Zbekiston respublikasi


-rasm. “Unimate” birinchi sanoat roboti



Yüklə 10,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/219
tarix17.09.2023
ölçüsü10,93 Mb.
#144789
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   219
K. Gafurov - Mexatronika 1-qism

2.2.2-rasm. “Unimate” birinchi sanoat roboti 
Manba http://robotoved.ru/george_devol_unimate/ 
Bunaqa robotlar uchun boshqarish qurilmasi sifatida, misol uchun, 
“dasturlanadigan baraban” xizmat qilishi mumkin. Ishlash printsipi quyidagicha: 
elektrodvigatel yordamida aylanadigan silindrda manipulyator yuritmalarning 
kontaktlari joylashtirilgan. Baraban atrofida tok o`tkazuvchi metall plastinkalar 
o`rnatilgan. Silindr kontaktlari baraban plastinkalariga tekkanda kontakt yopiladi. 
Kontaktlar joylashuvi shunday bajarilganki, baraban aylanganda manipulyator 
yuritmasi kerakli paytda yoqiladi va robot dasturlangan operatsiyalarni kerakli 
ketma-ketlikda bajaradi. Xuddi shunday perfokarta yoki magnit lentasi yordamida 
boshqarish amalga oshiriladi. 
Unimate
roboti avtomobil kuzovlarini kontaktli 
nuqtali payvandlash jarayonini avtomatlashtirish uchun yaratilgan edi. 
Robotlar ishlab chiqarishning rivojlanish xronologiyasi quyidagicha: 
22
 https://en.wikipedia.org/wiki/Unimate  


78 
-
1967 y. AQSh litsenziyasi bilan Angliyada va GFRda robotlar ishlab 
chiqarish yo`lga qo`yildi; 
-
1968 y. Shvetsiya va Yaponiyada robotlar ishlab chiqarish yo`lga 
qo`yildi (AQSh litsenziyasi bilan); 
-
1972 y. Frantsiyada; 
-
1973 y. Italiyada. 
XX asrda dunyoda robotlar ishlab chiqarish dinamikasi: robotlar ishlab 
chiqarish yiliga o`rtacha 20-30% ga ortib bordi va 1998 yilda 1 mln. taga yetdi. XX 
asrning oxirgi o`n yilida sanoat robotlarining narxi 5 barobarga tushdi, ularning 
texnik xarakteristikalari esa yaxshilandi. Buning natijasida robotlardan foydalanish 
samaradorligi oshdi. 
Hozirgi vaqtda dunyoda robot ishlab chiqarish bo`yicha birinchi o`rinni 
Yaponiya egallagan. Bu yerda dunyo robot parkining ko`p qismi mujassamlangan.
Keyingi o`rinlarni AQSh, Italiya, Frantsiya va Shvetsiya egallaydi. Robotlar 
parkining ko`p qismi sanoatda ishlatiladi. Shularning yarmisidan ko`pi murakkab 
robotlar kerak bo`lgan asosiy texnologik operatsiyalarni bajaradi.
Robotlar ishlab chiqarish rivojlanishining texnik progressi asosan ularni 
boshqarish tizimlarini mukammallashtirishga qaratilgan. 
Birinchi sanoat robotlaridagi boshqarish dasturlari raqamli dasturli 
boshqariladigan stanoklarnikiday edi. Bu robotlar 
birinchi avlod robotlari
deb 
ataldi. 
Ikkinchi avlod robotlar
– bu hissiyotga ega robotlar, ya`ni ular sensor 
sistemalari bilan qurollangan edi. Ularning asosiysi – texnik ko`rish sistemasi edi.
Birinchi sensorli va mikroprotsessorli boshqariladigan robotlar bozorda 
1980-1981 yillarda paydo bo`lishdi. Ular asosan yig`ish operatsiyalarida, elektr-yoy 
payvandlashda, mahsulot sifatini konveyerda tekshirish va nosifatlarini 
konveyerdan olishda ishlatildi. Bularga misol, texnik ko`rish sistemasiga ega 

Puma
”, «
Yunimeyt
», «
Auto-plyus
», «
Sintsinnati milakron
» robotlari, “
Hitachi
”, 
«
Vestingauz
» («
Apas
» sistemasi), «
Djeneral motors
» («
Konsayt
» sistemasi) 
kompaniyalarining yig`uvchi robototexnik sistemalari. Dasturli boshqariladigan 
robotlarga nisbatan narxi baland va ishlatish murakkabliliga qaramay bunday 


79 
robotlarning umumiy robotlar ichidagi ulushi ortib bormoqda. Chunki bunday 
robotlarning funktsional imkoniyatlari va qo`llash darajasi juda ham katta bo`lgani 
uchun ular xarajatlarini qoplaydi.
XXI asr bo`sag`asida robototexnika keyingi rivojlanish bosqichiga yetdi – 
intellektual robotlar yaratish bosqichi.
Intellektual robot
– bu konkret maqsadda ishlatiladigan robot bo`lib, 
funktsional sistemalarida sun`iy intellekt metodlaridan foydalaniladi. Bu esa robot 
texnikasidan foydalanish doirasini kengaytirib, inson faoliyatining har qaysi 
sohasida ishlatiladi.
Shu bilan birga robototexnikaning yana bir yangi maxsus sohasida ishlar olib 
borildi. Bu ishlar inson oyoq va qo`li faoliyatiga o`xshash qadamlab yuruvchi 
mashinalarni yaratish bilan bog`liq. Bu mashinalar printsipial yangi turdagi transport 
turi bo`lib, oddiy mashina o`ta olmaydigan joylarda yura oladi. To`rt va olti oyoqli 
transport vositalari yaratilyapti. Bundan tashqari inson qo`li va oyog`i protezlari 
(ekzoskeletlar) ishlab chiqilyapti. Bular haqida pastroqda tanishib olamiz. 
XX asr oxirida 
robot-androidlarga
qiziqish kuchaydi. Hozirgi robot-
androidlar zinapoyaga chiqa oladi, boshqa to`siqlardan o`ta oladi, murakkab 
manipulyatsiyalarni bajaradi va hattoki, inson bilan dialog qila oladi. Ular uy 
ishlarini bajara oladi, gid yoki ekskursovod vazifasini bajaradi va h.k. 
Robototexnikani intellektuallashtirish bilan birga uning rivojlanishining 
boshqa yo`nalishi mavjud. Bu robotlarni miniatyurlashtirishdir. Bu ikkita yo`nalish 
mexatronikaning rivojlanish yo`nalishi bilan bog`liq. Miniatyurlashtirish 
mikroelektronika bazasida axborot-boshqaruv sistemalarini qo`llashdan boshlandi. 
Keyinroq XXI asr boshida sensorli va ijrochi (kuchli) sistemalarni mikro-
elektromexanik 
sistemalari 
bazasida 
miniatyurlashtirish 
boshlandi. 
Robototexnikada bu tendentsiya mikrorobotlar yaratishda ko`rinyapti.


80 

Yüklə 10,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   219




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin