3. Iroda nazariyasi va tadqiqoti to’g’risida tushuncha
Irodaning tadqiqoti uzoq tarixga ega bo’lib, inson ongining moshiyatini
kashf qilish jarayonidan boshlab, muayyan bilimlar to’planishi tufayli shaxsning
irodasi tabiatini tushunishga ilmiy yondashuv vujudga kelgan. XVII asrdayoq
Gobbs va Spinozalar ta'kidlab o’tganlaridek, faollik manbai bemashsul sohaning
paydo bo’lishi deb tushunish mumkin emas, chunki uni shaxsiy kuch-quvvatining
shissiy intilishi bilan uzviylikda qaramoqlik lozim. Spinozaning fikricha, iroda
bilan aql aynan bir narsadir. Unga bunday tasdiqiy munosabatning tug’ilishi
irodani ilmiy nuqtai nazardan tushunishni shakllantirgan bo’lsa, ikkinchi bir
tomondan u mustaqil substansiya sifatida tan olindi ham. V.Vundtning
mulohazasicha, irodaning negizida appersepsiya aktining sub'ekti tomonidan ichki
faollik uniki ekanligini shis etish yotadi. Uning bu konsepsiyasi emosional yoki
affektiv nom bilan psixologiya faniga kirib keldi. U. Djemsning tan olishicha,
irodaviy harakatlar boshqa ruhiy jarayonlarga qorishtirib bo’lmaydigan birlamchi
xususiyatga egadirlar. Har qanday g’oya dastlab dinamik tendensiyaga ega
158
bo’lganligi tufayli irodaviy aktning vazifasi diqqat yordami bilan bir g’oyaning
boshqasi ustidan ustuvorligini ta'minlashdan iboratdir.
Psixologiyada yetarli darajada qat'iy fikr qaror topgankim, iroda-bu
insonning qo’yilgan maqsadlariga erishishga yo’naltirilgan ongli faolligidir. Iroda
tushunchasi moshiyatiga inson tomonidan maqsad qo’ya olish qobiliyati, o’z
emosiyasini boshqarish, shaxsiy gavdasini va xulqini idora qilish kiritiladi. V. I.
Selivanov irodani tadqiq etish negizidan kelib chiqqan holda ayrim xulosalar
chiqaradi:
a) iroda- bu shaxsning o’z faoliyatini va tashqi olamdagi o’zini o’zi
boshqarilish shakllarini anglashning tavsifidir;
b) iroda-insonning yaxlit ongining bir tomoni shisoblanib, u ongning barcha
shakl va bosqichlariga taalluqlidir;
v) iroda-bu amaliy ong, o’zgaruvchi va qayta quriluvchi olam, shaxsning
o’zini ongli idora qilishlikdir;
g) iroda-bu shaxsning xissiyoti va aql-zakovati bilan bog’liq bo’lgan
xususiyatidir, ammo qaysidir harakatning motivi (turtkisi) shisoblanmaydi.
V.I.Selivanov irodaning psixologik jabshalarini yoritayotib, u shunday
g’oyani ilgari suradi, insoning ongini jarayonlar, holatlar, xislatlarni o’zida
mujassamlashtiruvchi yaxlit tizim sifatida tasavvur qilish mumkin. Shaxsning u
yoki bu ongli harakati o’zining tuzilishiga ko’ra, u bir davrning o’zida ham aqliy,
ham shissiy, ham irodaviy shisoblanadi. Tadqiqotchi V.A.Ivannikov esa irodani
motivasiyaning ixtiyoriy shakli sifatida tushunadi, shuningdek, harakat
ma'nosining o’zgarishi shisobiga uni tormozlovchi yoki qo’shimcha turtki
yaratuvchi imkoniyat, yangi real motivlarni harakat bilan birlashtiruvchi yoinki
vaziyatning tasavvur motivi tariqasida talqin qiladi. Irodaviy boshqariluv esa
harakatni "ixtiyoriy boshqariluv ko’rinishlarining bittasi sifatida" tushuniladi,
bunda boshqariluv motivasiyaning ixtiyoriy o’zgarish orqali amalga oshirilishi
ta'kidlaniladi.
Yuqoridagi mulohazalardan ko’rinib turibdiki, psixologiya fanida irodani
tushunish, ta'riflash bo’yicha bir xil munosabat yaratilmaganiday, irodaviy
sifatlarning ma'noviy asosini tashlil qilish yuzasidan ham umumiylik, umumiy
qarashlar majmuasi mavjud emas. Jumladan, V.AKruteskiy o’z asarida irodaviy
sifatlar tarkibiga sobitqadamlik,
mustaqillik, qat'iyatlilik,
sabr-toqatlilik,
intizomlilik, dadillik, jasoratlilik va tirishqoqlikni kiritadi.
P.M.Yakobson bo’lsa, irodaning muhim sifatlarini mustaqillik, qat'iyatlilik,
tirishqoqlik, o’zini uddalashga ajratadi. Insonda namoyon bo’ladigan irodaviy
sifatlar sarasiga A. I. Shcherbakov mana bularni kiritadi: sobitqadamlik va
tashabbuskorlik, tashkillashganlik va intizomlilik, urinchoqlik va tirishqoqlik,
dadillik va qat'iyatlilik, chidamlilik va o’zini uddalashlik, botirlik va jasoratlik.
Lekin aksariyat ilmiy psixologik adabiyotlarda irodaviy sifatlar qatorida
"ishonch" atamasi sanab o’tilmaydi. Shunga qaramasdan, ishonch iroda sifati
tariqasida tadqiq etilishiga shaqlidir. Buning uchun A.I.Shcherbakov tadqiqotidan
namuna keltirishning o’zi yetarlidir. Tadqiqotchining ta'kidlashicha, bir talabaga
institutni qisqa vaqt ( fursat) ichida tugatish taklif qilingan, lekin sinaluvchi bu
159
ishni
uddasidan
chiqa
olmaslikni
oshkora
bildirgan.
Shundan
so’ng
eksperimentator talabada o’z kuchiga ishonch uyg’otishga maqsad qilib qo’ygan va
unda irodaviy zo’r berish, qiyinchiliklarni yengish vositalarini shakllantirgan.
Buning natijasida talaba o’z maqsadiga erishishga muharraf bo’lgan. Bunga
o’xshash tajribalar boshqa tadqiqotchilar tomonidan ham o’tkazilganligi ilmiy
adabiyotlarda uchraydi. Shuning uchun ham o’z kuchiga ishonch psixologik hodisa
sifatida o’rganilishi ko’pchilikni qiziqtiradi, chunki kuchli irodaviy zo’r berish
qanday omillar bilan hartlanganligini kashf qilish muhim ilmiy muammo
shisoblanadi. Xuddi shu bois Hozirgi zamon psixologiyasining irodaga oid
nazariyasi zaifligi tufayli irodaviy sifatlarni tasniflashning asosiy tamoyili
(prinsipi) ishlab chiqilmagandir. Ushbu psixologik muammoni shal qilish
maqsadida V. K. Kalin irodaviy sifatlarni tasniflashga (klassifikasiyalashga) qaror
qiladi. Uning nuqtai nazaricha, bazal irodaviy sifatlar irodaviy jarayonlar asosida
vujudga keladi, ammo bunda uning intellektual va axloqiy jabshalari ishtirok
etmaydi. U bazal sifatlarni aniqlash uchun ongning quyidagicha namoyon
bo’lishini tanlaydi:
A) faollik darajasining ortishi;
B) zarur bo’lgan faollik darajasini quvvatlash;
V) faollik darajasining pasayishi.
Ana shulardan kelib chiqqan holda tadqiqotchi quyidagi sifatlarni mulohaza
uchun tavsiya qiladi; g’ayratlilik, chidamlilik, vazminlik. Agarda bu jarayonda
intellektual negiz ishtirok etmasa, shu narsani tushunib bo’lmaydi, qaysi shal
qiluvchi qurilma shisobiga vaziyat basholanadi va harakatni kuchaytirish,
quvvatlash, pasaytirish to’g’risidagi komanda beriladi. V.K.Kalin bazali tizimga
kirmagan irodaviy sifatlarni ikkilamchi deb nomlaydi, chunki ularda bilimlar,
ko’nikmalar, emosiya va intellektning paydo bo’lishi mujassalashadi. Muallif
qat'iyatlikni ikkilamchilar qatoriga kiritadi, vasholanki uning fikricha, u o’ziga
mashliyo qiladigan shis-tuyg’ularni yengishdan, shuningdek, rad etilgan
variantlardan, ishonchsizlikni to’sishdan tashkil topadi. U tirishqoqlikni ham
ikkilamchi sifatlar tarkibiga kiritadi, Chunki ularda ob'ektning to’planganligi
ifodasi o’z aksini topgan, ravshan shayotiy qadr-qiymat mujassamlashgan.
Chidamlilik tavsifida "qo’shimcha impulslar", "qo’shimcha irodaviy zo’r berish",
"iroda kuchi", "sabr-toqat" jabshalari ifodasining o’rni mavjud.
Chidamlilikka turtkining xususiyatlari tirishqoqlik irodaviy sifatga mos
tushish shollari uchraydi. Ye. P. Ilinning rang jadvalida tirishqoqlik sifati
chidamlilikdan keyin joylashgan bo’lib, quyidagi ta'rifga ega: " Tirishqoqlik-
qiyinchilikka va muvaffaqiyatsizlikka qaramasdan, maqsadga erishish yo’lida
uzluksiz ravishda intilishning paydo bo’lishidir". Tadqiqotchi D. N. Ushakovning
mulohazasicha, "chidam" tushunchasi quyidagi ma'no anglatib keladi:
1)
aksil harakat qilmasdan, shikoyatsiz, shasratsiz shalokatli, mushkul, noxush
holatlarni dildan kechiradi;
2)
aksil harakat qilmasdan, o’zgarishlarni kutgan tarzda taqdir shaziliga rozi
bo’lish;
3)
biror holatga mubtalolik;
160
4)
nima bilandir kelishish, biror ortiqcha kechinmaga parvo qilmasdan,
og’irchilikni muruvvatkorona o’tkazish;
5)
imkon darajada amal qilishga ko’nikish;
6)
shoshqaloqlikka yo’l qo’ymaslik;
7)
paysalga solishga, kutishga imkoniyat yaratish;
Shuni aloshida ta'kidlab o’tish joizki, tirishqoqlik, qat'iyatlik sifatlari bilan
bir qatorda chidamlilikni irodaviy xislatlarning yetakchisi tariqasida tan olish,
qiyinchiliklarga qaramasdan, harakatni davom ettirishga intilish tarzida tushunish
muhim ahamiyat kasb etishi shak-shubshasiz.
Lekin
og’riqqa
chidash,
bardoshlikka
moyillik
nuqtai
nazardan
yondashinilganda esa irodaning erkinligi ta'biri, irodaviy sohaning paydo bo’lishi
va amalga oshishi moshiyati yuzasidan metodologik nuqsoniy talqin yuzaga kelishi
mumkin.
Tibbiyot psixologiyasida ma'lumki, inson tomonidan og’riqqa bardosh
berish chidamlilik sifatining vujudga kelishi, kechishi jarayonining yorqin
ifodasidir. Shayot va faoliyat tajribalari ko’rsatishicha, shaxs og’riqqa ko’nika
olmaydi, chunki buning negizida boshqa mexanizmlar yotishi turgan gap.
Fiziologik me'yorlarga binoan shaxs og’riqni sezish, idrok va tasavvur
qilishning murakkab jismoniy qurilmasiga ega. Shunga qaramasdan, og’riqni inson
har xil shis qilishi, unga bardosh berishi, sabr-toqat bilan boshidan kechirishi
mumkin, bunda individual tafovut aniq namoyon bo’ladi. Diqqatning og’riq
sezgilariga to’planishi tufayli og’riq zarbi kuchayadi-bu psixofiziologik
qonuniyatdir. Xuddi shu boisdan odam og’riq sezgilariga tobe bo’lib qolmasligi
lozim, aks holda u bu noxush kechinma, ruhiy holat ta'sirida uzoq muddat qolib
ketishi kuzatiladi. Og’riqni boshdan kechirish jarayonida nafaqat chidamlilik zarur,
balki mushkul haroitlarda faollik ko’rsatish ko’nikmasi, qiyinchilikni yengish odati
muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday xususiyatga ega bo’lgan insonlarda o’z
shissiy a'zolarini, ularning harakatlarini idora qilish uquvi mavjuddir, aksincha
nozik tabiatli, ichki intizomsiz, sabr-toqati zaif, mo’rt ruhiy kechinmali shaxslar
chidamsizligini namoyish qiladilar.
Yuqorida bildirilgan mulohazalardan ko’rinib turibdiki, to shozirgacha
psixologiya fanida asosiy, muhim irodaviy sifatlarni tasniflashning umumbirlik
tamoyili mavjud emasligi tufayli aksariyat shollarda bir irodaviy xislat qo’shaloq
atama bilan belgilanishi davom etib kelmoqda (masalan, mustaqillik va
tashabbuskorlik, jur'at va dadillik, tirishqoqlik va qat'iyatlik, vazminlik va o’zini
uddalash kabilar.
Psixologiyada irodani eksperimental o’rganishga oid qator ilmiy tadqiqotlar
o’tkazilgan bo’lib, ularning ayrimlaridan namunalar keltirib o’tamiz.
Ko’pchilik tadqiqotchilar Ye. I. Ignatev qo’llangan metodikasi va uning
natijalariga xayrishoshlik bildiradilar. Lekin muallifning o’zi uni basholashda juda
eshtiyotkorlik bilan munosabatda bo’ladi. Uning mulohaza bildirishicha, ushbu
metodika yetarli darajada ishonchli, irodaning tormozlashi paydo bo’lishini
tadqiqot qilishda qoniqarli natijalar berishi mumkin, lekin undan "test" sifatida
foydalanish ko’ngildagidek ko’rsatgichlarga olib kelmasligi eshtimoldan sholi
161
emas. Ushbu metodikaning moshiyati shundan iboratki, muskulning kuchli
qisqarishidan keyin o’zining tinch holatiga qaytishdagi qarshiliklarini yengish
xususiyatini tajribada tekshirishdir. Xuddi shu vaziyatda irodaviy zo’riqishni
bartaraf etish namoyon bo’ladi. Muallifning ta'kidlashicha, zo’riqishdagi
muskullarning qisqarishini bir lashza to’xtatib qolish irodaning hartli ko’rsatkichi
tariqasida qabul qilish mumkin, chunki mazkur jarayonda inson o’z tana a'zolari
muskulini ongli boshqarish o’quvi aks etadi. Ye.I.Ignatev tadqiqotida maksimal
qisilishdan keyin irodaviy zo’riqishni (zo’r berishni) 5kg ortiq bo’lmagan oqirlikda
pasaytirishga yo’l beriladi, uning taxminicha, bu kattalik (og’irlik) zo’riqish
kuchini kamaytirmaydi va zo’r berishni vaqtincha to’xtatib qolishga ta'sirini
o’tkazmaydi. Tadqiqotchi materiallarini tashlil qilishning ko’rsatishicha, muskul
zo’r berishi 9-17 yoshdagi sinaluvchilarda 14 kgdan 40 kggacha og’irlikni tashkil
qiladi, zo’r berishning 5kg kamayish doirasi maksimal holatga nisbatan 35,7
prosentdan to 12, 5 prosent miqdorlarda mujassamlashadi.
Iroda sifatlarini tadqiqot qilishga intilgan V. I. Makarova test o’rnida
gimnastik stoldan matga (gollandcha, inglizcha "mat"-polga yoziladigan matoga
sakrashni tanlagan, chunonchi: oldingi 180 ? aylanish bilan old tomonga, orqaga.
Tajriba davomida tomir urishi, tayyorgarlik vaqti, mimika, gavda holat,
barmoqlarni bukish qayd qilib berilgan.
Shunday qilib, irodaviy sifatlarni aniqlash va basholash metodlari
o’zlarining rang-barangligi bilan tavsiflanadi. Tadqiqotchilar o’z faoliyatlarida
harakatlarning odatiy va qiyinlashtirilgan haroitlardagi xususiyatlari, ularning
mashsuldorligi kabi hodisalarni qayd qilish imkoniyatiga ega bo’lganlar
To’plangan ma'lumotlar taxlilining ko’rsatishicha, iroda motivlarda, maqsadlarda,
o’zini o’zi basholashda, harakatlarda, faoliyatda o’z ifodasini topar ekan. Xuddi
shu bois iroda- bu tashqi va ichki qiyinchiliklarni yengishni talab qiladigan
qiliqlarni va harakatlarni inson tomonidan ongli boshqarishdir.
Dostları ilə paylaş: |