VIII BOB
IRODA
1. Iroda to’g’risida tushuncha
Borliqni aks ettirish, faoliyatni muayyan yo’nalishda tashkil qilish,
muammolar yechimini egallash yuzasidan ma'lum bir qarorga kelish, uni amalga
oshirish jarayonida qiyinchiliklarni yengish harakatlar yordami bilan ro’yobga
chiqadi. Turli eshtiyojlar (shaxsiy, jamoaviy, tabiiy, madaniy, moddiy, ma'naviy)
tufayli vujudga keladigan, maqsadga yo’nalganlik xususiyatini kasb etadigan
shaxsning faolligi o’zining tuzilishi, shakli rang- barang bo’lgan harakatlar, xatti -
harakatlar va sa'i -harakatlar yordami bilan tabiat, jamiyat tarkiblarini maqsadga
muvofiq kelmaganligi sababli qayta quradi, takomillashtiradi, ezgu niyatga xizmat
qildirishga bo’ysundiriladi. Eshtiyoj, motiv, qiziqish, anglashilmagan, anglashilgan
mayllar negizidan kelib chiqadigan barcha ko’rinishdagi harakatlar o’zlarining
yuzaga kelishiga binoan ixtiyorsiz va ixtiyoriy turkumlarga ajratiladi.
Odatda psixologiyada ixtiyorsiz harakatlar anglanilgan yoki yetarli darajada
anglanmagan istak, xoshish, tilak, mayl, ustanovka va shu kabilarning ichki turtki
ta'sirida paydo bo’lishi natijasida ro’yobga chiqariladi. Mazkur istak va uning
boshqa shakllari impulsiv (lotincha impulsus ixtiyorsiz qo’zg’olish ma'nosini
anglatadi) xususiyatiga ega bo’lib, inson tomonidan anglanilmaganligi uchun
ma'lum ob'ektga qaratish yuzasidan rejalashtirilmagan, shatto ko’zda tutilmagan
bo’ladi. Insonning favquloddagi vaziyatda yuzaga keladigan sarosimalik affekti,
dashshat, shayajonlanish, ajablanish, shubshalanish va shunga o’xshash boshqa
moshiyatli, har xil shakldagi xatti-harakatlari ixtiyorsiz turkumdagilarga yorqin
misoldir. Undagi atamalar ma'nosi, aks etish imkoniyati bundan oldingi shissiyot
to’g’risidagi ma'lumotlarda keng ko’lamda bayon qilingan.
Boshqa kategoriyada taalluqli harakatlar ixtiyoriy harakatlar deb nomlanib,
ular maqsad ko’zlash, maqsadni anglashni va uni amalga oshirishni ta'minlovchi
operasiyalar, usullar va vositalarni shaxs o’z miyasida tasavvur qilishni,
samaradorligini taxminan basholashni taqozo etadi. o’zining moshiyati bilan
tafovutlanib turuvchi ixtiyoriy harakatlarning aloshida guruhini irodaviy harakatlar
deb ataluvchi turkum tashkil qiladi.
146
Psixologik ma'lumotlarga asoslangan holda ularga quyidagicha ta'rif berish
mumkin: "Maqsadga erishish yo’lida uchraydigan qarama-qarshiliklarni bartaraf
qilish jarayonida zo’r berish bilan uyg’unlashgan, muayyan maqsadga
yo’naltirilgan ongli harakatlar irodaviy harakatlar deyiladi".
Shaxsning irodaviy faoliyati o’z oldiga qo’ygan anglangan maqsadlarni
bajarishdan, amalga oshirishdan iborat sodda shakldagi harakatlarning
majmuasidan iborat emas. Zo’r berishni taqozo etmaydigan ish harakati (masalan,
shkafdan choynak olish, sochiqni qoziqqa ilish va hokazolar) bilan irodaviy
faoliyat tarkiblari o’rtasida keskin tafovut mavjud. Irodaviy faoliyat o’ziga xos
xususiyatga ega bo’lib, uning moshiyati shundan iboratki, bunda shaxs o’z oldiga
qo’ygan va unga muhim ahamiyat kasb etuvchi maqsadlariga o’zi uchun kamroq
qiymatga molik xatti-harakat motivlarini bo’ysundiradi. Ustivor (etakchi) motivlar
qo’shimcha ko’makchi motivlarni muayyan yo’nalishga safarbar qilib, umumiy
maqsadga xizmat qildiradi.
Shaxs faolligining har xil ko’rishlari mavjud bo’lib, ular funksional
tomondan bir-biridan farqlanadi, lekin iroda inson faolligining aloshida o’ziga xos
shaklidan iboratligi ajralib turadi. Iroda insonning o’z xatti-harakatlarini (xulq-
atvorini) o’zi boshqarishini, u yoki bu xususiyatli intilish va istaklarini
tormozlashni talab qiladi, binobarin, u anglanilgan turlicha harakatlar tizimi
mujassam bo’lishini nazarda tutadi. Irodaviy faoliyat moshiyati shunda ko’zga
tashlanadiki, bunda shaxs o’zini o’zi boshqaradi, o’zini qo’lga oladi, o’zining
xususiy ixtiyorsiz impulsiv tomonlarini nazorat etadi, shatto zarurat tug’ilsa, u
holda ularni tamoman yo’qotadi ham. Irodaning paydo bo’lishi bosh omili-inson
tomonidan faoliyatning turli tarkiblarining irodaviy harakatlarning tizimli tarzda
tatbiq etilishi bunday ish-harakatlarda ong bilan mujassamlashuvchi shaxsning
faolligidir. Irodaviy faoliyat shaxs tomonidan keng qo’lamda anglanilgan va ruhiy
jarayonlarni amalga oshirish xususiyati bo’yicha irodaviy zo’r berishni talab
qiladigan aqliy amallarni taqozo etadi. Bunday aqliy amallar favquloddagi
vaziyatni basholash, kelgusida amalga oshirishga mo’ljallangan harakatlar uchun
vositalar va operasiyalar tanlash, maqsad ko’zlash va unga erishishning usullarini
saralash, ularni tatbiq etish uchun muayyan qaror qabul qilish kabilar bo’lib
shisoblanadi. Ushbu amallarning barchasi irodaviy faoliyatning operasional tomoni
deb basholanadi.
Shuni aloshida ta'kidlash joizki, ba'zi psixologik holatlarda, vaziyatlarda
irodaviy faoliyat insonning butun shayot yo’lini aniqlab beradigan, uning ijtimoiy
psixologik qiyofasini (siymosini) namoyon qiladigan va ma'naviy-axloqiy
qadriyatini ro’yobga chiqarishga yordam beradigan qarorga kelish bilan
uyg’unlashadi. Shuning uchun bunday irodaviy harakatlarni amalga oshirish
jarayonida shaxs ongli harakat qiluvchi sub'ekt tariqasida ham ularning
kashfiyotchisi, ham bir davrning o’zida ijrochisi (bajaruvchi) bo’lib ishtirok etadi.
Mazkur holatda shaxs o’zida to’kis mujassamlangan qarashlari tizimiga (dinamik
stereotipiga), iymon-e'tiqodga, ishonch va dunyoqarashiga, qadriyatiga, shayotiy
munosabatlari majmuasiga, aql-zakovatiga, ma'naviyatiga asoslangan holda ongli
yo’l tutadi. Shaxsning umr (shayot) yo’lida qadriy xususiyat kasb etuvchi
147
javobgarlik shissi irodaviy harakatlarni tatbiq qilishda uning miyasiga
mujassamlashgan, anglanilgan barcha ijtimoiy psixologik hartlangan fazilatlar
(qarash, e'tiqod, qadriyat, ma'naviyat va hokazolar) sog’lom fikr, ustuvor (yuksak
tuyg’u) shissiyot tariqasida faollashadi, mustashkamlanadi hamda basholash,
qarorga kelish, tanlash, ijro etish (bajarish) jarayonlariga ta'sir qilib, umumiy
hamkorlik tizimida o’z izini qoldiradi. Javobgarlik shissi shaxs ma'naviyati,
ruhiyati, qadriyati namoyon bo’lishi, kechishi, takomillashishi bosqichlarining
boshqaruvchisi, ongli turtkisi, sifatining ko’taruvchisi funksiyasini bajaradi.
Insoniyatning ijtimoiy tarixiy taraqqiyotining yirik namoyandalari ijodiy
faoliyatiga taalluqli ma'lumotlar, qarorga kelish namunalari ularning ijtimoiy
psixologik qiyofalarini aks ettirish imkoniyatiga egadir. Masalan, buyuk sarkarda
Amir Temur Ko’ragoniyning "Kuch adolatdadir" degan shikmati, Alisher
Navoiyning "Zanjirband sher-engaman der" shitobi, Cho’lponning "Xalq
dengizdir, xalq to’lqindir, xalq kuchdir" chaqirig’i javobgarlikni yuksak shis etgan
holda xalqining xoshish irodasini ifoda qilib, qat'iy irodaviy xatti-harakatlarini
amalga oshirganlar, shu bilan birga ular o’zlarining ma'naviy, qadriy, ruhiy
qiyofalarini chuqur va ko’pyoqlama ochib berishga muharraf bo’lganlar. Ijtimoiy
tarixiy sashifalarimizda, yaqin o’tmishimizda va istiqlol davrida ko’plab
vatandoshlarimiz
irodaviy
xatti-harakatlarining
namunaviy
ko’rinishlarini
namoyish qilganlar, bular rasmiy manbalarda va badiiy adabiyotlarda keng
ko’lamda yoritilgan.
Yuqoridagi mulohazalardan tashqari, irodaviy faoliyatning o’ziga xos
psixologik xususiyatlari ham mavjuddir va ular muayyan tavsiflarga asoslanib
talqin qilinadi. Irodaviy faoliyatni yoki aloshida iroda aktini (latincha actus harakat
degan ma'noni anglatadi amalga oshirishishning xususiyatlaridan biri-bu
bajarilayotgan harakatlarning erkin ekanligini shaxs tomonidan anglash (bunday
qilsa ham bo’ladi yoki unday qilsa ham) iboratligidir. Ushbu jarayonda shaxs
shech bir narsani uddasidan chiqmaydigan yoki vaziyatga to’la-to’kis tobelik
qiladigan, qolaversa yuzaga kelgan haroit talablariga so’zsiz, zaruriy
bo’ysunadigan kechinmalar shukm surmaydi. Shuning uchun shaxs tomonidan
qarorga kelishning erkinligi, mustaqilligi bilan uyg’unlashgan kechinmalar shukm
surishi mumkin, xolos. Mazkur qarorga kelishdagi erkinlik shissi insonning o’z
niyatlari bilan harakatlari ro’yobga chiqishiga nisbatan mas'uliyat yoki javobgarlik
tuyg’usining kechishi bilan izchillik kasb etadi.
Yuqoridagi mulohazalarni durustroq anglash uchun ba'zi bir psixologiya
olamidagi hodisalarga murojaat qilish maqsadga muvofiqdir. Hozirgi davrda
psixologiya fanining namoyandalarini keskin ravishda ikki qutbga ajratgan holda
tashlil va talqin qilishning umri tugadi, lekin g’oyalar, nazariyalar o’rtasida
qarama-qarshiliklar mavjud emas degan ibora fan olamidan siqib chiqarilishini
bildirmaydi, albatta. Iroda erkinligi to’g’risidagi g’oyat bashsli psixologik
muammo sanaladi, chunonchi ushbu nazariya tarafdorlarining fikricha, inson
tomonidan amalga oshiriladigan ruhiy harakatlar (aktlar) biron bir sababiy
bog’liqlikka ega emaslar, ular avtonomdirlar, lekin bular o’z xoshishlaridan boshqa
shech bir narsaga bo’ysunmaydilar. Mulohazadan ko’rinib turibdiki, irodaviy
148
erkinlik shaxsdan tashqari shukm surishi, u boshqa ruhiy holatlar, hodisalar,
voqeliklar bilan go’yoki sababiy bog’lanishga ega emasdir. Insonning ijtimoiy
tarixiy taraqqiyoti davridagi barcha harakatlari to’la anglanilgan yoki yetarli
darajada anglangan darajada ekanligidan qat'i nazar ular ob'ektiv jishatdan
psixikaning boshqa shakllari bilan izchil bog’lanishda bo’lib kelgan.
Xuddi shu boisdan shaxsning irodaviy harakatlari nima uchun aynan
shunday amalga oshirilganligini aniqlash darajasi yuqori bo’lmasa-da, lekin biz
ularni tushuntira berish imkoniyatiga egamiz. Ilmiy ma'lumotlarga qaraganda,
shaxsning irodaviy harakati tamomila determinizmga (latincha determinure
sababiy bog’liqlik yoki hartlanganlik degan ma'noni bildiradi), binobarin, sababiy
bog’lanish qonuniga bevosita bo’ysunadi. Iroda shaxsning psixologik qiyofasi,
uning ijtimoiy shayoti va faoliyati haroitida turli axborotlar natijasi sifatida yuzaga
kelgan motivlarning xususiyati va maqsadi bilan uyg’unlashgandir. Shuningdek,
irodaviy faoliyatning bevosita motivi (sababchisi, turtkisi) tariqasida harakatlar
tizimini vujudga keltiruvchi, ularni tartibga soluvchi rang-barang vaziyatlar
haroitlar namoyon bo’ladi. Shuni unutmaslik joizki, shaxsning irodaviy faoliyati
ob'ektiv jishatdan boshqa kategoriyalar bilan bog’langandir, biroq bundan iroda
psixologik jishatdan ro’yobga chiqishiga inson mas'uliyatiga kirmagan, undan
tashqari noma'lum majburiy zaruriyat degan xulosa kelib chiqmasligi lozim.
Irodaviy faoliyatning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan tashkil
topgandir; 1) irodaviy harakatlarni shaxs hamisha ularning sub'ekti sifatida amalga
oshiradi; 2) irodaviy akt, harakat shaxs to’la-to’kis mas'ullikni zimmasiga olgan
ish, amal sifatida ichdan (ichki dunyosida) kechiriladi; 3) irodaviy faoliyat tufayli
inson ko’p jishatdan o’zini o’zi shaxs sifatida anglaydi; 4) irodaviy faoliyat sababli
shaxs o’z shayot yo’li va taqdirini o’zi belgilashini tushunib yetadi va hokazo. Shu
bilan birga irodaning faollashtiruvchi va jilovlab turuvchi (tormoz qiluvchi)
funksiyalari birgalikda (hamkorlikda) shukm sursagina, faqat shundagina
shaxsning o’z maqsadiga erishish yo’lidagi to’siqlarni yengishni kafolatlashi
mumkin. Psixologiya fanida iroda nisbatan indeterministik qarash ham mavjud
bo’lib, bunda psixik faoliyat biror narsa bilan belgilab bo’lmaydigan, ongsiz
ravishda kechadigan dastlabki faollikka tobe shisoblanadi. AqShlik psixolog
U.Jems fikricha, shech narsaga bog’liqligi yo’q irodaviy shukm yetakchi rol
o’ynaydi. Aslida esa shaxsning ish amallari, harakatlari shayoti va faoliyatida
ob'ektiv ravishda belgilanadi. o’z ichiga irodaviy harakatlarni mujassamlashtirgan
motivlar shaxsning Hozirgi davridan va o’tmishidan joy egallagan tashqi ta'sirlar
natijasi sifatida insonni psixik rivojlanish jarayonida, uning borliq hodisalariga
nisbatan faol munosabatida yuzaga chiqadi, asta-sekin tarkib topadi. Irodaviy
harakatlarning sababiy bog’langanligi omili muayyan faoliyat usuli shaxsga
majburan berilganini, shaxsiy xulq-atvori uchun javobgar emasligini, taqdiri azal
deb tushuntirish shuquqiga ega ekanligini anglatmaydi.
Irodaviy faoliyatni shaxs uning batamom oqibatlari uchun sub'ekt sifatida
amalga oshiradi. Faoliyat uchun ob'ektning o’ziga mas'ul shisoblanadi, vasholanki
uning maqsadi doirasidan tashqari chiqadi. Sub'ekt muruvvat ko’rsatarkan,
boshqacha tarzda yordam uyushtiradi, muammolarni shal qilishga ko’maklashadi.
149
Shaxslar o’zlarining faoliyati uchun mas'uliyatni boshqa birovga yuklashga
moyilligiga binoan, ular sezilarli ravishda bir-birlaridan tafovutlanadilar. Insonning
shaxsiy faoliyati natijalari uchun mas'uliyatni tashqi kuchlarda va haroitlarda qayd
qilish, shuningdek, shaxsiy kuch va g’ayratiga, qobiliyatiga moyillikni
aniqlaydigan mezonlar nazorat lokusi (latincha lotus o’rnashgan joy va fransuzcha
conlrole-tekshirish degan ma'no anglatadi) deb ataladi. Ma'lumki, o’z xulq-atvori
va o’z faoliyati sabablarini tashqi omillardan deb tushunishga moyil odamlar
mavjud.
Psixologiya fanida nazoratni lokallashtirish deganda shaxsning individual
faoliyati natijalari uchun mas'uliyatni tashqi kuchlarda va haroitlarda qayd qilishni,
shuningdek, ularning kuch-g’ayratiga, qobiliyatiga moyilligini belgilaydigan
sifatlar majmuasi tushuniladi. Nazoratni lokallashtirish tashqi (eksternal) hamda
ichki internal turlariga ajratiladi. Nazoratni tashqi lokallashtirishga ba'zi misollarni
keltiramiz: Xodim ishga, talaba darsga kech qolsa, bu hodisani turlicha bashonalar
bilan izoshlashga harakat qiladi. 1) avtobus o’z vaqtida kelmadi, 2) yo’lovchilar
ko’p bo’lganligi uchun avtobusga chiqa olmadim, 3) avtobus juda sekin harakat
qiladi, 4) transport buzilib qoladi, 5) ko’chada yo’l harakati fojiasi yuz bergani
tufayli ushlanib qoldik va hokazo. Psixologik tadqiqotlar natijalarining
ko’rsatishicha, nazoratning eksternal lokallik turining namoyon bo’lishi shaxsning
muayyan nuqsonlari va illatlariga bevosita bog’liqdir, chunonchi insonning
mas'uliyatsizligi, o’z imkoniyatiga ishonmasligi, shadiksirashi, xavfsirashi, shaxsiy
niyatini ro’yobga chiqarishni paysalga solishi va boshqalar. Mabodo shaxs o’z
xulq-atvori oqibati uchun mas'uliyatni o’z zimmasiga olsa, o’z qilmish-
qidirmishlarini shaxsiy xususiyatidan deb tushunsa, bunday psixologik voqelik
nazoratning internal (ichki) lokallashuvi mavjud ekanligini bildiradi. Nazoratning
ichki lokallashtirishiga xos insonlar maqsadga erishish yo’lida mas'uliyat yoki
javobgarlik shis etadilar, o’zini o’zi tashlillash imkoniyatiga egadirlar. Ijtimoiy
tarbiya jarayonida shaxsda lokallashtirishning har ikkala (eksternal, internal) turini
shakllantirish tufayli uning mustashkam shaxsiy fazilatiga aylantirish mumkin.
Irodaning o’ziga xos ko’rinishlari shaxsning tavakkalchilik vaziyatidagi
xatti-harakatida ro’yobga chiqadi. o’ziga mashliyo qiluvchi maqsadga erishish
yo’lida xavf-xatar, yo’qotish daxshati, muvaffaqiyatsizlik unsuri bilan ham
hamoshang, ogosh dadil harakat tavakkalchilik deyiladi. Tavakkalchilik
jarayonidagi noxushlik kutilmasi muvaffaqiyatsizlik eshtimoli bilan noqulay
oqibatlar darajasi uyg’unlashuvi mezoni orqali o’lchanadi. Tavakkalchilikda
muvaffaqiyat bilan muvaffaqiyatsizlik kutilmasi eshtimoli yotadi, yutuqqa erishish
shaxsda xush kayfiyatni vujudga keltirsa, mag’lublik esa noxushlik holatining bosh
omili shisoblanadi. o’z- o’zidan ma'lumki, yutuq (g’oliblik) quvonch nashidasini
uyg’otsa, omadsizlik jazo, moddiy va ma'naviy yo’qotishni ro’yobga chiqaradi.
Lekin shunga qaramasdan, insonlar tavakkal qilish harakatidan shech mashal voz
kechmagan xosh u kundalik shayot muammosiga aloqador voqelik, xosh murakkab
mehnat, xosh harbiy yurishlar bo’lishiga qaramay, shuning uchun tavakkalchilik
insoniyat dunyosining ijtimoiy tarixiy taraqqiyoti davrining qaror qabul qilish
150
namunasi, mashsuli sifatida shaxsning shayoti va faoliyatida to shozirgacha
ishtirok etib kelmoqda.
Psixologik manbalarda ko’rsatilishicha, tavakkalchilik harakatini amalga
oshirishning o’zaro uyg’unlashgan ikkita sababi mavjudligi qayd qilib o’tiladi.
qarorga kelishning birinchi sababi-bu yutuqqa umidvorlik muvaffaqiyatga
erishilganda kutilishi eshtimol qiymatning mag’lubga oqibati ko’rsatgichidan
yuksakroq bo’lishiga ishonchdir. Ushbu voqelik vaziyatni tavakkalchilik deb
atalib,
muvaffaqiyat
motivasiyasining
muvaffaqiyatsizlikdan
qutilish
motivasiyasidan yaqqolroq namoyon bo’lishida o’z ifodasini topadi. Shu boisdan
tavakkalchilik inson uchun qaror qabul qilishda muhim ahamiyat kasb etadigan
ruhiy hodisa shisoblanib, u yoki bu tarzdagi harakatni amalga oshirib, o’z xulq-
atvorini namoyish qiladi. Deshqon kechikib yerga urug’ qadashga tavakkal qilgan
bo’lsa, shosil pishib yetilishi xavfi tug’iladi, lekin agrotexnika vositalaridan jadal
sur'atda foydalansa, asosiy mablag’ni sarf qilib qo’yish tashvishi uyg’onadi.
Irodaviy qaror qabul qilib tavakkalchilikdagi uning mardligi, tashabbuskorligi,
qat'iyatligi mehnatda yutuqqa erishishni ta'minlaydi. Ammo bunday qarorga kelish
gosh o’zini oqlaydi, gosho mutlaqo oqlamasligi ham mumkin. Bu borada
harakatning xavfli yoki xavfsiz yo’lini tatbiq etish, tavakkalchilikning g’oyaviy,
ma'naviy yuksakligi, qarorning oqilonaligi baxtli tasodif sari yetaklashi mumkin.
Ba'zan tavakkalchining qobiliyati, qat'iyligi, malakaligi, shisob-kitobning
to’g’ri qilganligi unga omad keltiradi. Tavakkalchilikning ikkinchi sababi xatti-
harakatning xavfli yo’lini afzal bilgan xulq-atvorda ko’zga tashlanadi. Bu voqelik
shaxsning vaziyatosti faolligi deb nomlanib, insonning vaziyat talablaridan
ustuvorlikka erishishida, undan (vaziyatdan) yuksakroq maqsad qo’ya olishda
namoyon bo’ladi. Tavakkalchilikning bu turi "vaziyatusti" yoki "xolisonalik" deb
atalib, tavakkalchilik uchun tavakkalchilikka yo’l qo’yishni anglatadi hamda
tavakkalchilikning tavakkalchiligi atamasini keltirib chiqaradi. Shaxsdagi
tavakkalchilikni riskometr deb ataluvchi maxsus asbobda o’lchab ko’rish mumkin.
Bu asbob yordamida psixologik tajribada insonlarda muvaffaq bo’lish eshtimoli
mavjud xolisonalik tavakkalchilikka moyillik, ularning shaqiqiy xavf ostida
irodaviy harakatlarini oldindan aytib berish (bashorat qilish) imkoniyati vujudga
keladi.
Dostları ilə paylaş: |