4. Faoliyatning o’zlashtirilishi va malakalarni egallash
Psixologiya fanida harakat tushunchasi tashlil qilinganida u motor
(jismoniy) harakat, sensor (shissiy) harakat va markaziy qismga ajratiladi. Shunga
muvofiq ravishda ajratilgan tarkiblar harakatni amalga oshirish jarayonida
52
bajaradigan ishlarni ijro etish, nazorat qilish va boshqarish bilan shug’ullanadi.
Faoliyat harakatlarining ijro etish, nazorat qilish va boshqarishda qo’llaniladigan
yo’l-yo’riqlar uning usullari deyiladi.
Odatda harakatlar anglanilgan yoki anglanilmagan tarzda amalga oshirilishi
kuzatiladi. Harakatni bajarishda ong borgan sari kamroq ishtirok etishi tufayli ishni
amalga oshirish avtomatlasha boshlaydi, ayrim mayda- chuyda qismlarga nisbatan
e'tibor (nazorat) kamayadi. Shuning uchun inson faoliyatida maqsadga
yo’naltirilgan sa'i-harakatlarni ijro etish va boshqarishning muayyan darajada
avtomatlashuvi malaka deyiladi. Xuddi shu boisdan harakatlarni boshqarish bilan
sa'i-harakatlarni boshqarish aynan bir narsa emas, albatta. Chunki sa'i-
harakatlarning yuksak darajada avtomatlashuvi uning o’z tarkibidagi harakatni
ongli ravishda idora qilish bilan uyg’unlashib ketadi. Patologik holatlardan
tashqari, barcha faoliyat turlari ong bilan boshqarilib turadi. Harakat tarkiblarining
avtomatlashuvi: birinchidan, ongli ravishda yo’naltirilgan ob'ektni almashtiradi.
Ikkinchidan, harakatning umumiy maqsadlarini, uning ijro etilishi hart-
haroitlarini, natijalarini nazorat qilishni, uchinchidan, ularni basholashni ong uning
tasarrufi doirasiga kiritadi.
Malakaning tuzilishi. Harakatning qisman avtomatlashuvi tufayli uning
tuzilishida ayrim sifat o’zgarishlari yuz beradi va ular quyidagilardan tashkil
topgandir: Birinchidan, sa'i-harakatlarning ijro etilishi usullari o’zgaradi. Bunda bir
qator sodda sa'i-harakatlar yagona jarayonga (tarkibga) kiruvchi ba'zi sodda sa'i-
harakatlar o’rtasida to’siq va uzilish ro’y bermagan bitta murakkab sa'i-harakat
o’zaro bir-biriga qo’shilib ketadi, ortiqchalari esa bartaraf etiladi.
Masalan, bola velosipedni uchishga o’rganayotgan paytida bir qancha
ortiqcha harakatlarni amalga oshiradi: o’zini bir tekis tuta olmaydi, pedalni birini
bosib, ikkinchisini bosmaydi, rolni qattiq tutadi, yo’lga diqqatini taqsimlay
olmaydi, o’rindiqqa noqulay o’tiradi, birovning yordamiga tayanadi. Malakali
velosiped shaydovchisi harakatni silliq bajaradi, ortiqcha urinishlarga yo’l
qo’ymaydi. Harakatlarni o’zlashtirish jarayonida:
a)sa'i-harakatlar
tarkibi;
b)sa'i-harakatlar
izchilligi;
v)sa'i-harakatlar
uyg’unligi; g)ularning tezligi rejali kechishiga haroit yuzaga keladi.
Ikkinchidan, harakatni sensor (shissiy) nazorat qilish usullari o’zgaradi.
Dastavval, sa'i-harakatlar amalga oshishini ko’rish organi orqali nazorat qilish
kinestetik (mushaklar yordamida harakat) nazorat bilan almashadi. Chunonchi,
charxchi asbobning tezligiga emas, balki ko’proq pichoq tig’iga e'tibor qaratadi.
Sa'i-harakatlarning xususiyatini aniqlovchi har xil o’lchamlarining nisbatini
basholash imkonini vujudga keltiradigan sensor sintezlar (yunoncha synthesis
uyushma demakdir) shosil bo’ladi. Harakat mashsullarini nazorat qilishga aloshida
ahamiyat kasb etadigan mo’ljallarni farqlash va ajratish uquvchanligi insonda
rivojlanadi.
Uchinchidan, harakatni markazdan turib boshqarish usullari o’zgarib boradi.
Harakat usullarini idrok etishdan diqqat xoli bo’lib, u uning vaziyati va
mashsulasiga qaratilgandir. Topshiriq yechimlari, aqliy faoliyat jarayonlari
tezkorlikda, hamkorlikda bajarila boshlaydi.
53
Jumladan,
uchuvchi
samolyot
dvigatelining
ortiqcha
kuch
bilan
ishlayotganini tovushidan fashmlaydi. Narsalarni aniqlashga sarflanadigan vaqt
kamaya boradi. qo’llanishga mo’ljallangan usullarning turkum tarzda ong
yordamida oldindan payqash (sezish, fashmlash, bilish) jarayoni antisipasiya
(lotincha anticipatio oldindan fashmlash, sezish ma'nosini anglatadi) deyiladi.
Shuning uchun harakat usullaridagi mazkur o’zgarishning siri nimada va
ular qanday psixologik mexanizmiga ega? degan savolning tug’ilishi tabiiydir.
Psixologik mexanizm (ta'minlash) o’z ichiga izlanish urinishlarini va tanlashni
oladi. Shaxs u yoki bu harakatni bajarishga urinib ko’radi, shatto ushbu jarayonni
nazorat qilib ham turadi. Bu o’z navbatida muvaqqiyatli urinishlar (sa'i-harakatlar),
o’zini oqlagan chamalashlar, mo’ljallar inson tomonidan tanlanadi va asta- sekin
mustashkamlanadi. qo’llanganda foyda (naf) bermagan harakatlar samara
beruvchilari bilan almashtiriladi. Bu holat muayyan davr davomida takrorlanadi
yoki mashq qilinadi. Ana shundan kelib chiqqan holda muayyan harakatlarini
o’zlashtirish maqsadida ularni ongli ravishda nazorat qilishga va o’zgartirishga
harakat qilinadi. Amaliy ish harakatlarini takrorlanmasdan turib, turli xususiyatli
malakalarni shakllantirib bo’lmaydi.
Malakani shakllantirishda bajarilayotgan harakatlarning nutq faoliyatida so’z
bilan ifodalanishi va harakatning timsolini xayolda mujassamlashtirilishi muhim
ahamiyat kasb etadi. Ana shu yo’sinda insonning malakasi anglashinilgan tarzda
avtomatlashgan xatti-harakat sifatida shakllanadi. Malakalarni shakllantirish
mexanizmiga, prinsipiga muayyan odatiy jabshalarga, usul va vositalar tanlash
xususiyatiga aloshida e'tibor qilish uning muvaffaqiyatli shosil bo’lishini
ta'minlaydi. Buning uchun quyidagilarga ahamiyat berish maqsadga muvofiq: a)
usullarni tanlash, b) harakatda ong nazorat funksiyasini kamaytirish, v) maqsadni
oydinlashtirish, g) hart-haroitni tasavvur etish, d) malakani shakllantirish modelini
xayolda yaratish va hokazo.
Psixologiya fanida malakani shakllantirishning asosiy bosqichlari sxemasi
ishlab chiqilgan, bunda asosiy e'tibor malakaning xususiyatiga, malakaning
maqsadiga, harakatni bajarish usullariga qaratiladi. Shuningdek, malakalarning
o’zaro ta'siri muammosiga aloshida ahamiyat beriladi, chunki inson malakalar
tizimiga amal qilgan holda yangi malakani o’zlashtiradi.Oldin egallangan malaka,
keyingisini tarkib topishiga yordamlashadi, gosho unga xalaqit berishi ham
mumkin. Harakatning avtomatlashuvi uning maqsadi, ob'ekti, vaziyati va hart-
haroitlari bilan belgilanadi.
Harakatning muvaffaqiyati, samaradorligi ko’p jishatdan sensor nazoratga
hamda uning yangi haroitiga ko’chishiga bog’liq.
Malakalarning noto’g’ri (teskari) ko’chirilishi interferensiya hodisasini
vujudga keltiradi. Faoliyat ko’nikma, malaka, usul, harakat,sa'i-harakat, operasiya
kabi tarkibiy qismlar tufayli muayyan mashsullarga erishadi, moddiy va ma'naviy
natijalarni hamda bilimlarni vujudga keltiradi.
Psixologik
ma'lumotlarning
ko’rsatishicha,
faoliyat
shaxslararo
munosabatlar tizimi tariqasida, hamkorlik tarzida namoyon bo’ladi. Faoliyatda
inson shaxsi (uning xususiyatlari) aks etadi va ayni bir davrda faoliyat odam
54
shaklini tarkib toptiradi. Ong bilan faoliyat birligi prinsipiga asoslanish orqali
shaxs kamol topadi, shaxslararo munosabatga kirishadi, ijtimoiy tajribalarni
o’zlashtiradi, o’zaro ta'sir yordamida ijtimoiylashadi. Inson shaxsining shakllanishi
o’yin, ta'lim, mehnat, sport va boshqa faoliyatning turlarida amalga oshadi. Faollik
tufayli faoliyatni amalga oshirish jarayoni yuzaga keladi, xulq-atvor, muomala
(kommunikasiya) vositasida eshtiyoj, istak, ijtimoiy talablar qondiriladi, turli
xususiyatli axborotlar o’zlashtirilishi natijasida shaxs tarkib topa boshlaydi.
1.
O’yin faoliyati. Faoliyatning oddiy shakllaridan biri o’yin
shisoblanadi, lekin u tobora takomillashib, sodda harakatlardan keyinchalik
syujetli, roli o’yinlarga, shatto sportgacha murakkablashib boradi, atrof mushitni
aks ettirishida ishtirok eta boshlaydi. Insonning borliqni in'ikos etishidagi dastlabki
urinishni harakat orqali namoyon bo’ladi. Harakatlar bolaning tabiatga, uni
qurshab turgan kishilik dunyosiga nisbatan munosabatini, ular to’g’risidagi ilk
taassurotlar, sodda tasavvurlar, bilimlarni o’zlashtirishni anglatib keladi.
Keyinchalik oddiy harakatlar muayyan ma'no kasb etib, syujetli va rolli o’yinlarga
aylanadi. o’yinlar milliy (etnik) va umumbahariy turkumlardan tarkib topgan
bo’lib, ijtimoiy shayotning barcha jabshalarini o’zida aks ettiradi. o’yinlar
takomillashib borib sport turlariga, sport faoliyatiga o’sib o’tadi, jumladan,
shaxmat, damino, futbol, shashka va xokazo. Sport o’yin faoliyati sifatida barcha
yoshdagi insonlarga xos bo’lib shisoblanadi. O’yin faoliyatida bola ijtimoiy
voqelikni taqlid, rol orqali ijro etishga harakat qiladi va shu yo’sinda atrof mushit
to’g’risidagi, ijtimoiy turmushdagi shaxslararo munosabatlarni o’zlashtira boradi.
Ijtimoiy turmushdagi u yoki bu hodisani rol orqali ijro qiladi. So’z bilan
harakatning birikuvi natijasida o’yin faoliyat tusini oladi va muayyan ma'no,
axborot berish, uzatish imkoniyatiga ega bo’ladi. Dastlabki o’yin aynan kattalar
xatti-harakatini takrorlash, ularga taqlid qilish bilan tavsiflanadi. Syujetli o’yinlar
borliqning gosh anglangan, gosho anglanmagan tarzda u yoki bu tomonlarini
egallashga xizmat qiladi.
O’yin dastavval bola uchun vaqt o’tkazish, uni mashg’ul qilish funksiyasini
bajarsa, keyinchalik ijtimoiy tarixiy taraqqiyot namunalarini ifodalash darajasiga
o’sib o’tadi. Rollar, ma'noli harakatlar, ibratli imo-ishoralar, tushunchalar bola
shaxsini shakllantirishda faol ishtirok etadi. Bola tug’ilganidan to maktab
ta'limigacha davrida uning uchun o’yin faoliyati yetakchi faoliyat rolini bajaradi,
shuningdek, o’yin didaktik tus kasb etishi ham mumkin.
2. Ta'lim. Ta'lim ham jarayon, ham faoliyat sifatida insonning shayotida
muhim rol o’ynaydi va muayyan davr uchun yetakchi faoliyat sifatida gavdalanishi
mumkin. Ta'lim boshqacha so’z bilan aytganda, o’qituvchi bilan o’quvchining
sub'ekt-sub'ekt munosabatidagi hamkorlik faoliyati shisoblanadi. Aksariyat
shollarda o’qituvchi axborot uzatuvchi (kommunikator) o’quvchi esa uni qabul
qiluvchi ob'ekt sifatida talqin etiladi, lekin ikkiyoqlama harakat tufayli ma'lumot
insonga anglashiniladi, o’zaro ta'sir, o’zaro anglashuv, tushunuv, o’zaro
sub'ektlarning bir- birga zaruriyligi, taqozochanligi hamkorlikning muvaffaqiyati
kafolatli sanaladi. Ta'lim o’quv faoliyati, aqliy faoliyat, bilish faoliyati turtkisi
55
vazifasini o’taydi, chunki har qaysi faoliyatning shakli aqliy mehnat tufayli amalga
oshadi. Ta'limning boshqa faoliyat turlaridan farqi uning mashsulining o’ziga
xosligi, barcha bosqichlariga ongli yondashuvda va munosabatda bo’lishdir. Ta'lim
o’quv faoliyati yoki jarayon sifatida mustaqil izlanishni, ijodiy munosabatni, turli
vaziyat (auditoriya va undan tashqarida)ni, har xil bosqichni (boshlang’ich, o’rta,
maxsus, oliy ta'lim) o’zida mujassamlashtiradi. Mustaqil bilim olish va mutolaa
qilish ham o’quv faoliyatining muayyan ko’rinishlari bo’lib, shaxsiy ilmiy, ijodiy
izlanishning mashsuli shisoblanadi.
Ta'lim tarbiya bilan uyg’unlashgan tarzda namoyon bo’ladi, sub'ektga
ob'ektiv ta'sir o’tkazish tufayli bilimlar egallanadi, muayyan shaxsiy fazilatlar
tarkib topadi. Ta'limning moshiyatiga (matnda g’oya, taassurot, mazmun, syujet,
timsol orqali) tarbiyaviy ta'sir o’tkazish dasturiy asosda, ierarxik (yunoncha
hierarchia izchillik) tarzda singdiriladi. Ta'lim muayyan guruh va jamoani
shakllantiradi, shaxslararo munosabat maromlari bilan tanishtiradi, shaxsiy
fazilatlarning tarkib topishiga, sub'ektning ijtimoiylashuviga sezilarli ta'sir
o’tkazadi. Ta'limning yana bir muhim funksiyasi shuki, u turli yoshdagi odamlarni
kasb tanlashga yo’naltiradi, kasbiy tayyorgarlikni amalga oshirishga, mutaxassis
sifatida shakllanishga muhim ta'sir o’tkazadi. Ta'lim ijtimoiy jishatdan shaxslarni
shakllantirish, ixtisos ko’nikmalari bilan qurollantirish, u yoki bu sohada
mutaxassis bo’lib faoliyat ko’rsatishga xizmat qiladi. Mustaqil fikrlash, psixologik
imkoniyatlarni ro’yobga chiqarish, barkamollikni egallash borasida ijtimoiy
shayotning turli jabshalarida ta'lim yetakchi faoliyat tariqasida muhim rol
o’ynaydi.
3 Mehnat faoliyati. Insoniyat o’zining mehnati tufayli ongli mavjudodga
aylangan, jamiyatda mo’l-ko’lchilikni yaratgan, tabiatda esa ayrim o’zgartirishlarni
amalga oshirgan, borliq to’g’risidagi ma'lumotlarni egallashga muharraf bo’lgan.
Mehnat faoliyatining tarkibida mehnat, ish harakat yotadi. Ularning har qaysisi
muayyan ulushni amalga oshirish tufayli faoliyat mashsuli vujudga keladi, u
moddiy yoki ma'naviy ko’rinishda bo’lishi mumkin.
Ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan kasb-kor ko’nikmalarini avlodlarga
o’rgatish mehnat faoliyati yordamida amalga oshiriladi. Kasbiy malakalarni
shakllantirish, takomilashtirish, mashsulot yaratish va undan maqsadga muvofiq
ravishda foydalanish mehnat faoliyati orqali ro’yobga chiqariladi.
Mehnat faoliyatida amaliy ko’nikmalar barqarorlashadi, nazariy fikr, g’oya,
mulohaza vujudga keladi. Faoliyat bilan ong birligi mavjud bo’lganligi sababli
shaxs tarkib topadi, ham axloqan, ham aqlan rivojlanadi. Mehnat faoliyati
individual xususiyat kasb etsa-da, lekin uning moshiyati ijtimoiydir. Inson shaxsiy
eshtiyojini qondirish uchun mehnat qiladi, u yoki bu mashsulot ishlab chiqariladi,
oqibat natijada odam ijtimoiy jamiyat farovonligi uchun o’z shaxsiy ulushini
qo’shadi.
Mehnat faoliyati yashash, eshtiyojni qondirish, kelajak uchun mo’l-
ko’lchilik vujudga keltirish, yaratilgan mashsullarni (me'morchilik, san'at,
madaniyat asarlarini) saqlash, asrash, meros sifatida qoldirish funksiyalarini
bajaradi.
Shuning
uchun
mehnat
faoliyati
o’n
minglab
kasb-kor
56
professiogrammasiga asoslangan holda turli shaklda tashkil qilinadi va muayyan
reja, maqsadni ro’yobga chiqarish uchun har xil vaziyatlarda amalga oshiriladi.
Mehnat maishiy va ishlab chiqarish turlariga ajratilgan holda imkoniyatga,
layoqatga, qobiliyatga, saloshiyatga qarab taqsimlanadi. Shuning uchun mehnat
faoliyatining sodda ko’rinishlari ilk bolalik yoshidan ko’zga tashlanadi, bu o’rinda
dastyorlik, ko’maklashish holatlari nazarda tutiladi. Keyinchalik yaxlit mehnat
faoliyati tashkil qilinadi va muayyan maqsad amalga oshiriladi, uning mashsuli
(natijasi) moddiy ko’rinishga ega bo’ladi.
Mehnat turlari maishiy, ishlab chiqarish sohalari moshiyatidan kelib chiqqan
holda paydo bo’ladi va ijtimoiy talab, eshtiyojni qondirish uchun xizmat qiladi.
Mehnat faoliyati shaxsni rag’batlantiradi (maosh, maqtov) va kasbiy
shakllanishining yangi qirralarini ro’yobga chiqarishga zamin shozirlaydi.
Natijada qobiliyatli, saloshiyatli mutaxassis, mashoratli, novator kasb egasi
bosqichlariga erishishga shaxsni safarbar etadi.
Mehnat faoliyati kishida praksik (lazzatlanish) shissini shakllantiradi, butun
imkoniyatini ishga tushirishga moddiy, ma'naviy negiz yaratadi
Dostları ilə paylaş: |