48
harakatlarning ushbu turlarida ta'kidlab o’tilganlardan tashqari mushaklar,
xiqildoq, tovush paychalari, nafas olish a'zolari ishtirok etadi. Demak, narsalarni
o’zlashtirishga qaratilgan harakatning ishga tushishi muayyan sa'i-harakatlar
tizimining amalga oshirilishini anglatadi. Bu hodisa ko’p jishatdan harakatning
maqsadiga, ta'sir o’tkaziladigan narsalarning xususiyatlariga va harakatning
amalga oshishi hart haroitlariga bog’liq. Jumladan, a)kitobni olish qalamni
olishdan boshqacharoq tarzdagi sa'i- harakatni taqozo etadi; b)
avtomobilni
shaydash velosipedda uchishga qaraganda ayricha sa'i- harakat talab qiladi; v) ellik
kg shtangani ko’tarishda bir pudlik tonnaga qaraganda ko’proq quvvat sarflanadi;
g) kartonga katta shaklni yopishtirishga qaraganda kichik shaklni joylashtirish,
qiyin kechadi.
Yuqorida keltirilgan misollar turlicha ob'ektlarga taalluqli bo’lishiga
qaramay, ularda harakatning maqsadi yagonadir. Ob'ektlarning turlicha ekanligi
sa'i-harakatlarning oldiga va mushak faoliyati tuzilishiga har xil talablarni, tizimni
qo’yadi.
Ushbu
voqelik
rus
olimlari
P.K.Anoxin,
N.A.Bernshteyn,
E.A.Asratyanlarning
tadqiqotlarida
dalillab
berilgan.
Ularning
umumiy
mulohazalariga qaraganda, mushaklarning faoliyati sa'i-harakat vazifasi bilan
emas, balki mazkur sa'i-harakat ro’y beradigan hart- haroitlar bilan boshqarilishi
mumkin. Mushaklar bu o’rinda sa'i-harakatlarning yo’nalishini va tezligini
ta'minlash uchun xizmat qiladi, har xil qarshiliklarni (shajm, kuch, vazn ta'siri)
muayyan darajada susaytiradi.
Sa'i-harakatlarning amalga oshirilishi beo’xtov ravishda nazorat qilinadi,
uning mashsulasi harakatning pirovard maqsadi bilan
qiyoslanadi va unga ayrim
tuzatishlar kiritiladi, xuddi shu tarzda boshqaruv betinim takrorlanaveradi,
harakatni nazorat qilish jarayoni esa sezgi a'zolari yordami bilan vujudga keladi.
Sa'i-harakatning sensor (sezgi a'zolari yordamida) nazorat qilishning isboti uning
oynadagi o’z aksiga qarab chizishda o’z ifodasini topadi. Ma'lumki, oynada
qalamning odam qo’li harakat yo’nalishi bo’yicha emas, balki qarama-qarshi
tomonga harakatlanayotganday tuyuladi. Inson ko’rish orqali mashqlanishi tufayli
ma'lumotlardan foydalanish bilan harakatni muvofiqlashtirishni uddalaydi.
Sa'i-harakatlarning nazorat qilish jarayoni va ularni boshqarish teskari aloqa
prinsipiga binoan ro’yobga chiqadi. Ushbu hodisani amalga oshish imkoniyati
quyidagi omillarga bevosita bog’liq holda kechadi: a) sezgi a'zolari aloqa kanali
vazifasini bajargan taqdirda; b) ular axborot manbai
sifatida harakat rolini
o’ynaganda; v) sa'i-harakatlarni aks ettiruvchi alomatlar bu jarayonda xabar
yetkazuvchi sifatida qatnashganida va boshqalar. Ta'kidlab o’tilgan omillar orqali
amalga oshadigan teskari aloqaning bunday shaklini (ko’rinishini) rus tadqiqotchi
P.K.Anoxin teskari afferentasiya deb atagan. Afferentasiya (lotincha afforens
keltiruvchi degan ma'no anglatadi) hamda tashqi qo’zg’atuvchilardan, hamda ichki
organlardan, axborotni qabul qiluvchi shissiy a'zolardan markaziy nerv sistemasiga
kelib tushuvchi nerv impulslarining doimiy oqimini bildiradi. To’g’ri aloqa-
axborotlarining tashqaridan kirib borishini anglatib kelsa, teskari afferentasiya
uning aks holatini aks ettiradi.
49
Sa'i-harakatlarning hammasi ham organlarning faoliyatini tushuntirish uchun
xizmat qiladi va nazorat (boshqaruv) jarayoni qanday
kechishini tashlil etish
imkoniyatiga ega.
Narsaga yo’naltirilgan harakatning ishga tushishi muayyan bir tizimga
taalluqli sa'i haraktlarning natijaga (maxsulaga) erishishni ta'minlash bilan
cheklanib qolmaydi. Balki u (harakat), birinchidan, sa'i-harakatlarning maxsulasiga
mos ravishda, ikkinchidan, harakatlar ob'ektning xususiyatlariga mutanosiblikda,
uchinchidan, sa'i-harakatlarni shissiy nazorat qilishni amalga oshirgan yo’sinda
ularga ba'zi bir tuzatishlar kiritadi. Ushbu jarayonni osonroq tushunish uchun
uning negizi: a) tashqi mushitning holati, b)mushitda harakatlarning vujudga
kelishi, v) natijalar (maxsulalar) to’g’risida miyaga
axborot beruvchi shissiy
mo’ljallarni egallash mujassamlashtiradi. Masalan, xaydovchi avtobusni to’xtatish
tepkisini bosish kuchini, uning harakati tezligi, shosh ko’chaning holati,
avtobusning vazni, harakat qatnovi, piyodalar gavjumligi bilan so’zsiz
moslashtiradi.
Sholbuki shunday ekan, faoliyat tarkibiga kiruvchi sa'i-harakatlar tizimi oxir
oqibatda mazkur harakatning maqsadi bilan nazorat qilinadi, basholanadi va
to’g’rilab turiladi. Maqsad miyada faoliyatning bo’lg’usi maxsulasining timsoli,
o’zgaruvchan andazasi tarzida vujudga kelishi mumkin.
Ezgu niyatga aylangan bo’lg’usi andoza bilan haraktning amaliy natijasi
qiyoslanadi, o’z navbatida andoza sa'i-harakatni yo’naltirib turadi. Ana shu
holatning turlicha psixofiziologik talqinlari mavjud bo’lib, ular "bo’lg’usi harakat
modellari", "sa'i-harakat dasturi", "maqsadning dasturi", "miyada harakatning o’zi
oldindan shosil qiladigan andozalari" singari tushunchalarda o’z ifodasini topadi.
Jumladan, ularning eng muhimlari: "harakat akseptori" va "ilgarilab aks ettirish"
(P.K.Anoxin), "harakatlantiruvchi vazifa" va "bo’lg’usi eshtiyoj andozasi"
(N.A.Bernshteyn), "zaruriy moshiyat" va "kelajak andozasi" (Mittelshtedt,
U.Eshbi) va boshqalar. Sanab o’tilgan tadqiqotchilarning talqinlari ilmiy faraz
(taxmin) tarzida berilganligi tufayli ular miyada qanday aks etilishi mumkinligini
mukammal bilishga qodir emasmiz. Lekin ularning miyada ilgarilab aks ettirish
to’g’risidagi mulohazalari, bu borada tasavvurlarning yaratilishi psixologiya fani
uchun ijobiy ilmiy voqelik bo’lib shisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: