harakatlarni faqat ilmiy psixologik materiallarga asoslangan holda 
oshirish mumkin. 
Shuning uchun psixologiyaning turli sohalarida (yosh psixologiyasi, 
pedagogik psixologiya, tibbiyot psixologiyasi, sotsial psixologiya va boshqalar) 
o’tkazilgan tadqiqot ishlari ilmiy asosda psixika, psixik holat, psixik hodisa, psixik 
jarayon, psixik funktsiya, psixik xususiyat, ijodiyot, faoliyat, ong, xulq, muomala 
singari tushunchalar bo’yicha materiallar to’plab beradi. Shuningdek, psixik aks 
ettirishning (fizik, fiziologik, psixik, ong, o’zini o’zi anglash) moddiy asoslari, 
mexanizmlari yuzasidan qonuniyat ochishga imkon yaratadi, hatto insonning 
o’zligini anglash va boshqarish sari yetaklaydi.
Endi psixologiya fanining premeti to’g’risidagi savolga javob berishga 
harakat qilaylik. Ma'lumki, psixologiya tarixida bu muammoni tahlil qilishga 
bag’ishlangan son-sanoqsiz tadqiqotlar mavjuddir. Lekin ular haqida batafsil fikr 
yuritmoqchi emasmiz, chunki bu narsa navbatdagi paragrafda berilishi 
rejalashtirilgan.
"Psixologiya" (yunoncha “psychelogos”) so’zini o’zbek tiliga tarjima qilsak, 
u "jon", "ruh" haqidagi "fan, ta'limot" degan ma'no anglatadi. Biroq hozirgi davrda 
"jon" tushunchasi o’rniga "psixika"ni qo’llashda davom etmoqdamiz. Lingvistik 
nuqtai nazardan "jon", "psixika" tushunchalari aynan bir xil ma'noni bildiradi. 
Lekin "psixika" tushunchasi bugungi kunda "jon"dan kengroq ko’lamga ega bo’lib, 
ham ko’zga ko’rinuvchi, ham ko’zga ko’rinmovchi tomonlarini o’zida aks ettiradi. 
Psixikaning tarkibiy qismlari faoliyat, xulq, muomala yaqqol namoyon bo’lish 
xususiyatiga ega bo’lsa, bilish jarayonlari, psixik holatlar, ichki kechimalar, ijodiy 
rejalar, ilmiy farazlar miyada mujassamlashgani uchun ular ko’zga ko’rinmaydi.
Psixologiya fanining keyingi davrdagi taraqqiyoti ular o’rtasida bir talay 
tafovutlarni keltirib chiqardi.
Psixika to’g’risida dastlabki tasavvurga ega bo’lish uchun dastavval psixik 
hodisalar mohiyati bilan tanihamiz. Odatda psixik hodisalar deganda ichki, 
sub'ektiv tajriba faktlarning (voqelikning) namoyon bo’lishi tushuniladi, boshqacha 
so’z bilan aytganda psixika hayotning sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol kabi har 
biri alohida olingan yaqqol shakllaridan iboratdir.
Ichki, sub'ektiv tajribaning o’zi nimani anglatadi? Insondagi quvonch yoki 
zerikish tuyg’ulari, uning nimalarnidir esga tushirishi, biron-bir xohish yoki intilish 


11 
kechinmalari, xotirjamlik yoki hayajonlanish, hadiksirash hislarining barchasi 
shaxsning ichki dunyosini tarkibiy qismlaridir, ya'ni bularning hammasi sub'ektiv 
psixik hodisalar sanaladi. Sub'ektiv hodisalarning asosiy xususiyati - ularning 
bevosita sub'ektga taalluqliligidir. Agar inson idrok qilsa, sezsa, fikrlasa, eslasa, 
xohish bildirsa, albatta ana shu hodisalarni bir davrning o’zida tushunib (kuzatib) 
ham turadi. Inson intilsa, ikkilansa, bir qarorga kelsa, biz ularning barchasini sodir 
bo’layotganligini anglab turamiz ham. Shuning uchun psixik hodisalar bizning 
ruhiyatimizda sodir bo’lishidan tashqari, ular bevosita ko’z o’ngimizda namoyon 
bo’lib turadi.
Obrazli qilib aytganda, odamning ichki dunyosida turli hodisalar vujudga 
keladi, kechadi, odatda shaxs bunday hodisalarni harakatlantiruvchi kuchi hamda 
ularning tomoshabini hisoblanadi.Yuqorida ta'kidlab o’tilgan sub'ektiv hodisalar 
xususiyatidan kelib chiqqan holda ayrim psixologlar psixologiya fani sub'ektiv 
kechinmalarning paydo bo’lishi va ularning kechishi bilan shug’ullanishi zarur, 
uning asosiy metodi o’zini o’zi kuzatish (shaxsning o’z fikrlari, his-tuyg’ulari va 
xatti-harakatlarini o’zi kuzatishi) bo’lmog’i kerak degan xulosaga keladilar. Lekin 
psixologiya fanining keyingi davrdagi taraqqiyoti bunday cheklanganlik fanni 
mutlaqo ta'minlay olmasligini tasdiqladi. 
Psixikaning turli shakllarda ko’rinishi, jumladan, psixik jarayonlar, 
anglashilmagan holatlar, xulq-atvor, psixosomatik (yunoncha “psyche” - jon 
“somo” - tana ma'nosini anglatadi) hodisalar, inson aql-zakovati va qo’lining 
mo’jizakorligi moddiy va ma'naviy madaniyat mahsulini yaratdi. Har qanday 
faktlarda 
(voqelikda), 
hodisalarda 
psixika 
namoyon 
bo’ladi, 
o’zining 
xususiyatlarini ajratadi, faqat ular orqaligina psixikani o’rganish mumkin.
Psixologik voqelik-fakt deganda sub'ektning ichki kechinmalarining tarkibiy 
qismlari bilan bir qatorda ularning ob'ektiv shakllari (xulq-atvor, tana harakati, 
jarayoni, faoliyat mahsuli, ijtimoiy-madaniy hodisalar) orqali psixikaning 
xususiyatlari, holatlari, qonuniyatlarini o’rganish
tushuniladi. Boshqacha so’z bilan aytganda, inson ongidan tashqari, unga bog’liq 
bo’lmagan holda hukm suruvchi ob'ektiv borliq, ya'ni atrofimizdagi narsa va 
hodisalar, muhit, haroit va boshqalarning psixikada aks etishi psixologik voqelik 
deb ataladi. 
Shunday qilib, yuqorida biz psixologiya to’g’risidagi tasavvurlar, uning 
predmeti hamda unga kiruvchi ilmiy tushunchalar, psixologik holatlar, voqelik 
yuzasidan fikr almashdik, ilmiy psixologik materiallar o’rtasidagi bog’liqlik va 
tafovut bo’yicha mulohaza yuritdik.
Bugungi kunda psixologiya to’g’risidagina emas, balki uning sohalari 
bo’yicha ham boy ilmiy materiallar to’plangan. Jahon psixologiya fani tajribasidan 
mana bunday sohalar mustaqil tadqiqot predmetiga ega ekanligi haqida ishonchli 
dalillar mavjuddir: mehnat psixologiyasi (injenerlik psixologiyasi, aviatsiya 
psixologiyasi, kosmik psixologiyasi), pedagogik psixologiya (ta'lim psixologiyasi, 
tarbiya psixologiyasi, oliy maktab psixologiyasi, maxsus psixologiya, iste'dod 
psixologiyasi) 
tibbiyot 
psixologiyasi 
(psixoterapiya, 
psixogigiena, 
psixofarmokologiya, patopsixologiya), yuridik psixologiya (mehnat tuzatish, sud 


12 
psixologiyasi, sud psixologik ekspertizasi) harbiy psixologiya, savdo va reklama 
psixologiyasi, sport psixologiyasi, yosh psixologiyasi, qiyosiy psixologiya, 
psixofiziologiya, eksperimental va amaliy psixologiya kabilar. 
Psixologiya predmeti quyidagilarni qamrab olishi zarur: 
1) 
psixologik bilish jarayonlari (sezgi, idrok, xotira va hokazo) 
2) 
psixikaning shakllari (faoliyat, xulq, muomala), 
3) 
psixikaning holatlari (kayfiyat, xayolparishonlik kabilar), 
4) 
psixikaning hodisalari, 
5) 
psixikaning xislatlari, fazilatlari, sifatlari, xossalari, 
6) 
psixikaning qonunyatlari, 
7) 
psixikaning mexanizmlari, 
8) 
psixik haroit, muhit, vaziyat, 
9) 
o’zaro sababiy bog’lanishlar, 
10) 
tadqiqot metodlari, vositalari, materiallari, printsiplari va hokazo. 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin