71
hisoblash ishlarini amalga oshiradi va interpolyatsiyani boshlaydi. Buferlash
modulida buferning o`lchamlari shunday tanlab olinadiki, bunda dastlabki hisoblash
ishlarini olib borish vaqti to`ldirilmay qolgan buferdan tanlab olingan ma`lumotlarni
chiqarish vaqtidan oshmasligi kerak. “Ilgarilanma harakat”, “aylanma harakat” va
“to`xtab qolish” buyruqlari ishlatiladi.
Dasturga ishlov beruvchi quyidagi tezlik rejimlarini ta`minlaydi:
•
zagotovkani uzatish tezligini o`zgartirish;
•
ko`rsatilgan tezlikkacha tormozlash.
Shu bilan birga dasturga ishlov beruvchi joriy
koordinatalarni aniqlash va
instrumentni berilgan kadrning boshlanish nuqtasigacha qaytarish kabi servis
funktsiyalarni ham bajaradi.
Ma`lumotlarni displeyga chiqarish moduli va klaviaturaning so`rov moduli
ishi shunday tuzilganki, interpolyator va boshqa modullarning ishi ularni ishi bilan
parallel ravishda olib boriladi. Bunga ichiga o`rnatilgan taymer orqali erishiladi.
Ma`lumotlarni displeyga chiqarish moduli joriy chiqarish topshirig`ini
tekshiradi va agar shunday topshiriq berilgan bo`lsa, ma`lumotni chiqarib olish
uchun uni chaqiradi. Shunday qilib, har bir modul displey
bilan aloqa qilmagan
holda o`zining ma`lumot yuborish vazifasini bajaradi. Bu o`z navbatida dastur
strukturasini oddiylashtirishda va qo`shimcha afzalliklarga (masalan, ma`lumotlarni
tez chiqarishda ekranning yonib o`chmasligiga) yordam beradi.
Klaviatura moduli qo`shimcha vazifalarni ham bajaradi- tugmachalar
holatini tekshirish funktsiyasi, ma`lum bir tugmacha
bosilganda kutib turish va
boshqalar.
Buferlash moduli interpolyatordan ma`lumotlar jamlanmasini oladi va bufer
ichida yig`ib turadi.
Buferga bo`lgan asosiy talablar: interpolyatsiya davriga (ikkita ketma-ket
ma`lumotlar jamlanmasi orasidagi vaqtga) ko`paytirilgan bufer o`lchami
hisoblashlar o`tkazilgan uzun uchastka vaqtidan katta bo`lishi kerak. Bu
eksperimental tarzda hisoblanadi.
72
RDB tizim dasturini boshqarish 2.1.12-rasmda ko`rsatilgan. Boshqarish
ishga tushirilganda asosiy modul olinadi (“bosh menyu” ochiladi). Bu yerdan
operator dasturlash moduli bilan ishlashi (dasturni yuklash, xotirani tozalash) hamda
RDB tizimini boshqarishi yoki uning servis funktsiyalarini bajarishi mumkin.
Mikrokontroller dasturiy ta`minoti tomonidan
vazifani bajarish algoritmi
yechilishi sababli, bunday ishni tashkil etish sistemani universal bo`lishini va keng
miqyosligini ta`minlaydi. Endilikda tizimning ko`pgina o`zgarishlari (masalan,
yangi koordinatalarning kiritilishi, yangi tipdagi interpolyatsiya, sozlash, qayta
aloqa tizimining qo`shilishi) apparat tizimini o`zgartirmasdan erishish mumkin.
Ishni bunday amalga oshirish tizimning servis
funktsiyasini kengaytirib
stanoklarning iqtisodiy va texnik samaradorligini oshirishga imkon beradi. Servis
funktsiyalar ichida quyidagilar alohida ahamiyatga ega:
•
stanokni vaqtincha to`xtatish va to`xtatilgan joydan yoki dasturdagi
boshqa buyruqlardan ishni davom ettirish instrumentlarni almashtirish uchun
texnologik pauza
yaratish imkoni yaratiladi;
•
eng kichik trayektoriya bo`yicha asbobni qo`l yordamida olib kelish
imkonining mavjudligi, bunda intrumentni kerakli nuqtaga etib kelish uchun barcha
pozitsiyalarni qayta bosib o`tish zaruriyati yo`qotiladi;
•
tezlikni sozlash funktsiyasi, bunda ishlov berilayotgan yuza sifatiga
ziyon etkazmasan turib tezlikni dinamik ravishda
oshirish yoki kamaytirish
imkoniyatining mavjudligi;
•
asbobni almashtirish uchun “nol’” ga qaytarish va to`xtagan joydan
davom ettirish funktsiyasi;
•
tezlik va koordinatalarni nazorat qilish funktsiyasi, bu texnologik
xatoliklar oldini olish, tezlik maksimal belgilangandan oshgan paytda xabar berish
yoki instrumentning koordinatalar nol qiymatiga qaytmasligi xaqida xabar berishi.