*zbekiston respublikasi


Faoliyatning o’ziga xosligi



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/47
tarix05.05.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#108437
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   47
g‘oziyev e. umumiy psixologiya. 1-kitob

2.1. Faoliyatning o’ziga xosligi 
Faoliyat jahon psixologiyasi fanining asosiy (fundamental) tushunchalaridan 
biri shisoblanib, ko’pincha psixologik kategoriya sifatida olib qaraladi. Shuning 
bilan birga ushbu tushuncha shaddan ziyod keng ma'noli va ko’p ahamiyatli tarzda 
foydalanilganligi tufayli uning moshiyati yoyiq bo’lib boradi, natijada qiymati asl 
mazmunini yo’qotadi. Xuddi shu boisdan psixologiyada faoliyat uchun umumiy 
qabul qilingan definisiya mavjud emas, foydalanib kelinayotgan tuzilma, ta'rif esa 
ko’p shollarda tanqidga uchraydi. Sholbuki shunday ekan, semantik tashlil 
o’tkazish orqali faoliyatga nisbatan turlicha qarashlarni umumlashtirish, o’zaro 
taqqoslash zaruriyati aniqlangan bo’lar edi, bu esa o’z navbatida uning 


50 
(faoliyatning) ilmiy psixologik ob'ektiga aylantirishi unga aloqador tushunchalar 
tarkibini mukammallashtirish imkoniyatini vujudga keltiradi. 
Ensiklopediya, izoshli lug’at va lingvistik so’zliklardagi ma'lumotlar, ilmiy 
matnlar tashlilining ko’rsatishicha, faoliyat tushunchasi falsafa, fiziologiya
sosiologiya, psixologiya fanlari predmetidan kelib chiqib, o’zaro qorishish 
oqibatida mehnat, ish, aktivlik, xulq singari to’rt xil tavsifga ega bo’lgan. 
I.M.Sechenov fiziologik organlar va tizimlar faolligi yoki ishi to’g’risida 
tasavvurga ega bo’lgan, shu sababdan uning asarlarida "tafakkurning faol shakli", 
"tafakkur faoliyati", "miya faoliyati", "muskul faoliyati" so’z birikmalari keng 
ko’lamda 
joy 
egallagan. 
I.P.Pavlov 
tomonidan 
"oliy 
nerv 
faoliyati", 
N.A.Bernshteyn esa "fiziologiya faolligi" atamasi fan olamiga olib kirgan. Lekin 
N.A.Bernshteyn faollik, faoliyat, ish, mehnat tushunchalarini ma'nosiga ko’ra 
farqlagan bo’lishiga qaramay, u aksariyat shollarda faollikni faoliyat ma'nosida 
qo’llagan. 
Psixofiziologiyada faoliyat faollikni fiziologik ma'nosi sifatida talqin 
qilingan bo’lsa, ish, mehnat faoliyati "mehnat faolligi" mazmunida qo’llanadi. 
Ijtimoiy psixologiyada "faoliyat-faollik-ish-mehnat", "faoliyat-xulq", "mehnat-
xulq-faoliyat" ko’rinishlari juftligi uchrab turadi.
S.L.Rubinshteyn ong va faoliyat birligi prinsipini ilgari surib va atroflicha 
asoslab berib, faoliyat psixologiyasini yaratish zaruriyatini tushuntira oldi. 
Uningcha, mehnat psixologik emas, balki "ijtimoiy kategoriya", psixologiya esa 
"mehnat faoliyatining psixologik jabshalarini" tadqiq etadi. Psixiklilikning 
namoyon bo’lishi yoki shukm surishining ob'ektiv shakli xulqda, faoliyatda 
ifodalanadi (aks ettirish harakati ma'nosida).
A.N.Leontev faoliyatning psixologik nazariyasini yaratib, uning asosiy 
tushunchasi sifatida "predmetli faoliyat" so’z birikmasini fanga olib kirdi. Muallif 
tomonidan "odamning shissiy amaliy faoliyati" so’z birikmasi "ijtimoiy inson" 
sifatida talqin etiladi. Uning asarlarida "faoliyat", "xulq" tushunchalari har xil 
mazmunda ishlatiladi, jumladan, "teskari aloqalar vositasida xulqni boshqarish", 
"faoliyatning shalqali tuzilishi", "faoliyatni boshqarish", "qo’lning tuyush 
faoliyati", "perseptiv faoliyat", "reseptor va effektor apparatlarning hamkorlik 
faoliyati" kabilar. 
B.G.Ananev faoliyat psixologiyasini faollik psixologiyasi ma'nosida 
tushunadi. Uning fikricha, bilish va muomala faoliyatning birlamchi ko’rinishidir. 
Tadqiqotchi "inson faoliyati", "tashkiliy ish", "tashkilotchilik faoliyati", "xulq 
jarayonining algoritmlari" atamalaridan har xil ma'noda foydalanadi. 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin