*zbekiston respublikasi


 Psixikaning fiziologik mexanizmlari



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/47
tarix05.05.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#108437
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
g‘oziyev e. umumiy psixologiya. 1-kitob

3. Psixikaning fiziologik mexanizmlari 
Psixikaning reflektor tabiati, xususiyati to’g’risida mulohaza yuritilganda rus 
olimi I. M.Sechenov va uning shogirdlari tomonidan to’plangan materiallar 
tasavvur etiladi. I.M.Sechenovning "Bosh miya reflekslari" nomli asarida qat'iy 
ravishda fikr bildirishicha, "ong va ongsiz hayotning barcha harakatlari ro’y berish 
usuliga ko’ra reflekslardan iboratdir". Psixik hodisa sifatida ongning harakati 
tanasiz ruhning xususiyatiga emas, balki tadqiqotchining mulohazisiga qaraganda, 
ro’y berish, vujudga kelish usuliga, tuzilishiga binoan refleksga o’xshash xislatga 
ega bo’lgan jarayondir. Shundan kelib chiqqan holda fikr yanada rivojlantirilsa, 
psixik (ruhiy) hodisa insonning shaxsiy g’oyalarini, hissiy kechinmalarini, sezgi va 
idrok jarayonlarini o’zi kuzatish jarayonida aks etuvchi voqelikdangina iborat 
emas. Balki u refleks singari tashqi qo’zg’atuvchilarning 
ta'sirini 
va 
unga 
javoban bildiriladigan harakat reaktsiyasini ham o’zida mujassamlashtiradi. 
Ma'lumki, I.M. Sechenovgacha bo’lgan psixologik, fiziologik nazariyalarda 
insonning ongida obrazlar, tasavvurlar, mulohazalar, g’oyalar tarzida in'ikos (aks) 
ettiriluvchi hodisalarni psixologiya fanining predmeti sifatida tan olinar edi. Lekin 
bu psixologik voqelik Sechenov tomonidan organizmning muhit bilan o’zaro ta'sir 
harakatining alohida shaklidan iborat ekanligi, psixologik yaxlit jarayonning ayrim 
holatlari, uning lahzalari tariqasi tushuntirildi. Psixologiyada tan olib kelinayotgan 
psixik jarayonlar ongning ichida tug’iladi va uning ichida yakunlanadi, degan 
g’oya I. M. Sechenov tomonidan inkor qilinadi, asossiz da'vo ekanligi ta'kidlanadi. 
I.M. Sechenovning fikricha, psixik hodisa bus butun (yaxlit) reflektor harakat 
tufayli yuzaga keluvchi va uning mahsuli bo’lishi bilan birga ham vujudga 


16 
kelmagan, lekin ta'sir o’tkazish ehtimoli mavjud kutilmadan boxabar qiluvchi omil 
funktsiyasini ham bajaradi, ya'ni ilgarilab ketuvchi bashorat vazifasini ijro etadi. 
Bunday dadil ilmiy mushohadalar psixik jarayonlar umuman qanday rol o’ynashi 
mumkinligi, ularning o’rni to’g’risida tasavvurga ega bo’lish uchun moddiy 
negizni vujudga keltiradi. Psixik jarayonlar organizmda signal va boshqaruv 
(regulyativ) funktsiyasini ijro etib, o’zgaruvchan hart-haroitlarga harakatni 
moslashtiradi, shuningdek, mazkur daqiqada yuqori samaraga erishishni ta'milaydi.
Psixik jarayon miyaning bo’lmalari (tarkibiy qismlari) funktsiyasi tariqasida 
tashqi olam (borliq) to’g’risidagi axborotning qabul qilinishi, saqlanishi, qayta 
ishlanishini o’zida mujassamlashtiruvchi javob faoliyatining idora qiluvchisi 
hisoblanadi. Shuning uchun odamlarning bilimlari borliq to’g’risidagi tasavvurlari, 
shaxsning shaxsiy tajribalarining yig’indisi (majmuasi) reflektor harakat tarkibiga 
kiradi. Shunday qilib, psixik hodisalar deganda miyaning tashqi (qurshab turgan 
olam) va ichki (fiziologik tizimdagi organizmning holati) ta'sirlarga javobini 
tushunmoq kerak. Boshqacha so’z bilan aytganda, psixik hodisalar: birinchidan, bu 
faoliyatning favqulodda ta'sir etayotgan (sezgilar, idrok), ikkinchidan, o’tmish 
tajribada (xotira) aks etgan qo’zg’atuvchiga javob tarzida ro’yobga chiqadigan, 
mazkur ta'sirni umumlashtiradigan, uchinchidan, pirovard natijalarni (tafakkur, 
xayol) oldindan payqashga yordam beradigan, to’rtinchidan, monoton ta'sirotlar 
oqibatida faoliyatni (his-tuyg’u, iroda) kuchaytiradigan yoki susaytiradigan, 
beshinchidan, umuman faollashtirib yuboradigan, o’zgacha ta'sirotlar natijasida uni 
tormozlaydigan, oltinchidan, shaxs xulq-atvoridagi (temperament, xarakter va 
hokazolar) tafovutlarni aniqlaydigan doimiy regulyatorlari (idora qiluvchilari) dir. 
Shuni ta'kidlab o’tish joizki, I.M.Sechenov psixikaning reflektorligi va faoliyatning 
psixik jihatdan boshqarilishi ta'limotini xaspo’shlab berdi. Bu ilg’or g’oya, muhim 
ta'limot, nazariya rus olimi I.P.Pavlov (1849-1936) tomonidan eksperimental 
tasdiqlandi va xususiy holatlarda keng ko’lamda yaqqollashtirildi. I.P.Pavlov ham 
odamlarning, ham hayvonlarning tashqi muhit bilan o’zaro harakati miya bilan 
boshqarilishi qonuniyatini ochgan edi. Uning mazkur qonuniyatlarga taalluqli 
qarashlari yig’indisi birinchi va ikkinchi signallar tizimi to’g’risidagi ta'limot 
tariqasida fan olamida arzigulik mavqe egalladi. 
Tevarak-atrof muhitidagi narsa va hodisalarning ko’rinishi, eshitilishi, hid 
tarqatishi, tovlanishi, yengil yoki og’irligi, qattiq yoki yumshoqligi kabilar 
hayvonlar uchun hartsiz qo’zg’atuvchi signal bo’lib xizmat qiladi, keyinchalik ular 
hartli refleksga aylanishi mumkin. Hayvonlar o’z xatti-harakatlarida I.P.Pavlov 
ta'biri bilan aytganda, birinchi signal sistemasining signallari ("birinchi signallar") 
ga rioya etadilar. Binobarin, ularning psixik faoliyati birinchi signallar sistemasi 
bosqichida amalga oshadi va unga uzluksiz ravishda amal qiladi.
Inson faoliyati va xulq-atvori uchun ham birinchi signal sistemasining 
signallari (yaqqol, tasavvurlar, timsollar, obrazlar) ularni boshqarishi, yo’naltirishi, 
harakatlantirishi faollashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, (yo’l, 
ko’cha) qoidalari, avtomobil, elektrovoz signallari, xavf-xatar belgilari shaxs 
uchun muhim rol o’ynaydi. Shuni unitmaslik kerakki, insonning xulq-atvorini 
signal qo’zg’atuvchilar mexanik ravishda boshqarmaydi, balki mazkur 


17 
qo’zg’atuvchilarning miyaga o’rnashib qolgan timsollari, ya'ni signallari boshqarib 
turadi. Muayyan timsolga ega bo’lgan timsollar narsa va hodisalar to’g’risida 
signal jo’natadi, buning natijasida insonning xatti-harakatini boshqarib turadi. 
Odamlarda hayvonlardan farqli o’laroq, birinchi signallar sistemasi bilan bir 
qatorda ikkinchi signallar sistemasi ham mavjuddir. Ikkinchi signallar 
sistemasining signallari odamlar tomonidan talaffuz etilgan, qabul qilingan, 
eshitilgan, o’qilgan tushunchalar va so’zlardan ("ikkinchi signallari"dan) tashkil 
topadi. Odatda birinchi signallar sistemasining signallari timsoliy signallar, o’z 
navbatida so’zlar bilan almashtiriladi, uzatiladi. So’z birinchi signallar sistemasi 
signallari q’rnini bosishi, umumlashtirishi va ular vujudga keltiradigan jamiki 
xatti-harakatlarni amalga oshirishi mumkin. Signalning kuzatuvchilari bilan 
ularning 
miyada 
so’zlarning 
mazmuni, 
mohiyati, 
ma'nosi 
tarzida 
mujassamlashuvini o’zaro tafovutlash maqsadga muvofiq. Mabodo so’zning 
ma'nosi shaxsga tanish bo’lsa, u holda uning xulq-atvorini boshqara oladi, tabiiy 
yoki ijtimoiy muhitga moslashuvini ta'minlashga yordam ko’rsatadi. Agarda 
so’zning ma'nosi notanish bo’lsa, u odamga faqat birinchi signallar sistemasining 
signallari tarzida ta'sir o’tkazadi yoinki shaxs uchun mutlaqo qiymatsiz, 
ahamiyatsiz narsaga aylanib qoladi. Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqqan 
holda psixika ob'ektiv borliqning sub'ektiv obrazining voqelik tarzida miyada aks 
etishi deb basholash mumkin. 
Psixikani aks ettirish imkoniyatini to’gri, oqilona talqin qilish uchun bilish 
nazariyasi, bilish manbalari, shakllari, uslublari, haqiqatni o’lchash mezonlari, 
vositalari, yo’llari kabilarga ilmiy yondashish lozim. Psixikani o’rganishda ob'ekt 
bilan sub'ektning hamkorlikdagi xatti-harakatini hisobga olish shaxsning borliq 
to’g’risidagi bilimlarining chinligi (haqiqatligi), in'ikosning o’xshashligi 
muammolar yechimini topishga puxta negiz hozirlaydi. 
Psixologiya fani psixikani o’rganishning tadqiqot metodlariga, yaqqol 
vazifalariga, izlanishning rang-barang mavzulariga ega bo’lib, vaziyat va hart-
haroitdan kelib chiqqan holda ularga murojaat qiladi. Psixologiya fani ta'sir 
ko’rsatuvchi (o’tkazuvchi) ob'ektlari hisoblanmish sub'ektning ichki psixik (ruhiy) 
holatiga, shuningdek, tashqi taassurotlar natijasida vujudga keladigan o’zgarishlar 
jarayon sifatida qay yo’sinda kechishishni tekshiradi. Psixologiya aks ettiriluvchi 
narsa va hodisalarning in'ikos jarayoniga aylanish mexanizlarini, sub'ektning o’z 
faoliyatini rejalashtirishni, nazorat qilishni, boshqarishni tadqiqot etadi. Psixika 
faollik xususiyatiga ega bo’lib, u mayllarda, maqbul yechimni qidirishda, xatti-
harakat variantlari ehtimolligini xayoldan o’tkazishda, undashda, turtkilarda o’z 
ifodasini topadi. Xuddi shu bois psixik aks ettirish (in'ikos) sust narsa emas, balki u 
harakat, xatti-harakat, ta'sir, o’zaro ta'sir kabilarni tanlash, qiyoslash, izlash, 
ajratish bilan bevosita aloqador shaxs faoliyatining muhim jabhasi sanaladi.
Hozirgi zamon psixologiyasida faoliyat, jarayon va xulq-atvorninng faol 
boshqarilishi teskari aloqa apparatining ishlashini taqozo etadi (P.K.Anoxin, 
A.N.Bernshteyn va boshqalar). Teskari aloqa tushunchasi kibernetika, fiziologiya, 
psixologiya fanlarida keng ko’lamda qo’llanilib kelinmoqda. Teskari aloqa 
psixologiya bilan fiziologiya fanlarida har bir javob harakati hal qilinayotgan 


18 
vazifa (muammo) miyada baholanilishi tushuniladi. P.K.Anoxin nuqtai nazaricha, 
organizmda muayyan sikl bilan ish bajaruvchi yaxlit sistema mavjud. Mazkur 
sistemada markazdan javob harakatiga buyruq berilishining birorta ham lahzasi 
teskari yo’nalishda (periferiyadan markazga qarab) harakatning natijasi haqida 
zudlik bilan axborot (teskari aloqa) yuborilmaguncha tugallanmaydi. Teskari aloqa 
apparati (sistemasi) yordami bilan organizm o’z harakatining natijasini obraz 
(timsol) bilan taqqoslab ko’radi.
A.N.Bernshteyn talqinicha, natijaga nisbatan obraz oldinroq paydo bo’ladi, 
voqelikning o’ziga xos modeli tarzida uning yuz berishi to’g’risida oldindan 
(ilgarilab ketib) axborot, xabar, ma'lumot beradi ("bashorat eshtimolligi" 
nazariyasi). P.K.Anoxin va A.N.Bernshteyn nazariyalariga asoslangan holda 
psixikaning mavjudligi harakatning izchil dasturini (programmasini) tuzish, 
oldiniga ichki rejada ish bajarish, xulq-atvordagi eshtimol ko’rinishlarini tanlash, 
bosqichlarini amalga oshirish tufayli harakat qilish imkoni tug’iladi. 
Tabiatshunos olimlarning mulohazalaricha, biologik evolyutsiya jarayonida 
shaxs psixikasi xulq-atvorni boshqarishning alohida apparati tarzida paydo bo’ladi, 
sifat jihatidan o’zgarib boradi. Ijtimoiy muhit, shaxslararo munosabat, jamoaviy, 
oilaviy turmush (hayot) qonunlari, qonuniyatlari ta'siri ostida odamlar shaxsga 
aylana boshlaydi (ijtimoiylashuv natijasida), ularning har birida mikromuhitning, 
kamol topgan tarixiy haroitning izlari o’z aksini qoldiradi. Umumiylik (etnik) bilan 
xususiylik (shaxslilik) o’rtasida o’zaro uyg’unlik hukm sursa-da, lekin alohida 
olingan insonning xulq-atvori, xatti-harakatlari shaxsiy xususiyat kasb etadi. 
Yuqorida yuritilgan mulohazalardan kelib chiqqan holda psixologiya faniga 
ta'rif berish mumkin. Psixologiya - voqelikning miyada obraz tarzida yuzaga 
keltiruvchi psixik omillar, jarayonlar, holatlar, qonuniyatlar, xossalar, vaziyatlar, 
xislatlar, fazilatlar, mexanizmlar to’g’risidagi fandir. Insonninng shaxsiy 
xususiyatga ega bo’lgan xulq-atvori va faoliyati voqelikning miyadagi obrazlar 
yordami bilan boshqarilib turadi. 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin